2-mavzu. O’lkamizning antik, o’rta asrlar va yangi davr tarixining o’rganilishi. Reja



Download 40,34 Kb.
Sana12.03.2022
Hajmi40,34 Kb.
#492181
Bog'liq
2-mavzu


2-mavzu. O’lkamizning antik, o’rta asrlar va yangi davr tarixining o’rganilishi.
Reja:
1.Tosh davri xususiyatlari. Tosh xo‘jaligi va moddiy madaniyati. Tarixiy-madaniy jarayonlar. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllariga (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik) o‘tish va ularning keyingi taraqqiyoti.
2. Bronza va temir davrlari xususiyatlari. O‘troq dehkonchilik va ko‘chmanchi qabilalarning tarqalishi. Ularning xo‘jaligi va moddiy madaniyati.
3.O‘lkamizdagi etnik guruhlar. (So‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar) Antik davri migratsiyalari va etnik jarayonlari.
4.O‘rta asrlarda turkiy tilli xalqlarning kirib kelishi masalalari va uning bosqichlari.
5. Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining etnik tarkibi.


Tayanch so’z va iboralar: arxeolog, poleolit, mezolit, neolit, bronza, temir, xioniylar,
Hozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo’lgan diqqat-e`tibor nihoyatda kuchaygan bir davrda, O’zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o’choqlaridan biri ekanligiga hech qanday shubxa qolmadi. Undan tashqari, nafaqat O’zbekiston, balki, butun O’rta Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan yuqori o’rnini yana bir bor tasdiqlaydi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insonning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, kabilalar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izohlanadi. O’rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi YI ming yillikdayoq dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan bo’lsa, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shugullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy-geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan izohlash mumkin. Bu o’rinda O’rta Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’oldi va daryo voxalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko’rish (Kopetdog, Xisor, Zarafshon tog’ oldi hududlari hamda Qizilqum, Qoraqum, Qashqadaryo va Zarafshon voxasining dasht hududlari) muhimdir. Undan tashqari O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridayoq, ya`ni, miloddan avvalgi YI-IY ming yilliklardagi o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval, Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta`sir ko’rsatgan.O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi. Antropogenez jarayonlari. Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng zoq davom etgan va eng qadimgi davridir. Bu davrni yozma manbalar asosida o’rganib bo’lmaydi. Shuning uchun ham bu davrni chuqur o’rganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi odamlar o’z faoliyati davrida atrof muhitga ta`sir ko’rsatib, kundalik hayotda o’ziga zarur bo’ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshpanalar qurganlar. O’z navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta`sir ko’rsatgan. Hozirgi paytda O’rta Osiyo hududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining alohida bosqichlari quyidagi davrlarga bo’linadi: 1. Paleolit ("palayos"- qadimgi, "litos" - tosh) davri; bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi; a) ilk paleolit- Ashel’ davri, 800-100 ming yilni o’z ichiga oladi; b) o’rta paleolit - Must’e davri, milloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar; v) so’nggi paleolit - miloddan avvalgi 40-12 ming yillik.
2.Mezolit ("mezos" – o’rta , "litos" - tosh) miloddan avvalgi 12- 7 ming yilliklar.
3. Neolit ("neos" - yangi, "litos" - tosh) - miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar.
4.Eneolit (mis - tosh davri) - miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikning boshi.
5.Bronza asri - miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar.
6.Temir davri - miloddan avvalgi 1- ming yillikning boshlaridan.
O’zbekiston hududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg’ona vodiysidagi Selung’ur, Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq,Navoiydagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo’pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo’lib ov qilish bilan shug’ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo’lib, undan tayyor bo’lgan maxsulotlarni o’zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
O’rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obiraxmat, Xo’jakent, Samarqanddagi Omonqo’ton, Boysun tog’laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Obiraxmat makoni yoysimon shaklda bo’lib, bu yerda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o’tkir uchli sixchalar, qirg’ichlar uchraydi, shuningdek, turli hayvonlar suyaklari ham ko’pchilikni tashkil etadi. Yana bir mashxur yodgorlik Teshiktosh g’or makoni bo’lib bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qazib ochilgan. Qabrdagi murdaning yoniga turli tosh qurollar va arxar shoxi qadab qo’yilgan. O’rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib turmushida yangi unsurlar paydo bo’la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug’chilik jamoasiga o’tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar uchoqlar atroflarida to’planib ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo’ldi.
So’nggi paleolit qadimgi tosh asrining so’nggi bosqichidir. Bu davrga oid makonlar Ohangarondagi Ko’lbuloq, Toshkentning garbidagi Bo’zsuv 1, hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirg’ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoq, boltalar kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat tog’li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutug’i urug’chilik tuzumiga (matriarxat) o’tilishidir.Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machay g’ori-makonidan, Markaziy Farg’onaning ko’pgina yodgorliklaridan topib o’rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonot va o’simlik dunyosida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Insoniyat undagi dastlabki murakkab moslama o’q-yoyni kashf etadi.
Mezolit davri qurollari paleolitga nisbatan ixchamligi va sifatliligi bilan farq qiladi. Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo’jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi. Neolit davriga kelib qadimgi qabilalar hayotida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu davr odamlari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko’llar bo’ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib, baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar.Eng katta yutuqlardan biri - kulolchilikning paydo bo’lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlarga bo’linadi: Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati. Joytun madaniyati. Janubiy Turkmaniston hududidagi mil. avv. YI-Y ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yerdan O’rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar namunalari aniqlangan. Axolisi asosan dehqonchilik, chovachilik va qisman ovchilik bilan shug’ullangan. Kaltaminor madaniyati. Qadimgi Xorazm hududidan topilgan bo’lib mil.avv. Y-IY ming yilliklarga oiddir. Kaltaminorga oid makonlar dastlab Amudaryo etaklari va Xorazm hududidan topilgan.Bular orasida Xorazmdagi Yonboshqal`a makoni diqqatga sazovor. Bu yerni qazish vaqtida chayla shaklidagi makon ochilgan. Bu makon yogoch ustun, sinchlar bilan ko’tarilgan. Ustiga ko’ndalang yogochlar tashlanib, qamish bilan berkitilgan. Chayla o’rtasidan katta markaziy o’choq qoldig’i, atrofida mayda o’choq qoldiqlari ochilgan. Makondan nayza-paykonlar, kamon o’qlar uchlari va boshqa tosh qurollar topilgan. Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar Zarafshon etaklaridagi Darvozaqir makonidan topib o’rganilgan. Hisor madaniyati. Bu madaniyat tog’ madaniyati bo’lib, Tojikistonning g’arbidan Hisor Bobotog’ oralig’idan topib tekshirilgan. Hisor madaniyatiga mansub yodgorliklar 200 dan ziyoddir. Hisorliklar sopol idishlar yasab, ovchilik, chorvachilik, qisman termachilik bilan shug’ullanganlar. Markaziy Osiyo - qadimgi sivilizatsiyaning o’choqlaridan biri ekanligini tarixiy faktlar tasdiqlab turibdi. Xalqimizga inson farzandiga, el-yurtga hurmat va insoniyatga bo’lgan ulug’ muxabbat g’oyasi har doim baland bo’lgan. Bu g’oyalar asosida insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, tengma-teng qo’yuvchi insonparvarlik yotadi. Ko’hna o’tmishimizga nazar solsak buning guvohi bo’lamiz. Bu boradagi ilk manba - zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"dir. O’sha davrda yangi diniy - falsafiy, huquqiy ta`limot sifatida "Avesto" xalq va davlat uchun siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy, huquqiy tafakkur mezoni hamda amaliyot uchun manba bo’lib xizmat qilgan. Biz yuqorida yurtimiz hududida paydo bo’lgan dastlabki davlatlar to’g’risida to’xtalib o’tgan edik. Bu davlatlar to’g’risida ilk manba sifatida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"ni ham ko’rsatish mumkin. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Avesto" bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma`naviy tarixiy merosidir. "Avesto" ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo’lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi" deganlarida yuz foiz haq edilar. (I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., 1998, 10-bet) "Avesto" O’rta Osiyoning tarixan ajralmas qismi Turonzamin hududlarida shakllangan eng qadimiy din - zardushtiylikning muqaddas kitobidir. Unda nafaqat o’zbek xalqining balki tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg’on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ilohiy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog’liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-axloqiy qarashlar o’z aksini topgan. Diniy rivoyatlarga ko’ra, Zardusht Navro’z kunlarning birida koxinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bo’lgan "Xaoma" tayyorlashga kirishgan. Erta tong pallasida u daryodan suv olish uchun qirg’oqqa tushgan. Suv olib bo’lgach, bir yo’la tahoratini yangilayotgan zardushtning ko’ziga qirg’oqda turgan porloq xilqat - "Voxumana" ko’rinadi va uning sexrli nuriga ergashadi. Nihoyat u ezgu va ulug’ xudo Axuramazda huzuriga boradi. Axuramazda o’zining butun borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. (Zardusht bu vaqtda 40 yoshda edi). Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg’ambariga aylandi. Zardusht avvalgi ko’pxudochilik diniy tasavvurlarga va tabiat hodisalariga sig’inish e`tiqodlariga qarshi chiqib, yakkaxudochilikka asoslangan kitobiy din - zardushtiylik diniga asos soldi. Shuni alohida aytib o’tish kerakki, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy jamiyat, qadimiy davlatchilik asoslari egallayotgan davr edi. Chunki qabilaviy-mahalliy dinlar jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichiga tusqinlik qilayotgan edi. jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichi o’zining to’la shakllanishi uchun yangi g’oya, kuchli mafkuraga muhtoj edi. Bundan tashqari bu murakkab davrda o’lkaning to’la qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida birlashtirish zarur edi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, zardusht yashagan zamonda Markaziy Osiyoda ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarzi yemirilib, o’troqlikka asoslangan turmush tarzi qaror topayotgani, sug’oriladigan dehqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy etayotgani, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’layotganligi, o’troqlik turmush tarzi har jihatdan afzalligi ko’rilayotgan edi. Xalqlarning turmush tarzini barqaror qilish, bosqinchilik tusini olgan ko’chmanchilikka qarshi kurash hayotiy extiyojga aylandi.Hozirgi kunda otashparastlarning ajdodlari Hindistonning Bombey va Gujarot viloyatlarida yashab kelmoqdalar. Ular forslar (ayrim adabiyotlarda perslar) deb ataladi. Ularda hozirgi kunda ham "Avesto" saqlanib kelinmoqda. Biroq "Avesto" to’la saqlanib qolmagan. Uning 21 kitobidan diniy marosimlar o’tkaziladigan va eng zarur deb hisoblangan, diniy jamoalar yod oladigan qismlarigina saqlanib qolgan, xolos. "Avesto"ning 4 ta kitobi saqlanib qolingani bizga ma`lum.
"Avesto" haqidagi muhim manba IX asrga oid "Denkard" (din amallari) asaridir. Unda "Avesto"ning 21 kitobi to’la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar: savobli ishlar yo’riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi, zardushtiylik ta`limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi, oxirat kuni va undagi hisob-kitob, falakiyot, ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar, zardushtning tug’ilishi, bolaligi, haq yo’lini tutishi, jamiyat a`zolarining haq-huquqlari, devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iborat. Zardushtiylik dini haqida ingliz olimi Dj. Buger, frantsuz olimi A.Dyupperon juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. A.Dyupperon 1755 yilda Hindistondagi zardushtiylar orasida 3 yil yashab, ularning ibodatlari, urf-odatlarini o’rgangan va "Avesto"ning 3 jildlik tarjimasini frantsuz tilida 1771 yilda nashr ettirgan, yana shuni ta`kidlash lozimki, olimlarning fikri "Avesto" Garbiy Evropa, Eron, Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, terminlar aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. Bu dinning ta`limotiga ko’ra, xudo Axuramazda "Oliy ibtido"dir. U hamma mavjudotni yaratuvchisi va boshqaruvchi Oliy ruh Axuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchisi bo’lgan. Bular - Voxu Manax (ezgu fikr) poda va chorvani boshqargan; Asha Vaxishta (yuksak xaqiqat) olovni boshqargan; Xsharta Var’ya (munosib qudrat, hokimiyat) ni boshqargan; Sienta Armati (muqaddas itoat) yerni boshqargan. Xarvatat (salomatlik) suvlarini boshqargan; Ameretat (mangulik) usimliklarni boshqargan. (Jahon dinlari tarixi. 69-bet) ezgulik va baxt-saodatga erishish yo’lida halol mehnat qilish, adolat va haqgo’ylik Axuramazda ta`limotining asosiy g’oyasidir. Zardushtiylik iymoni 3 tayanchga - fikrlar sobitligiga, so’zning sobitligiga, amallarning insoniyligiga asoslangan. Zardushtiylar butun umri davomida ushbu uchlikni o’zida mujassam etmogi kerak bo’lgan. Ana shundagina qalbi pokiza, ruhi madadkor, tafakkuri sog’lom bo’ladi. Bolalarga 7 yoshdan diniy tarbiya berish yo’lga qo’yilgan. Tarbiyaning asosiy maqsadi bolalarda yaxshilik va ezgulikka hayrixox bo’lish, yovuzlik va yomonlikka nafrat uyg’otish bo’lgan. Zardushtiylikda ma`rifat va bilimning kuchiga e`tiqod qilinadi va jamiyathayotida ham oqibat natijasida ma`rifat yutib chiqadi. "Avesto"dadehqonchilik mehnati ezgulik namoyon bo’lishining shaklidir. Undamehnatdan bo’yin tovlaganlar xor-zor bo’lishi ta`kidlanib, insonlarni ulug’ mehnatsevarlikka chorlaydi. Jamiyatning asosi oiladir."Avesto"da oila boshlig’i "nimanapati" shaklida berilgan. "Avesto"da shuningdek jamiyatdagi mulklar, ijtimoiy, iqtisodiy masalalar ham keng o’rin berilgan. Masalan, "Avesto"da "aza-ta" atamasi bor, u erkin, mu`tabar odam ma`nosini beradi. "Asna" atamasi esa jamoa ulug’lari, erkin, jamoa a`zosi ma`nosida qo’llanilgan. Kitobda boylik hayvon bilan hisoblangan. Boylik atamasi "gayta" deb berilgan. Shuningdek, biz yuqorida "Avesto"da oila a`zolari to’g’risida ham keltirilgan atamalarni keltirgan edik. Urug’ jamoasi "Avesto"da jamiyat iqtisodiy asosini tashkil etgan. U barcha muhim siyosiy, ijtimoiy, huquqiy vazifalarni bajargan. Jamoani boshqarish harbiy demokratiya printsiplariga asoslangan. Vis (urug’, qishloq) tepasida vispati (boshlig’i) turgan.Qabila atamasi "Avesto"da Zantu deb berilgan qabila boshlig’i Zantupatidir. "Avesto"da visdan yuqori turuvchi hududiy birlik"dax’yu" deb atalgan. "Dax’yu" - bu viloyat, yirik okrugdir. Dax’yu boshlig’i "dax’yupati" bo’lib, hukmdor, viloyat boshlig’i ma`nosida uchraydi. Ana shunday atamalardan yana biri "sistar" bo’lib, viloyatboshlig’i hokim ma`nosini anglatadi. Uning vazifasiga harbiy qo’mondonlik, o’lkani boshqarish kirgan. Qadimgi manbalarda "Qadimgi Baqtriya podsholigi" "Qadimgi Xorazm" podsholigi haqida ma`lumotlar bor. Olimlarning fikricha bu davlatlar tepasida Dax’yu sasti turgan. Ammo u mutlak hokimiyatga ega bo’lmagan. U dax’yu hokimlaridan iborat bo’lgan kengashni boshqargan. Demak, bir necha viloyatlar uyushmasi vujudga kelgan va uni dax’yu sasti boshqargan. Bu uyushmaning diniy boshlig’i, oliy sud’yasi ham bo’lgan. U Zaratushtro ema deb atalgan. Xulosa qilsak, "Avesto" mil.av. IX-VII asrlardagi jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqida ana shunday tasavvurni beradi. Shuningdek, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib mil.av.I ming yillikning I-choragida O’rta Osiyo sharoitida ibtidoiy jamoa hayotida yangi ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotganligini ko’rishimiz mumkin. Kelajagi buyuk hisoblanmish O’zbekiston farzandlari ana shu ajdodlarimizning buyuk tafakkuri, insoniyligini, avlodlarga qoldirgan buyuk ma`naviy merosini qadrlashimiz, avaylashimiz, ularni o’zimizda mujassam etishimiz zarur va muximdir.Xulosa qilib quyidagi fikr-mulohazalarni bildirishga haqlimiz deb o’ylaymiz.Vatanimiz hududida eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Teshiktosh, Selung’urdan topilgan ashyoviy dalillar ya`ni (Fergantrop) o’lkamizda yashagan odamlarning yoshi bir million ekanligi isbotladi. Bu dalillar Markaziy Osiyo hududida eng qadimgi odamlar yashagan makoni bo’lganligini ko’rsatadi.Markaziy Osiyo hududida o’rganilgan yuzlab manzilgohlardan topilgan arxeologik topilmalar, devor suratlari, mehnat qurollari qadimgi sivilizatsiyaning uzoq asrlar davomida shakllanib takomillashib borganligini ko’rsatadi. Mamlakatimiz hududida bundan 2500-2700 yillar muqaddam dastlabki shaharlar: Buxoro, Termiz, Samarqand, Kesh, Toshkent,Xiva kabi shaharlarga asos solindi.Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda Markaziy Osiyo hududlarida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi oqibatida sinfiy jamiyat paydo bo’ldi. Bu esa o’z navbatida ilk davlat uyushmalari katta Xorazm, Qadimgi Baqtriya, keyinchalik Sug’diyona, Marg’iyona, Parkana kabi davlatlarning paydo bo’lishiga zamin yaratdi. "Avesto" nafaqat diniy muqaddas kitob sifatida, balki bu hududda yashagan xalqlarning turmushi, axloq odobi, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi, eng muhimi bu zaminda yashagan xalqlarning davlatchiligi haqidagi dastlabki muhim manbadir.
Ibtidoiy jamoa davri ilk odamzotining paydo bo`lishidan to jamiyatining sinflarga ajralishigacha bo`lgan uzoq davrni o`z ichiga oladi. Dastlab odamlar urug`, aymoq va oila degan narsani bilmasdan ibtidoiy to`da holda yashagan davr. Bu davr odamlari toshdan qurol yasab, uni ishlatib va qurollarni takomillashtira borgan sari, o`zlari ham rivojlanib borganlar. Bu qurollar qo`lda qo`pol qilib, kertib ishlangan, bir-ikki xildan oshmagan tosh qurollar bo`lgan. Ishlab chiqarish tehnikasi jihatidan bu davr paleolit qadimgi tosh davri deb atalib, qurollar taraqqiyot bosqichi jihatidan shell, ashel va must`e deb ataladi; bu uch davr paleolit davrining quyi va o`rta bosqichini tashkil qiladi. Bu davrlarda yashagan petekantrop maymun odam , sinantrop xitoy odami , geydelbarg germaniya odami, neandertal tipidagi odamlar tuzilishi jihatidan odam bilan maymun o`rtasidagi holatda bo`lganlar. Ular to`da-to`da bo`lib yashab, mayda hayvon, hashorat, turli meva va o`simlik ildizlarini yeb kun kechirganlar. Ular so`zlashishni bilmaganlar. Sinantrop ashel texnikasidan foydalangan bo`lsa, neandertal odam mustie davriga to`g`ri keladi. Janubiy Turkmanistonda, Toshkent viloyatining Bo`stonliq rayonida va Farg`onada, Qoraqum cho`lida ham ashel davrining ba`zi qurolari topilgan. Demak, bundan taxminan 400-500 ming yillar ilgari O`tra Osiyo va O`zbekistonda ashel qurollarini ishlatgan ibtidoiy, to`da holatidagi odamlar yashagan. Bundan keyin yer yuzida uzoq davom etgan muz davri boshlanadi. Havo isib, tabiyat o`zgarib, ko`p hayvonlar o`zini tog`lar orasiga oladi. Odamlar sovuq iqlimda chidashga o`rganadi, u yog`ochni-yog`ochga ishqalab olov hosil qilish yo`lini topadi. Olov kashf etilgach, odam uhing yordamida yirtqich hayvonlarni tog`lardagi g`orlardan quvib chiqarib, u yerlarda makon tutadi. Ochiq yerlarda esa erto`lalarga, jarlar ostiga kirib yashaydilar. Olovda isinib poda-poda bo`lib ov qilib kun ko`radilar.
Bu davrda tosh qurollarning turi va ishlanishi tehnikasi ancha yaxshilanganligi sababli, odamlar yog`ochning uchini ingichka qilib ishlash hamda suyakdan asbob yasashni o`rganadilar. Bu xil yuqori texnika davri o`rta paleolitda “must`e madaniyati “ davri deb ataladi. Bu ashel davridan keyin keladi. Bu davrda neandertal` odam yashagan. Bular ibtidoiy to`da holidan urug`-aymoq munosabatlariga o`tishga yaqinlashib, bir oz so`zlashishni ham o`rgana bo`shlaganlar. Bu davr kishilari jamoa bo`lib, katta-katta hayvonlarni ovlash, bir joyda ko`plab yashash orqasidan to`da holda urug` tartibiga ko`cha bo`shlaganlar. 1938 yili Surxondaryodagi Boysun tog`ida joylashgan teshiktosh g`ori tekshirilganda bu joy must`e davrida yashagan odamlarning makoni bo`lib chiqdi. G’orning qatlamlaridan toshdan qilingan o`choqning o`rni, kul qatlamlari, ko`mir, turli hayvon va qushlarning suyaklari, must`e davriga xos qurollar ko`p topiladi. Bulardan u davr odamlari ko`pincha ov bilan kun ko`rgani ma`lum bo`ldi. G’orning bir yerida 8-9 yoshli bir bolaning toshga aylanib qolgan kalla suyagi ham topilgan. Bu hozirgi zamonimizdan tahminan 100-60 ming yil ilgari yashagan neandertal` odamning kalla suyagidir. 1946 yilda Samarqand viloyati Urgut rayonidagi Omonqo`ton g`orida o`sha davr odamining makoni va tosh qurollari topildi. 1954 yilda Farg`ona vodiysining Qaraqum cho`lida ham bir necha yerda must`e davri qurollari topilgan edi. Keyingi yillarda bir qancha yangi-yangi yodgorliklar topilib tekshirilishi tufayli O`zbekiston paleolit must`e davri juda yaxshi o`rganildi. Must`e makonlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Teshiktoshda, Samarqand viloyatidagi Omonqo`ton g`orida, Toshkent viloyatining Chirchiq vodiysidagi Xo`jakent va Obiraxmat g`orlarida, Oxangaron vodiysidagi Ko`lbuloqda, Navoiy viloyatidagi Uchtutda, Farg`ona vodiysi, Qal`a va So`x atroflarida topib tekshirildi.Must`e davrining ohirlariga kelib ov qilinadigan qurollarning bir muncha yaxshilanishi, olovdan foydalanish imkoniyatining kengayishi, uzoq atrofdagi aholi bilan aloqa bog`lanishi natijasida ma`lum bir joyda o`troq holda yashagan bir guruh kishilar o`rtasida qon-qarindoshlik munosabatlari boshlanadi. Bolalar faqat onani tanib, urug` tepasida ona turardi. Shuning uchun bola o`zini ona urug`ining bolasi deb hisoblaydi. Ishlab chiqarish imkoniyarlarining rivoji jihatidan bu davr must`e davrining oxiridan boshlanadi.Pitekantropdan to neandertal` odamigacha yarim million yildan ortiqroq zamon ichida o`zgarib kelgan odam tipi bu davrda hozirgi odam holatiga aylanadi. Olimlarning xisoblab chiqishiga qaraganda, bu davrning bochlanganiga 40 ming yilcha bo`lgan, endi quyi va o`rta paleolit tamom bo`lib, yuqori paleolit boshlanadi. Yuqori paleolitda urug`chilik sharoitida ov va baliqchilik mahsulotlari ko`payib borgan, dev, pari, jin va xudolar haqida turli afsonalar to`qila boshlagan. O`zbekistonda yuqori paleolit davrining deyarli barcha bosqichlari madaniyatidan darak beruvchi makonlar Toshkent yaqinidagi Shoimko`prikda, Boysun tog`larida Machay g`orida, Amir temur g`orida topilgan. Bundan tashqari Samarqand shahri ichida esa Ivanov chorbog`ida , Surxondaryo viloyatida 15 ga yaqin yuqori paleolit makonlari, Toshkent atrofida 3-4 ta makon Samarqand viloyatida 5-6 ta makon topilgan. Bular
ichida Shoimko`prik va Machay g`ori yodgorliklari o`tmish hayoti haqida yaxshi ma`lumot beradi. Yuqori paleolitda yashagan odamlarning asbob va makonlari ko`p topilgan bo`lsada , yaxshiroq o`rganilgani Samarqand makonidir. 1939 yilda ochilgan bu yodgorliklarda O`zbekiston fanlar akademiyasi va Samarqand Davlat universitetining D.N.Lev boshliq arxeologik ilmiy ekspedisiya safarlari 1958 yilda qazishmalar olib bordi. Samarqand makoni uchta madaniy qatlamdan iborat bo`lib, undan bir necha o`choq qoldiqlari va tosh qurollari: pichoqsimon plastinkalar, keskichlar, yoy, tig`li qirg`ichlar, botiq tig`li tosh qurollar hamda hayvonlar: yovvoyi ot, kiyik, tuya, qo’y, qoramol suyaklari topildi. Bulardan tashqari, Samarqand makonida yuqori paleolit odamining ikkita pastki jag`i topildi. Bu teshiktoshdan topilgan neandertal` bola qoldig`idan keyingi ikkinchi nodir topilma bo`lib, garchi u so`nggi paleolitga mansub bo`lsada genetik jihatdan Teshiktosh odami bilan bog`liqdir. Yuqori paleolit davriga oid tosh qurollar Navoiy viloyatida Uchtut qishlog`i atrofida, Toshkent yaqinida Bo`zsuv 1, Bo`zsuv 2 makonlarida, Ohangaron vodiysida Ko`lbuloq makonida va boshqa joylarda topildi.
Paleolit tamom bo`lib, Mezolit davri bo`shlanadi.Mezolit o`rta tosh davri bo`lib, qadimgi tosh davri paleolit bilan yangi tosh davri neolit ning orasida o`tgan davr bo`lgani uchun shunday ataladi. Bu davrda kishilar o`q yoyni kashf qiladi, ovchilik bir muncha osonlashadi, birinchi marta it uy hayvoni sifatida honakilashtiradi.
O`rta tosh asri, ya`ni mezolit davri yahshi o`rganilgan bo`lib bu davrda yashagan ajdodlarimiz ibtidoiy san`at mo`jizalarini yarata bo`shlaganlar. Bular asosan g`orlarga va qoya toshlarga qizil bo`yoq yordamida yoki o`ymakorlik usulida tasvirlangan ov manzaralaridir. Bunday yodgorliklar Surxondaryo viloyatidagi Zaravutsoy darasida, Jizzah viloyatining Takatosh mavzesuda, Buhoro viloyatidagi Sarmish va Qoraungursoyda, Toshkent viloyatining Parkent, Chotqol tog tizmalarida, Xo`jakent yaqinida hamda Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani hududidagi Imomota tog` tizmalarida topib o`rganilgan. Ular orasida Zarautsoy, Takatosh va Imomotadagi suratlar ayniqsa diqqatga sazovordir. Zarautsoy darasidagi suratlarda yovvoyi buqalarda ov qilish manzarasi qizil bo`yoqlar yordamida gavdalantirilgan. Boshqa bir manzarada ovchilar guruhi yovvoyi buqalarni va tog` echkilarni o`rab olayotgani, yopinchoq yopinib o`q- yoy hamda sopqonlari otayotgani tasvirlangan. Bu yerdagi manzaralardan birida o`ndan ortiq ovchi yovvoyi buqa va arxarlar podasiga kamonlardan o`q uzayotgani ifodalangan. O`rtaga ko`rinarli joyga bir ayolning rasimi katta tarzda solingan. Rasmlarda itlar ham bor. Bu, shubhasiz, odan qo`liga o`rgangan dastlabki hayvonning tasviridir.Mezolit davrida yaratilgan tasviriy san`at asarlari orasida Xo`jaobod tumani hududidagi Imomota g`ori ichida topib o`rganilgan asarlar alohida ajralib turadi. Shulardan biri qoya toshga o`yib ishlahgan jigarrang ko`rinishdagi tasvir bo`lib, unda shoxlari bir necha bor qayrilib ketgan, bir-biridan ulkan arxarlar va ularning o`rtasida yanada ko`zga tashlanarli qilib ishlangan duldul ot tasviridir.Bu mezolit davriga oid topilgan birinchi nodir surat sanaladi. Hududimizda mezolit davrida chizilgan qoya toshlardagi suratlar- qadimgi tasviriy san`atning bu kabi yodgorliklari mustaqillikka erishgan O`zbekistonning ibtidoiy jamoa tarihini chinakamiga o`rganishda g`oyat qimmatli tarixiy hujjat bo`lib xizmat qiladi. Neolit yangi tosh davriga o`tish, asosan toshni silliqlash va teshish usullridan rasm qilishdan boshlanadi. Bu davrda odamlarning katta yutuqlaridan biri sopol idishlar yasash bo`ldi.Ko`pchilik xalqlar bu davrda daryo, ko`l va dengizlar bo`yida, aksariyati qum ustida chayla qurib yashagan.Bular asosan o`tiroq bo`lib, faqat ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Shuning uchun sopol idishlarning tagi tekis emas, yumaloq yoki tuxum uchiga o`xshash bo`lgan. O`zbekistonda Boysun tog`laridagi Machay, Amir-temur g`orlarida, Uzboy atrofida va Qorapolg`istondagi yonbosh qal`a atroflarida neolit davri madaniyatining qoldiqlari topilgan. Bu makonlar ichida eng diqqatga sazovori Qoraqolpog`istondagi kaltaminoraliklar chaylasidir.
Professor S.P.Tolstov bo`shliq Xorazm arxeologiyasi ilmiy safari 1937 yilda qidirish ishlari olib borib, Janubiy Qorqqolpog;istondagi Qizilqum ichida qolib ketgan qadimgi obod yerlarda g`oyatda ko`p va ahamiyatli yodgorliklarni topib tekshirdi. Bu yodgorliklar orasida eng qadimgisi kaltaminoraliklar chaylasi bo`lib, unda so`nggi davrlarning yodgorliklari ham yaxshi saqlangan. Qizilqum sahrosidagi qum tepaliklar orasida Yo`nbosh qal`a nomli qir ustida eramizdan 300-400yillar

ilgari solingan qal`a bor. O`sha qirning janub tomon etagida shamolda buzilib nurayotgan taqirlar tagida kul, sopol siniqlari: mayda tosh qurollar va bo`shqa narsalar ko`rinib qolgan.


1940 yili o`sha joy qazilganda, u yer qum tepasini tekislab, xodachalar va qamishdan juda katta chayla qurilgani aniqlanadi.Professor S.P.Tolstovning tahminiga ko`ra, deb yozadi marhum akademik YA.G`.G`ulomov, bu chaylada 100-120 odam ona urug`i oilasi tartibida yashagan. Chaylada qumni o`yib ishlagan 20 dan ortiq o`choq bo`lgan. Har bir o`choq atrofida baliq suyaklari, kiyik, yovvoyi cho`chqa, qirg`ovul, suv qushlarining, o`rdak, g`oz tuxumlarinig po`choqlari, yovvoyi jiyda danaklari, chaqmoqtoshdan yasalgan mayda pichoqsimon asboblar, tishni silliqlab ishlangan bo`g`asimon asbob, sopol idish siniqlari va shunga o`xshash narsalar ko`p bo`lgan. Bu joyda hali metall, uy hayvonlari, qo`lda ekiladigan ekin qoldiqlari yo`q. Metalning yo`qligi, uy hayvonlari va dehqonchilik alomatlarining yo`qligi-bular hali ona urug`i bosqichida yashaganligidan darak beradi. Bu chayla ahli bundan 5000 yillarcha muqaddam yangi tosh neolit davrining oxirida yashagan. Bu O`zbekistonda ona urug`i tartibining oxiri hisoblanadi. Bu davrgacha odamlar tabiatdagi bor narsalarni tutib va terib yeb, tirikchilik qilib kelganlar. Ular chorva boqishni ham, ekin ekishni ham bilmaganlar.Ovchilik va baliqchilikning rivojlanib borishi natijasida kishilar avval misni va keyinroq misga qalayni qo`shishdan chiqqan jez bronzani ishlata boshlaganlar. Turkisronda Kopedog` etaklaridagi soylar quyi oqimida Anov, Qahqa, Chacha, Namozgox, kabi tepalar metall yangi tarqalgan zamonda paydo bo`lgan eng qadimgi o`troq dehqon aholi yashagan qishloqlar xarobalardan iboratdir. Bu vaqtda Xorazmda Kaltaminor chaylasidagi kabi katta-katta to`da bo`lib yashash davri o`tib, aholi mayda guruhlarga bo`linib, suv toshqinlari chegarasida juda ibtidoiy dehqonchilik va bir oz chorvachilik bilan kun ko`rgan. Ular Turkmanistondagi singari soyning quyi oqimida bo`lmasada, balki daryo toshqinlari ketidan tentirab yurgani uchun ularning turmushi ancha qoloq, uylar omonat chaylalardan iborat bo`lgan. Bu xil hali mustahkam o`rnashmagan dehqon va chorvadorlar madaniyati birinchi marta Xorazmda o`sha Kaltaminor chaylasi yaqinlarida aniqlangani uchun “Toza bag`yob madaniyati”deb atalgan.

Qariyib shu xil madaniyat Moxondaryo havzasida topildi. Moxondaryo Zarafshon daryosihihg qurib qolgan bir irmog`i bo`lib, Qoraqum rayoning shimolidagi cho`lda uning izlari hali yo`qolib ketmagan va uning bo`ylarida o`sha ibtidoiy davr qishloqlari va mozorlari mavjud.Bu joy professor YA.G`.G`ulomov tomonidan 1950 yildan boshlab tekshirilgan.Qorako`l shaharchasidan qariyib 15 km shimoli g`arbida Zamonbobo ko`li bo`yida o`sha davr aholisining katta qabristoni topilb tekshirildi. Mozorlarda o`liklarning oyoq-qo`lini bukib, g`ujanak qilib, chap tomonga yonboshlatib ko`mganlar. Shu tariqadagi 41 ta mozor ochildi, ulardan ba`zilarida er va xotin birga dafn etilgan. U zomonda ona urug`i davri bitib, ota urug`i hukmron bo`lgan va erkakning ho`jalikdagi va oiladagi ro`li ortgan, xotin unga xususiy mulk qatori tobe bo`lib qolgan davr edi. Shuning uchun er o`lsa, xotini ham o`ldirib birga komish odat bo`lgan. Mozorlarda idishlar, o`qlar, zeb-ziynat buyumlari, ba`zi qurollar, hatto jez oynalar o`likning oldiga qo`yilgan. Lahat qilib ko`mish o`sha vaqtda amalda bo`lgan. Shunga yaqin bir joyda topilgan ikkinchi bir qabristonda o`liklarni yuqoridagiday g`ujanak qilib ko`mganlar. Topilgan suyaklar yonida jez isirg`alar, qimmatbaho toshlardan marjonlar, jez bilak uzuklar topilgan.Namangan viloyati Chust shaharchasi yonidagi “Buvana mozor”degan joyda ham shunday qishloq topilgan. U yerdagi aholi atrofdagi buloq suvlaridan foydalanib, dehqonchilik qilib, o`troq holda qishloq-qishloq bo`lib yashaganlar. Chustliklarning sopol idishlari Turkiston o`troq dehqonlariniki singari bo`yoqli, xilma-xildir. Jezdan quyma buyumlar ko`p ishlatganlar. Xom g`ishtlardan yerto`la uylar qurib yashaganlar. Bu qishloq aholisi bilan qariyib 300 ming yil muqaddam, temir davriga ko`chishda ham o`sha joyda kun kechirganlar. Xuddi shunday qishloq Andijon viloyati Qo`rg`ontepa rayonidagi Dalvarzintepada ham topilgan. Bularning har ikkisi ham bir hil bo`lib, bu ahvol jez davrida Farg`ona soylari suvida foydalanib dehqonchilik qiluvchi o`troq dehqonlar qishlog`i ko`p bo`lgan, degan xulosaga imkon beradi.Jez davrida bunday obod bo`lgan Xorazm, Mohondaryo rayonlari, Chust, Dalvarzin va Kuchuktepada olib borilgan arxeologiyaga oid qazilmalardan shu ma;lum bo`ldiki, Chust madaniyatini yaratgan qadimgi dehqonlar atrofi devorlar bilan o`ralgan mustahkam qishloqlarda pahsa yoki xom g`ishtlardan qurilgan uylarda yashaganlar. Masalan


qadimgi Chust qishlog`i xarobasida uzunligi 286 metr, eni 2-3 metr va balandligi 1,5 metrcha keladigan tashqi devor qoldiqlari ochildi.Shunday devor qoldiqlari Dalvarzinda ham 200 metr masofada topilib, uning eni 4,6 metr, balandligi 2,5 metr keladi. Dalvarzintepada atrofi devor bilan o`ralgan ark xarobasi topilib, devorining uzunligi 130 metrga va balandligi 2,5 metrga tehg. Dalvarzintepaning sharqiy qismida hatto 80 m,masofada eni 4m, li tosh yo`l ochildi. Bulardan tashqari, bu yerda bir necha to’rt burchakli paxsa devorli uylar ham topildi.Hozirgi zamon dehqonchiligi va chorvachiligining asosi o`sha jez davrida, taxminan hozirgi zamonamizdan 4000 yillar avval vujudga kelgan. Misr Iroq, Janubiy Turkmaniston kabi mamlakatlarda undan ham ilgariroq vujudga kelgan.Bundan keyin jamiat vohalarda o`troq dehqonlarga, dasht va tog`larda esa ko`chmanchi chorvadorlarga ajraladi. Chorvasi ko`payganlar o`tloq izlab, molini haydab, joydan-joyga ko`chib yurishga majbur bo`lib qoladi.Ashel madaniyatidan tortib to sinf va davlatlar vujudga kelguncha, O`rta Osiyoda ilk yozma tarixiy ma`lumotlar paydo bo`lguncha o`tgan bir necha yuz ming yilni o`z ichiga olgan davrda o`lkamiz xalqlari dunyodagi xech bir xalqning ibtidoiy davr tarixidan qolishmaydigan boy tarixga ega ekanligi ma`lum bo`ldi.Bundan 3000 yilcha ilgari odamlar temirni olovda eritish yo`lini topib, uni ishlata boshlaganlar. Bu davrda ishlab chiqarish imkoniyati shu darajaga yetadiki, bir kishining mehnatidan undagi daromat uning bir o`zini boqishgagina emas, balki bir necha kishini boqishga kifoya qila boshlaydi.O`rta Osiyo quldorlik davrining yuqori taraqqiyoti Parfiya,Baqtriya hamda Kushon kabi mahalliy hukmronlar zamonida paydo bo`ldi. Bu zamon qal`alar bino qilishda, sug`orish kanallari qurishda, hunarmandchilik, shahar hayoti, yo`l ishlari, ichki-tashqi savdo hamda san`atda jiddiy ko`tarilish yuz berganligida sinfiy munosabatlarning keskinlashganligi ko`rinadi. Bu holat yolg`iz Xorazmda topilgan arxeologiyaga oid ashyolardagina emas,balki butun O`rta Osiyoda o`tkazilgan va o`tkazilayotgan tekshirishlardan ham yaqqol ko`rinib turibdi.Otashparastlik zardo`sht zaroastrizm dining rivoji Eronda emas, O`rta Osiyoda bo`lganligi arxeologlar tomonidan isbotlandi. Buni qazishmadan topilgan dalily ma`lumotlar tasdiqladi. Milodimizdan bir necha asr burungi yodgorliklarni tekshirish muhim narsalarni ochmoqda. Chunonchi akademik YA.G`.G`ulomov


1936 yili Xorazmning Mang`it rayonidagi Qubba tog`i ostida zardo`shtiylarning qabristonini topdi. Unda katta xom g`ishtlardan qurilgan 60 metrli tor bino xarobasi ichida benihoya ko`p odamlar suyaklari topildi. Suyaklarning ko`miklari g`ajilgan, ba`zi mayday suyaklar mutlaqo yo`q.Suyaklarni allaqayerdan to`plab, binoning ichiga tashlay berganlar. Keyinchalik alohida kishilarni suyaklarini sopoldan yasalgan mahsus qutilar yoki ostadonlarga solib, o`sha binoda saqlaydigan bo`lganlar.Arxeologlar zardo`shtiylarning muqqaddas kitobi sanalgan “Avesto” da ham qadimgi yunon yozuvlarida aytilgan marosimni bo’lganligini isbotlaydilar. “Avesto” da aytilishicha, qadimgi zardo`shtiylar o`likni yerga ko`mishni, suvga tashlashni, o`tda kuydirishni qattiq gunoh deb hisoblaganlar. Shuning uchun o`likni uzoqdagi yalong`och qoyalar ustiga elitib tashlaganlar. Uni yirtqich hayvonlar va qushlar yeb ketganidan keyin uning suyaklari uzoq vaqt quyosh ta`sirida qolib tozalangach, yig`ib olingan va boyagi bino -“nous”da saqlangan.Suyaklarni ossuariylarda saqlash odati keyingi zamonlargacha, y`ani O`rta Osiyoda musulmonchilik keng tarqalguncha davom etgan.Bu xildagi suyaklar solingan sopol qutilar Hozir O`rta Osiyoning ko`plab joylaridan topilmoqda.II asrda Kushon davlati budda dinini Hindistondan O`rta Osiyo va Sharqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko`targan. O`zbekiston, ayniqsa uning janubiy rayonlarida va Sharqiy turkistonda topilgan ko`plab buddizm yodgorliklari o`sha davrga qarashlidir.III asrda Eronda money dini vujudga keldi, lekin u uzoq saqlanmadi,uning tarafdorlari O`rta Osiyo va Sharqiy Turkistonga qochib o`tib, ko`proq savdo yo`li ustidagi shaharlarda bu dinni tarqatdilar.Ba`zi arxeolog olimlar O`rta Osiyoda topilgan ko`plab suratkashlik va haykaltaroshlik yodgorliklaridagi tasvirlarning murakkabligiga qarab, ularni moniy dini bilan bog’lashga harakat qiladilar. Aslida bu hol Kushonlar hukmronligi davri I-IIIasrlar quldorlik tuzumining O`rta Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri bo`lganligi bilan bog`liqdir. Bu davrda, bir tomondan, qabilalarning o`troqligiga ko`chib, sug`oriladigan yerlarda joylashish kuchaygan bo`lsa, ikkinchidan, quldor aristokratiya jamoalar o`z ichidan buzilib, butun-butun qishloqlar quldor aristokrat "dehqon"larga tobe bo`lib qoladi.Bu yer egaligining kurtaklari edi. Ekin maydonlarining ko`payib borishi, hususan sug`oriladigan yerlarning kengayishi,


qishloqlarning ko`payishi, yerhosildorligini orttiruvchi suniy o`g`itlarning yaratilishi, suvni baland yerlarga ko`taradigan charxpalaklarning va suv tegirmoning kashf qilinishi,paxta ekining tarqalashi, meva navlarining yaxshilanishi yo`lidagi muvafaqiyatlarning hammasi zamonaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini o`stirib yuborgan va uni yangi feodal munosabatlarga olib kelgan yangi ijtimoiy voqea bo`ldi.III asrdan boshlab quldorlik davrining shaharlari xarobalikka yuz tutib, iqtisodiy hayot asosan alohida vohalarga, qishloqlarga ko`chadi. Yer aristokratiyasi - "dehqon"lar qishloqlarga, ariqlar boshiga kelib, ko`shklar bino qiladi. VI asrga kelib ular qullardan qurolli yigitlar - chokarlar saqlab, atrofdagi qishloq aholisini o`z foydasiga ishlatib kun kechiradi. Shu tahlidda milodiy I asrning 25 yilidan to IV asrning 50 yillariga qadar hukm surgan kuchli Kushon davlati tugab, xar qaysi shahar atrofidagi vohada alohida-alohida mustaqil hukmdorlar paydo bo`ladi, ularning boshida "dehqon"larning vakili turadi.Hozirgi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzah, Farg`ona vodiysidagi va boshqa ko`plab shaharlar atrofidagi sug`oriladigan yerlarda baland-baland "oq-tepa"lar bor. Arxeologiyaga oid qazilmalar, bularning hammasi feodallarning xom g`ishtdan solingan feodal ko`shiklarining harobasidan iborat bo`lib "dehqonlar" yashab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatdi. Akademik YA. G`. G`ulomovning kuzatishlari bunday ko`shklarning hozirgacha saqlanib kelganligini ko`rsatadi.erga egalik munosabatlari davrida urushlar, xalq qo`zg`alonlarini bostirish uchun keskin choralar ko`rish natijasida ancha vayronagarchilik, qirishlar bo`lib, butun-butun rayonlar vaqtincha bo`shab qolgan. Shunga qaramay, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojida ma`lum siljishlar bo`lgan. Shu siljishlarni madaniyat sohasida ham ko`rish mumkin. Masalan, Xorazmda Tuproqqal`a ko`shkini qazishda u yerdan "Podsholar zali" deb atalgan zal topilgan. Zalning atrof devorlariga taxmon singari ravoqlar ishlanib, ularning har biriga turli qiyofadagi kishilarning haykallari o`rnatilgan. Haykallar nihoyatda yuqori did bilan ishlangan. Professor S.P. Tolstov "Bu zalda Xorazmda Afrig’ xonadoniga mansub podsholarning haykali ota-bobolar ruhiga sig`inishi tariqasida aks ettirilgan", deb aytadi. Bu joyda haykallardan tashqari, turli bo`yoqli devor suratlari ham bo`lib, undagi manzaralardan dengiz to`lqini, baliqlar, yirtqich hayvonlar, sozanda qizlar


surati va boshqa narsalar tasvirlangan, Bu saroydan Xorazm shoxlarning yozma hisob-kitob arxivi ham topilgan. Bular qadimgi Xorazm yozuvi bilan taxtaga va charmga bitilgan.1938 yili VI-VIII asrlarga oid Xorazm pullaridagi yozuvlar yordamida ularning ko`pgina asarlari aniqlangan. Umuman, Tuproqqal`adan topilgan arxiv yozuvi fanga juda ko`p yangilik bergan.1934 yili Samarqand yaqinidagi Mug`tepadan Panjakent hokimi Devashtichning VIII asrdagi arxivi topildi. Arxivdagi sug`diycha va arabcha xatlar asosida sug`d yozuvining xususiyatlari aniqlanadi, bu esa tarix faniga ancha ravshanlik kiritdi. Bunga Xorazm arxivining qo`shilishi esa O`rta Osiyodagi o`sha zamon hayoti va madaniyatiga doir ko`p masalarni aniqlash imkoniyatini yaratdi.Keyingi yillarda Surxandaryo viloyatida "Bolalik tepa" degan joyni qazish jarayonida uning bir zali devorlari odam suratlari bilan bezatilgan ibodatxona ekanligi ma`lum bo`ldi. Unda zeb-ziynatli kiyimlar kiyib qo`llarida qimmatli qadahlar tutgan va tavoze bilan allaqanday bir ishorat ko`rsatib turgan erkak va ayol suratlari shubxasiz, moniy mashabi ibodatxonasida o`tkazilayotgan marosimdan darak beradi. Bu bino V asr oxirlariga tegishli deb topildi. Qadimgi Panjakent xarobasi mahrum professor A.Yu. Yakubovskiy boshchiligida qazilganida u yerda ham VII-VIII asrlarga doir shunday bino topilgan. Devorlarga bo`yoqli suratlar solinib, ularda dafn marosimi, bazm va allaqanday diniy bir marosim tasvirlangan.Tuproqqal’a, Bolaliktepa, Varaxsha, Fayoztepa, Panjakentlardan topilgan rasimlarning san`ati va tasvirlarining boyligi ilk feodalizm madaniyatining o`z zamonasida ancha rivoj topganligini va mulkdorlik davrida an`anaviy ravishda taraqiy qilib kelgan tasviriy san`atning bu davrga kelib avj olganini tasdiqlaydi. VIIIasrda arablar istilosidan keyin bunday san`atga ham ahamiyat berilgan.Bu davrda savdo-sotiq va hunarmandchilik, xususan, idishlarni sirlash va nozik shisha buyumlari ishlash rivojlanadi.Shaharlarning quldorlik, ilk feodalizm davrlaridagi va so`nggi asrlardagi tarixiy topografiyasi, arxitektura yodgorliklari va boshqa o`rta asr inshoatlari hozirgi kunda ancha yaxshi o`rganilgan. Eski Urganch, Eski Marv, Buxoro, Xiva,Samarqand va boshqa bir qator shaharlarning tarixiga bag`ishlangan mahsus asralar maydonga keldi. Bulardan tashqari, Samarqandda Go`r Amir maqbarasidagi mozorlarning ochilishi, Ulug`bek rasadhonasining qayta tiklanishi




1941, 1948, 1967 Shahrisabzda Amir Temur tomonidan soldirilgan bir dahmaning 1933 yilda ochilishi va hakozalar ko`pchilikning e`tiborini o`ziga jalb etdi.Garchi Ulug`bek rasadxona observatoriyasi 1908 yili topilib, uning yer ostidagi sekstant qismi qazib ochilgan bo`lsada, bu yodgorliklarning yer ustidagi shakli qanday bo`lganligi noma`lum edi. Rasadxona 1948 yilda V.A.Shishkin boshchiligida qazilib, uning qanday bo`lganligi aniqlandi. Uni Bobur Mirzo uch qavatli azamat bino deb ta`riflagan edi. Shunday qilib, respublikamizda keng ko`lamda olib borilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli xalqimizning uzoq o`tmishi, sug`orish sohasida asrlar davomida orttirgan tajribalari ochib berildi.Keng ko`lamda respublikamizda olib borilayotgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli O`zbekiston arxeologiyasining deyarli hamma davrlariga: paleolit,mezolit, neolit, eneolit, bronza vat temir davrlari hamda antik dunyo va o`rta asrlarga oid juda ko`p xilma-xil ajoyib moddiy madahiyat yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologiyaga oid tekshirishlar natijasida to`plangan boy va qimmatli moddiy manba O`zbekiston xalqlarining qadimgi tarixini yoritish imkonini beribgina qolmay, balki o`rta asrlar tarixi, shuningdek, shaharlar “yoshini” aniqlashga ham katta yordam berdi.
Download 40,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish