2-amaliy mashg‘ulot
1-topshiriq. Ikki etnik jamiyatga oid nutqning milliy mental tahlili.
Bugun onam o‘ldi. Yo kechamikan, bilmayman. G‘aribxonadan “ Onangiz vafot qildi. Ko‘mishi ertaga. Chuqur hamdardlik bildiramiz” degan telegramma oldim. Tushunmaysan. Balki kecha o‘lgandir .
G‘aribxona Marengoda, Jazoirdan sakson chaqirim narida. Soat ikkilik aftobusga ketsam, qorong‘u tushmay yetib olaman. Shunda tunni tobut yonida o‘tkazishga ulguraman, ertaga kechqurun qaytaman. Boshliqdan ikki kunga ta’til so‘radim. U ham yo‘q deyolmadi - uzrli sabab. Lekin norozi bo‘lgani bilindi. Men yana unga “Ayb menda emasku” – dedim. U indamadi. Shunda men bunday demaslik kerak edi deb o‘yladim. Umuman olganda, nimaga uzr so‘rayman. U mening ko‘nglimga qarashi kerak edi. Lekin u keyin, indinga meni azador ko‘rib shunday qilar. Hozircha onam o‘lmaganga ham o‘xshab turibdi. Ana, janozadan keyin boshqa gap, hamma narsa aniq joy joyida bo‘ladi, aytishganidek rasmiy tan olishadi.
ILTIJO
Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim...
Qarang, oyi tag‘in ko‘klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko‘m-ko‘k maysalarni ko‘rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni ko‘zingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz...
Bugun... o‘zingizning ustingizdan boychechak o‘sib chiqibdi... Yo‘q, yo‘q, oyijon... Yig‘layotganim yo‘q. Bilaman, men yig‘lasam, siz bezovta bo‘lasiz. Hozir... hozir o‘tib ketadi. Mana, bo‘ldi...
Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob to‘g‘risida cho‘pchak aytib bergan edingiz. O‘sha oftob charaqlab yotibdi... Ko‘ryapsizmi...
Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. O‘sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman.
Nima qilay, oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo‘ysam orom olasizmi...
Mana, oyijon, mana... Yo‘q, yo‘q, yig‘layotganim yo‘q. Hozir, hozir o‘tib ketadi.
Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o‘shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim», degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bo‘lmang, men hazillashgan edim. Mana, o‘sha kitob. Yo‘q, uni men yozganim yo‘q. Uni siz yozgansiz. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim,
xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi
hamma onalar yaxshi. Shundoq bo‘lsayam, ularning hammasi Sizga o‘xshashini
xohlayman.
2-topshiriq Quyidagi mavhum otlarga izoh yozing.
Baxt –
Baxtsizlik –
Iymon –
Vijdon –
Mehr –
Oila –
3-topshiriq. Nutq xususiyatlarini aniqlang.
Ota qizining lablaridan o‘pib xayrlashdi va yigiti bilan birga baxtli umr kechirishlarini tiladi.
Yaznamga ayting hay, biyimi o‘zi opketganlami endi ketirib qo‘ysin.
Анкетани тўлдиришни билмайди ТошДЎТАУ талабалари деган фикр керак эмас. Виждонан ендашинглар. Набираларинг тўлдирмасин, чунки сизлар ҳақингизда маьлумотга эга эмас.
Yangi yilda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda boshlagan keng ko‘lamli islohotlarimizni izchil davom ettiramiz. Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar o‘rtasidagi totuvlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |