3-amaliy mashg’ulot Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting



Download 30,49 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi30,49 Kb.
#675924
Bog'liq
husayniy Farangiz 3


3-amaliy mashg’ulot
1. Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
2. Husayniy ijodi qaysi olimlar tomonidan tadqiq etilgan?
3. Husayniy devonidagi lirik janrlarni ta’riflang.
4. Husayniyning yana qanday asarlarini bilasiz?

Javoblar:


I. Husayn Boyqaro mohir sarkarda, shoh va yirik davlat arbobi bo’libgina qolmay, balki iste’dodli shoir ham hisoblanadi. U mumtoz adabiyotimizda g’azallarning go’zal namunalarini yaratgan, bu g’azallari orqali o’sha davrning iste’dodli shoiri va qalin do’stni Alisher Navoiy tahsiniga sazovor bo’lgan. Husayn Boyqaro turkiy tilda yozishni ragʻbatlantirgan va shunga daʼvat qilgan. Husayn Boyqaro badiiy ijodida „Husayniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, sheʼriyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Husayn Boyqaro forsiy va turkiy tillarda g‘azal bitish iqtidoriga ega bo‘lsa-da, asosan turkiyda «Husayniy» taxallusi bilan ijod etgan.
Husayn Boyqaro ijodiga A.Navoiy quyidagicha ta’rif beradi:
“U ham forsiy demakka qodir, ham turkcha aytmoqqa mohir erdi, ammo turkiy devon tadviniga mayl qildilar va dilpazir abyot va benazir g’azaliyot tartib berdilar.”
Yuqoridagi misralar orqali Husayn Boyqaro zullisonayn, ya’ni ham forsa, ham turkchada ijod qilgan shoir ekanligini bilishimiz mumkin va u she’riy devon tartib qilganini ham bilishimiz mumkin. Shuningdek, u dilga yoqadigan she’rlar va takrorlanmas g’azallar yozganini bilib olishimiz mumkin.


II. Hozirgi kunga qadar Husayn Boyqaro ijodi juda ko’plab adabiyotshunos olimlarimiz tomonidan o’rganilgan va hozirgacha o’rganilib kelmoqda. Shunga ko’ra, 1995 yili adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov va tarix fanlari doktori Shodmon Vohidovlar «Shoh va shoir Husayn Boyqaro» kitobini chop etishdi. Undan Husayn Boyqaroning falsafiy mavzudagi “Risola”si hamda devoni o‘rin olgan. Tadqiqotchilar bu kitobga Husayn Boyqaro devonining 1968 yilda Qobulda Muhammad Ya’qub Juzjoniy tomonidan nashr qilingan nusxasini asos qilib olishgan.
«Devoniy Husayniy»ning yani bir nusxasi ayni paytda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda. 284-raqam ostidagi ushbu qo‘lyozma nasta’liq xatida, sifatli qog‘ozda ko‘chirilgan va shohona bezaklar berilgan. Sahifalariga oltin zarralari sepilgan.
Shuningdek, shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov va boshqalar shugʻullanganlar.
III. Devonda o‘ta mahorat bilan bilan ishlangan to‘rtta miniatyura, nafis naqshlardan hosil qilingan ikkita zarvaraq, Husayn Boyqaroning turli davrlarda bitilgan 154 ta g‘azali (shundan ikkita g‘azali to‘liq emas) o‘rin olgan.
Ushbu to‘plam garchi «Devoni Husayniy» deb nomlangan bo‘lsa-da, u devon talablariga to‘la-to‘kis javob bermaydi. Zero, devon uning umumiy mazmuni, muallifi, yaralish sabablari haqida qisqacha ma’lumot beruvchi debocha, arab alifbosi asosida tartibga solingan turli janrga oid she’riy asarlardan iborat bo‘lishi lozim edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kitob Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning hayotlik chog‘larida, 1490 yillarda bitilgan. Ayrim g‘azallar to‘la yozilmaganiga qaraganda, ushbu to‘plam tuzilgan chog‘da bu g‘azalar hali tugallanmagan bo‘lgan. Qolaversa, 1968 yili Qobulda nashr qilingan devondagi ellikka yaqin g‘azal bu to‘plamdan o‘rin olmagan.
Bundan xulosa qilish mumkinki, to‘plam hali Husayn Boyqaro devon tartib qilib ulgurmagan bir paytda, nedir munosabat bilan shoshilinch tarzda tuzilgan. G‘azallar matnidagi ayrim imloviy xatolar, ba’zi so‘zlar va baytlar (ehtimol ular keyinchalik qo‘shilgandir)ning tushirib qoldirilgani ham shundan dalolat beradi. Kitob o‘z davrining mashhur kotibi, asosan Hazrat Navoyining qo‘lyozmalarini ko‘rish orqali shuhrat topgan «qiblatul-kuttob» Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgani taxmin qilinadi.
Shu bilan birga mazkur to‘plamda ayrim g‘azallarning Qobul nashrida uchramaydigan parchalarini ham uchratishga muvaffaq bo‘ldik.
Kitob o‘zining shohona badiiy bezaklari, shakl-shamoyili, naqsh va miniatyuralarining bejirimligi bilan sharq kitobat san’atining bebaho durdonasi bo‘la oladi. Shuningdek, bu kitob Temuriy davri madaniyati, xususan, xattotlik, tasviriy san’at va va kitobat san’ati xususida muayyan tasavvur uyg‘otadi.
Ushbu nodir to‘plam tuzilgan vaqtga nazar solsak, unga Hazrat Navoiyning ham muborak nazarlari tushgan bo‘lishi mumkin. Mazkur to‘plamdagi ayrim g‘azallar aynan ul zotning tavsiyalari bilan tahrir qilingan, to‘ldirilgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Zotan, Husayniyning ko‘plab g‘azallarida Alishar Navoiy ijodiga ixlos va unga intilish yaqqol sezilib turadi.
Navoiyning «Munshaot» to‘plamida ushbu voqea munosabati bilan shahzodaning otasi Sulton Badi’uzzamon Mirzoga hamda bobosi Husayn Boyqaroga bitgan maktublari ham o‘rin olgan. Jumladan shoir sultonga bitgan nomasida shunday so‘zlarni o‘qiymiz:
«Jigarso‘z hodisakim, istimoi ko‘zga mujibi xunborliq va g‘amando‘z voqiakim, ittiloi jong‘a boisi afgorlig‘ erdi — yetishti. Ko‘z ashk to‘fonidin bahor yomg‘uridek seli anduh oqizib, jon g‘ussa fig‘onidin nayson bulutidek o‘kurmak og‘oz qildi... Ammo «Kulli nafsun zoyiqat ul-mavti» sharbatidin hech mutanaffas maof va «kulli man al-ayha fana» xil’atidin hech kimarsa xalos ermas. Sabrdin o‘zga chora va tahammuldin o‘zga tadbir topilmas».


4. Hazrat Navoiyning so‘nggi damlari ham aynan Husayn Boyqaroning yonida kechgani, hatto buyuk shoir o‘z do‘stini olis safardan qaytayotganida, xasta holiga qaramasdan kutib olishga chiqqani, shahar tashqarisida uni ehtirom ila qarshi olgani va shu yerda taqdlir taqozosi bilan Haq omonatini topshirgani ishonchli manbalarda zikr etiladi. Undan bizgacha sheʼrlar devoni va Navoiyga bagʻishlangan "Risola" asari yetib kelgan.
„Risola“ asari 1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan. Shoh shoirning hozirgacha 202 gʻazal, Navoiy g’azaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal 1 ruboiy va bir necha baytlari maʼlum. Gʻazallarining barchasi ramal bahrida. Lekin ular Husayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi. 
Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasining 8-majlisini toʻliq Husayn Boyqaro ijodiboʻgʻina bagʻishlab, uning devonidagi 164 gʻazalning matlaʼini keltiradi va u qoʻllagan badiiy timsollar, sheʼriy sanʼatlar, nozik maʼno va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. Husayn Boyqaro gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi.
TEST
1. Navoiyning ta’biri bilan aytganda, fotsiy va turkiy tilde she’r yaratish iqtidoriga ega bo’lsa-da, asosan turkigo’y shoirlarni o’z ona tilida ijod qilishga chorlab, maxsus farmonlar bergan hukmdor kim?
A. Husayn Bouqaro (Husayniy)
B. Amir Temur
C. Amiriy
D. Mirzo Ulug’bek
2. Navoiy qaysi asarida Husayniyni yetuk shoir sifatida ko’rsatishdan avval uning shaxsiyati haqida, iste’dodini vujudga keltirgan omillar haqida ma’lumotlar bergan?
A. “Majolis un-nafois” da
B. “Mahbub ul-qulub” da
C. “Xazoyin un-ma’oniy”da
D. “Hiloliya” da
3. Husayniy qalamiga mansub asrni toping?
A. “Risola”
B. “Munojot”
C. “Volidiya”
Download 30,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish