2- ma’ruza. Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Davlat nazorati. Reja


О‘zbekiston Respublikasida Uzstandart agentligi



Download 143,16 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2022
Hajmi143,16 Kb.
#475383
1   2   3   4
Bog'liq
2-Maruza.TJB

11.2 О‘zbekiston Respublikasida Uzstandart agentligi.
О‘zbekiston Respublikasida Uzstandart agentligi. Vazirlar Maxkamasining "О‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bо‘yicha ishlarni tashkil qilish" tо‘g‘risidagi 1992 yil 2 martdagi 93-sonli qaroriga muvofiq О‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish О‘zbekiston davlat markazi, keyinchalik (О‘zstandart agentligi) - standartlashtirish bо‘yicha Milliy idora xisoblanadi.
Uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
- metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
- fizikaviy о‘lchash birligi etalonlarini yaratish, tasdiqlash, saqlash va qо‘llash qoidalarini belgilash;
- о‘lchash vositalari, usullari va natijalariga qо‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
- davlat metrologik tekshiruvini va nazoratini amalga oshirish;
- metrologiya masalalari bо‘yicha meyoriy hujjatlarni, shu jumladan, davlatning boshqa boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda О‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bо‘lgan meyoriy hujjatlarni qabul qilish;
- metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;
- О‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro
shartnomalariga rioya etilishini ustidan nazoratni amalga oshirish;
- metrologiya masalalari bо‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish kiradi.
Uzstandart agentligining tarkibida bir necha bо‘limlar, sektor, laboratoriya, guruhlar, har bir viloyat boshqarmalari markazlari, ilmiy-tadqiqot instituti, "Etalon" О‘zICHB va "Standartlar" dо‘koni mujassamlashgan.
О‘zstandart agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni о‘z ichiga olgan, bir xil nomdagi bо‘limlar ham bor. Bularga standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bо‘yicha davlat nazorati va о‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan о‘tkazish va attestatlash sohaviy bо‘limlari kiradi.
Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bо‘yicha davlat nazorati sohaviy bо‘limlar: og‘ir sanoat, mashinasozlik, yengil sanoat, mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida о‘z faoliyatini amalga oshiradi.
О‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan о‘tkazish va attestatlash tarmoq bо‘limlari esa massalar, radiotexnika, ionli nurlanish, geometrik, mexanik, elektrik, magnitli, bosim, moddalar sarfi va sathini, haroratli hamda fizik-kimyoviy kattaliklarni qiyoslovdan о‘tkazadi.
О‘zstandart agentligining ilmiy-uslubiy markazi etib О‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalaridagi tadqiqot va mutaxasislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti - hozirda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tayinlangan.
Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yо‘nalishlar bо‘yicha о‘z faoliyatini amalga oshirmoqda:
- Respublikada sertifikatlashtirishni qо‘llash va takomillashtirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni о‘rnatish;
- sertifikatlashtirish masalalari bо‘yicha boshqa mamlakat va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan, о‘zaro kelishilgan asosda aloqalarni о‘rnatish, kerak bо‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida О‘zbekiston Respublikasining qatnashishini ta’minlash;
- sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, bularga rioya qilishning nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bо‘yicha hujjatlarni axborotli ma’lumot bilan ta’minlash.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil № qarorini bajarish yо‘lida О‘zstandart о‘zining viloyat boshqarmalarini (SMSXM) tuzib, ularning ishlariga hartaraflama kо‘mak kо‘rsatmoqda. Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Farg‘ona, Qо‘qon, Qarshi, Buxoro, Samarqand shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, hozirda ular turli sinov amallarini о‘tkazmoqdalar. Faqatgina Farg‘onadagi sinov laboratoriyasida о‘tkazilgan sinovlar natijasiga kо‘ra "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi, Quvasoy chinni zavodi, Rishton kulolchilik mahsulotlari zavodi, "Quvamebel" ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotlari muvofiqlik sertifikatini olishga sazovor bо‘ldilar.
О‘zstandart agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xо‘jalik mahsulotlarini tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha о‘nlab, muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berildi.

Download 143,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish