2. Kuchaytirgichlaming asosiy xarakteristika va parametrlari Kuchaytirgichlaming xarakteristikalari to'rt guruhga ajratilishi
mumkin:
Birinchi guruhga kuchaytirishdagi signal shaklining buzilishini
ifodalovchi xarakteristikalar kiradi. Ular kuchaytirish jarayonida signal
shaklining buzilish darajasini baholash yoki buzilishsiz kuchaytirish
xususiyatini belgilash imkonini beradi.
Ikkinchi guruh xarakteristikalari kuchaytirish sxemasidan signal
buzilmay o‘tishi uchun kuchaytirgichning parametrlari qanday bo'lishi
zarurligini ifodalaydi.
Uchinchi guruh xarakteristikalari signalni kuchaytirish jarayonida
unga bo‘ladigan zararii ta’sirlarni ifodalaydi.
To‘rtinchi guruh xarakteristikalari. kuchaytirish sxemasi xususiyatlari
va kuchaytiruvchi element ish rejimini xarakterlab beradi.
Bu xarakteristikalardan birinchi va ikkinchi guruh xarakteristikalari
eng katta ahamiyatga ega. Ular kuchaytirgichning o‘tish va statsionar
xarakteristikalaridan iboratdir.
Kuchaytirgichning statsionar xarakteristikalari chastotaviy, fazaviy
va amplitudaviy xarakteristikalarga bo‘linadi.
3. Kuchaytirgichlardagi buzilishlar Real kuchaytirgichlarning xarakteristikalari hamma vaqt to‘g‘ri
chiziqli bogManishdan chetlashadi. U kuchaytirgichda sodir bo‘ladigan
43 buzilishlami ifodalaydi. Kuchaytirgichlardagi buzilishlar chiziqli va
chiziqli bo'lmagan buzilishlarga bo‘linadi. Chiziqli buzilishlar chastotaviy,
fazaviy va o'tish buzilishlariga ajratiladi va mos nomli xarakteristikalar
orqali ifodalanadi. Chiziqli bo‘lmagan buzilishlar esa, kuchaytirgichning
amplitudaviy xarakteristikasi orqali ifodalanadi.
Garmonik tashkil etuvchilarining birday kuchaytirilmaganligi sababli
signal shaklining buzilishi chastotaviy buzilishlar deb ataiadi. Ular
chastotaviy xarakteristikaning ishchi chastota diapazonidagi notekisligi
bilan xarakterlanadi.
Ishchi chastota diapazoni deganda shunday chastotalar oralig'i
tushuniladiki, bu oraliqda kuchaytirish koeffitsientining o‘zgarishi
oldindan belgilangan va qiymatidan kamayib ketmaydi (3a-rasm).
\Murakkab signal tashkil etuvchilari fazasining kuchaytirgichdan vaqt
bo'yicha bir xil siljimay o'tishi natijasida chiqish signali shaklining
o'zgarishi fazaviy buzilishlar deb ataiadi va kuchaytirgichning fazaviy
xarakteristikasi orqali xarakterlanadi. Shuni aytish kerakki, signal
fazasining har qanday o'zgarishi ham fazaviy buzilishlarga olib kelmaydi.
Bu lobaratoriya mashg`ulotidan asosiy maqsad:o`zgaruvchan tokni tog`irlashning nazariy asoslari va tog`irlash sxemalarini o`rganish,va biz bu ish jarayinida;tog`rilash jarayoni, diod, bir va ikki yarim davrli tog`irlagichlarning tuzilishi va ishlashi ,kesishish burchagi va tog`irlangan kuchlanishni ikkilantirish sxemasi bilan tanishib chiqamiz.Diod p-n o`tish qonuniyati asosida ishlaydi.
Quyida diodning Volt-amper xarakteristikasi keltirilgan.Tog`ri ulanish sohasiga ya`ni p musbat,n sohaga manfiy berganimizda dioddan foydali tok o`tadi.Teskari ulanish sohasida esa juda kichik miqdorda tok o`tadi.Shu xususiyatga ko`ra diodni faqat musbat davrda tok o`tkazadigan qurilma deb qarashimiz mumkin.Diodning bu xususiyati-Ventil xususiyati deb ataladi.