1a-rasm 1b-rasm
To‘g‘rilashda zanjirga ta’sir etuvchi tebranish (kirish kuchlanishi)
yetarlicha katta amplitudaga ega bo‘lgani uchun to‘g‘rilovchi element
volt-amper xarakteristikasi to‘g‘ri chiziqlar kesmasidan iborat deb olinadi
(lb-rasm).
To‘g‘rilash sxemasi ikki xil - bitta va ikkita yarim davrli bo‘ladi.
Bizga transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘ami bilan ketma-ket ulangan
D diod va Rn qarshilikdan tuzilgan zanjir berilgan bo'lsin (la-rasm;
kondensatorsiz). Agar transformatorga o'zgaruvchan kuchlanish berilsa, 1
ikkilamchi cho‘lg‘am kuchlanishining musbat yarim davri to‘g‘ri kelganda
diod ochilib, zanjirda tok hosil bo'ladi. Kuchlanishning manfiy yarim
davrida esa diod yopilib, zanjirdan tok o‘tmaydi. Uning graiik tasviri
lb-rasmda ko‘rsatilgan (teskari tok hisobga olinmagan). Demak, zanjirdagi
tok va Chiqish kuchlanishi uzlukli bo‘ladi. Bunday tok va kuchlanish
pulslanuvchi tok yoki kuchlanish deb ataladi. Bitta yarim davrli
to‘g‘rilagichda pulslanish chastotasi transformatordagi kuchlanish
chastotasiga teng bo‘ladi, f p = f tr.
Demak, ko‘rilgan sxemada tok kirish kuchlanishining musbat (+)
yarim davrlaridagina hosil bo‘ladi. Shtming uchun bu sxema bitta yarim
davrli to'g'rilash sxemasi deyiladi. Uning asosida tuzilgan to‘g‘rilagich
esa, mos ravishda, bitta yarim davrli to‘g‘rilagich bo'ladi.
Radioqurilmalarda pulslanuvchi tok yoki kuchlanishdan
foydalanilmaydi. Shuning uchun pulslanishni yuqotish, ya’ni tekislash
zarur. Buning uchun pulslanuvchi tok yoki kuchlanish spektridagi
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilar bir-biridan ajratiladi va
o‘zgaruvchan tashkil etuvchidan qutilish chorasi ko'riladi. Bu jarayonni
amalga oshiradigan qurilma tekislovchi filtr deb ataladi.Bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasida o‘zgaruvchan tok manbai
energiyasining faqat bir qismidangina foydalaniladi. Undan to'liq
foydalanish uchun ikkita yarim davrli to‘g ‘rilash sxemasi tuziladi. U ikkita
bitta yarim daVrli to‘g‘rilash sxemasining ketma-ket ulanishidan iborat
Ulardan biri transformator kuchlanishining birinchi yarim davrida ishlasa,
ikkinchisi esa, ikkinchi yarim davrida ishlaydi.
Rasm bor
Sxemaning ishlashi xuddi bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasining ishlashi kabi bo‘ladi.
Lekin chiqish kuchlanisliining pulslanish chastotasi f p= 2f tr ikki marta
ortiq bo‘lib, uning amplitudasi kichik boMadi. Sababi kondensatorning Rn qarshilk orqali zaiyadsizlanishi uchun kamroq vaqt talab qilinadi. Natijada, undagi qoldiq kuchlanish katta bo'ladi. Demak, to‘g‘rilash sxemalari faqat ikki xil bo‘ladi. To‘g‘rilagichlar ana shu sxemalar asosida yasaladi. Lekin unda chiziqli bo‘lmagan element nagruzka qarshiligiga nisbatan turli usulda ulanishi mumkin.Endi ko'priksimon sxema,ya`ni, Grets sxemasi bilan tanishib chiqamiz. Uning asosini ikkita
yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi tashkil etadi.
Transformator kuchlanishining
birinchi yarim davrida D1 va D3
diodlar ishlasa, ikkinchi yarim
davrida - D2va D4 diodlar ishlaydi. RASM BOR
Grets sxemasining asosiy
afzalliklari shundaki, to‘g‘rilangan
tok amplitudasining pulslanishi
yetarlicha kichik bo'ladi. Undan
tashqari, o‘rta nuqtali
transformatorga hojat qolmaydi. Har bir diodga to‘g‘ri keluvchi teskari
kuchlanish qiymati transformator kuchlanishining amplituda qiymatidan
ortmaydi. Grets sxemasining kamchiligi shundaki, diodlar ketma-ket
ulangani uchun tarmoqning to‘liq qarshiligi ortadi va ko‘proq energiya
sochadi
Do'stlaringiz bilan baham: |