15-Amaliy mashg’ulot
Parallel ulangan nasoslarning ishlash rejimini aniqlash
Nasos agregatlari va quvur o‘tkazgichlarini nasos stansiyasi binosida joylashtirish asosiy va yordamchi jihozlarning harakat ishonchliligini hamda xizmat qilishda qulayligi, soddaligi va havfsizligini ta’minlashi zarur.
Jihozlarni, odatda, stansiya ichi kommunikatsiyalarini minimal uzunligi va stansiyani kelajakda kengaytirish mumkinligini hisobga
olishdan kelib chiqqan holda joylashtiriladi.
Nasos stansiyasi binosidagi agregatlarni joylashtirish, ularning tipi, o‘lchamlari va asosiy nasoslarning soni, hamda rejadagi mashina binolarining shakli bo‘yicha aniqlanadi.
To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mashinalar binosiga o‘rnatilgan gorizontal valli markazdan qochma nasoslarga qo‘llangan agregatlar joylashtirishning quyidagi asosiy sxemalari keng tarqalgan (56-rasm):
a)stansiya bo‘ylama o‘qiga parallel agregatlarning bit qator joylashtirilishi;
b)stansiya bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar agregatlarning bir qator joylashishi;
v) stansiya bo‘ylama o‘qiga burchak ostida joylashgan bir qator agregatlar;
g) agregatlarning ikki qator qilib joylashtirish;
d) agregatlarni shaxmat tartibida ikki qator qilib joylashtirish.
Agregatlarni stansiya bo‘ylama o‘qiga parallel, bir qator qilib joylashtirishning afzalligi shundaki, mashinalar zali enini katta bo‘lishiga zarurat qolmaydi. (56 a-rasm).
Bu sxema so‘rish va bosim quvurlari nasos o‘qiga perpendikulyar tekislikda joylashgan, ikki yoqlama nasoslarni qo‘llash uchun alohida o‘rinlidir.
Nasoslarning birgalikda ishlashi
Ikki va undan ortiq nasoslar bitta truboprovodga parallel yoki ketma-ket ulanib, birgalikda ishlashi mumkin.
Parallel ulangan ikkita har-xil nasoslar M nuqtada (37-rasm) bir xil bosim hosil qilgan holda ular birgalikda ishlash imkoniyati bo‘ladi.
37 pasm. Parallel ishlayotgan ikkita nasosning ish tartibini aniqlash
Demak parallel ishlayotgan ikkita nasosning umumiy NI+II xarakteristikasini kurish uchun bir xil bosimdagi suv haydashlari qiymatlari qo‘shiladi (37-rasm), ya’ni NI=NII=N va QI + QII=Qum.
Umumiy bosim xarakteristika NI+II bilan truboprovodning NTP=Ng+RTQ2 gidrodinamik egri chizig‘i kesishgan ishchi nuqta A parallel ishlayotgan nasoslarning ish tartibi belgilaydi. Demak birgalikda ishlayotgan nasoslar umumiy QA=QA1+QA2 miqdorda suv haydaydi. Agarda bu nasoslar ana shunday truboprovodga alohida-alohida ishlaganda har biri QV1 va QV2 miqdorda suv haydash imkoniyatiga ega bo‘lar edi.
38 rasm. Ketma-ket ishlayotgan nasoslarning ish tartibini aniqlash
Demak nasoslar parallel ishlaganda Q=(QV1+QV2)-QA- miqdorda «kamchil»suv haydashi sodir bo‘ladi. Bu Q qiymat nasoslarni alohida yoki parallel ishlatish variantlarini texnik-iqtisodiy taqqoslashda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Umumiy xarakteristika NI+II - Q bilan truboprovodning NTP=Ng+RtQ2 egri chizig‘i kesishgan A ishchi nuqta ketma-ket ishlayotgan nasoslarning ish tartibini belgilaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |