11-modul. Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi 1-mavzu: Kuch qobiliyatini tarbiyalash



Download 101.31 Kb.
Sana06.04.2020
Hajmi101.31 Kb.

11-modul. Jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi 1-mavzu: Kuch qobiliyatini tarbiyalash. Kuch qobiliyatlarining rivojlanish darajasini va namoyon bo‘lishini belgilovchi omillar. Tezlik-kuch qobiliyatlari. Portlash kuchi. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usuliyati. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish vositalari. Mushaklarni muvofiqlash haqida tushuncha. Mushaklarning o‘zaro harakatini belgilovchi omillar. Turli mushak guruhlarining kuch qobiliyatini rivojlantirish uchun mashqlar. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usullari. Kuch qobiliyati turlari va ularni rivojlantirish usullari.

JISMONIY (HARAKAT) SIFATLAR

  • Tarixan mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo‘ginlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jis-moniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organiz-mining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va h.k. deb baho berganlar. Bu sifatlar o‘lchovga ega, uning ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari deb ataladi va ko‘rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi.
  • “Jismoniy sifatlar” va “jismoniy tayyorgarlik” atamalari maxsus adabiyotlarda qismlarga bo`lib ko`rsatilgan. Bular insonning harakat imkoniyatlariga xos ayrim jihatlarni aniqlaydi. Jismoniy sifatlar dinamikasiga tatbiqan “rivojlanish” va “tarbiya” atamalari qo`llaniladi. “Rivojlanish” atamasi sifatning sog`lomlashtiruvchi o`zgarishlarini tavsiflaydi. “Tarbiya” esa harakatlantiruvchi sifat ko`rsatkichlarining o`sishiga ta’sir o`tkazishning faolligi va yo`naltirilganligini nazarda tutadi.

Kuch va uni tarbiyalashning uslub hamda vositalari


Inson kuchi deganda tashqi qarshiliklarni mushak kuchi orqali yengish qobiliyati tushuniladi. Qarshiliklarni yenguvchi ishlarda harakatlarga qarshi yo`naltirilgan kuchlar, yon beruvchi ishlarda esa harakat yo`nalishi bo`yicha ta’sir etuvchi kuchlar qarshilik kuchi hisoblanadi. Maktablardagi o`quvchilar uchun jismoniy tarbiya dasturida birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko`zda tutilgan.

Har bir kishi harakatlarni bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og`irlikdagi shtangani ko`tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig`ida 1000 m masofani yugurib o`ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo`yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba’zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o`z funksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi.


Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

  • Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:
  • 1. O`z uzunliklarini o`zgartirmay (statik, izometrik tartib).
  • 2. O`z uzunliklarini kamaytirib (qarshiliklarni yenguvchi, miometrik tartib).
  • 3. Uzayib (yon beruvchi, pliometrik tartib).
  • Masalan, oyoqlar to`g`ri ko`tarilgan vaqtdan to to`g`ri burchak hosil bo`lgunicha mushaklar faoliyatining uchala tartibi uchrashadi. Oyoqlar ko`tarilganda – mushak ishi uzunligining kamayishi, oyoqlarni 90 gradus burchak ostida ushlab turishda – statik ish; dastlabki holatga qaytib oyoqlarni tushirishda – mushaklarning uzayishi.
  • Qarshiliklarni yenguvchi va ularga yon beruvchi tartiblarning birlashuvi “dinamik tartib” deyiladi.
  • O`quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.
  • Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha asosiy mushak guruhlarining uyg`un rivojlanishiga qaratilgan.
  • Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatning tanlangan turiga tatbiqan musobaqalashuvchi harakat texnikasi bilan muvofiq mushak guruhlari kuchining qo`shilib yuzaga chiqishi – jismoniy sifatlarning rivojlanishidir.

Kuch va tezlik aloqadorligi.

  • Agar qo`ldan uchib chiqish tezligini ham, bunda namoyon bo`lgan mexanik kuchni ham har xil qilib, turli og`irlikdagi yadrolar itqitilsa, u holda kuch va tezlik o`zaro teskari nisbatda bo`ladi: tezlik qanchalik yuqori bo`lsa, namoyon bo`lgan kuch shunchalik kam bo`ladi va aksincha.
  • Tezlik-kuch (dinamik kuch) qobiliyatlari – tezkor harakatlarda.
  • Tezlik-kuch qobiliyatlari qarshilikni yenguvchi va yon beruvchi (amortizasion) kuch turlariga bo`linadi.
  • Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon qilish qobiliyati muhim turlardan hisoblanadi. Masalan, sport ustalari va sport bilan endigina shug`ullana boshlaganlarning turgan joyidan balandlikka sakrashdagi depsinishlarini taqqoslasak, sport ustalari qisqa vaqt ichida katta miqdordagi kuchni namoyon etishlariga ishonch hosil qilamiz.
  • Mushak kuchi va sportchining vazni. Turli vazndagi kishilarning kuchini taqqoslash uchun nisbiy kuch deb ataladigan tushunchadan foydalaniladi. Nisbiy kuch deganda kishi vaznining bir kilogrammiga to`g`ri keladigan kuch miqdori tushuniladi. Kishi biror-bir harakatda o`z og`irligidan qat’i nazar namoyon qilgan kuchni ba’zan mutlaq kuch deb ataydilar. Mutlaq kuch, masalan, dinamometr ko`rsatkichlari, ko`tarilgan shtanganing chegara darajasidagi og`irligi va boshqalar bilan tavsiflanishi mumkin.
  • Mashqlanganlik darajasi taxminan bir xil, lekin vazni har xil kishilarning vazni og`irlashib borishi bilan mutlaq kuchi ortadi, nisbiy kuchi esa kamayadi. Nisbiy kuch kamayishining sababi shundaki, sportchining vazni gavdasining hajmiga, ya’ni uning chiziqli o`lchamlari kubiga to`g`ri nisbatda bo`ladi; kuch esa fiziologik ko`ndalang kesim, ya’ni chiziqli o`lchamlar kvadratiga to`g`ri nisbatdadir. Gavda o`lchamlari oshib borishi bilan kishining vazni uning mushak kuchiga qaraganda tezroq ortib boradi.

Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari.

  • Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:
  • Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qarshilik sifatida jismlar vazni (giralar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o‘ziga o‘zining qarshiligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi muhit qarshiligi (qumli yo‘lkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi.
  • Individning o‘z tanasi og`irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo‘llarni tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladigan har qanday mashqlar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Og`irlik bilan bajariladigan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular yordamida ham yirik, ham mayda muskullar guruhiga ta’sir etish oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik kuch talab qiladigan xarakterdagi harakatlar tartibi tez buziladi (ayniqsa ogirlashtirib, vazminligini ortirib, malol kelishi tezlashadigan mashqlarda), dastlabki holatda muskul tarangligi bir xil (statik holat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jihozning kerakligi, metal jihozning shovqini va boshqalar) ko‘zga tashlanadi. O‘z-o‘ziga qarshilik ko‘rsatish bilan bajariladigan mashqlarning qulayligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada nagruzka berish mumkin va maxsus jihoz va inventarni talab qilmaydi, lekin muskullar elastikligining tezda yo‘qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv tarangligi (zo‘ri-qishi)da bajariladi, shuning uchun ularni soglom, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lgan odamlarga, o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.

Kuchni rivojlantirish metodlari

  • Maksimal zo‘riqish metodi, ya’ni me’yordagi yoki me’yorga yaqin og`irliklarni ko‘tarish (o‘z vaznining 90-95%), nerv muskul apparatining maksimal safarbarligi va muskul kuchining ko‘p bo‘lmasada ortishini ta’minlaydi. Ammo bu yuqori darajadagi nerv-psixik zo‘riqishi bilan bogliq, ayniqsa, o‘quvchilar kuchi-ni rivojlantirishda noqulaylik tugdiradi. Oz mikdordagi qaytarishlar modda almashinuvi va boshqa plastik jarayonlarni yo‘lga qo‘yolmaydi, natijada muskul massasi ortmaydi. Bu metod mashq texnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tugdiradi, chunki me’yoridan ortiq nerv-muskul tarangiligi nerv markazi-dagi qo‘zgalishni generalizatsiyalashishiga va ishga ortiqcha muskul guruhlarining qo‘shilib ketishiga olib keladi. Va nihoyat, shuni hisobga olish kerakki, xatto etarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lgan sportchilarning nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, me’yoriga yaqin bo‘lgan nagruzkalardan foydalanish metodi muskul kuchining ortishida me’yor bo‘lmagan nagruzkalar bilan mashq qilish metodi bergan foydani ham bermaydi.

Kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yoshda jismlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq o‘rnatilgan gimnastika skameykalariga tirmashib chiqish, gim-nastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir; 10-11 yoshdagilar uchun katta muskul tarangligi talab qilinadigan jismlarni ko‘tarish bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (to‘ldirma to‘plar, gimnastika tayoqlari va h.k.)da, uch usul bilan vertikal kanatga tirmashib, engil jismlarni uloqtirish va boshqalar; 14-15 yoshda - to‘ldirma to‘plar, katta ogirlikka ega bo‘lmagan gantellar, kanat (argamchi) tortishdek kuch talab qila-digan mashqlar, tortilishlar, qo‘lda tik turish va boshqalar. To‘gri o‘smirlarda ogirlashtirish maksimal vaznga nisbatan 60-70%ni tashkillashi lozim, bundan tashqari, mashqlarni muskul to‘la bajara olmay qolgungacha bajarish bu yoshdagilarda qat’iyan ta’qiqlanadi.

  • Kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yoshda jismlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq o‘rnatilgan gimnastika skameykalariga tirmashib chiqish, gim-nastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir; 10-11 yoshdagilar uchun katta muskul tarangligi talab qilinadigan jismlarni ko‘tarish bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (to‘ldirma to‘plar, gimnastika tayoqlari va h.k.)da, uch usul bilan vertikal kanatga tirmashib, engil jismlarni uloqtirish va boshqalar; 14-15 yoshda - to‘ldirma to‘plar, katta ogirlikka ega bo‘lmagan gantellar, kanat (argamchi) tortishdek kuch talab qila-digan mashqlar, tortilishlar, qo‘lda tik turish va boshqalar. To‘gri o‘smirlarda ogirlashtirish maksimal vaznga nisbatan 60-70%ni tashkillashi lozim, bundan tashqari, mashqlarni muskul to‘la bajara olmay qolgungacha bajarish bu yoshdagilarda qat’iyan ta’qiqlanadi.
  • Qizlardan 13-14 yoshdan boshlab talab qilinadigan nagruz-ka bolalar uchun talab qilinadigan nagruzkaga nisbatan o‘z tanasinig maksimal vazni atrofida bo‘lishi, ko‘proq lokal holda muskul guruhlariga kuch mashqlari, tashqi ogirlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki ogir bo‘lmagan jihoz-lardan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Qizlardan 13-14 yoshdan boshlab talab qilinadigan nagruzka bolalar uchun talab qilinadigan nagruzkaga nisbatan o‘z tanasinig maksimal vazni atrofida bo‘lishi, ko‘proq lokal holda muskul guruhlariga kuch mashqlari, tashqi ogirlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki ogir bo‘lmagan jihozlardan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Kuchni rivojlantirishda muskul zo‘riqishi ko‘lami (tirik organizm sodir qiladigan) ikki faktorga bogliq: a) orqa miyaning oldingi shohchalari motoneyronlaridan muskulga bora-digan impulpslar; b) shartli ravishda muskulni o‘zining reak-tivligi, ya’ni ma’lum qo‘zgolishlarda javob berish kuchi. Muskulni reaktivligi uni fiziologik ko‘ndalangi, tolasi yo‘gonligi, uni qo‘zgala olishi darajasi va boshqa to‘zilishidagi bir qancha xususiyatlariga, markaziy nerv sistemasiga, trofik adrenalin-simpatik tizimi orqali amalga oshiriladigan ta’siriga va shu daqiqadagi muskul uzunligi va boshqa holatlar, faktorlarga ham bogliq. Muskul zo‘riqishi darajasini zudlik bilan o‘zgartirishda unga keladigan effektli impulpslar xarakteri etakchi mexanizmlardan biri hisoblanadi.

Download 101.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat