2Mavzu: O`zbekistonda zaharli ilonlar va ular zaxarining xususiyatlari



Download 72,08 Kb.
bet1/11
Sana07.07.2022
Hajmi72,08 Kb.
#754759
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`zbekistonda zaharli ilonlar va ular zaxarining xususiyatlari.


1

  • 2Mavzu: O`zbekistonda zaharli ilonlar va ular zaxarining xususiyatlari.

  • (

  • 3I. Kirish……………………………………………………………………………...

  • III. Asosiy qism……………………………………………………………………..

  • 22.1. Ilonlar haqida umummiy tasnif………………………………………………….

  • 22.2. Sudralib yuruvchilar haqida umumiy ma’lumot………………………………

2.3.Ilonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar……………………………………………..
2.4. Ilonlar fizalogiyasi ……………………………………………………………..
III. Xulosalar…………………………………………………………………………
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………



  • Kirish.

O`zbekiston uchraydigan ko‘lvor ilon iyulda tuxum qo‘yadi. YOsh ilonlar avgust-sentyabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog‘ida ko‘lvor ilon 17 yil yashagan.
Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko‘pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko‘lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o‘z vaqtida meditsina yordami ko‘rsatilmasa, u halok bo‘lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta’sir qiladi, shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil dog‘lar ko‘rinishida nuqtali qon quyilishi kuzatiladi. Ko‘lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.

  1. O‘zbekistonda keng tarqalgan zaxarli ilonlarning besh turi:

1.1. O‘rta Osiyo kobrasi – Naia oxiana eich
1.2. Dasht zaxarli qora ilon – Vipera ursine
1.3. CHarx ilon - Carina tus scheid
1.4. Qalqontumshuq ilon - Ancistrodon nalys Pall.
1.5. Ko‘lvor ilon – Vipera lebetina L. ilonlar kiradi.
Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) - tangachalilar kenja turkumi. Qadimgi Ilon qazilma qoldigʻi (uzunligi 11 m gacha) boʻr davridan maʼlum. Ilonning ajdodi echkemarlarga oʻxshash kaltakesaklar boʻlganligi taxmin qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uzunligi 8 sm dan 10 m gacha, muguzeimon qalqon va tangachalar bilan qoplangan. Oyoq kamari suyaklari boʻlmaydi, ayrim Ilonda chanoq va orqa oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan. Umurtqalari 141 dan 435 tagacha. Tush suyagi bo'lmaydi, qovurgʻalari harakatchan. Koʻzini shaffof qovoqlar qoplab turadi. Quloq teshigi va nogʻora pardasi boʻlmaydi, o'rta qulogʻi sodda tuzilgan. Tili uzun, ayrisimon, yakobson organi bor. Bosh skeletining yuz suyaklari elastik paylar orqali oʻzaro birikkan bo'lib, yirik o'ljani yutayotganida ogʻzining keng ochilishiga imkon beradi. Tishlari ingichka, oʻtkir, orqaga egilgan; oʻljani ushlab turish uchun xizmat qiladi.




  • 22.1. Ilonlar haqida umummiy tasnif.

Ilon o‘ziga xos tana tuzilishiga ega bo‘lgan, o‘lchami 20 sm. dan 10 m. gacha yetadigan hayvondir. Ularning 2700 ga yaqin turi ma’lum. Har xil yo‘g‘onlikdagi tanasi bo‘yiga qarab cho‘zilgan. Dumi odatda tanasidan kalta.


Ilonlar kaltakesaklardan 30 xildagi belgilariga ko‘ra farq qiladi. Asosiy farqlaridan biri pastki jag‘ining tuzilishidir. Kalla suyagidagi yuz qismining suyaklari harakatchan birikkan, pastki jag‘ esa kalla suyagida qattiq cho‘zilgan burma yordamida osilib turadi. Elastik bog‘lam esa jag‘larning o‘ng va chap bo‘lagini biriktiradi va bu bilan ilonning og‘zi juda ham cho‘ziluvchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular o‘ljasini butunligicha yuta oladi. Tishlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, chaqish (tishlab olish), o‘ljasini tutish va qizilo‘ngachiga itarish uchun xizmat qiladi. Hamma tishlari ingichka, o‘tkir va orqaga qayrilgan.

Ilonlarning asosiy sezgi organi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag‘idagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha soniya havo yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib o‘ynatadi va ichiga tortib oladi. Tilining uchlari Yakobson juft organining tepa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu yerda ilon havoda paydo bo‘ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida ma’lumot oladi va shunga qarab o‘ljasining qayerda joylashganligi yoki suv manbayining qayerdaligi haqida mo‘ljal oladi. Ko‘zlari ham mo‘ljalda katta rol o‘ynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning ko‘z qorachig‘i vertikal yoki yumaloq, ba’zan esa gorizontal bo‘lishi mumkin, kunduzgi ilonlarniki hamma vaqt yumaloq bo‘ladi. Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan, ular sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi eshitish teshigi bo‘lmaydi. O‘rta qulog‘i sodda tuzilgan va faqat ichki qulog‘i yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi. Demak, ilonlarni musiqa chalib o‘ynatish haqidagi afsonalar asossiz. Bo‘g‘ma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bo‘lib, ular uzoqdan o‘ljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida bo‘ladi.


Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘p-oyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi.


Ko‘p turlarining urg‘ochilari erkagidan yirikroq bo‘ladi.

Tuxum qo‘yib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi. Bir yilda bir marta tuxum qo‘yadi. Bir marta tuxum qo‘yishda mayda turlari bittadan 3-4 tagacha, yiriklari bir necha o‘nlab tuxum qo‘yadi. Inkubatsiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi.



Download 72,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish