18-ma’ruza. So‘Z–gaplar



Download 102,35 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2022
Hajmi102,35 Kb.
#572596
  1   2   3   4   5
Bog'liq
синтаксис 1-маъруза


11-ma’ruza. ALOHIDA SO‘ZLAR TURKUMI. MODAL, UNDOV, TAQLID SO‘ZLAR
Rеjа:
  • Alohida so‘zlar to‘plamini ajratish tamoyillari.
  • Alohida so‘zlar tasnifi.
  • Alohida so‘zlarning sintaktik xususiyatlari.
  • Taqlid va uning UGMsi.

  • Mаvzu bo‘yichа tаyanch tushunchаlаr: mоdаl, undоv, tаsdiq-inkоr, tаklif so‘zlаr, so‘z-gаplаr, taqlid so‘zlar.

Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so‘zlardan, yordamchi so‘zlardan, sodda yoxud qo‘shma gaplardan farq qiladi.
Alohida so‘zlar to‘plamini ajratish tamoyillari
Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo‘la olish belgisi;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi;
3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish belgisi;
4) bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi.
So‘z-gaplar mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun bu so‘zlarga nisbatan semantik funktsional shakllangan so‘z-gaplar atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug‘aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda leksik birlik ham so‘z, ham gapdir.
Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so‘z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional shakllangan gaplar grammatik shakllangan gaplardan farq qiladi va kesimlik ma’nolari so‘z-gaplarda leksik birlikning yoki atov birligining o‘zida mujassamlanganligi tufayli so‘z-gaplarning lisoniy qurilish qolipi sifatida berilgan.

Download 102,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish