20-asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan



Download 56,49 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi56,49 Kb.
#285117
Bog'liq
USMON NOSIR (Lotincha)




Usmon Nosir (1912–1944) — 20-asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir. Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namanganda tugʻildi.

Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi.

Bolaligidan sheʼrlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „Quyosh bilan suhbat“ (1932), „Safarbar satrlar“ (1932), „Traktorobod“ (1934), „Yurak“ (1935), „Mehrim“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „Norboʻta“ (1932) va „Naxshon“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir 1937-yilning 14-iyulida „xalq dushmani“ sifatida qamoqqa olindi va Toshkent, Magadan, Kemerovo turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin boʻlmaydigan qiynoqlarga duchor boʻlgan shoir 1944-yilda Kemerovoda halok boʻldi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi.

30-yillarda koʻzga koʻringan va el ogʻziga tushgan isteʼdodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qoʻqondagi bolalar uyida oʻtgan Usmon oʻrta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakultetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Usmon Nosirning ilk sheʼrlari maktabda oʻqib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda koʻrina boshlagan edi. Shoirning “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar” (1932), “Traktorobod” (1934), “Yurak” (1935), “Mehrim” (1936) kabi sheʼriy toʻplamlari, “Norboʻta” va “Naxshon” dostonlari birin-ketish nashr qilindi. Uning “Norboʻta” (1932) asarida Oʻzbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, “Naxshon”da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan boʻlsa, antiq dunyodagi qullar kurashi “Nil va Rim” kabi poetik asarlarida oʻz aksini topdi.

Usmon Nosir sheʼriyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chogʻda, sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur oʻrin olgan. Shundan boʻlsa kerak, shoir sheʼrlari hamon davralarda tez-tez yod aytiladi:

Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida A. Pushkinning “Boqchasaroy fontani”, M. Lermontovning “Demon” (“Iblis”) dostonlari oʻzbek kitobxonlari qalbiga yetib borgan.

Joʻshqin isteʼdod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatagʻon davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini shoʻro lagerlarida azob-uqubatda oʻtkazib, 1944 yili vafot etdi.



Usmon Nosir 1937 yilning 18 iyulida hibsga olinganda hali 25 yoshga toʻlmagan edi. Fojiani qarangki, buyuk isteʼdodning ayni ijodiy kamolotga koʻtarilgan bir davrida uni mustabid tuzumning qatagʻon siyosati ayamadi. Shoir bir sheʼrida:

 Usmon Nosir she’riyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chog‘da, sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o‘rin olgan. SHundan bo‘lsa kerak, shoir she’rlari hamon davralarda tez-tez yod aytiladi:

YUrak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding,
Ko‘zimga oyni berkitding,
YUrak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinchim toshdi qirg‘oqdan,
Tilim charchar, ajab gohi
Seni tarjima qilmoqdan.



30-yillarda ko‘zga ko‘ringan va el og‘ziga tushgan iste’dodli shoir Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi.

Bolaligi va o‘smirligi Qo‘qondagi bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakulьtetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Usmon Nosirning ilk she’rlari maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko‘rina boshlagan edi. SHoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «YUrak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo‘ta» (1932) asarida O‘zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar kurashi «Nil va Rim» kabi poetik asarlarida o‘z aksini topdi.

Usmon Nosir 1937 yilning 18 iyulida hibsga olinganda hali 25 yoshga to‘lmagan edi. Xuddi shu damlarda u A.S.Pushkinning «Boqchasaroy fontani» dostonini tarjima qilish bahonasida Moskvada ulug‘ shoir tavalludining 100 yilligida ishtirok etishga muyassar bo‘lgan. Xususan, u tarjima qilgan «Ulug‘ kun» Hamza teatrida muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. «Vatan haqida qo‘shiq» (Mutal Burhonov musiqasi) Moskvada ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston san’ati o‘n kunligida ijro etilganda gulduros qarsaklar bilan qarshi olingan. Fojiani qarangki, buyuk iste’dodning ana shunday kamolotga ko‘tarilgan bir davrida uni sovet davlatining qatag‘on siyosati ayamadi.
Download 56,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish