12- мавзу. Аҳоли турмуш даражаси статистикаси Юсупов Р. К



Download 153,58 Kb.
Sana06.12.2019
Hajmi153,58 Kb.
#28700
Bog'liq
12- мавзу

12- мавзу. Аҳоли турмуш даражаси статистикаси

Юсупов Р.К.


Режа

1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari

2.Qayta tiklanadigan (fizik) kapital statistikasi

3.Milliy boylikning kengaytirilgan konsepsiyasi: tabiiy va inson kapitali statistikasi muammolari

1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari


Milliy boylik - iqtisodiy statistikaning tayanch ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) - mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori esa - mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.

Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi hajmini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug‘uilanganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada (1664-yilda) U. Petti hisoblagan. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 1789-yilda, AQSh da 1805-yilda va Rossiyada esa, 1864-yilda hisoblangan.

XX asr oxirlarida kelib milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash, ularni yagona konsepsiyalar asosida qiymatini, tarkibini, dinamikasini hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish yanada dolzarb muammoga aylandi. BMT statistika komissiyasi hamda

Jahon banki huzurida Dj. Dikson (AQSh) va K. Flamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruli 1997-yilda 92 mamlakat bo‘yicha (1994-yil ma’lumotlari asosida) va 2000-yilda 10 mamlakat bo‘yicha (1997-yil ma’lumotlari asosida) milliy boylik elementlarining qiymatini, strukturasini va jon boshiga to‘g‘ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblashdi. 2000-yilning avgustidagi Daromadlar va boyliklarning tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasining umumiy 26-konferensiyasida turli mamlakatlarning rivojlanishi to‘g‘risidagi yig‘ma hisoblashlarning natijalari haqida ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Mazkur konferensiyada K. Hamiltonning jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997-yildagi j on bo shiga to’g‘ri keladigan darajasi va uning о‘sishi sur’atlari hisoblangan ma’ruzasini taqdim etdi. K. Hamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda ko‘pgina mamiakatlarda (jon boshiga to‘g‘ri keladigan YalM darajasi o‘rtacha jahon darajasidan past bo'lganlarida) umumiy kapital hajmining o‘sish sur’ati aholi sonining o‘sishi sur’atidan pastligini, ya’ni bu mamiakatlarda aholi farovonligining pasayishi jarayoni yuz berayotganini ko‘rsatdi.

  • jadval ma’lumotlari asosida milliy boylik tarkibini tahlil qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki. “Yettilik” va Yevropa ittifoqi davlatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan milliy boylik hajmi dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan bir necha barobar yuqori. Bu davlatlarda inson kapitali qiymatining yuqoriligi mazkur davlatlami yuqori o‘rinda turishiga sabab bo‘lmoqda. OPEK va MDH davlatlarida tabiiy boylikning milliy boylik tarkibidagi ulushi bu davlatlar ulushidan deyarli 10 barobarga yuqori bo‘lsada, inson kapitalining ulushi 47,4% va 50% ni tashkil qiladi. Demak, shunday xulosa qilsa bo'ladiki, iqtisodiyotning taraqqiy etish darajasi yuksalib borishi bilan inson kapitaliga sarflar ortib boraveradi, bu esa milliy boylik haj mining ko‘payishiga olib keladi. Hisob-kitoblar natijalari ma’lum bo‘Igan “boylar boyimoqda, kambag'allar qashshoqlashmoqda” iborasini tasdiqlaydi.

Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93ga tayanmoq zarur. Unga binoan, milliy boylik deganda ma’lum bir sanaga institutsional birliklar, ya'ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo‘lgan kapital sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklarning aktivlari (nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi (12.2-jadval). Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli bo‘Igan nomoliyaviy aktivlar va ularning tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi.

Ma’lumki, iqtisodiy aktivlar - iqtisodiy obyekt bo'lib, ular institutsional birliklaming mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufiayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat-bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko‘rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega bo‘ladi. Ba’zilari esa, masalan, moliyaviy aktivlar - aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMTning MHT - 93 dagi konsepsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud)ning mulkiy holati - milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko'rsatkichni hisoblashda "Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi (2-jadval).

Ma’lumki, iqtisodiy aktivlar - iqtisodiy obyekt bo'lib, ular institutsional birliklaming mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufiayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat-bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko‘rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega bo‘ladi. Ba’zilari esa, masalan, moliyaviy aktivlar - aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMTning MHT - 93 dagi konsepsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud)ning mulkiy holati - milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko'rsatkichni hisoblashda "Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi (2-jadval).

BMTning MHT-93 dagi konsepsiyasiga binoan milliy iqtisodiyot va uning sektorlari bo‘yicha mulkiy holatni - boylikning hajmini hisoblash mumkin. Aktivlar va passivlar balansining yil boshi va oxiridagi ko'rsatkichlarining solishtirilishi natijasida sof aktivlar - milliy boylik hajmining o'zgarishi (mutlaq va nisbiy)ni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy statistikada sof aktivlar - milliy boylikning hajmini hisoblashda moliyaviy aktivlar (talablar) va moliyaviy passivlar (majburiyatlar) faqat tashqi mamlakatlarga nisbatan olinadi, chunki ichki talablar va majburiyatlar mamlakat miqyosida bir-biri bilan qoplanib ketadi.

Mamlakatning sof aktivlari - milliy boyligi - mamlakatning mulkiy holati ko‘rsatkichi zaxira ko‘rsatkichlari turkumiga kiradi. U mahsulot, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad ko‘rsatkichlari (bular “oqim” ko'rsatkichlari deb ataladi)dan farq qiladi.

Zaxira ko‘payishi (kamayishi) hajmini va unga ta’sir etgan omillami quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:

Iqtisodiy aktivlaming hajmi dinamikasi va boshqa jihatlarini to'laroq о’rganish uchun statistika amaliyotida, birinchi navbatda, ular tasniflanadi, ya’ni klassifikatsiya qilinadi. Tasniflashda turli-tuman aktivlar u yoki bu muhim belgisi - xususiyati, xossasiga binoan oldindan belgilangan guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar BMTning statistika komissiyasi tomonidan barcha mamlakatlar uchun standart holida tavsiya etiladi (12.3-jadval).

Nomoliyaviy aktivlar jumlasiga barcha xo'jalik Yurituvchi subyekt- larning ixtiyoridagi ma’lum davr mobaynida foydalanish yoki saqlashdan aniq yoxud potensial iqtisodiy samara keltiruvchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari kiradi. Ularning tashkil topish jarayoniga qarab ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan guruhlarga bo'linadi.

Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi va uch asosiy elementni: asosiy fondlar (asosiy kapital), moddiy aylanma mablag'lar zaxirasi va qimmatbaho boyliklami o‘z ichiga oladi.

Moddiy asosiy kapital guruhi ishlab chiqarish va yashash binolari, inshootlar, mashina va jihozlar, shuningdek, o'stiriladigan aktivlardan iborat. Milliy boylikning mazkur omiliga uy xo'jaliklari tomonidan oxirgi iste’mol uchun xarid qilingan mashina va jihozlar hisobga olinmaydi. (Masalan: avtomobillar, muzlatgichlar, televizorlar va shunga o'xshash vositalar). Bunday omillar “Uzoq muddatda foydalanishga mo'ljallangan iste’mol tovarlari” guruhi orqali hisobga olinadi. Biroq, bunday jihozlar ishlab chiqarish jarayonida foydalanilsa, ular asosiy kapital jumlasiga kiritiladi, o'stiriladigan aktivlar qishloq xo'jaligida moddiy aylanma mablag'lar guruhining bosh omillaridan biri hisoblanadi hamda zotli, mahsuldor, ishchi va boshqa chorva mollari, hosildor bog'lar, mevazorlar, uzoq muddat hosil beruvchi ko‘p yillik ko‘chatlarni o‘z ichiga oladi.

Asosiy fondlar (asosiy kapital) mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etuvchi hamda uzoq davr mobaynida foydalanishga mo'ljallangan aktivlarda o‘z aksini topadi.

Shuningdek, asosiy kapital tarkibiga ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivlar ham kiritiladi. Bularga foydali qazilmalami qidirishga ketgan xarajatlar, inson mehnati asosida vujudga kelgan va informatsiya sifatida taqdim etilgan ma’lumotlar qiymati kiradi. Yuqorida qayd etilgan omil- larga EHMlar uchun dasturlar, original ijod janrlari, adabiyot va san'at durdonalarini ko‘rsatish mumkin. Asosiy kapital milliy boylikning rnu- him elementi sifatida mamlakat statistikasida hisobga olinadi hamda ular­ning tarkibi MHTning mazkur iqtisodiy toifasida bir qadar muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ishlab chiqarilgan nomoliyaviy aktivlar tarkibiga kiruvchi ikkinchi element bu - moddiy aylanma mablag‘larining zaxirasidir. Joriy yoki o‘tgan davrda tayyorlangan va keyinchalik sotish yoki ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotish uchun olingan mollar shular jumlasidandir. Ishlab chiqarilgan material aktivlari umumiy tarkibida qimmatbaho boyliklar alohida o‘rin tutadi. Bu turdagi boyliklar qiymat zahiralari sifatida sotib olinadi, saqlanadi va amaliyotda ular ishlab chiqa­rish jarayoni yoki iste'mol uchun ishlatiladi. Ushbu ko‘rinishdagi milliy boylik elementlarining egalari ularning real narxi oshishi yoki saqlanib qolishini mo‘ljallagan holda sotib oladilar. Qimmatbaho boyliklar toifasiga ishlab chiqarish zahirasi hisoblanmaydigan, yuqori bahoga ega bo'lgan qimmatbaho metall va toshlar, tilla buyumlar, antikvar buyumlar, san’at asarlari va kolleksiyalar kiradi.

Ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar ishlab chiqarish natijasi hisoblanmaydi va ular moddiy hamda nomoddiy guruhlarga bo‘linadi.

Ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar yer, yer osti boyliklari, biologik va suv resurslaridir. Tabiiy boyliklarni baholashda ulardan foyda­lanish va holatini yaxshilash uchun ketgan harajatlar ham ularning qiymatiga qo' shllishi kerak. Yerning tuproq tarkibi holatini yaxshilash uchun yo‘naltirilgan xarajatlar ham yerning bahosiga kiritiladi.

Iqtisodiy samara beruvchi va ishiatish uchun yaroqli bo‘lgan qazilma boyliklarining aniqlangan zaxiralari, shuningdek, ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar toifasiga kiradi.



O’stirilmaydigan biologik resurslar tarkibiga hosildor o‘simliklar, chorva kabi xo'jalik subyektlari tomonidan hisobga olinmaydigan, biroq iqtisodiy faoliyat uchun foydalanadigan (o'rmonlar, baliq kabi maxsus yetishtirilmagan) boyliklar kiritiladi. 0‘stirilmaydigan biologik resurslar milliy boylikning foydalanish huquqi berilgan subyekt qismida aks etadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika komissiyasining tavsiyasiga binoan yer usti suvlari yer boyligi tarkibiga kiradi, suv resurslariga esa, faqat yer osti suvlari kiritilishi mumkin.



Ishlab chiqariimagan nomoddiy aktivlar ishlab chiqarishdan tashqari jarayonda vujudga keladi va ulardan foydalanish huquqi mos ravishda yuridik yoki hisob harakatlari orqali amalga oshiriladi. Ular jumlasiga foydalanuvchiga faoliyatning ma’lum turi bo'yicha shug'ullanishga ruxsat beruvchi va boshqa subyektlar uchun mazkur faoliyatni ta’qiq- lovchi hujjatlar kiradi. Aktivlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhi patent- lar, mualliflik huquqi, ijara shartnomlari va boshqa shartnomalami o‘z ichiga oladi.

Moliyaviy aktivlarning xarakterli tomoni shunda namoyon bo'ladi- ki, ulaming ko‘p qismi moliyaviy majburiyatlarga teskari ta’sir etadi. Moliyaviy majburiyat bir tashkilot ikkinchi tashkilotga moliyaviy resurslarini taqdim etganda sodir bo‘ladi. Bu holatda kreditor mablag‘lari uning moliyaviy aktivi hisoblanadi, chunki qarzdor tashkilot uning mablag‘laridan foydalanganligi uchun to'lov to‘laydi. Qarzdor tashkilot uchun olingan moliyaviy mablag‘lar majburiyatdir.

Monetar oltin - bu mamlakatning pul-lcredit siyosatini amalga oshiruvchi boshqaruv tashkilotlarida moliyaviy aktiv sifatida saqlanadi- gan oltin hisoblanadi. Qolgan barcha korxonalar, tashkilotlar va jismoniv shaxslar qo‘llaridagi oltin va oltin buyumlari milliy hisoblar tizimida tovar yoki aylanma mablag‘lar zaxirasi sifatida aks etadi.

Naqd pullar moliyaviy aktiv sifatida o‘zining tarkibiga muomalada mavjud bo‘lgan shu mamlakatning yoki boshqa mamlakatning barcha pul birliklarini oladi. Shu bilan birga mamlakatdagi muomalada bo‘lmagan yubiley va kollektsiya tariqasida saqlanayotgan tangalar moliyaviy aktivning naqd pullar tarkibiga kirmaydi.

Depozitlar ham naqd pul singari to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bois ular M2-pul agregati orqali keng ma’nodagi pul massasi tarkibiga kiradi. Depozitlarni hisob raqamlaridan jamg‘ armada mavjud mablag1 doirasida naqd pul shaklida olib, ishiab chiqarishda ishlatish ham mumkin yoki hisob cheklari orqali foydalanish mumkin.



Qimmatli qog'ozlar (aksiyalardan tashqari) qoidaga asosan moliya bozorlarida sotiladi va sotib olinadi hamda egalik qiluvchiga ma’lum pul daromadlari olish huquqini beradi. Bunday aktivlar guruhiga zayomlar, veksellar va qarz majburiyatlari kabilar kiradi.

Aksiyalar va ishtirok etuvchi boshqa ko'rinishdagi qimmatli qog‘ozlar egalik qiluvchining devidend olish huquqini tasdiqlovchi hujjat va yozuvlar sifatida kapitalda aksini topadi. Shuningdek, korporativ korxonaning tugatilishi munosabati bilan barcha qarzlarini uzgandan keyingi qoladigan ma’lum qism mablag‘lari ham shu jumladandir.

Texnik sug‘urtalar rezervlari ham sug‘urta polislari egalarining aktivlari va sug‘urta kompaniyalari hamda pensiya fondlarining majbu- riyatlari hisoblanadi (hayotni sug‘urtalashyoki boshqa turdagi sug‘urtalar bo‘yicha).

Debitor va kreditorlarning boshqa hisoblari savdo kreditlari, avanslar va zarur moliyaviy resurslar olish manbalari sifatidagi moliyaviy aktivlar hisoblanadi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari iqtisodiyotning har bir tarmog‘i bo'yicha spravka tariqasida ajratib ko‘rsatiladi, chunki bu investitsiyalarga tegishli moliyaviy aktivlar yoki majburiyatlar yuqorida ko‘rsatilgan guruhlar tarkibida hisobga olinadi (aksiyalar, zayomlar va boshqalar). Biroq, chet el investitsiyalari jami summasining alohida aniqlanishi aktiv va passiv balansining milliy hisoblar tizimidagi boshqa hisob raqamlari bilan bog'lanishi uchun, shuningdek, to‘lov balansinini tuzish uchun kerak bo‘ladi.

Milliy boylik statistikasini MHT-93 asosida tashkil etish va hisoblash ishlari MDH doirasida amalga oshirilmoqda va uni takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

2.Qayta tiklanadigan (fizik) kapital statistikasi


Milliy boylikning asosiy komponentlaridan biri asosiy kapital hisoblanadi. Asosiy kapital bu - mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlar ko'rsatish uchun uzoq davr, lekin bir ylldan kam bo‘lmagan muddatda bir necha marotaba yoki doimo ishlatiladigan ishlab chiqarilgan aktivlardir. Asosiy kapital tarkibiga uzoq muddatda ishlatiladigan muayyan turdagi tovarlar kiritilmaydi: mayda asbob- uskunalar va inventarlar, ba’zi harbiy anjomlar (vayron qilish vositalari va ularni eltib berish vositalari), uy xo‘jaligi tomonidan sotib olingan va pirovard iste’moli uchun foydalaniladigan mashinalar va jihozlar (avtomobillar, mototsikllar, velosipedlar, mebel, maishiy texnika) asosiy kapital tarkibiga kiritilmaydi. Ammo, ular ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilsa, asosiy kapital tarkibiga kiritiladi.

Yerlarni obodonlashtirish (holatini) va boshqa ishlab chiqariimagan moddiy aktivlami yaxshilash bo‘yicha qilingan xarajatlar ham asosiy kapital tarkibiga kiritilmaydi. Balansda asosiy kapital tarkibiga qo'shimcha holda quyidagilar kiritiladi:


  • “Boshqa inshootlar” kichik guruhiga tarixiy obidalar (agar ulaming xarid baholari bo‘lsa);
  • “Mashinalar va uskunalar’ guruhiga fuqarolik maqsadlarida foyda- laniladigan harbiy jihozlar (avtomobillar, kompyuterlar va hokazo);
  • “Transport vositalari” kichik guruh kosmik uchuvchi apparatlar;
  • “Hayvonlar” guruhiga quyonlar, baliqlar, uy qushlari va asal arilar;
  • tugallanmagan obyektlarning (qurilish, ishlab chiqarish, yosh hayvonlar, mevaga kirmagan ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqalar) qiy- matlari, agar ular mulk egasini o‘zgartirsa.

Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o‘zgarib turadi. Asosiy kapital tarixiy (toTiq boshlang‘ich), joriy (qayta baholangan qiymati - shu paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish qiymati, balans (aralash) qiymati, o‘zgarmas baholardagi qiymati va boshqa usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa tortishda va milliy boylik haj­mini hisoblashda o‘z funksiyasi mavjuddir.

To‘liq boshlang‘ich qiymat - bu asosiy kapital obyektining korxona sotib olish xarajatlari, tashib keltirish va montaj xarajatlarini o‘z ichiga oluvchi qiymatdir.

Eskirishni hisobga olgan holda boshlang‘ich qiymat (boshlang‘ich qoldiq qiymat) - bu to‘liq boshlang‘ich qiymatidan eskirishni hisobga oluvchi amortizatsion ajratmalar chegirilgandan so‘ng hosil bo‘lgan qiymat.

To‘liq qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) - zamonaviy sharoitda korxona tomonidan xuddi shunday asosiy kapital obyektini sotib olish uchun sarflaydigan qiymatdir.

Eskirishni hisobga olgan holda qayta tiklash qiymati (joriy qiy­mat) - bu to‘liq tiklash qiymatidan eskirish qiymatini chegirishdan hosil bo‘lgan qiymat.

To‘liq balans qiymat - asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan qiymati. Bunda so‘nggi o‘tkazilgan qayta baholash paytigacha

Asosiy kapitalning qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq strukturasi ham o‘zgarar foydali xizmat qilish yillar soni yig‘mdisi bo‘yicha chegirib borish usu­lida, qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot Hajmigamutanosib ravishda chegirib borish usulida ko‘rsatilgan (12.4-jadval).

ekan hamda eskirishi darajasi va yaroq- liligi (qoldiq qiymatning to‘liq qiymatdagi salmog‘i) darajasi ham o‘zgaradi. Demak, asosiy fondlarning qayta baholanishi asosiy fond- larning to‘liq qiymatini o‘zgartirishi bilan birga qoldiq qiymatini turli tarzda o‘zgartiradi, bu hoi esa, milliy boylik hajmiga ta’sir etmasdan qol maydi.

Oldin ta’kidlaganimizdek, mamlakatda qo‘llaniladigan amortizatsiya siyosati ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va u orqali fizik kapital hajmiga ta’sir etadi. Amortizatsiya’ni (kengroq ma’noda - asosiy kapital iste’moli) hisoblash metodi YalM va reinvestitsiya hajmiga ta’siri katta ekanligi ma’lum. Shuning uchun fizik kapital bo'yicha qo‘llanila- digan metodlar (jahon va 0‘zbekistonda) ustida to‘xtalmoqchimiz. Jahon- da statistika fani va amaliyotida amortizatsiya hisoblashning 11 metodi qo'llaniladi. 0‘zbekistonda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodlar soni 4 ta, bu metodlar haqidagi informatsiya’ni 05-son BHMS “Asosiy vositalar” milliy standartida bayon qilingan. Unda: to‘g‘ri chiziqli, bajarilgan ishlar hajmiga ko‘ra mutanosib ravishda, kamayuvchi qoldiq usulida, qiymatni


3.Milliy boylikning kengaytirilgan konsepsiyasi: tabiiy va inson kapitali statistikasi muammolari


Hayot farovonligi va sifatini oshirish hamda barqaror taraqqiyotni ta'minlashga bo'lgan intilish butun dunyoda ishlab chiqarish omillari qa- torida inson omillni - uning bilimi va malakasi bilan uyg'unlikda birinchi o'ringa qo'ydi. A. Smit tomonidan e’tirof etilgan uch omil - kapital, yer, mehnatning qo'shilishida inson ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sishining muhim omili hisoblanadi.

Milliy boylikning an’anaviy unsurlaridan farqli o'laroq, yangi kengaytirilgan konsepsiyasi tabiiy va inson resurslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Biroq, ko'pgina davlatlarda milliy boylik tarkibiga xanuzgacha asosiy va aylanma kapital hamda aholining shaxsiy mulki kiritib kelinmoqda.



Inson kapitali - bu umr davomida inson tomonidan to'planadigan jihatlar yig'indisi (sog'liq, bilim, malaka, kasbiy sifatlar va boshqalar) bo'lib, ulardan foydalanish ishlab chiqarish jarayonini yo'lga qo'yish imkonini bei'adi. licha bo‘ladi.

Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy aktivlarga quyidagi talablar qo'yiladi: egalik qilish huquqi imkoniyatining o'rnatilishi hamda iqtisodiy foyda (manfaat) keltira olishi. Inson kapitali bu talablarga to'liq javob bera olmaydi, chunki inson kapitalining egasi va tasarruf etuvchisi insonning o‘zi hisoblansada, inson kapitalini shakllantirish manbalari tur

Inson shakllanishi oiladan boshlanib, ma’lum davrga kelganda bu jarayonga davlat qo‘shiladi (bilim olish, sog‘liqni saqlash jarayonlari da), bu jarayonda ish beruvchilar ham ishtirok etishi mumkin, masalan, xodim- lar malakasini oshirishda. Bundan tashqari inson kapitali shakllanishiga qilingan xarajatlar va undan olinadigan iqtisodiy manfaat o‘rtasida aniq bo'lmagan vaqt lagi mavjuddir. Inson kapitali qiymatini miqdoriy bahol­ash muammolari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: inson kapitaliga taalluq- li bo‘Igan identilikatsion belgilar va elementlar tasnifini ishlab chiqishning murakkabligi; statistika mavjud bo‘lgan usullar - ta’lim olish va sog‘liqni saqlashning rivojini bilvosita tavsiflaydi va inson kapitali shakllanishidagi sifat xususiyatlarini baholash imkonini bermaydi.

Tabiiy kapitalga tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiat in’omlari kiradi: yer, suv, foydli qazilmalar, yowoyi o‘simlik va hayvonot dunvosi, havo, energiya'ning tabiiy turlari. Egalik qilish huquqi joriy qilinadigan, shu bilan birga iqtisodiy manfaat manbai bo‘la oladigan tabiiy resurslar milliy boylik tasnifida ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.

MHTda yer - bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktiv bo‘lib, yer us- tidagi turpoq, unda joylashgan suv xavzalari hamda qurilish inshootlari joylashgan yerlar yer tarkibiga kiritiladi.



Qazilma boyliklar - bu mavjud texnik taraqqiyot darajasidan kelib chiqib foydalanish iqtisodiy ma'noga ega boTgan yer usti va qa’rida joylashgan foydali qazilmalaming aniqlangan zaxirasi.

0‘simlik va hayvonot dunyosining yetishtirilmaydigan biologik resurslari - bu inson ishtirokisiz o‘simlik va hayvonot mahsulini bera ola­digan va keyinchalik ularga egalik huquqi o‘rnatiladigan yowoyi flora va fauna, yowoyi o‘simliklar va hayvonlar.



Suv resurslari - milliy iqtisodiy otda foydalanilishga yaroqli bo‘Igan yer usti va ostida joylashgan suvlar.

Tabiiy kapital hajmini miqdoriy baholashda huddi inson kapitali kabi muammolar mavjud boTadi. Bu kapitalni baholashda sarf-xarajat usulini qoTlash mumkin emas, chunki bu kapitalning shakllanishida inson hech nima sarflamaydi. Baholanayotgan tabiiy kapital unsurlariga o‘xshash unsurning bozorda mavjud emasligi bozor baholari usulidan foydalanish imkonini bermaydi.

shu muddat atrofida xizmat qilishiga hamohangdir.

Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul renta usuli bo‘lib, tabiiy resursdan olinadigan daromad darajasi (differensial rentani hisoblash orqali) bo‘yicha baholashga asoslanadi.

Jahon banki tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda milliy boylik un- surlarining xizmat qilish muddati 25 yil qabul qilingan. Bunda tabiiy resurslarning amortizatsiyasi yiliga 4% dan chiziqli usulda chegirib bo- riladi. Xizmat muddatining 25 yil qilib qabul qilinishi tabiiy va inson kapitali

Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar statis- tikasida tabiiy kapital va uning elementlarini baholashda asosan renta usulidan foydalanilmoqda. Masalan, foydali qazilmalarni baholashda Jahon Banki ekspertlari barcha kapitallar uchun xizmat qilish yilini 25 yil, foydali qazilmalar tiklanmaydigan resurs bo‘lgani uchun joriy yil- ning rentasi yoki qazib chiqarish natijalari olinadigan yillik amortizatsiya normasini 4,0 % ga tenglashtirib oiganlar. Foydali qazilmalar tiklan­maydigan resurs bo'lgani uchun yilning rentasi yoki qazib chiqarish natijasida olinadigan iqtisodiy foydasi (foydalanilgan asosiy kapitalning yillik amortizatsiyasi va foydasi summasi chegirib tashlanganidan so‘ng) to‘g'risidagi ma’lumotlar asosida baholangan.

i va sifatini yaxshilash uchun xarajat va sarflar yig‘indisiga asoslangan.

Aholi jon boshiga to'g'ri keigan milliy boylikning kapital turlari bo‘yicha taqsimlanishi tabiiy va inson kapitalining tabiiy boylikning shakllanishidagi o‘rnini ko‘rsatadi (12.12-jadval). Xususan, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropa davlatlarida tabiiy kapital hissasi past, lekin inson kapitalining hissasi yuqori darajaga ega. Inson kapitalining qiyma­tini baholash uchun sog‘liqni saqlash, yashash sharoitlarini yaxshilash, ta’lim va malaka oshirish, aholi turmush darajas

Jahon iqtisodchilari inson bilimi darajasining oshirilishi (%da) daraja­si bilan iqtisodiy o‘sish darajasi o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlikkuchi ancha katta ekanligini aniqlamoqdalar. Xususan, Islandiya Universiteti ilmiy xodimi Tornaldur Gilfason Norvegiya iqtisodiy analiz markazi uchun ko‘pchilik ishtirokida tayyorlangan tadqiqot “Neft. farovonlik va iqtisodiy o‘sish” doirasida yozgan maqolasida qisqa muddatli davrda boy holda tabiiy boyliklarning mavjudligi farovonlikni oshiradi, ammo uzoq muddatli davrda, pirovard natijada, iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qiladi. Buning sababi, deb ko'rsatiladi, bu mamiakatlarda boshqa sohalami rivo- jlantirishga va ayniqsa, bilim olishga e’tiborning susayishidir. Investitsi- ya hajmini ko‘paytirishning (ayniqsa, sifatli bo‘lmagani) ham iqtisodiy o‘sishga ta’siri uncha katta bo‘lmas ekan.

Masalan, YalMni taqsimlashda unda investitsiya salmog‘ini uzoq istiqbolda iqtisodiy o‘sish (jon boshiga YalM darajasi) 2,0 foizga teng bo‘lishi mumkin ekanligi baholangan. Yuqoridagi holatlami e’tiborga olgan holda iqtisodiy o‘sish muammosi bilan shug‘ullanuvchi iqtisodchilar yaqindan boshlab sifatli investitsiya


  • bilim olish orqali inson kapitaliga e'tibor qaratdilar. Yaqin vaqtga qadar iqtisodiy o‘sishning asosiy omili: aholi sonining o‘sishi va ilmiy-texnika progressi deb tushunilar edi hamda mamlakatlaming milliy boyligi qiy­matini to‘liq baholash uchun inson kapitali va uning sifati muammosiga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Download 153,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish