28-ma`ruza.
Asinxron mashinalarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Reja:
1. Asinxron mashinaning tuzilishi va asosiy qismlari.
2.
Asinxron mashinalarning ishlash prinsipi
.
3.
Asinxron motorlarning turlari.
Tayanch iboralar. Asinxron mashina, stator, rotor, generator, motor, yulduzcha,
uchburchak
Asinxron mashinaning tuzilishi va asosiy qismlari
Asinxron motorlar (A.М) elektr energiyasini mexanik energiyasiga
aylantiruvchi qurilmadir. U tuzilishining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi
sababli sanoat, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng
qo’llaniladi. Har qanday elektr mashinalari kabi A.М. generatorlar rejimida ham
ishlashi mumkin. Umuman A.М.ning generator rejimida ishlashi iqtisodiy-texnik
jihatdan maqsadga muvofiq emas, ammo oxirgi yillarda o’tkazilgan ilmiy
tadqiqotlar, asinxron mashinalarning generator sifatida ishlatilishining bir qator
ustunliklari borligini ko’rsatdi. Hozirgi vaqtda asinxron mashinalari asosan uch
fazali motorlar sifatida ishlatiladi.
Asinxron motorlar sanoatda ishlatilayotgan elektr motorlarining 80 foizidan
ko’progini tashkil etadi. Bunday katta talabni qondirish uchun mashinasozlik
zavodlarida har yili ishlab chiqarilayotgan asinxron motorlarning quvvati vattning
bir necha ulushlaridan, bir necha ming kilovattgacha, ish kuchlanishi esa 127 V
dan 10 kV gacha bo’ladi.
Asinxron motorlar qo’zg’almas stator va aylanuvchi rotor qismlardan
iborat. Stator ayrim elektrotexnik po’lat plastinkalardan yig’ilgan o’zak
o’rnatilgan bo’lib, o’zakning sirtidagi ariqchalarga (pazlarda) uchta, fazoda
120
0
ga siljigan, mis simli chulg’amlar joylashtiriladi. Bu chulg’amlar o’zaro
―yulduzcha‖ yoki ―uchburchak‖ usulida ulanib uch fazali elektr tarmog’iga
qo’shiladi. Demak, stator chulg’amlarining natijaviy magnit maydoni aylanuvchi
bo’lib rotorning chulg’amlarini kesib o’tadi.
A.M.ning rotori silindr shaklida bajarilib, uning ham ayrim eletrotexnik
po’lat plastinkalaridan yig’ilgan o’zagi ariqchalarida (pazlarida) chulg’am
joylashtirilgan. A.M.-lar rotor chulg’ami yasalishi jihatidan ikkiga bo’linadi.
Shunga muvofiq rotor qisqa tutashgan A.M. yoki alyuminiy sterjenlardan
olmaxon g’ildiragi shaklida bajarilgan bo’lib, bunday A.M.ning rotori qisqa
tutashgan A.M.deyiladi. (28.2 -rasm).
28.1-rasm. Rotori qisqa tutashgan asinxron motorning tuzilishi. 1-val, 2, 6-podshipnik,
3, 7-qopqoqlar, 4-chiqishlar qutisi, 5-ventillyator, 8- ventillyator qopqogi, 9-rotor, 10 – stator,
11-korpus, 12-tayanch panjalar.
28.2-rasm. Qisqa tutashgan rotor turlari: a) yig’ma, b) quyma rotorlar. 1- shamollatuvchi
(ventilyatsion)
kuraklar, 2-muvozanatlashtiruvchi yuk, 3-rotor magnit o’tkazgichi, 4—qisqa
tutashtiruvchi halqa, 5-pazdagi sterjenlar
Kontakt halqalar esa grafit cho’tkalar yordamida motordan tashqariga
o’rnatilgan uch fazali yurgizish reostati bilan biriktiriladi (28.3- rasm). Yurgizish
reostati agar motor ishlaganda rotor chulg’amining qarshiligini va shu bilan
birgalikda rotor tokini boshqarish uchun xizmat qiladi.
28.3-rasm. Faza rotorli asinxron motorning tuzilishi [5]. 1, 7-podshipnik, 2, 6-
qopqoqlar, 4– stator, 5-rotor ventillyator, 8-val, 9-chiqishlar qutisi, 10-tayanch panjalar, 11-
halqalar, 12-cho’tkalar.