1990-yillarda Hindiston.
Mamlakatda turli etnik va diniy guruhlar o‘rtasida ziddiyat, umumiy tanglik holati kuchayib bordi.
Shunday holatda 1991-yili tamil terrorchisi tomonidan Hindiston bosh vaziri
Rajiv Gandi o‘ldirildi.
Rajiv Gandi
Hokimiyatga kelgan Narasimxa Rao hukumati bozor islohotlarining yangi bosqichini boshladi.
Narasimxa Rao
Davlat sektori qisqartirilib, yirik korxonalar xususiylashtirildi.
Bu davrda Hindiston o‘zining oltin-valuta zaxirasini oshirishga intildi, neft qazib olishni ko‘paytirdi.
1990-yillarda Hindiston jiddiy yutuqlarga erishdi.
Qishloq xo‘jaligi ham muvaffaqiyatli rivojlandi. 1992-yildan Hindiston g‘alla eksport qilishni boshladi.
Mamlakat ko‘plab, jumladan, yuqori texnologiya mahsulotlarini ham eksport qiladi.
Hindiston kompyuter dasturlarini yaratish sohasidagi yuqori malakali kadrlar soni bo‘yicha dunyoda AQSHdan so‘ng ikkinchi, ilmiy-texnik xodimlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Zamonaviy Hindiston.
1998-yil mart oyida bo‘lib
o‘tgan parlament saylovlarida Xalq-demokratik alyansi
g‘alaba qozonib, uning yetakchisi Atal Bixari Vajpai
bosh vazir lavozimini egalladi.
Atal Bixari Vajpai
2000-yili mamlakat shimoli-g‘arbida uchta yangi shtat tashkil qilindi.
Hukumat mamlakatning bu mintaqasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi, shu maqsadda birinchi marta maxsus vazirlik tuzildi.
2004-yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Hindiston milliy kongressi (HMK) so‘llar bilan hamkorlikda g‘olib chiqdi.
Hukumatni Manmoxan Singx boshqardi.
2014-yili Hindiston bosh vaziri bo‘lgan Narendra Modi ham islohotlar siyosatini davom ettirmoqda.
Narendra Modi
2017-yil oxiriga kelib, Hindistonda aholi soni 1 mlrd 350 mln kishidan oshib ketdi.
Mamlakatda 400 mln qashshoqlar mavjud, aholining deyarli 1/3 qismi savodsiz.
Ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan, Hindiston demokratik rivojlanish yo‘lidan jadal ketmoqda.
Bu mamlakatning yangi davr da’vatlariga munosib javob berishi uchun kuchli asos hisoblanadi.
Tashqi siyosatda Hindistonning bosh maqsadi dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylanishdir. XXI asrda ham Hindiston tashqi siyosati an’anaviy yo‘nalishda davom etmoqda. Savol va topshiriqlar 1. Narasimxa Rao hukumati amalga oshirgan islohotlar natijasida Hindiston 1990-yillari qanday yutuqlarga erishdi? 2. A.B.Vajpai hukumati qanday muhim tadbirlarni amalga oshirdi? 3. Hindiston XXI asrda qanday yutuqlarga erishishni maqsad qilib rivojlanmoqda? 4. XXI asrda hind jamiyati oldida qanday dolzarb muammolar turibdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |