1. Mobil operatsion tizimlar haqida tushuncha.Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlar.
2. Android arxitekturasi va ilovalar strukturasi tasnifi. Android foydalanuvchi interfeysini yaratish. Android tizimida Layout va View lardan foydalanish. Animatsiya.
3. Mobil ilovalarda ma’lumotlar bazasi. GPS xizmati.
Kalit so‘zlar : Android, Cellular , infrared blaster, GPS (Global Positioning Satellite) mobile navigation , PDA (Personal digital assistant)
Mobil operatsion tizimlar va ularning rivojlanish tarixi. Mobil operatsion tizimlar – bu mobil qurilmalar (smartfonlar, tabletlar va boshqa mobil qurilmalar) ni boshqarish uchun mo‘ljallangan tizimlar hisoblanadi. Mobil operatsion tizimlar ikkita asosiy platforma ya’ni “user-facing” dasturiy ta’minot platformasi va qurilmalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan quyi sathdagi real-vaqt operatsion tizimidan iborat bo‘ladi.