Reja
1. Kirish.
2. Alkoloidlarning tarixi
3. Tarkibida alkoloidlar saqlagan o'simliklar va mahsulotlat
4. Alkoloidlarning tibbiyotdagi ahamiyati
5. Alkoloidlarning inson organizmiga ta'siri
Alkaloid arabcha - alqali - ishqor va yunoncha еydos - o’xshash (simon)
so’zlaridan iborat bo’lib, ishqorsimon ma'noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli
xususiyatli ekanligini ko’rsatadi. O’simliklar tarkibida juda oz miqdordan tortib,
10 - 15 ba'zan 25% gacha alkaloidlar bo’lishi mumkin. O’simliklarda bir - biriga
yaqin ko’pincha alkaloidlar bo’ladi. Alkaloidlar soni ba'zan bir o’simlikda 50 tadan
ortadi. (Vinca erecta, 60 tadan ortiq).
Ko’pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol, hidsiz, achchiq mazali,
uchmaydigan, kristal yoki amorf modda. Shu bilan birga rangli (bеrbеrin), suyuq,
hidli va uchuvchan (anabazin, nikotin) alkaloidlar ham bor.
Alkaloidlar o’simliklar tarkibida 3 xil ko’rinishda bo’ladi.
1. Sof - asos holida.
2. Kislotalar bilan birikkan - tuzlar holida.
3. Azot atomi bo’yicha oksidlangan - N-oksid formasida.
Alkaloidlarning kimyoviy tuzilishi, xossalari, moddalar almashinuvidagi orni va ishlatilishi. Alkaloidlarning ta’sir qilish mexanizmi. Alkaloidlarning metabolizmi va ularlarning o’simliklardagi miqdori. Piridin, piperidin, piperazin halqali alkaloidlar. Xinolin va izoxinolin halqali alkaloidlar. Intal va purin halqali alkaloidlar. Alkaloidlar vakillari: nikotin, morfin, papaverin, kofein, teobromin, kadein, efedrin va boshqalar.
Alkalhtrtyuytto‘simliklarda, kamdan-kam hollarda hayvonot organizmida uchraydigan va asos xossasiga ega bo‘lgan azotli organik birikmalar. Shular jumlasidan morfinni birinchi marta (1806) nemis aptekari Sertyurner ko‘knori shirasi (afyun)dan ajratib oldi. Shundan keyin olimlar o‘simliklar ta-nasida neytral va kislota xossasiga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalargina emas, balki asos xossasiga ega bo‘lgan moddalar ham mavjud degan xulosaga keldilar. 19-asrda strixnin, xinin, kofein, atro-pin, efedrin va boshqa ajratib olindi. 20-asrning 60-yillarda 1000 dan ziyod tabiiy va sun’iy yo‘l bilan olingan A. ma’lum edi.
A. o‘simliklar hayotini boshqarib turadigan faol moddalardir. Aksariyat A. rangsiz kristall moddalar bo‘lib, kimyo-viy tabiatiga ko‘ra halqasida azot atomlari bo‘lgan geterotsiklik birikmalar hisoblanadi. Oddiy A. tarkibida 10 ga yaqin, murakkablarida 50 dan ziyod ugle-rod atomlari buladi. A. sulfat, xlorid, salitsilat, oksalat va boshqa kislotalar bilan kristall tuzlar hosil qiladi; bu jara-yondan ularni tozalash va olishda foyda-laniladi. A.ga ishqoriy xossa beradigan element azotdir. A. sohasida O‘zbekiston olimlaridan akademiklar S. Yu. Yunusov va O. S. Sodiqovning o‘z shogirdlari bilan bu soxdda qilgan ishlari ancha salmoqlidir.
1943–93 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida S. Yu. Yunusov rahbarligida 29 oila-345ga mansub 266 o‘simlik turi o‘rganilib, ulardan 913 alkaloid ajratib olindi. Turli guruhlarga kiruvchi 518 yangi alkaloidning tuzilishi aniqlandi. Sitizin, galantamin, likorin kabi prepa-ratlarning ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘rsatib berildi, xolinesterazaga qarshi dezoksipeganin gidroxlorid preparati Toshkent kimyo farmatsevtika zavodida ishlab chiqarila boshlandi. Aritmiyaga qarshi diterpin alkaloidi asosida preparatlar olishning yangi yo‘nalishlari ochildi. Bu preparatlardan allapinin tibbiyot amaliyotida qo‘llana boshladi.
Tibbiyot-biologiya tadqiqotlari uchun bir qator bioreaktiv preparatlar (bi-bikulin, akonitin, geliotrin, imperi-alin) olishga muvaffaq bo‘lindi. Ayni vaqnda yana bir yangi yo‘nalish – zaharli zamburug‘lardan alkaloidlar ajratib olish ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda yuzdan ortiq A. (mor-fin, kodein, kofein, efedrin, strixnin, kolhamin, atropin, kokain, galantamin, sitizin va q.k.) qullanilmoqda. A.ning ba’zilari (mas, anabazin va nikotin sulfat) qishloq xoʻjaligida insektitsid sifatida ishlatiladi.
Mingdеvona bargi - Folia Hyoscymi
O’simlikning nomi. Mingdеvona - Hyoscyamus niger L. Oilasi. Ituzumdoshlar- Solanaceae
Kimyoviy tarkibi. Alkaloidlar yig’indisi 0,1% gacha bo’lib, asosiy giostsiamin va skopolamindir. Ishlatilishi. Bargi “Astmatol” va “Astmatin” tarkibiga kiradi. Mingdеvona moyi - Oleum Hyoscyami og’riq qoldiruvchi sifatida surtiladi.
Bangidеvona bargi - Folia Stramonii
O’simlikning nomi. Oddiy bangidеvona - Datura stramonium L.
Oilasi. Ituzumdoshlar - Solanaceae
Kimyoviy tarkibi. Alkaloidlar 0,4% gacha bo’lib, asosiy giostsiamin va
skopolaminni tashkil etadi.
Ishlatilishi. Bangidеvona bargi “Astmatol” va “Astmatin” tarkibiga kirib,
bronxial astma kasalligida qo’llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |