19-Mavzu: Agrar munosabatlar va agrobiznes. Reja: Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari



Download 28,2 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi28,2 Kb.
#595890
Bog'liq
19-mavzu


19-Mavzu: Agrar munosabatlar va agrobiznes. 

Reja: 

1. Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari. 

2.Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar.

Bozor munosabatlari iqtisodiyotining hamma jabhalarini, jumladan, qishloq 


Xo’jaligini ham o’z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar munosabatlar alohida o’rin 
tutadi. yer bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar 
deyiladi. Bu mnosabatlarning ob’ekti yer bo’lsa, uning sub’ekti yer egalari, yerda 
xo’jalik yurituvchilar, nihoyat, yerga mehnat qiluvchi kishilar hisoblanadi. Agrar 
munosabatlar o’ta ko’hna, iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki 
insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. 
Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning 

tovarga aylanishi yerga xilma-xil mulkchilikningg paydo bo’lishi yerning 


tadbirkorlik ob’ekti bo’lishi, yerning garovga qo’yilishi nihoyat yer uchun pul 
shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor 
tizimi bilan bog’liq. Agrar munosabatlarning ob’ekti bo’lmish yer maxsus resurs 
bo’lganidan uning xususida ham o’zigagina xos bo’lgan iqtisodiy aloqalar kelib 
chiqadi. Yer ham har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan 
tashqarida ishlab chiqarishning bo’lishi mumkin emas. Insoniyat hali koinot 
makonida ishlab chiqarishni uyushtirgani yo’q. Yerda qishloq xo’jaligi yuritiladi, 
sanoat qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo’llar o’tadi, yer 
qa’riga qazilma boyliklar joylashgan, yerda o’rmon xo’jaligi yuritiladi, turar - joy 
va madaniy - maishiy binolar qad ko’taradi. Shu sababli har qanday iqtisodiy 
faoliyat ma’lum darajada yer bilan bog’langan deb aytamiz. 
-qishloq xo’jaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o’taydi, 

ma’lumki, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakt yerga ega: 


birinchidan, iqtisodiy jarayon bo’lsa ya’ni inson mehnati natijasida yuz bersa, 
ikkinchidan, tabiiy biologik jarayon bo’lib, mahsulot etishtirish tabiiy omillarga 
masalan, o’simlik yoki hayvonlarda kechadigan biologik o’zgarishlarga, iqlim 
sharoitiga, ob - havoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bog’liq. 
-qishloq xo’jaligi insonning tabiatiga bo’lgan munosabati bilan kishilarning 

o’zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar 


sektorini tashkil etadi. Bu sohada asosiy resurs yer bo’lib, u hech bir tengi yo’q, 
tanho o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo yer eng cheklangan resurs, mehnat 
bilan yaratib bo’lmaydi. Ko’pgina resurslar bir-birining o’rnini bosa oladi. 
Masalan: mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin. Yerning o’rnini 
hech bir resurs bosa olmaydi, shu jihatdan u o’ta noyob va asosiy resurs 
hisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resurslarga qo’shimcha sifatida 
amal qilmaydi. 
Masalan: sanoatda stanoklarga qo’shimcha resurs sifatida komp’yuter va 

uning programmalari qo’llaniladi. Yerning boshqa resurs bilan almashtirib 


bo’lmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g’oyat ko’p bo’ladi. Shu sababli 
yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bog’liq bo’lgan ishlab 
chiqarishning kengayishi va yerning unumdorligiga qarab o’zgaradi. 

Yer cheklangan, uni ishlab chiqarib bo’lmaydi, ammo foydalanadigan 


yerlarga investitiya sarflab ko’paytirish mumkin. Masalan: qoriq yerlarni 
sug’orish va botqoq hamda zax yerlarni quritish orqali ekin maydoni tabiatan 
cheklangan bo’lsada, shu doiradan chiqmagan holda yaroqsiz yerlar hisobidan 
qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni ko’paytirish mumkin. yer resursi 
cheklanganligidan yerning taklifi noelastik, ya’ni o’zgarmaydigan bo’ladi. Bu 
bilan yer boshqa resursdan jiddiy farqlanadi. Ma’lumki agar talab oshsa, bunga 
javoban taklif ham ko’payadi, lekin yer bu qoidadan istisno etiladi. chunki yer 
tabiat mevasi bo’lganidan uni mehnat bilan ko’paytirib bo’lmaydi. yer hammabop 
resurs unda dehqonchilik qilish, undirma sanoat yurgizib qurilish qilish mumkin. 
Undan har xil maqsadda va har xil yo’l bilan foydalanish mumkin. yer tabiat 
mahsul bo’lganidan uning sifati jiddiy tabaqalashadi, yer uchastkalari turli tabiiy 
iqlim mintaqalarida joylashgan, tuproqning tarkibi har xil bo’ladi. Shu sababdan 
yerlarning tabiiy hosildorligi keskin farqlanadi. O’ta yaxshi, o’rtacha. yomon va 
nihoyat o’ta yomon yerlar mavjud. qishloq xo’jaligida yerning sifati mehnat 
unumdorligining muhim omili hisoblanadi. Bu sohadagi unumdorlik, binobarin, 
ishlab chiqarish samaradorligi, tuproqning tarkibi. Yerning iqlim sharoiti va 
nihoyat, yer uchastkalardagi geografiy joylashuviga bog’liq. Yer qa’ridagi qazilma 
boyliklar zahirasi, ularning geologik sharoiti, sifati ham bir-biridan farqlanadi. Yer 
tanqisligi resurslarning boshqa sohalaridan qishloq xo’jaligiga yoki undirma 
sanoatga o’tishini cheklaydi, qo’shimcha resurslarning kirib kelishiga halaqit be-
radi. Yer unumdorlik quvvatining tabiiy sharoitga bog’liqligi qish-loq xo’jaligidagi 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini chegaralab qo’yadi. 
Nazariyada tuproq unumdorligining pasayishi qonuni degan qonun olg’a 

suriladi. Unga binoan yerdagi hosildorlikning o’sish me’yori mavjud, hosildorlik 


cheksiz o’sa olmaydi. Agar hosildorlik o’sish me’yori cheklanmaganda edi, sarfni 
oshirib borgan holda, olingan hosilga yer yuzidagi aholini boqish mumkin bo’lar 
edi.Ammso bunday imkon yo’q. Gap shundaki, yerni 100 marta haydash, 
keragidan o’n marta ko’p o’g’it berish yoki 5 marta ko’p urug’ ekish bilan 
hosildorlik o’sib qolmaydi. 
Aytilgan resurslar ma’lum me’yorda sarflansa, hosil ma’lum me’yorda 

ortishi mumkin. Yer hosildorligini o’stirish imkoni cheklanganligi sababi yangi 


yerlar ochiladi, ekin maydoni kengaytiralida. Hosildorlikni oshira borish doirasida 
yerning sifati yaxshilanadi, ya’ni yerning tabiiy kuchiga kuch qoshiladi. 
Yerga 2 xil monopoliya mavjud bo’ladi. Birinchidan, yer qadr-qiymati 

baland resurs sifatida mulk monopoliyasida turadi. џ’ni egasi yo’q yer bo’lmaydi. 


Yer cheklangan miqdorda bo’lganidan uni mulk sifatida ko’paytirib ham 
bo’lmaydi. Bunday hodisa yerga mablag’ sarflashni uning egasiga bog’liq qilib 
qo’yadi. Yer egasining mulkdor sifatida manfaati bor. Џya’ni u o’z yeridan naf 
ko’rish kerak. Shu sababli yer ishlatish uchun tekinga berilmaydi, egasiga undan 
foydalanish haqini to’lash zarur. Ikkinchidan, yer xo’jalik yuritish ob’ekti sifatida 
egallab olinadi, ya’ni turli xil xo’jaliklar tashkil topadi, yaroqli yer bo’sh turmaydi. 
Xullas yaroqli yerlar doim band bo’ladi. Yer resursi sifatida egalari qo’lida bo’lar 
ekan, ular boshqa resurs egalari singari uy xo’jaliklari o’rtasida munosabat yer 
xususida ham bo’ladi. Yer mulk bo’lganidan mulkdorning roziligisiz uni ishlatib 

bo’lmaydi, undan foydalanish uchun uni egasiga haq to’lash kerak. Yer o’z 


egasining mulki bo’lib. qolgani holda vaqtinchalik boshqa mulk sohibi, xususan 
tadbirkor tomonidan ishlatilishi mumkin. 
O’zbekiston iqtisodiyotining agrar sektorini rivojlantirish bozor 

munosabatlariga o’tishning asosiy hal qiluvchi bo’g’inidir. O’zbekistonda 


aholining 65% qishloq joylarda yashaydi. Yalpi ichki mahsulotni 1/4 qismi valyuta 
tushumining 55%idan ko’prog’ini qishloq xo’jaligi bYeradi. qishloq xo’jaligi 
respublika aholisini oziq-ovqat, meva-sabzavotlar, g’alla, go’sht va boshqa qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanadi. 
D.Rikardo yer rentasini tahlil qilib katta yutuqlarga yerishdi. U renta 

nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslab tekshirdi. Rentaning manbai, 


mulkiy munosabatlar sharo-itida yerga qilinadigan mehnatdir deb hisoblaydi. 
Yerning resurs cheklanganligi, unumdorligi, va joylashuvi turlicha bo’lgan yerlarni 
ishlanishi tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlarining qiymati yomon yer 
uchastkalaridagi mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga 
o’rtacha foyda bYeradi va renta bYermaydi. Nisabatan yaxshi yerlarda foyda 
o’rtacha normadan yuqori bo’ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer egasi 
tomonidan olinadi. Rikardo bu bilan diffyerential renta hosil bo’lishini ko’rsatib 
berdi. D.Rikardo xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ma’lum miqdorda 
renta keltirish mumkinligini inkor etdi, ya’ni absolyut yer rentasi mavjudligini 
ko’rmaydi. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning 
barcha sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lekin ulardagi 
tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham 
kasb etadi. Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. 
Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko’p jihatdan tirik organizm (hayvon, 
o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning 
umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo’ladigan o’ziga 
xos xususiyatlarini ko’rib chiqiladi. 
Ushbu mavzuda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin 
e’tibor yer rentasiga qaratiladi. yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi 
muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. 
Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi 
va vazifalariga to’xtalib o’tilib, mavzu so’ngida agrobiznes va uning turlari bayon 
etiladi. 

AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES


1 Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik
ishlab chiqarishning xususiyatlari
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor
yo’nalishlaridan biri - bu bozor munosabatlariga asoslangan agrar
ishlab chiqarishni rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy
negizini shakllantirish, mulkiy munosabatlarni takomillashtirish,
faol tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishdir. Bu esa qishloq
ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur'atlarini
ta'minlashga, qishloqda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga,
mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa
ashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laroqqondirishga imkoniyatlar yaratib beradi.
Mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirishda agrar sektor muhim rol o’ynaydi.
YaIM tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 25 %ni tashkil etdi.
Agrar sektor oxirgi yillar davomida barqaror sur’atlarda rivojlanib
kelmoqda. Barcha mulk shakllarida yaratilgan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarning umumiy hajmi 5395,5 mlrd so’mni tashkil etdi.
O’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 % o’sish taminlandi.
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi
deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo'lishi mumkin. Uzoq yillar
davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o'zgarishlar
natijasida yerning ustki qatlamida o'simlik ‘oziqlanishi’ mumkin
turli
moddalarning
vujudga
kelishi
yerning
tabiiy
unumdorligi
deyiladi.
Agar
tuproq
unumdorligi
kishilarning
tabiatga ta'siri natijasida, ya'ni tuproq tarkibi va dehqonchilik
usullarini yaxshilash sun'iy yo'l bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy
unumdorlikni tashkil qiladi.
Agrar ish1ab chiqarishning asosiy xususiyat1ari
Ko'pchilik ishlab chiqarish vositalari (chorva mollari, ko'p yillik
mevali daraxtlar, urug'lik vа h.k.) tarmoqning o'zida vujudga
keltirilib, yana ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladi.
Yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar: yer,
o'simlik, chorva mollari bilan bog'liq bo'ladi va tabiiy qonunlar
iqtisodiy qonunlar bilan chambarchas bog'lanib ketadi.
Ishlab chiqarish jarayoni uzoqroq muddatni tashkil qilganligi
sababli aylanma kapitalning ko'pgina qismi hali tugallanmagan
ishlab chiqarish shaklida bo'ladi.
Qishloq xo'jaligida ishlab
Qishloq xo'jaligida ishlab
chiqarish mavsumiy
chiqarish mavsumiyligi sababli
xarakterga ega. Вu
aylanma kapital vа mablag'lar
tarmoqdagi mehnat
sarfi hamda mahsulot sotishdan
vositalaridan foydalanish
olinadigan pul tushumlari уil
davrini ham cheklaydi.
davomida bir me'yorda
bormaydi.
Qishloq хо'jalik ekinlari o'sishining vegetatsiya davri vа
tabiiy omillari ta'sirida ishlab chiqarish vaqti vа ish davri
o'rtasida katta farq mavjud bo'ladi.

TEST SAVOLLARI


1 Quyidagilardan qaysi biri yerga bo’lgan mulkchilik huquqini
to’liq ta'minlaydi?
a) Yerga egalik qilish
b) Yerdan foydalanish
c) Ishlab chiqarish natijalarini tasarruf etish
d) O’z mulkidagi yerni tasarruf etish
e) Yuqoridagilarning barchasi.

2 Yer rentasi darajasini belgilab beruvchi asosiy omilni aniqlang


a) Yerga bo'lgan talab
b) Shu yerda yetishtiriladigan mahsulot bahosi
c) Yerning unumdorligi
d) Qo'llaniladigan boshqa resurslar bahosi
e) Yuqoridagilarning barchasi.
3 Yerni iqtisodiy resurslarning boshqa turlari (kapital, ishchi kuchi,
tadbirkorlik layoqati)dan farqlovchi asosiy omil nima?
a) Miqdorning nisbatan cheklanganligi
b) Tabiat mahsuli ekanligi
c) Miqdori doimiyligi (qayd qilinganligi)
d) Bahoga ega emasligi
e) Yuqoridagilarning barchasi.
4 Agrar munosabatlarning xususiyatlarini nima belgilab beradi?
a) Yerning asosiy mehnat vositasi vа predmeti hisoblanishi
b) Iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlari bilan bog'lanib ketishi
c) Ishlab chiqarish vaqti bilan ish davri o'rtasidagi farqning nisbatan kattaligi
d) Ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterda bo'lishi
e) Yuqoridagilarning barchasi.
5 Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va joylashgan joyidagi
farqlaridan kelib chiqadigan renta qanday nom bilan ataladi?
a) Absolyut renta
b) Differensial renta I
c) Differensial renta II
d) Monopol renta
e) Yuqoridagi barcha nom bilan.
6 Quyidagi yer uchastkalarining qaysi birida differensial renta hosil
bo'lmaydi?
a) Unumdorligi juda yuqori
b) Unumdorligi yuqori
c) Unumdorligi o'rtacha
d) Unumdorligi past
e) Yuqoridagilarning barchasi.
7 Yerdan intensiv foydalanish, ya'ni ularning iqtisodiy unumdorligini
oshirish natijasida vujudga keladigan renta qanday nom bilan ataladi?
a) Absolyut renta
b) Differensial renta I
c) Differensial renta II
d) Monopol renta
e) To’g’ri javob yo’q
8 Yerga bo’lgan xususiy mulkchilik, ularning unumdorligidagi
farqlardan qat'iy nazar yer egalariga qanday rentani olish imkonini
beradi?
a) Monopol renta
b) Differensial renta I
c) Differensial renta II
d) Absolyut renta
e) Yuqoridagilarning barchasi.
9 Yerning tabiiy sharoitida noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari
yetishtirish imkonini berganda qanday renta hosil bo’ladi?
a) Absolyut renta
b) Differensial renta I
c) Differensial renta II
d) Monopol renta
e) Yuqoridagilarning barchasi.
10 Differensial renta qaysi sohalarda hosil bo’ladi?
a) Qishloq xo’jaligida
b) Qurilishda
c) Undirma sanoatda
d) Qazib oluvchi sanoatda
e) Yuqoridagilarning barchasida.
11 Quyidagi omillardan qaysi biri yer bahosining o’sib ketishiga
olib keladi?
a) Renta miqdorining o’sishi
b) Ssuda foizi normasining pasayishi
c) Inflyatsiyaning kuchayishi
d) Noqishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yerga bo’lgan talabning
o’sishi
e) Yuqoridagilarning barchasi.
12 Agrosanoat integratsiyasi nima?
a) Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni qayta ishlash va
iste'molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot
tarmoqlari majmuasi
b) Ishlab chiqarishning to’planishi va kapitalning markazlashishi
c) Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi
d) Qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotini
iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida iqtisodiy
aloqalarning kuchayishi hamda ularning uzviy birikib borish
jarayoni
e) To’g’ri javob yo’q.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1 Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida.
Т.: O'zbekiston. 1995
2 Karimov I.A. Qishloq xo'jaligi taraqqiyoti - to'kin xayot manbai. Т.:
O'zbekiston. 1998
3 O'zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998
уil 30 aprel.
4 O'zbekiston Respublikasining "Qishloq хо'jalik kooperativi (shirkat
xo'jaligi) to'g'risida”gi qonuni. 1998 уil 30 aprel.
5 O'zbekiston Respublikasining "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi qonuni. 1998
уil 30 aprel.
6 O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. - Т.: O'zbekiston. 1999
7 O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik to'g'risida" gi qonuni.
8
Qishloq
хо'jaligida
islohotlarni
chuqurlashtirishning
eng
muhim
yo'nalishlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
2003 уil 24 mart.
9 A.O'lmasov, M.Sharifxojaev. Iqtisodiyot nazariyasi. Т. 1995 у.
10 A.O'lmasov, А. Vahobov. Iqtisodiyot nazariyasi. Т.: Sharq. 2006
13 D.Tojiboeva. Iqtisodiyot nazariyasi. I-qism. Т. 2002
14 D.Tojiboeva. Iqtisodiyot nazariyasi. П-qism. Т. 2003
15 N. Beknozov. Iqtisodiyot nazariyasi. / /Darslik. - Т. 2005 у.
14 U.Umarov. Iqtisodiyot nazariyasi. / /O'quv qo'llanma. Т.: Meros. 2004
15 Sh. Shodmonov, R.Alimov, T.Jo'raev Iqtisodiyot nazariyasi. Т. 2002
16 Sh. Shodmonov, U.V.G'afurov. Iqtisodiyot nazariyasi. Т. 2005 у.
17 Экономика Узбекистана. Информационно-аналитический обзор за
2005 год. Т.:Узбекистан. 2006
Download 28,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish