11-mavzu. Inflyaciya
11.1. Inflyaciya va uning kelib chiqish sabablari
11.2. Inflyaciyaning turlari va toifalari
11.3. Bazaviy inflyaciya va uning mazmun mohiyati
11.4. Inflyaciyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari va inflyaciyaga qarshi siyosat
11.1. Inflyaciya va uning kelib chiqish sabablari
Inflyaciya - lotincha «inflatio» so’zidan olingan bo’lib, “shishish”, “bo’rtish”, “ko’tarilish” degan ma’nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o’sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko’tarilishi natijasida pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro’y beradi. Bu esa o’z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Pulning qadrsizlanishi deganda,
bir xil miqdordagi pulga vaqti kelib
kamroq bo’lgan tovar va xizmatlarni
sotib olish, ya’ni sotib olinishi mumkin
bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorining
vaqti kelib kamayishi tushuniladi.
Misol uchun, yilning boshida 100 ming
so’mga sotib olish mumkin bo’lgan kundalik iste’moldagi tovar va xizmatlarning miqdori yilning oxiriga kelib kamayadi. Bu esa 100 ming so’mga yilning oxirida yilning boshidagiga nisbatan xuddi o’sha tovar va xizmatlarni kamroq miqdorda sotib olish demakdir. Inflyaciyaning asosiy ko’rsatkichi bo’lib iste’mol narxlari indeksining ma’lum bir davrdagi o’zgarishi hisoblanadi.
Iste’mol narxlari indeksi – uy-xo’jaliklari talabidan kelib chiqib, ma’lum bir tovar va xizmatlar umumiy narxlarining o’rtacha o’zgarish darajasini aks ettiradi. Ushbu umumiy ko’rsatkich iste’mol savatidagi har bir tovar va xizmat uchun narxlarning o’zgarishini inobatga olgan holda hisoblanadi. Inflyaciya so’zi XIX asr o’rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida qo’llana boshlagan, ungacha tibbiyotda xafli o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgan. Inflyaciya so’zining iqtisodiy ma’nosi - muomilada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga va miqdoriga nisbatan ko’p pul chiqarish demakdir. Inflyaciya so’zi pul muomilasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomilaga juda ko’p miqdorda (450 mln grin bek) qog’oz dollor chiqarilgan vaqtidan boshlab qullanila boshlagan. Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan.
Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyaciya bilan o’zviy bog’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyaciya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Fransiyada franso’z revolyusiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida nomoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyaciya 923 yillarda bo’lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyaciyalarning xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda nomoyon bo’ladi.
Hozirgi davr inflyaciyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi. Inflyaciyaning asosiy sabablari:
a) jamg’arma va iste’mol o’rtasidagi;
b) talab va taklif o’rtasidagi;
v) muomiladagi pul muassasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutonosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning buzilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet dificitini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi.
Inflyaciyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Ichki omillar mamlakatni monetar – pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan bog’liq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka hokimligi, noto’g’ri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining buzilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalari va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyaciya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomilasi qonununing buzilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyaciya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi:
1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |