2 soat ma’ruza Ma’ruza: boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik shartlari



Download 31.54 Kb.
bet1/9
Sana12.01.2021
Hajmi31.54 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

23-24-mavzu. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHNING METODIK SHARTLARI

(2 soat ma’ruza)
Ma’ruza: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISHNING METODIK SHARTLARI

Zamonaviy maktab oldiga qo'yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o'quvchilar um umiy rivojlanishining o'sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o'qish mazmuni va o'qitish metodlariga o'zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog'liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o'qilgan m atn yuzasidan o'z fikrini bayon qilish ko'nikm asini o'stiradigan mashqlar ko'paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo'ldi, asar g'oyasi va obrazlarini tushuntirishda o'quvchilam ing mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta ’limda texnika vositalaridan va ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan ko'proq foydalanila boshlandi va hokazo.

XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda shakllantiriladigan m atn ustida ishlash ko'nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1—4-sinflarda o'qish malakasiga qo'yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asming 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o'qish kitoblari yaratildi.

Mustaqillik tufayli ta ’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang'ich ta ’limning ham „Davlat ta ’lim standard" yaratildi, o'quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta ’lim standartlari va o'quv dasturlari qayta ko'rib chiqildi, „O'qish kitobi" darsliklari ham yangilandi.

O 'zbek m aktablarida taniqli rus m etodist-olim lari T. G. Ramzayeva, M. S. Vasileva, V. G. Goreskiy, К. T. Golenkina, L. A. Gorbushina, M. I.Om orokova, E. A .N ikitina, N . S. Rojdestvenskiy, o'zbek olimlaridan A. Zunnunov, K. Qosimova, Q. Abdullayeva, S.M atchonov, M .Yusupov, M .U m arova, X. G 'ulom ova kabilar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o'qish m etodikasidan ijodiy foydalanilmoqda. Boshlang'ich sinflarda badiiy asar quyidagi m uhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 1. Asar m azmunini tahlil qilish va to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning m azm unini tushuntirishga oid topshiriq o'qish malakalarini takomillashtirish topshirig'i ham hisoblanadi)

2. Asarning g'oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig'i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o'quvchilam ing shaxs sifatida um umiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog'lanishli nutqining o'sishi (lug'atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi.

3. O'quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.

4. Sinfda o'qishga o'quvchilam ing bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-m uhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.

Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo'lgan muhim omillardan biri uning o'quvchilarga hissiy ta ’siridir. O'quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. M atnni tahlil qilish o'quvchida fikr qo'zg'atishi, hayotiy tajribasining m uallif qayd etgan dalillarga to'g'ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go'zalligi ham alohida qayd qilib o'tiladi.

O'qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o'qishni to'g'ri uyushtirish uchun o'qituvchi badiiy asarning o'ziga xos xususiyatlarini, ta ’limning turli bosqichlarida o'qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o'quvchilam ing matnni idrok etish va o'zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.

O'qish darslari o'quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining hayotiy voqealami qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o'qish va asami tahlil qilish malakasi sinfdan-sinfga o'tgan sari o'stirib boriladi.

O'quvchilar adabiy m a’lumotlami o'zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g'oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar. O'quvchilar adabiy tushunchalarni o'rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. Adabiy tushunchalarni shakllantirish bilan birga o'quvchilam ing nutqini o'stirish ham m uhim o'rin tutadi.

Boshlang'ich sinflarda asar tahlilida adabiy janr turlari — ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq bilan birga badiiy til vositalari — sifatlash, o'xshatish, jonlantirish, m ubolag'a bilan ham amaliy ravishda tanishtiriladi.

Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o'quvchilarda o'z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o'qish ko'nikmasi o'stiriladi, asar kutubxonasi g'oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o'quvchilar nutqi rivojlantiriladi.

Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tom onidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta ’sirchanligi, o 'tk ir sujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o'qib bo'lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida aham iyat berish zarur.

2-sinf „O'qish kitobi“da keltirilgan „Kamaychi shoh" ertagida ,,yov qora bulutday yopirilib kelayotgan ekan", „Kuychi terak" ertagida „Terakning shoxlari xuddi surnay chalgandek ovoz chiqarib, yaproqlari esa shildirab raqsga tushar ekan", „To'rg'aylar qo'shiq aytib, ularga jo 'r bo'lar ekanlar", „Oh, deb nola qilibdi terak", „Ustun ularning nag'malariga jo 'r bo'lib, sho'x-sho'x kuy chalibdi" kabi badiiy vositalar yordam ida tasvirlangan m anzaralar juda ko'p. U lar ustida ishlash o'quvchi nutqini o'stirish bilan birga ularni fikr yuritishga, m ulohaza qilishga ham o'rgatadi.

Ertaklarda o'xshatishlar, jonlantirish va m ubolag'alardan foydalanilgan. O'quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik m atndan toptirish, qayta hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga o'rgatish zarur.

Asar o'qib bo'lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning ma’nosi m atndan, asar m azm unidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani ochishda ko'chm a m a’noli so'zlardan ko'p foydalaniladi. Ular bolalarga masal m azm unini tushunishga xalal bergani uchun ayrim ko'chm a m a’noda ishlatilgan so'zlar asam i o'qishdan oldin tushuntiriladi.

3-sinf „O 'qish kitobi“dan o'rin olgan „Ayamajiz" (Qudrat Hikm at) she’rida „B o'ralar qor kapalak", „Bog'lar sokin m izg'ishar, Misoli oq kapalak", „M uz oynalar sovuq yeb" misralarida o'xshatish, jonlantirish; „Saxiy ona tabiat", „quchog'ida havo so f' misralarida metafora; „Ayamajiz izg'iydi, Ko'chalarda tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog'izdek yutoqib" kabi misralarda jonlantirish va o'xshatishlar qo'llangan. Bular ustida ishlaganda quyidagicha savol-topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1. Shoir qomi nimaga o'xshatadi? (oq kapalakka).

2. Ayamajizni nimaga o'xshatadi? (Yalmog'izga).

3. „Muz oynalar sovuq y e b “ misrasini qanday tushunasiz? Oyna sovuq qoiadimi?

Darslikning „Kum ush qish“ bo'lim ida „Qish“ matni berilgan. Ushbu m atnda ham ko'plab jonlantirishlar qo'llangan. Masalan, „ham m a yoqda sovuq izg‘irin kezadi“, „Ingrar og‘riq kabi qari tol, oynalarni bezar qish — gulkor“, „Daraxt kurtaklari rohatlanib uxlamoqda“, „hozir urug'lar tinch uyquda“ kabi. Matn tahlilida „M atnning birinchi qismini o'qing. U nda qaysi so'z o 'z m a’nosidan boshqa m a’noda qo'llangan?" yoki „M atnning ikkinchi qismida jonsiz narsalar jonlidek tasvirlangan o'rinlarni topib o'qing. Boshqa m a’noda qo'llangan so'zlarni o'z m a’nosida qo'llab gap tuzing. Bu so'zlar qanday m a’noda qo'llanganda ta ’sirchan bo'ladi?" kabi savol topshiriqlardan foydalanish mumkin.

Maqol janrida ham ko'chm a m a’noli so'zlar ko'p qo'llanadi. Misol uchun „ Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir “ maqolida boshiga so'zi metafora yo'li bilan m a’nosi ko'chgan, o'quvchilarga uning m a’nosi qanday usul bilan ko'chganligi aytilmaydi, faqat boshqa m a’noda qo'llanganligi o‘z m a’nosi bilan taqqoslangan holda o'quvchilarga o'rgatiladi.

Tarixiy asarlarda ham ta ’sirchan, tasviriy-bo'yoqdor so'zlar ko'p uchraydi. Jum ladan, „Bobur va kabutar" asarida hazrat, a ’yonlar, oliy hazrat so'zlari qo'llangan. Asar matnida qadimiy davr bilan bog'liq qo'shim chalarning qo'llanilishi ham asarga joziba bag'ishlaydi. Masalan: „Kabutar ne deydur?" kabi. M azkur asarda ikkinchi shaxs qo'shim chasi o'rnida hurm at m a’nosidagi uchinchi shaxs qo'shim chasi qo'llangan: „Xatda: Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo'l urib bersalar". Shu o'rindagi „qo'l urib bersalar" birikmasi ibora hisoblanadi. Iboralar doim ko'chm a m a’no ifodalab, nutqning ta ’sirchanligini oshiradi. M atndan iboralar aniqlangach, m a’nosini izohlashdan tashqari, ularga m a’nodosh yoki qaram a-qarshi m a’noli iboralarni toptirish ham yaxshi samara beradi.

Topishmoqlarda ham jonlantirish va o'xshatishlar juda ko'p. Masalan, „Ayoz bobo now ot sotdi, Olgan edim, qo lim qotdi" topishm og'ida o'xshatish, „Chiq-chiq" ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi" topishm og'ida jonlantirish qo'llangan.

„Chum oli vaTipratikan", „o’ jartoshbaqa" masallarida ham badiiy til vositalari mavjud. Xususan, ularda „O 'g'irlik mol aylar jonsarak", „Bola ko’nglin ko'tarar", „Kosang joningga huzur", „Senga qalqon usti-bosh‘\ „Parcha go'sht bo'lib yurar", „Jish Toshbaqa" kabi ibora, birikma va gapiar uchraydiki, ular ustida ishlashda „Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo'lib o'tishi m um kin?", „Ularga hayotdan misollar keltiring“ kabi topshiriqlar berish, ulardagi m a’noni boshqacha yo'sinda bayon ettirish, o ‘zaro taqqoslash, ta ’sirchanligidagi farqni aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. M asalan: „Bola ko'nglin ko‘tarar“ — Bolasiga yaxshi gapiar gapirar, „Kosang joningga huzur“ — Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi“ kabi.

O'qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilm iy-omm abop maqolalar berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, uning turli tom onlari, dalillar va ularning bir-biriga ta ’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, badiiy asar markazida inson, uning jam iyat va tabiatga munosabati turadi.

Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq m aterialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.

Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o'qituvchining diqqat markazida turadi. O 'quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.

Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina m atnni to 'g 'ri o'qish, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang'ich sinflarga tatbiq etganda, aw alo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o'quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o'stirish zarur.

Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o'quvchilam ing yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.

To'rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o'quvchilarni asarning g'oyaviy yo'nalishini tushunishga o'rgatish m uhim dir, bu asam i to'g'ri idrok etish uchun, m atn ustida ishlash ko'nikm asini, o'quvchilam ing dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. M uallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jam iyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o 'z munosabatini ifodalashga harakat qiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g'oyaviy mag'zini tashkil etadi. Asarning g'oyaviy yo'nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog'liq. Asarning tar biyaviy ahamiyati, o'quvchiga ta ’sir kuchi uning g'oyaviy yo'nalishiga bog'liq.

Badiiy asar ustida ishlashni to 'g 'ri tashkil qilish uchun shakl va mazmun birligi haqidagi qoida ham e’tiborga olinadi.





Download 31.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti