Mavzu: bolalar nutqida uchraydigan



Download 15,96 Kb.
Sana21.05.2022
Hajmi15,96 Kb.
#605508

17MAVZU: BOLALAR NUTQIDA UCHRAYDIGAN
MORFOLOGIK VA SINTAKTIK XATOLAR VA ULARNING
SABABLARI.
(nazariy)
Reja:
1. Bolalar nutqida uchraydigan morfologik va sintaktik xatolar va ularning sabablarini.
2. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni ogohlantirish, to’g’irlash yo’llari.
3. Ta’limiy o'yinlar.
Bolalar nutqning grammatik tuzilishini oila a'zolarining, bog'chada tarbiyachining, atrofini qurshab olgan kattalarning nutqlariga taqlid qilish orqali mustaqil ravishda o'zlashtiradilar. Uch yoshli bola o'z nutqida kelishik, shaxsson va boshqa grammatik kategoriyalardan foydalanib, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. Jismlarning fazoviy munosabatlarini, ba'zi bir ravishlarni bilib ishlatadigan bo'ladi, ishharakatning nomini bildiruvchi fe'llarni ham to'g'ri ishlata boshlaydi. Bu yoshda bolaning lug'ati juda tez o'sa boradi, nutqidagi so'zlar soni 1300 — 1500 taga yetadi, endi lining nutqi juda tez rivojlanadi, mazmunan boyiydi, lug'ati kengayadi, nutqi grammatik jihatdan shakllanadi. Ular so'z turkumlaridan otlarni tez o'zlashtiradilar, chunki bolalar narsalarning nomlarini (otlarini) o'z nutqlarida ko'proq ishlatadilar, ular so'z boyligining asosiy qismi otlardan iborat bo'ladi. Biroq bu yoshda nutqning grammatik shakllarini egallashda bir qancha qiyinchiliklarga duch keladilar, ya'ni ular nutqida quyidagi grammatik xatolar uchraydi:
1. Kelishik qo'shimchalarini buzib aytadilar, so'zlarni turlashda qiynaladilar.
2. Sonlarni noto'g'ri ishlatadilar.
3. Fe'l shakllarini ishlatishda qiynaladilar, fe'l zamonlarini (hozirgi, o'tgan va kelasi zamonni) darhol to'g'ri o'zlashtira olmaydilar, ularda o'tgan va kelasi zamon tushunchalari hali shakllanmagan bo'ladi. Shuning uchun o'z nutqlarida fe'llarning zamon qo'shimchalarini almashtirib yuboradilar.
4. Old qo'shimcha va old ko'makchini birbiriga aralashtirib yuboradilar. 5 — 6 yoshli bolalar nutqi grammatik jihatdan ancha to'g'ri shakllangan bo'ladi, Ular otlarni birlik va ko'plikda, turli kelishiklarda to'g'ri ishlata oladigan bo'ladilar. Katta guruh bolalarida boshqalar nutqidagi kamchiliklarni payqash ham yuzaga keladi. Shuning uchun ular o'zlaridan kichik bolalar nutqlarida grammatik xatolarga yo'l qo'yganlarida, ularning kamchiliklarini tuzatadilar. O'rta va katta guruh bolalari fe'llarning tuslanishi va fe'l zamonlarini amaliy tarzda o'zlashtirib oladilar. Biroq bu yoshdagi bola nutqida grammatik xatolar sezilarli darajada ortib boradi. Burring sababi shundaki, bola yangi so'zlarni o'zlashtirish jarayonida uni yangi grammatik shaklda eslab qololmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda lining mazmuni va shaklini tekshirib ulgura olmaydi.
5 — 6 yoshli bolalar 12 — 15 ta so'zdan iborat jumlalar tuza oladilar, biroq ular nutqidagi sintaktik xatolarning miqdori, kichik guruhdagi bolalar nutqidagi xatolarga qaraganda ancha ko'p bo'ladi. Buning sababi shundaki, bola fikrni bayon etish jarayonida bir vaqtning o'zida lining ham shakli, ham mazmuniga e'tibor bera olmaydi. Bolalar nutqidagi morfologik va sintaktik xatolar bir vaqtda yuzaga keladi. Biroq sintaktik xatolar morfologik xatolarga qaraganda uzoq saqlanadi, hatto bu kamchilik bolani maktabga o'tish davrigacha davom etadi. Bola nutqidagi shu xususiyatlarni hisobga olib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni belgilab qo'yish mumkin: gapning to'g'ri tuzilishini nazorat qilish; ikkinchi darajali va uyushiq bo'lakli gaplarni tuzishga va undan o'z nutqlarida foydalanishga yordam berish.
Yuqorida bayon etilgan bog'cha yoshidagi bolalar nutqidagi grammatik xatolarning sabablarini quyidagilardan ko'rsatish mumkin:
1) bolalar ona tilining morfologik qurilishini hali yaxshi o'zlashtirmaganliklaridan; 2) tarbiyachilar va kattalarning noto'g'ri nutqlari ta'sirida; 3) pedagogik ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligidan, ya'ni kattalar bola nutqidagi xatolarga e'tibor bermay, xatolarni o'z vaqtida tuzatmasliklaridan; 4) mahalliy (sheva) so'zlarning ta'sirida.
Tarbiyachi har bir ta’limiy faoliyatda, ta’limiy faoliyatdan tashqari vaqtlarda o'z guruhidagi bolalarning nutqini ta'limtarbiya jarayonida o'rganishi, nutqiy xatolarni to'g'rilab borishi shart.
Bir guruhdagi bolalar nutqini o'rganish natijalari asosida shunday xulosa qilindiki, bolalar nutqidagi grammatik xatolar har xil bo'lishi mumkin ekan. Bu quyidagi sabablarga bog'liqligi aniqlandi:
1. Bolaning umumiy ruhiyfiziologik rivojlanish qonuniyatlariga, ya'ni bola nutqidagi grammatik xatolar lining jismoniy holatiga, diqqatining, tafakkurining rivojlanganlik darajasiga.
2. Bolaning o'zlashtirish darajasi va lug'atiga, nutq apparati va eshitish a'zosining holatiga.

TAYANCH IBORALAR
Nutqning intosion - ifodaviy vositasi - ovoz kuchi, termin, to’xtam, ritim, urug'laridan to'g'ri foydalanishdir.


Mustahkamlash uchun savollar :


  1. Bolalar nutqida uchraydigan morfologik va sintatik va ularning sabablari nima ?


  2. Tarbiyachi bolalar nutqidagi grammatik hatolarni tuzatish maqsadida qanday ta’limiy faoliyatlar tashkil etishadi ?



Download 15,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish