2. Korxona haqida ma’lumot. Tajriba bo’limidagi texnalogik jarayonlarni yoritish



Download 72,17 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi72,17 Kb.
#521219
Bog'liq
2 5334863871469426285

REJA
1.Kirish.


2.Korxona haqida ma’lumot.
3.Tajriba bo’limidagi texnalogik jarayonlarni yoritish
4.Tayyorlov bo’limidagi texnalogik jarayonlarni yoritish
5.Bichish sexi texnalogik jarayonlarini bayon qilish
6.Tikuv sexi texnalogik jarayonlarini bayon qilish
7.Pardozlash sexi texnalogik jarayonlarini bayon qilish
8.Ishlab chiqarilayotgan modellar turlari va oqimlari
9.Korxona boshqaruv tizimini va yordamchi bo’lim ish faoliyati
10.Xomashyo va mahsulotni saqlash, haridorga sotish, hamda yetkazib berishishlarning bayoni
11.Talabaga ajratilgan ish o’rinlarida texnalogik jarayonlarni yoritish
12.Shaxsiy topshiriq bayoni
13.Xulosa
14.Foydalanilgan adabiyotlar
15.Ilova

-2-


Kirish.
Yengil sanoat rivojlanishi haqida
Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng iste’mol mahsulotlar va buyumlari ichki tizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui.Yengil sanoat xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki tizimda amalga oshiriladi.Yengil sanoatda paxta,ipak,zig’ir,kanop,
jun tolalari,hayvonlar terisi, juni, sun’iy toladan sun’iy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari to’qimachilik, tikuvchilik, konchilik, mo’ynado’zlik, poyabzal sanoatlari hisoblanadi.
Yengil sanoat mahsulotlari shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xo’jaligigi, transport, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda ishlatiladi.
O’zbekistonda Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki tizimda 19-asrning oxirida, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan.1920-yillarda paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-to’quv, tikuvchilik, charm-galantereya, poyabzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning o’zida yetishtirilgan xom ashyodan ichki tizim maqsadlarida tarqoq hunarmandlarni birlashtirib sanoat asosi yaratildi.
1926-yilda Toshkentda “Qizil tong” tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda Toshkent kon zavodi, 1926-yilda Farg’ona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati (10000 urchuq va 300 to’quv dastgohi) ishga tushirildi. Toshkent “Malika” trikotaj ichki tizim birlashmasi Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi.

-3-

Hozirgi davrda O’zbekiston Yengil sanoati ko’p tarmoqli industrial majmua bo’lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, to’qimachilik, trikotaj, pillakashlik, shoyi to’qish, tikuvchilik, to’n – poyabzal, gilamchilik, chinnifayans buyumlari va attorlik mollari ichki tizim sohalarida 150 ga yaqin korxona bor.
“O’zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi tomonidan respublika Yengil sanoatini rivojlantirishning 2000-2005-yillarga mo’ljallangan dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada sanoat mahsuloti umumiy hajmda Yengil sanoat hissasi eng katta salmoqqa ega va 2000-yilda 20,1% ni tashkil qildi. Hozirgi kunda bu ko’rsatkich esa
23% ga o’sdi.Yengil sanoatni rivojlanishida eksportning o’rni ham alohida ahamiyatga ega, sababi jahon miqiyosida sifatli mahsulotlarga bo’lgan talab juda ham yuqori.Shuning uchun ham Yengil sanoat korxonalari mahsulot eksportini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Shu yilning o’tgan 9 oyida eksport hajmi 767,3 million dollarni tashkil etdi. Bu o’tgan yilga nisbatan 17,9 foiz ko’pdir. O’tgan davrda eksport qiluvchi korxonalar soni 38 taga ko’payib 250 taga yetdi.Bugungi kunda jamiyat korxonalari eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar turini kengaytirish borasida faol ishlar olib bormoqda. Xususan, tarmoq korxonalari eksporti tarkibiga olachipor, zich tayyorlangan va bambukli ip, tayyor to’quv-trikotaj buyumlarining yangi modellari, yotoqxona va oshxona choyshablari, yorliqlar, poplin, satin va paxmoq gazlamalar, bolalar ko’ylagi va boshqa yangi turdagi mahsulotlar kiritildi. Bozor talablari inobatga olingan holda, tikuvchilik-tirikotaj buyumlari turi yangilandi.Bugungi kunda umumiy eksport hajmida yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi 42 foizni tashkil etmoqda

-4-

Korxona haqida ma’lumot

Men amaliyot o’tagan korxona Toshloq tumani Zarkent shaxarchasida joylashgan bo’lib, korxona nomi “Zarkent trade group” MCHJ. Bu korxona 2019-yilda ochilgan bo’lib, korxonada ishchilar soni 15-20 nafarni tashkil qiladi. Korxonada asosan mavsumiy kiyimlar tikiladi. Tikuv mashinalari 18 ta ni tashkil etadi yani har bir ishchilar uchun mashina va yo’rmalovchi yani averlofkalar mavjud.Bundan tashqari pardozlash va qadoqlash bo’limi ham mavjud. Korxonada ish tartibi soat 8:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi. Tikuvchilarga 1 nafar ish boshqaruvchi boshchilik qilib, 2 nafar xodim dazmolda, 2 nafar xodim qadoqlashda, qolgan xodimlar esa tikuv mashinalarida o’z ish faoliyatlarini olib boradilar.


Korxonada asosan trikotaj sexi mavjud bo’lib u yerda; Tayyorlov va bichuv bo’limi, Tikuv bo’limi, Pardozlash va qadoqlash bo’limlari mavjud. Bu korxonani hozirda Dehqonov Jamolliddin boshqarib keladi.

-6-


Tajriba bo’limi texnalogik jarayonlarini yoritish
Tajriba bo’limida asosan korxonaga kelgan matolar tekshiriladi. Birinchi navbatda model tanladi va modellashtiriladi, gazlama normasi hisoblanadi, korxonaga kelgan matolarni fizik va kimyoviy xossalari tekishiriladi. Matolarni issiq yoki sovuqqa chidamliyligi, qancha muddatda rangi chiqishi, qancha haroratda yonadi, matolarning yaroqlilik muddati qachon tugaydi shu va shu kabi xossalari ko’rib chiqiladi. Tajriba bo’limida 2 xil hujjat tayyorlanadi.
1.Konstruktiv texnik hujjat
2.Normativ texnik hujjat
Konstruktiv texnik hujjatda tanlangan modelga ta’rif beriladi, andozalar o’lchamlari va tikilgandan keyin buyum o’lchamlari beriladi.
Normativ texnik hujjatda model rasmi va kiyim barcha sarflanadigan buyumlar normasi bo’ladi.Olingan natijalarga qarab qaysi qazlamadan nima tiksa bo’ladi qaysi mavsumga tikilishi mumkinligi ko’rib chiqiladi.

-7-


Tayyorlov bo’limidagi texnalogik jarayonlar
Tayyorlov bo’limida asosan korxonaga keltirilgan gazlamalar qabul qilinadi, gazlamalarni sifati tekshiriladi, eni va bo’yi tekshiriladi, gazlamalarni to’pi hisoblanadi, to’shama uchun gazlamalar saralanadi. Sifat darajasi past bo’lgan gazlamalar qaytarib yuboriladi. Bundan tashqari gazlamadagi nuqsonlar yani bo’yalishdagi nuqsonlar, gazlamani to’qish vaqtida hosil bo’lgan to’qilishdagi nuqsonlar ham ko’rib chiqiladi. Korxonaga kelgan gazlamalar navbati bilan bo’limlarga jo’natilmasa unda tayyor bo’lgan mahsulot sifatsiz bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun gazlamalarni tekshirmasdan turib, nuqsonlarini topmasdan turib uni bichuv yoki tikuv sexlariga yuborilsa mahsulot sifatsiz bo’lib qoladi. Shuning uchun ham korxonada har bir bo’limda ishchilarning o’ziga biriktiriligan ishi bo’ladi. Ishchilardan bilim, o’z ishiga masuliyat, hushyorlik va chaqqonlik talab qilinadi. Tayyorlov sexida gazlamalar sifati tekshirilib, bichuv sexiga yuboriladi.

-8-


Bichish sexi texnalogik jarayonlarini bayon qilish
Gazlamalar tayyor holiga kelishidan avval ular detallarga bo’linib bichib olinadi. Bichilgan detallar birin ketin ulanadi. Tayyorlov sexidan jo’natilgan gazlamalar orqali to’shamalar to’shab olamiz. To’shama to’shayotganda gazlamaga e’tibor berishimiz lozim. Gazlama tukli, gulli, yo’l-yo’l, katak va boshqa xil bo’lishi mumkin. Shunga qarab yo’l-yo’l matolarni yo’liga qarab, gulli va katak matolarni tepaga qaratib to’shashimiz kerak. Gazlamalar asosan o’ngini pastiga qaratib yalangqavat yoki o’ngini o’ngiga qaratib yalangqavat to’shaladi. Har ikkala holda ham gazlama to’la ochilib to’shalishi kerak. O’ngini pastga qaratib to’shalganda kiyimni barcha detallari to’shamani bitta qavatidan chiqishi kerak. O’ngini o’ngiga qaratib to’shalganda andozalarni joylashtirish osonlashadi. Gazlamaning 1,5-2 % tejaladi. Gazlamalarni bichishning 2 xil usuli bor;
1.Unversal asbobda
2.Maxsus asbobda
Men amaliyot qilgan korxonada gazlamalarni asosan universal asbobda bichish ishlari olib borildi. Gazlamalarni universal asbobda bichishda har xil qaychilar va arralar ishlatiladi. Bundan tashqari unversal usulda qirqishda EZM-2,EZDM-1, OM-2, vertikal va disk pichoqli ko’chma bichish mashinalari ishlatiladi. Bu mashinalar to’shamani alohida qismlarga bo’lish, shuningdek alohida detallarni qirqish uchun ishlatiladi. Gazlama bichib bo’lingandan so’ng bichim detallari nomerlanadi. Nomerlangan barcha detallar tikuv sexiga yuboriladi.

-9-

Tikuv sexi texnalogik jarayonlarini bayon qilish
Bichuv sexidan keltirilgan detallar tikuv sexida tikiladi. Men amaliyot qilgan korxonada tikish jarayoni konvert usulida olib boriladi. Konvert usuli ish faoliyatini yaxshilashga vaqtni tejashga yordam beradi. Hozirda deyarli barcha korxonalarda shu usul bo’yicha o’z ish faoliyatlarini olib boradilar.”Zarkent trade group” MCHJ korxonasi asosan erkaklar kiyimlari ishlab chiqaradi. Ishchilar bichilgan detallarni o’ziga biriktirilgan qismini tikishadi. Yani bir xodim kiyimni yeng qismini, yana bir xodim etak qismini, yana bir xodim esa kiyimning old qismi tikiadi.Tikuv sexida bundan tashqari gazlamalarga namlab-isitib ham ishlov berib keyin tikiladigan joylari bo’ladi. Gazlamalarni dastlabki shaklini saqlab turishi uchun ularga qotirmalar yopishtiriladi. Bunday qotirmalar kiyimni kimyoviy tozalshda ishlatiladigan xlorli eritmalarda, sovun eritmasiga, qaynatishga va yuvishga chidamli bo’ladi. Bu esa mahsulot sifatli bo’lishiga yordam beradi. Mahsulotga bo’lgan talabni ham oshishiga yordam beradi.
Tikuv sexida kiyimlarni tikib bo’lishgandan so’ng kiyim yarim tayyor mahsulot holiga keladi.Har bir tikuv ishini tugatgan hodim o’z ishlarini ish tekshiruvchi masterlarga ko’rsatadilar.Ular esa choklarning sifatini va mustahkamligini tekshirib yarim tayyor mahsulotni pardozlash bo’limiga yuboradilar.

-10-

Pardozlash sexi texnalogik jarayonlarini bayon qilish
Pardozlash sexida asosan tikuv sexida keltirilgan yarim tayyor mahsulotlar ko’zdan kechiriladi, dazmollanadi va oxiri qadoqlanib tayyor mahsulot holiga keltiriladi. Birinchi navbatda kiyim iplardan tozalanadi,yani qolib ketgan iplar mashina ip uzganda ko’proq qolib ketadi shu iplardan tozalanadi. Undan so’ng esa dazmollanadi va qadoqlanadi.Demak pardozlash sexida 3 xil ish amalga oshiriladi.
1.Tozalash (kiyim ip qoldiqlaridan tozalaniladi)
2.Dazmollash
3.Qadoqlash
Mahsulotni qadoqlash vaqtida mahsulot razmerlariga e’tibor beriladi.Har bir fasonni har bir razmeridan bittadan qilin qadoqlanadi.Undan oldin esa korxonaga tegishli bo’lgan logotiplar ham yopishtirilishi mumkin. Pardozlash sexining texnalogik jarayonlari shulardan iborat.

-11-

Ishlab chiqarilayotgan modellar turlari va oqimlari
“Zarkent Trade Group” korxonasida asosan erkaklarning kiyimlari yani asosan yaktaklar tikiladi.Bundan tashqari esa fudbolkalar, bolalar uchun yozgi kiyimlar bundan tashqari mavsumiy kiyimlar tikiladi. Asosan bahor va yozgi kiyimlar tikiladi. Erkaklarning yaktagini misol qilib oladigan bo’lsak, yozgi kiyim bo’lganligi sababli u inson tanasiga yopishib qolmasligi keng turishi kerak, shuning uchun ham yaktak modellari asosan keng boladi. Korxonada ham yaktak modellari keng, yengi uzun, kalta, arosat modellarga bo’lingan. Yaktaklarning razmerlari 48, 50, 52, 54, 56 razmerlarda tikilar ekan.Yaktaklar oldi tugmali, hoshiyali, jiyak qo’yib, har xil ranglarda tikilar ekan. Korxonada asosan erkaklar kiyimi bo’lganligi sababli oq, kulrang rangli matolar ko’p ishlatiladi. Bolalar kiyimida esa modellar yopishgan, nim yopishgan, keng bo’lib, yengi asosan kalta tikiladi. Bu kiyimlar ham har xil ranglarda tikiladi.

-12-


Korxona boshqaruv tizimini va yordamchi ish faoliyati
“Zarkent Trade Group” korxonasi oilaviy korxona bo’lib, uni Dehqonov Jamoliddin Sharobiddin o’g’li boshqaradi. Boshqa korxonalar singari “Zarkent Trade Group” korxonasida ham boshqaruv tizimi quydagilar:
1.Korxona rahbari
2.Korxona rahbari yordamchisi
3.Hisob-kitob bilan shug’ullanuvchi shaxs (bugalter)
4.Texnika elektr energiyasi bilan shug’ullanuvchi shaxs
5.Ishchi-xodimlar bilan ish olib boruvchi shaxs
6.Tayyorlov bo’limi boshlig’i
7.Bichichuv bo’limi boshlig’i
8.Tikuv bo’limi boshlig’i
9.Pardozlash va qadoqlash bo’limi boshlig’i yani ish olib boruvchisi
10.Korxonaning ichki va tashqi tozaligiga masul shaxslar
11.Tibbiyot hodimi
12.Nazoratchi qoravul
Bu xodimlar asosan ish faoliyatini kuzatib boradilar va har mahsulot va narsalar uchun javob beradilar.
-13-

Xomashyo va mahsulotni saqlash, Xaridorga sotish, hamda yetkazib berish ishlarining bayoni

“Zarkent Trade Group” korxonasiga gazlamalar rulonlarda keltiriladi. Uni tashish va tekshirish qurilmalari orqali tekshiriladi.Keyin esa doimiy saqlash joylariga o’tkaziladi. Saqlash joyidagi qurilmalar 2 guruhga bo’linadi:
1.Harakatlanmaydigan qurilmalar
2.Harakatlanadigan qurilmalar
Harakatlanmaydigan qurilmalarga katakli jovonlar, ari uya tipidagi jovonlar, archasimon jovonlar va surpacha tagliklar kiradi.
Harakatlanadigan qurilmalarga esa harakatlanuvchi yacheykasi bor qurilma, erevatorlar, baraban tipidagi mexanizatsiyalangan jovonlar kiradi. Gazlamalar 20 gradus haroratli xonalarda saqlanadi. Mahsulotlar tayyor holga kelgandan keyin ularni ichki bozorlarga olib chiqib sotuvchilarga yetkaziladi. Men amaliyot qilgan korxona oilaviy korxona bo’lganligi sababli, korxonaga odamlar tashrif buyurib tayyor mahsulotlardan sotib olishadi va o’z fikrlari va mulohazalari haqida gapirib beradi. Misol uchun bazi kirgan aholiga kiyim rangi yoki bichimi yoqmasligi mumkin shu haqida o’z fikrlari bayon qilib ketadilar men shu narsalarni guvohi bo’ldim. Aholi fikrini inobatga olgan korxonaning mahsuloti xaridorgir bo’ladi. Shuning uchun ham mahsulot chiqarishdan avval bozorni o’rganib xaridor talablari o’rganiladi va mahsulot ishlab chiqariladi. Bu esa korxonani moddiy tomondan ham ancha yuqorilashga olib keladi.

-14-


Talabalarga ajratilgan ish o’rinlarida texnalogik jarayonlarni bayoni

Men malakaviy amaliyot davomida korxona haqida ma’lumotlarga va mutahasisligim bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ldim. Men uchun ajratilgan ish o’rnida asosan 1022 rusumli mashinada erkaklar uchun yaktak va fudbolkalar, bolalar uchun mayka va fudbolkalar tikishni o’rgandim. Nazariy olgan bilimlarimni amaliyot davomida qo’llashga harakat qildim. Hozir texnika davri bo’lganligi uchun mashinalar elektr matorli bo’lib tez ishlaydi. Mashinaga o’tirganimizda mashinaning sozligi bir qator ko’zdan kechiriladi, kabellar tokka ulangan yoki ulanmaganligi ko’rib mashinaga o’tirish kerakligi haqida menga biriktirilga ishchi xodim tushuntirib berdi. Tikish jarayonida biroz qiynaldim, sababi mashinalar juda ham tez yuradi shuning uchun ham qo’limizga ehtiyot bo’lishimiz kerak ekan. Tikayotganimizdan bizdan hushyorlik va chaqqonlik va albatta malaka kerak bo’lar ekan.


Yaktak tikayotganimdan birinchi navbatda menga etak qismi berildi sababi yangi bo’lganligim sababli tekkis joydan boshlab turishimni aytishdi. Undan avval esa menga boshqa bir mato berilib tikkan chokimni ko’zdan kechirildi va qo’limga ish berildi. Mashinalarni tuzatuvchi xodimdan mashina haqida bilmagan savollarimni berib oz bo’lsada o’zim uchun ma’lumotlarga ega bo’ldim.

-15-


Shaxsiy topshiriq
Korxonada tikilayotgan erakaklar milliy kiyimlarini tikish texnalogik jarayonini
o’rganish.
“Zarkent Trade Group” korxonasida asosan erkaklar milliy kiyimlaridan yaktak tikishni o’rgandim. Yaktakni tikishdan avval detallarga ishlov berib oldik. Yaktak oldi qismini tikish men uchun biroz qiyinchilik tug’dirdi, lekin bilmaganlarimni so’rab o’xshamasa uni boshqa matoda tikib olib o’rgandim. Yaktak bir yelkasini ulab oldik,keyin oldi qismini tikdik, keyin esa yon tomonlari, yelka qismlari, etak qismlarini tikib oldik. Bu aytgan jarayonlarni o’z ishchilari bo’lib, bir ishchi yaktak oldini, bir ishchi yelka qismini, yon tomonlarini bitta ishchi, yeng va etak qismlarini ham bittadan ishchi xodimlar tikar ekan. Har bir xodim o’z tikkan jarayon uchun javob beradilar.Yaktak erkaklarning milliy kiyimi bo’lib uni to’n ichidan kiyganlar. Yaktak yozgi yengil kiyim bo’lib, oldi ochiq, uzun yoki kalta yengli hamda yoqali bo’lishi mumkin.Yaktak to’g’ri bichimli kalta va yalang qavat bo’ladi. Ular asosan oq surp va yumshoq matodan tikiladi.Yaktak oldi ochiq izmali yoki taqilma qo’yib tikdik. Kiyim turiga qarab izmalar maxsus mashinada yo’rmalangan,ag’darma chok bilan tikilgan va shnurdan yasalgan bo’lishi mumkin. Izmalar kiyim bo’laklariga nisbatan joylashishi modelga bog’liq. Uzunligi tugma diametridan 0.2-0.5 sm uzunroq bo’lishi lozim. Kiyim yengingini tikishda biz uni bukib tikdik. Bukib tikiladigan yeng uchlari andoza yordamida bo’rlanadi. Yeng uchi qirqimi teskarisiga 0.7-1 sm bukib va bukish chizig’i bo’ylab 0.1-0.2 sm kenglikda bostirib tikildi.Yengni yeng o’miziga o’rnatishda o’ngini ichkariga qaratib biroz solqi hosil qilib tikdik. Yon qismilarini ulab etak qismini bukdik. Tayyor mahsulotga maxsus mashinada izma ochdik va tugmalarni qolda qadadik.Yaktak tikilayotganda uning matosiga e’tibor berishimiz kerak. Sababi u yozgi kiyim bo’lganligi sababli havo o’tkazuvchan bo’lishi kerak.Rangiga ham alohida e’tibor berilishi lozim asosan oq va kulrang matolarida korxonada yaktak tikildi.


-16-

Xulosa


Men Umaraliyeva Madinaxon 36-19 YeSBKIT guruh talabsi 8 haftalik malakaviy amaliyotimni Toshloq tumanida joylashgan “Zarkent Trade Group” korxonasida amalga oshirdim. Bu amaliyot davomida nazariy olgan bilimlarimni amaliyotda qo’lladim va yanada ko’proq bilimlarga ega bo’lishga harakat qildim. Amaliyotim davomida biroz qiyinchiliklarga uchradim, va bilmagan savollarimga javob topishga harakat qildim. Amaliyotim davomida ajoyib tanishlar orttirdim. Eng asosiysi mehnat qilib tikuv mashunalarida tikishni mukammalroq o’rganishga harakat qildim. Bu amliyot menga juda ham yoqdi. Dars mashg’ulotlarida kiyimni biron bir qismini misol uchun kiyimni yeng qismni yoki cho’ntak qismini oladiga bo’lsak ularni to'liq tikib ulgurmas edim.Sababi tikuv mashinasida ishlashni yaxshi bilmas edim. Amaliyot davomida tikuv mashinasida ishlashni o’rgandim. Amaliyot davomida shuni tushunib yetdimki mutahasislik fanlarimizni chuqur o’zlashtirishimiz kerak ekanligini bildim. Bu o’z navbatida yaxshi kadr bo’lib chiqishimizga yordam beradi.

-18-


Foydalanilgan adabiyotlar
1.G.K. Qulijanova S.S.Musayev “Yengil sanoat mahsulotlari texnalogiyasi” Toshkent-2002 yil
2.M.J.Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent-1994 yil
3.K.M.Rasulova D.H.Isaeva N.M.Arikbayeva “Kiyimni modellashtirish bichish va tikish texnologiyasi” Toshkent -2016
4.Tikuv buyumlari texnologiyasi uslibiy ko’rsatma Farg’ona-2021 yil
5.Internet sayitlari

-19-
Download 72,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish