2-mavzu. Pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy qismlari
Reja:
1.Pedagogik texnika haqida tushuncha.
2.Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
3. Pedagogik texnikani shakllantirish usullari.
4.O‘qituvchining o‘z ruhiy holatini boshqara olish texnikasi.
Darsning maqsadi:
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari, o‘qituvchining
o‘z ruhiy holatini boshqara olish texnikasi buyicha bilim, malaka va kunikmalarni
shakllantirish
T
ayanch iboralar:
texnika, tarkibiy qism,savodli gapirish,- mimika,
pantomimika,ma’noli karash, xissiy psixik xolat.
Pedagogik texnikaning tarkibiy kismi sifatida pedagogning nutq madaniyatini,
ya’ni savodli gapirish, uz nutkini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan kilib bayon
etish, uz fikr va xis-tuygularini suzda anik ifodalash malakalarini aytib utish
mumkin. Pedagogik texnikaning bosh tarkibiy kismi pedagogning mimik va
pantomimik ifodaligidir. Anik imo-ishora, ma’noli karash, ragbatlantiruvchi yoki
istexzoli tabassum pedagogik ta’sir kursatishda kup suzli tushuntirish yoki e’tiroz
bildirishga qaraganda ancha samarali muomila vositalari xisoblanadi. Pedagogik
uzaro ta’sir kursatishda pedagogning uz xissiy psixik xolatini boshkarish, uzida
eng kulay xissiy (ijodiy) jiddiilik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik
kayfiyatini saklash uzining xissiy dam olishini tashkil etish maxoratida muxim rol
uynaydi. Bu maxorat pedagogning kasbiy jixatdan uz-uzini nazorat kilishini
ta’minlaydi. Kup yillar davomida soglom asab tizimini saklab kolish, asabii
buzilishilardan, xissiy va akliy zerikishdan uzini tiyishga yordam beradi.
Shunday kilib, pedagogning pedagogik texnikasi - bu shunday bir malakalar
yigindisidirki, u tarbiyalanuvchilar kurib va eshitib turgan narsalar orkali ularga uz
fikrlari va kalbini yetkazish imkonini beradi. Talabalar bilan bevosita muomila
kilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari yoki ularning yo‘qligi uning xulk
atvorida namoyon buladi.
Pedagogik texnika - ukituvchiga ukuv faoliyatida xam ukishdan tashkari
faoliyatda xam zarur bulgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil
topadi. Pedagogning pedagogik texnikasi – bu shunday bir malakalar
yigindisidirki, u tarbiyalanuvchilar kurib eshitib turgan narsalar orqali ularga uz
fikrlari va kalbini yetkazish imkonini beradi.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari:
- nutk texnikasi
- mimika, pantomimika
- Ma’noli karash
- xissiy psixik xolat
- kayfiyat va istexzoli tabassum
- savodli gapirish
-Anik imo-ishora
Tarbiyachi, pedagog xar bir ishni tashkil etishni, yurishni, xazillashishni,
kuvnok, jaxldor bulishini bilish lozim. U uzini shunday tutishi kerakki, uning xar
bir xarakati tarbiyalanuvchilarga namuna bulsin. Pedagogik texnika pedagog
malakalarining shunday yigindisidirki, u pedagogning eng yaxshi ijodiy xulk
atvoriga, boshkacha kilib aytganda, xar kanday pedagogik vaziyatda
tarbiyalanuvchilarda samarali ta’sir kursatishga yordam beradi. Mukammal
pedagogik texnika pedagogning vakti va kunlarini ijodiy ish uchun bushatib beradi.
Pedagogik uzaro ta’sir kursatish jarayonida talabalar bilan muomila kilishda zarur
suzni topish yoki muvaffakiyatli chikmagan gan oxangini tushuntirishga uz fikrini
chalgitmaslik imkonini beradi. Individual pedagogik texnika pedagogning yoshi,
mijozi, fe’l atvori, sixat-salomatligi, anatomik, fiziologik xususiyatlariga ancha
boglik buladi. Pedagogik texnikaning shakllanishi shaxsning sifatlariga xam ta’sir
kursatadi. Chunonchi, nutkni ifodali, sof, savodli bulishi ustida ishlash,
fikrlashning ravon bulishiga ta’sir kiladi. Psixik faoliyatni mustakil tartibga solish
usullarini egallash, fe’l atvor bilan bulgan xissiy vazminlikning rivojlanishiga olib
keladi. Pedagogik texnika malakalarining shakllanish darajasida pedagogning
umumiy madaniyati, imkoniyatlari namoyon buladi. Agar pedagogning nutqi
qashshoq va tartibsiz bo‘lsa, bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan uz xissiyotlariga erk
bersa, tarbiyalanuvchi xissiyotiga ta’sir kilmaydi. Pedagoglarning talabalar bilan
bevosita mulokati tarbiyalanuvchilarga ta’sir kursatadi. Bu jarayondan ikki
tomonlama axborot almashiladi. Ya’ni, pedagog boshkarish sub’ektidan ob’ektga
"talabalar"ga boradi. Va aksincha ob’ekt sub’ektga boradi. Pedagog bevosita
shaxslararo muomiladan uz tarbiyalanuvchilari umuman jamoa, undagi ichki
jaraenlar xakida royat xilma-xil axborotga ega buladi. Pedagogning talabalar bilan
muomilasi ular urtasidagi uzviylikni tuldiruvchi vazifasini xam bajaradi. Shu
munosabat bilan tarbiya uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish kerak.
Talabalarga nisbatan tarbiyaviy vazifani bajaruvchi katta yoshdagi kishilar, unga
doimiy ta’sir etuvchi tizimiga ega emas. Xar bir talabaga xar xil ta’sirlar okimi
yetib boradi. Ular bir-birlari bilan unchalik mos kelmasligi va ma’lum darajada biri
ikkinchisiga zid kelishi mumkin. Pedagogning uz tarbiyalanuvchilariga
kursatadigan turli tuman ta’sirlari unga tuzatish kiritishga intilishiga boglik.
Albatta bunga talabalarga munosabat uning shaxsiy sifatlariga karab boshkariladi.
Muammolarning kup yoki oz darajada bulishi inobatga olinadi. Pedagogik
kobiliyatlar strukturasida akl, idkoo, xozirjavoblik, tankid kuz bilan karash,
sobitkadamlik, notiklik, suz boyligi va xokazolar muxim rol uynaydi. Pedagogik
kobiliyatlar fakat pedagogik faoliyat samarali bulishi shartigina emas, balki kup
jixatdan pedagogning muvafydakiyatli ishlashi natijasidir.
Nazorat savollari
1. Pedagogik texnika xakida tushuncha bering?
2. Pedagogning uz ruxiy xolatini boshkarish texnikasi deganda nimani
tushunasiz?
3. Pedagog nutkini boshkarishi uchun qanday xolatni saqlashi lozim?
4. Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz?
5. Pedagog diqqatni jalb qila bilishi uchun uzini qanday tutishi lozim?
Mustaqil ta’lim uchun topshiriq
1.Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlariga oid hayotiy misollar keltirish
2. Pedagog nutqini boshqarishiga oid adabiy manbaalarni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |