11-mavzu. Aholi turmush darajasi va daromadlari. Reja: 1. Axoli turmush darajasini aks ettiruvchi omillar 2. Axoli daromadlari 3. Daromad manbalari Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Aholi daromadlari-bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag’lar yig’indisidir.
Daromadlar pul va natural shaklda bo’lishi mumkin.
Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar:
-umumiy va xususiy;
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik;
-obyektiv va subyektiv;
-qiymat va natural;
-miqdor va sifat;
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari;
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar.
Umumiy ko’rsatgichlarga: 1.Milliy dаromad
2.Istemol fondi
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan: 1.Iste’mol darajasi va usullari.
2.Mehnat sharoitlari.
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar.
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari.
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
2)aholi daromadlari;
3)aholi iste’moli va harajatlari;
4)aholining pul jamg’armalari;
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar;
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Iqtisodiyotda shunday qoida borki, unga ko’ra, daromadlar past bo’lganda iste’molga moyillik kuchayadi va topilgan daromad sarflanib ketadi, daromadlar yuqori bo’lganda jamg’arishga moyillik kuchayadi va daromad ko’proq yig’ilib, jamg’arma hosil etadi.
Среднедушевые приведенные располагаемые денежные доходы населения стран ЕС Расчет уровня жизни происходит на основе ряда показателей:
Демография — рождаемость, смертность, продолжительность жизни
Семейная жизнь — количество разводов
Общественная и религиозная жизнь
Благосостояние — ВВП на душу населения, покупательная способность
Уровень занятости, безработица и условия труда в стране