27 ta muhim zamonaviy etiket qoidasi



Download 33,09 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi33,09 Kb.
#406103
Bog'liq
27 ta muhim zamonaviy etiket qoidasi


27 ta muhim zamonaviy etiket qoidasi.

E'tiboringizga o'zini va boshqalarni hurmat qiladigan har bir inson bilishi zarur bo'lgan bugungi kunda dolzarb hisoblangan qoidalar jamlanmasini taqdim etamiz. Afsuski, aksariyat muloqotning ma’lum me’yorlari va qoidalariga amal qilishni uyatli bir narsadek qabul qilib, buni haqiqiy hayotdan ancha uzoqda bo’lgan takabbur shaxslarning hulqi alomati deya hisoblaydilar. Biroq, qo’pol va betakalluf hulq-atvorga javoban huddi shunday munosabat yuzaga kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Aslida etiket asoslari ancha soddadir. Bu nutq madaniyati, oddiygina xushmuomalalik, tartibli tashqi ko’rinish va hissiyotlarni boshqara olishdir. Bu holatlarning barchasi ham erkaklar, ham ayollarga taalluqli.

1. Agar «Men sizni taklif qilaman»iborasini qo’llagan bo’lsangiz, — bu yegulik uchun siz haq to’lashingizni bildiradi. Boshqacha ibora: «Keling restoranga boramiz», — bu vaziyatda har kim o’zi uchun to’laydi va faqatgina erkak kishining o’zi xonimning o’rniga to’lashni taklif qilsa, xonim bunga rozi bo’lishi mumkin.

2. Hech qachon mehmonga qo’ng’iroq qilmasdan kelmang. Agar sizni ko’rishga ogohlantirishsiz kelishgan bo’lsa, bemalol xalatda va soch turmagi vositalarida qolishingiz mumkin. Bir britaniyalik xonim chaqirilmagan mehmonlar kelib qolganida doim tufli va shlyapasini kiyib, qo’liga soyabon olishini aytgan. Agar kelgan mehmon unga yoqimli bo’lsa, u “Voy, qanday yaxshi, hozirgina kelgandim!”, deydi. Agar yoqimsiz bo’lsa “Voy, afsuski, ketishim kerak edi!”, deya javob beradi.

3. Qiz bolani sms-xabarlar orqali uchrashuvga taklif qilish va u bilan shu usulda muloqot qilish maqsadga muvofiq emas.

4. Jamoat joylarida smartfonni stol ustiga qo’ymang. Bunday qilish orqali aloqa vositasining hayotingizda qanchalar muhim o’rin tutishini va yoningizda kuzatilyotgan yoqimsiz gaplar qanchalar qiziqmasligini ko’rsatib berasiz. Siz istalgan daqiqada keraksiz suhbatni qoldirib, Instagramdagi tasmani tekshirishga, muhim qo’ng’iroqqa javob berishga yoki Angry Birds o’yinining qanday yangi o’n beshta bosqichi chiqqanini bilish uchun chalg’ishga tayyor bo’lasiz.

5. Erkak kishi hech qachon ayollar sumkasini ko’tarib yurmaydi. Va, ayollar paltosini u faqat yechinish xonasiga olib borish uchungina oladi.

6. Poyabzal doim toza bo’lishi shart.

7. Agar kim bilandir ketayotgan bo’lib, hamrohingiz sizga notanishodam bilan salomlashsa, siz ham salomlashishingiz zarur.

8. Aksariyat sushinifaqat tayoqchalar bilan yeyish mumkin deb o’ylaydi. Biroq, bu to’g’ri emas. Ayollardan farqli o’laroq, erkaklar sushini qo’lda yeyishlari mumkin.

9. Telefonda bekorchi suhbatlarni yuritmang. Agar dildan suhbat qurishni istasangiz, yaxshisi kerakli odam bilan yuzma-yuz uchrashing.

10. Agar sizni haqorat qilishgan bo’lsa, muqobil qo’pollik bilan javob qaytarish va haqorat qilgan odamga ovozni balandlatish kerak emas. Uning darajasigacha tushmang. Yaxshisi, jilmaying va tarbiyasiz suhbatdoshdan uzoqlashing.

11. Ko’chada erkak kishi xonimdan chap tomonda borishi kerak. O’ng tomonda faqat harbiy olqishlashni bajarishga tayyor harbiy xizmatchilar yurishi mumkin.

12. Haydovchilar piyodalarga sovuqqonlik bilan loy sachratish – o’ta ketgan madaniyatsizlik ekanligini yodda tutishlari zarur.

13. Xonimlar xona ichida shlyapa va nozik qo’lqoplarni yechmasligi mumkin, ammo qalpoq va issiq qo’lqoplar bundan mustasno.

14. To’qqizta narsani sir saqlash lozim: yosh, boylik, uydagi teshik, ibodat, dori tarkibi, ishqiy aloqa, sovg’a, hurmat va haqoratni.

15. Kino, teatr, konsertga kelgandan so’ng o’z joyiga faqat o’tirganlarga yuz tomon bilan o’tish kerak. Birinchi bo’lib erkak kishi o’tadi.

16. Erkak kishi doim restoranga birinchi bo’lib kiradi, bunga asosiy sabab – ushbu belgi bo’yicha metrdotel muassasaga kelish tashabbusi kimdan chiqqani va kim haq to’lashi borasida ma’lumotga ega bo’ladi. Katta jamoa kelgan taqdirda – restoranga borish taklifini bergan odam birinchi bo’lib kiradi va pul to’laydi. Biroq, kirish joyida tashrif buyuruvchilarni eshikbon kutib olayotgan bo’lsa, erkak kishi avval ayolni o’tkazib yuborishi shart. So’ngra, erkak kishi bo’sh joylarni topadi.

17. Hech qachon ayol kishiga uning xohishisiz tegish, qo’lini ushlash, suhbat chog’ida unga teginish, itarish yoki tirsagidan yuqoriroqni ushlash mumkin emas, bunda ayolga transportga kirish yoki undan chiqishda, shuningdek ko’chani kesib o’tishda yordam berayotgan bo’lsangiz istisno qilinadi.

18. Agar kimdir sizni madaniyatsiz ravishda chaqirayotgan bo’lsa (masalan: “Xoy, sen!”), unga javob qaytarish shart emas. Biroq, qisqa uchrashuv vaqtida pand-nasihat o’qib, boshqalarni tarbiyalashga hojat yo’q. Yaxshisi o’z namunangiz bilan etiket qoidasini o’rgatib qo’ying.

19. Atirdan foydalanishda oltin qoida – me’yorlilikdir. Agar kechga borib atiringiz hidini seza olsangiz, bilingki, boshqalar bo’g’ilib bo’lgan.

20. Tarbiyali erkak hech qachon ayolga nisbatan munosib hurmat ko’rsatmaslikni o’ziga ep ko’rmaydi.

21. Erkak kishi xonim yonida faqatgina uning ruhsati bilan chekadi.

22. Direktor, akademik, keksa ayol yoki maktab o’quvchisi – kim bo’lishingizdan qat’iy nazar, xonaga kirganda birinchi bo’lib salomlashing.

23. Yozishma maxfiyligiga rioya qiling. Ota-onalar farzandlariga yuborilgan xatlarni o’qimasliklari kerak. Shuningdek, turmush o’rtoqlar ham huddi shunday yo’l tutishlari zarur. Yaqinlarining cho’ntaklaridan yozishmalar va xatlarni izlaydigan odam o’ta odobsiz hisoblanadi.

24. Moda ortidan quvmang. Zamonaviyva yomon ko’ringandan ko’ra, zamonaviy emas, ammo yaxshi ko’rinish afzalroq.

25. Agar kechirim so’ragandan keyin sizni avf etishgan bo’lsa, haqoratli masalaga qaytib, yana kechirim so’rashning hojati yo’q, shunchaki bunday xatolarni qaytarmang.

26. O’ta qattiq kulish, shovqinli muloqot qilish, odamlarga tikilib qarash – haqoratomuzdir.

27. Yaqinlaringiz, qarindoshlar va do’stlaringizga minnatdorlik bildirishni unutmang. Ularning yaxshi ishlari va o’z yordamini taklif qilishga tayyorligi majburiyat emas, balki minnatdorlikka munosib hissiyotlar namoyishidir. 
Download 33,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish