2- Ma’ruza. Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Davlat nazorati.
Reja.
1. Standartlashtirish va metrologiya bо‘yicha davlat nazorati.
2. О‘zstandart agentligi tashkiloti.
Tayanch sо‘zlar: Davlat nazorati, nazorat obyekti, О‘zstandart agentligi.
11.1 Standartlashtirish va metrologiya buyicha Davlat nazorati
Metrologiyaga va standartlashtirishga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bо‘yicha milliy organ - О‘zstandart agayentligi, keyinchalik «Uzstandart» deb ataymiz amalga oshiradi. Uning vakolati xususida keyingi mavzuda fikr yuritamiz.
О‘zstandart agayentligiga Respublika xududida quyidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish vazifasi xam yuklatilgan:
- о‘lchash vositalarini sinash;
- о‘lchash vositalarini tekshiruvdan о‘tkazish;
- yuridik va jismoniy shaxslarni о‘lchash vositalarini tayyorlash, tekshiruvdan о‘tkazish, ta’mirlash, kalibrlash va sotish xuquqini beradigan litsenziyalar bilan ta’minlash xamda akkreditlash;
- о‘lchash vositalarining xolati va yо‘nalishini, о‘lchashlarning bajarilish uslubiyatlarini tekshiruvdan о‘tkazish, metrologiya qoidala riga rioya etilishini nazorat qilish.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari quyidagilar xisoblanadi:
- etalonlar;
- о‘lchash vositalari;
- moddalar va materiallar tarkibi xamda xossalarining standart namunalari;
- axborot о‘lchash tizimlari;
- о‘lchashlarni bajarish uslubiyatlari;
- metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan о‘zga obyektlar.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini kо‘pgina soxalarda tadbiq etish mumkin. Bu soxalarga quyidagilar kiradi:
- sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muxitni muxofaza qilish;
- moddiy boyliklarni va energetika resurslarini xisobga olish;
- savdo, tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini о‘tkazish;
- zaxarli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish xamda yо‘q qilib yuborish;
- davlat muxofazasini ta’minlash;
- mexnat xavfsizligini va transport xarakati xavfsizligini ta’minlash;
- sertifikatlanadigan maxsulotning xavfsizligini va sifatini aniqlash;
- geodezik va gidrometeorologik ishlar;
- о‘lchash vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlashdan va metrologik attestatlashdan о‘tkazish;
- foydali qazilmalarni qazib olish;
- milliy va xalqaro sport rekordlarini rо‘yxatga olish.
Yuqorida keltirilgan sohalarda foydalanadigan, ishlab chiqarilishi va import bо‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bо‘lgan о‘lchash vositalari davlat sinovlaridan yoki metrologik attestatlashdan о‘tishi lozim.
Standartlashtirish soxasi buyicha xam Davlat nazorati ish olib bormokda. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, maxkamalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan standartlar talablariga kat’iy amal kilinishini, yangi standartlarni tadbiq etishni ta’minlash va nazorat etish xisoblanadi.
Davlat nazoratining yana bir muxim yunalishi - turli standart toifalarini davlat kaydnomasidan о‘tkazishdan oldin ekspertiza qilishdir.
Metrologiya tо‘g‘risidagi qonunda kо‘rsatilganidek, о‘lchash vositalarining davlat sinovlarinip о‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat rо‘yxatiga kiritish О‘zdavstandart tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat rо‘yxati belgisini qо‘yish tо‘g‘risida xam bayon etilgan. Metrologiya xaqidagi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan о‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish xujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat reyestri belgisini qо‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi о‘lchash vositalarining xolati va ularni vaqti-vaqti bilan tekshiruvdan о‘tkazib turish xar doim e’tiborda bо‘lmoqligi lozim. Ular bо‘yicha rо‘yxatlar tuziladi va о‘lchash vositalari turkumlarining rо‘yxati О‘zdavstandart tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |