3. 0‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati



Download 44,13 Kb.
bet1/15
Sana25.05.2020
Hajmi44,13 Kb.
#56031
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Amaliy ishlanma


3.0‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati.

1. Mustaqillik va barkamol avlod tarbiyasi.


Mustaqillikka erishilgandan so’ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha sohalarni qamrab olgan holda keng islohotlar amalga oshirildi hamda bu ishlar hozirgi davrda yangi bosqich va keng ko’lamda yanada izchil davom ettirilmoqda. U hoh davlat boshqaruv tuzilmasi bo’lsin, hoh sog’liqni saqlash, sport, ta’lim — qo’yingki, barcha jabhalarda ijobiy natijasini bermoqda.

 

Ta’kidlash joiz, bugungi globallashuv davrida, dunyoda mafkuraviy kurash avj olgan sharoitda doimo ogoh, sezgir va ma’naviy uyg’oq bo’lib yashashimiz, eng katta boyligimiz bo’lmish yurtimizdagi millatlararo ahillik, o’zaro mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini ko’z qorachig’idek asrash va mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan ishlarimizning ma’no-mazmunini tushunib etishimiz lozim.



O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa oilada va o’quv dargohlarida ta’lim hamda tarbiyaga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha echimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma’nan etuk, dunyoqa¬rashi teran, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to’la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga hizmat qilmoqda.

Inson mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvida namoyon bo’ladi. Har bir shahs, har bir ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa halqlari o’z tabiati bilan yaratilgan. Zero, ma’naviyat va uni anglash masalalariga oqilona, konkret sharoitni hisobga olib yondashish — komil insonni tarbiyalashning yangi yo’llarini ochishda muhim ahamiyatga ega. Bedil aytganidek, me’mor dastlabki g’ishtni to’g’ri qo’ymasa, binoning boshi yulduzlarga etsa ham, u qiyshiq bo’lib qolaveradi. Shunday ekan, jamiyatda inson o’rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi. Binobarin, ma’naviyat — ajdodlarni avlodlarga, tarihni bugunga, bugunni kelajakka bog’lovchi ko’prik. U ota-bobolarimizdan meros jamiki noyob fazilatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ular to’plagan tarihiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o’zida mujassam etadi.

"O’zbekiston yoshlar ittifoqi,—deb ta’kidladi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev "Kamolot" YoIH IV qurultoyidagi nutqida,—jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o’rganish va keng targ’ib etishga qaratilgan mazmundor, ta’sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko’rsatishi nur ustiga nur bo’lur edi".

Darhaqiqat, jahonga mashhur ajdodlarimiz — buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o’rnak bo’lganlar, balki o’z askarlari, bo’lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratganlar. Horazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Furqat singari bashariyat sivilizasiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos, katta hissa qo’shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz hamda din ilmida olamga dong taratgan Imom Buhoriy, Bahouddin Naqshband, Yassaviy kabi ulamolarimiz yoshlarga ma’naviy va jismoniy kamolot bo’yicha saboq berganlar.

Yaqin o’tmishimizda yashab o’tgan mutafakkir ma’rifatchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho’lpon, Mahmud Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko’pgina buyuk adiblarimizning asarlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Ammo, sobiq sho’rolar davrida ulug’ ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma’naviy merosi halqimiz, yoshlarimiz ongiga o’zgacha talqin bilan taqdim etildi.



Mustaqillik tufayli va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning odilona siyosati asosida millatimiz genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo’lmish jismoniy tarbiya va sport tobora milliy istiqlol mafkurasining "strategik quroli"ga aylanib bormoqda. Yaqinda, 2017 yil 10 avgustda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Nufuzli halqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O’zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag’batlantirish to’g’risida"gi qarori yurtimizda barkamol avlodning ma’nan va jismonan kamol topishiga hizmat qilmoqda.
2. Ta‘lim tizimini isloh qilish — zamon talabi.

Prezidentimiz tomonidan ta’kidlangan umumbashariy qadriyatlarning zaminida albatta, birinchi o’rinda ta’lim-tarbiya yotadi. Insonda qachonki insonparvarlik g’oyalari ustun bo’lsa, siyosiy ongi yetuk bo’lsa, atrof-muhitga munosabati sog’lom bo’lsa, bir so’z bilan aytganda umumbashariy qadriyatlar ustun bo’lsagina bunday insonlar mavjud bo’lgan jamiyatni biz fuqarolik jamiyati deb atay olamiz. Shunday ekan, istiqbolimizni belgilaydigan ta’lim sohasini isloh qilish mamlakatimizdagi eng dolzarb muammolardan biri sifatida XX asr oxirlarida maydonga chiqdi. Aynan ana shu ta’lim sohasi kelajagimizni yaratadi. Prezidentimizning yuksak darajadagi insonparvarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan qimmatli fikrlarini mazkur paragrafida ilmiy jihatdan o’rganib, tahlil qilishga harakat qilamiz. O’zining mustaqil rivojlanish yo’liga qadam qo’ygan respublikamizning ta’lim sohasining isloh qilinishida Respublikamiz Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning serqirra faoliyati bilan birga, uning nutqlari nashriy asarlarining ham ahamiyati beqiyosdir. Barchamizga ma’lumki, respublikamiz milliy mustaqilligini qaror topshirish nihoyatda murakkab tarixiy va ijtimoiy siyosiy sharoitga to’g’ri keldi. Bu jarayonda esa mulkchilikning yagona davlat monopoliyasiga asoslangan shaklidan ko’p ukladli shakliga o’tish, shuningdek, huquqiy demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishni, o’z fikr va dunyoqarashiga ega bo’lgan kadrlarni tarbiyalash zamon talabi edi. Shunday ekan, ushbu jarayonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri bo’lib turardi. SHuning uchun ham ta’lim sohasiga davlatimiz alohida g’amxo’rlik qildi va qilmoqda. 6 Zero, Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek, - "yosh respublikamiz mustaqilligiga rahna solishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi salbiy omillar fuqarolarning hushyor bo’lishlari, vatanparvarlik ruhi bilan nafas olishlari, harakat, faoliyat yo’nalish belgilari hayot – mamot masalni bo’lib turibdi. Bularning barchasi nafaqat iqtisodiy, siyosiy sohada, balki ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda, jumladan uning tarkibiy qismi bo’lgan ta’lim – tarbiya tizimida jiddiy islohatlar o’tkazishni va bunda inson shaxsi, o’z ichki salohiyotini eng ko’p darajada namoyon eta oladigan muhitni yaratishni talab etmoqda" 5 deydi. Darhaqiqat, eng oliy qadriyat sifatida tan olingan inson, uning hayoti, havfsizligining ta’minlanishini masalalarining barcha – barchasi ma’rifatga borib taqaladi. Hayotda esa ma’rifatga hamisha jaholat to’siq bo’ladi. "Jaholat" so’zining o’zi ilm ma’rifatdan mahrumlik, qoloqlik, madaniyatsizlik, nodonlik, zulmat deya talqin etiladi. Dunyoni jaholat egallasa nafaqat aql, balki aqlni peshlaydigan ma’rifat, ma’naviyat, hurfikrlilik, inson ozodligi barcha- barchasi barham topadi. Ma’rifat esa insonlarning ong – bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim tarbiyadir. Demak, jaholat bilan ma’rifat bir – biriga tamoman qarama - qarshi tushunchalardir. Hayotda ma’rifat jaholatning illatidan o’z maqsadi yo’lida foyladanmaydi. Biroq jaholat o’zining manfur niyatini amalga oshirishda ma’rifatning hislatlarini ishga soladi, o’zining g’arazli maqsadiga erishish uchun ma’rifat niqobiga kirib ish yuritadi. Fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. XXI asr vabosi "deya atalishi teroririzmning tub – tubi ham jaholatga borib taqaladi ya’ni, qanchadan - qancha yoshlarning din niqobiga o’ralgan soxta aqidalarga uchishi" barchasi ma’naviyat, ma’rifatning sayozligidan kelib chiqqan, buning oqibati esa qanchadan - qancha insonlarning hayotiga zomin bo’lishi muqarrardir.
3. O‘zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni,

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida pedagog-kadrlar tayyorlash masalalari.





Download 44,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish