2-SINF
I.Darsning mavzusi: Ota-onaga hurmat.
II.Darsning maqsadi:
a) talimiy maqsad: o’quvchilarga insoniylik, ota-onaga, qarindosh-urug’larga mehr-muhabbat, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’lish singari tushunchalarning tub mohiyatini tushuntirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni insofli, diyonatli, mehribon va go’zal xulqli qilib tarbiyalash;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni erkin va mustaqil mushohada yuritish ko’nikmalarini takomillashtirish, ularning nutqini rivojlantirish.
III.Asosiy tushuncha va atamalar: ota-ona, farzand, xulq, odob, urf-odatlari, kattaga hurmat, kichikka izzat.
IV.Darsning metodlari: “Muzyorar” texnologiyasi, “Akvarium” metodi.
V.Darsning shakli: suhbat-ma’ruza.
VI.Darsning usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VII.Darsda qo’llaniladigan vositalar: ota-onaga hurmat mavzusidagi shiorlar, maqollar, hikmatli so’zlar va hokazo.
VIII.Darsning borishi:
1.Tashkiliy bosqich: salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish.
2.O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Tolib Yo’ldoshning “Yaxshi so’z” sheri.
Takrorlash yuzasidan savollar:
1.She’rda nima haqida gap ketyapti.
2.Nima uchun gapirganda “siz”lab gapirish kerak? Bu nimani bildiradi?
3.She’rni yoddan aytib bering.
IX.Yangi mavzu bayoni.
1.”Muzyorar” tehnologiyasi.
Muzni yoruvchi savol:
Savol: Hayotda siz uchun eng qadrli insonlar kim va ularni nima uchun shu qadar yaxshi ko’rasiz?
Dars Alisher Navoiyning quyidagi baytlari bilan boshlanadi.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Tun kuninga aylagali nur fasli,
Birisin oy angla birisin quyosh.
X.Darslik bilan ishlash.
Ota-onaga hurmat.1
Ota-ona farzandlar uchun eng aziz va mo’tabar insonlardir. Ularni hurmatlash, asrab avaylash farzandlarning burchidir.Ota-onaning aytganlarini darhol bajarish, ularning ko’nglini shod etish har bir o’g’il-qizning vazifasi. Ota-ona farzandiga yaxshi xulq va odob o’rgatadi. Ota-ona ruxsatisiz uzoq joylarga ketmang, ularga yolg’on gapirmang, hamisha muloyim, yoqimli gapiring. Bobo, buvi, ota-ona va oiladagi katta yoshdagi kishilar davra to’rida o’tirishlari o’g’il va qizlar esa ularning hizmatida bo’lishlari kerak. O’zbek urf-odatlariga rioya qilish, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish kerak. Uyda va maktabda yaxshi tarbiya topib, go’zal xulq egasi bo’lsangiz, ota-onangizga rahmat eshittirasiz.
XI. Mustahkamlash uchun metodlar:
1.”Akvarium” metodi: Metodni quyidagicha o’tkazish mumkin: o’quv xonasida stullardan iborat ikki doira tashkil etilib, birida stullar tashqariga, ikkinchisida ichkariga qarab joylashtiriladi. O’quvchilar teng ikki guruhga bo’linadilar: biri ichki stullar aylanasiga, boshqasi esa, tashqi stullar aylanasiga o’tiradilar. Bunda har kim o’z sherigiga qarab o’tiradi. O’quvchilarga muhokama qilish uchun savollar beriladi?
1. Farzandning ota-ona oldidagi vazifalari nimalar?
2. Nima qilsak ota-onamizni xursand qilgan bo’lamiz?
3. Go’zal xulq va yaxshi tarbiya egasi bo’lish uchun yana nimalar qilmog’imiz kerak? singari.
Yaxshilab o’ylab olganlaridan so’ng o’quvchilarga sheriklari bilan savolni muhokama qilish uchun bir yoki ikki daqiqa vaqt beriladi.
Ma’lum signaldan so’ng tashqi aylanadagilar bir o’rin chapga surilishdi va ayni savolni yangi sheriklari bilan muhokama qilishadi. Tashqi aylanadagi o’quvchilar o’zlarining eng birinchi sheriklari surilib kelgunga qadar yoki yetarlicha yangi sheriklari bo’lguncha faoliyat davom ettiriladi.
Shu uslubni tashqi doiradagilar tanqidchi sifatida ichki doiradagilar himoyachi sifatida “ Doiraviy rolli o’yin” shaklida mashg’ulotlarda ham qo’llash mumkin.
XII.Uyga vazifa: “Ota-onam” yo’lchi yulduzim” mavzusida ixtiyoriy matn yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |