O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar



Download 140,18 Kb.
bet1/39
Sana11.01.2017
Hajmi140,18 Kb.
#14
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

O’zbek Adabiyoti tarixi:  Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
O’zbek adabiyoti tarixi.

Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.

  Dastlabki yozma manbalar VI – VII asrlarga tegishlidir. Ular O’rxun – Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo’lib, sug’d, turkiy run, arab va uyg’ur yozuvlaridagi bitiklardir. M. Koshg’ariy uyg’ur yozuvi haqida : … barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha Qashqardan Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritiladi”, - deb yozgan edi. Bu yozuv hatto arab yozuvi bilan yonma – yon holda XV asrgacha, Xitoydagi uyg’urlar orasida esa keyingi asrlarda ham iste’molda edi. U so’g’d yozuvi asosida shakllangan bo’lib, unda 18 ta harf bor. Uyg’ur yozuvi o’ngdan chapga qarab yozilgan. Mazkur yozuvda buddaviy, moniy, xristian dinlariga oid axloqiy – ta’limiy asarlar, yuridik – huquqiy va moliyaviy hujjatlar saqlanib qolgan. X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singku Seli Tutung “Oltin yorug’” asarini xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg’ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, “O’g’uznoma”, “Muhabbatnoma (Xorazmiy), “Ltofatnoma” (Xo’jandiy), “Mahzanul-asror” (Mir Haydar) va boshqa ko’pgina asarlarning uyg’ur yozuvdagi nusxalari ham mashhurdir.

O’rxun – Enasoy yodgorliklarining topilishi va o’rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov, shved zobiti Ioann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga taqdim qilgan edilar. Daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklaridagi barcha harflarini o’qidilar. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o’rganmoqda. V. Tomson va Radlovlarda keyin S. Y. Malov, S. Y. Klyashtorning I. V. Stebleva, X. O’rxun, T. Tekin, Najip Osin, G. Aydarov o’zbek olimlaridan A. Ruastamov, R. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o’rganishgan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Bu yodgorliklar o’zbek tiliga bir necha marotaba o’girilgan. A. P. Qayumov “Qadimiyat obidalari” kitobida, G’ Abdurahmonov va A. Rustamovlar “Qadimgi turkiy til” kitoblarida o’sha yodgorliklardan namunalar keltirishgan. Ularning qog’ozga turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyoota va Taroz shahri yaqinida bo’lgan qoyalardagi yozuvlardir. Shuningdek, kumush ko’zalarga yozilgan runiy yozuvlar Sibir o’lkasidan ham topilgan. Ermitaj (Sankt – Peterburg) da saqlanayotgan 2 ta ko’zacha shu haqida ma’lumot beradi. Minusinsk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud. Oyna, qayish to’qasi, qog’ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham ko’pdir. Turfon (Sharqiy Turkiston) dan Le Kok tomonidan topilgan runiy yozuvlar orasida eski fors tilidagi bitiklar ham mavjud. Vena (Avstriya) muzeyida saqlanayotgan oltin idish-tovoqlarda ham runiy yozuvidagi yodgorliklar bo’lib, ular bajnoq (pecheneg) tilida yozilgan. Yog’ochga yozilgan run bitiklari Ermitajda saqlanadi. O’rxun – Enasoy obidalarida nasr usuli yetakchilik qilib, ular syujetning o’ziga xos shakliga ega, tasvirdan ko’ra bayonchilik yetakchilik qiladi. Bitiktoshlarning asosiy mavzusi vatanparvarlik va qahramonlikdir. Qahramonlar ichki olami ularning ruhiy dunyosi tasviri hali ancha sodda tarzda namoyon bo’ladi. Bu mavjud an’analar hamda ijodiy tajribalarning o’sha davralardagi holati bilan izohlanadi. Qadimgi turkiy she’riyat asosida barmoq vaznida bitilgan. She’rlarda so’zlar takrori asosiy o’rin turib, bandlarning rang – barangligi ko’zga tashlanadi. Qofiyalarda fe’l so’z turkumiga oid so’zlar ko’proq uchraydi, bu turkiy tilining gap qurilishiga bog’liq. Keyingi asrlarda qadimgi an’analarning yangicha shakl va usullarda namoyon bo’lishini kuzatish mumkin.

Eramizdan oldingi V asr oxiri va VI asr boshlarida yashagan Ktesiy (430 – 354 yillar) ham bir rivoyatni yozib qoldirgan. Uning ma’lumotlari tarixchi Apellodor (er. Avv. I asr) ning “Tarixiy kutubxona” asari orqali yetib kelgan. Bayondan ko’rinishicha, “Zarina va Stryaingiya” rivoyatining mazmuni “To’maris” rivoyatiga yaqin keladi. Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan tarixchi Xores Mitilienskiy orqali “Zariadr va Odatida” afsonasi yetib kelgan. O’z tarjimalari bilan turkiy adabiyotga hissa qo’shgan adib Singku Seli Tutung bo’lib, u “Oltin yorug’” asarini nasriy usulda xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar X asrda Beshbaliqda yaratilgan. Bizgacha Aprinchur Tegin, Kul Tarxon, Singku Seli Tutung, Pratyya – Shiri, Asig Tutung, Chusuya Tutung, Kalim Keysi, Chuchu, Yo’llug’ Tegin kabi qadimgi ijodkorlarning nomlari yetib kelgan. Bulardan Aprinchur Teginning she’rlari Turfon matnlari orasida mavjud bo’lib, u moniylik dini g’oyalarini ifodalaydi. Uning “Bizning tengrimiz…” deb boshlanuvchi she’ri 12 misradan iborat bo’lib, to’rtliklar shaklidadir. Eng qadimgi she’riy asarlar muayyan urf – odatlar, marosim va e’tiqodlarga bog’liq holda yaratilgan. Masalan, “Tong tangrisiga madhiya” deb nomlanuvchi she’r qadimgi she’riyatning o’ziga xos namunasi bo’lib, unda so’zlar takrori yetakchi mavqe tutadi.

                                                   "Avesto"



“Avesto” O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avestoda ham turkey, ham eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari,yashash tarzlariga oid ma’lumotlar uchraydi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, undagi ma’lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqlidir.Ular “Gotlar” va “Yasht”lar deb nomlangan. Beruniy (973-1048 y) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida: “Podshoh Doro ibn Doro xazinasida “Avesto”ning 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan buyon “Avesto”ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. “Avesto” o’ttiz “nask” edi. Majusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask “Avesto” bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir” deb ma’lumot bergan. “Avesto” o’sha davrlar tarixi, fan, madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asar bo’lib, pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Uning qisqartirilgan nusxasi “Zand Avesto” nomi bilan mashhur. “Avesto”da olam ikki asos, ya’ni yorug’lk va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Yaxshilik va ezgulik xudosi Axuramazda (Hurmuzd) bo’lib, u yomonlik xudosi yovuzlik ramzi Ahriman bilan kurashadi. “Avesto”da yozilishicha, zardushtiylikda qo’riq yer ochib, bog-rog’ qilgan odam ilohiyot rahmatiga erishadi. Yaxshilik va yovuzlik o’rtasidagi kurash 3-4 ming yillardan so’ng adolat, ezgulik g’alabasi bilan tugaydi. Yerga osmondan uch soshyanta farishta tushadi va insoniyatni yomonliklardan qutqaradi. Uchinchi farishta tushganda qiyomat – qoyim bo’lib, barcha o’lganlar tiriladi. Xurmuzd va uning farishtasi yovuz ruh – Ahrimanni qaynab turgan ma’fanga tashlaydilar. “Avesto”da ifodalangan zardushtiylik diniga ko’ra, odam vafot etgach, to’rtinchi kuni Tangri farishtasi Surush (farishta Jabroyilning boshqacha nomi) uning ruhini Chinvod qil ko’prigiga olib keladi. Yaxshiliklari ko’p bo’lgan odam qil ko’prikdan o’tib, jannat bog’lariga kiradi. Gunohkorlar do’zaxga boshlovchi dev Vizrash ixtiyoriga topshiriladi. “Avesto” ta’limotiga ko’ra, yaxshilik qiluvchi odam pokizalik urug’larini ekadi, bu yaxshilik urug’lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi kurash Mitra, Anahita, Qayumars, Yima (Jamshid), Gershaps, Elibek va boshqa obrazlarda mujassamlashtirilgan. “Avesto”ni o’zbek tiliga birinchi bo’lib tarjima qilgan shoir Asqar Mahkamovning xizmatlari tahsinga sazovordir.


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish
article -> Geografik o‘rni va chegaralari Tabiiy sharoiti va resurslari

Download 140,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
koronavirus covid
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
sertifikat ministry
covid vaccination
vaccination certificate
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan tayyorlagan
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi