10-mavzu: Hasharotlarning qishloq va o’rmon xo’jaligidagi ahamiyati. Bajardi: Akramova D



Download 235,88 Kb.
Sana13.12.2019
Hajmi235,88 Kb.
#29829
Bog'liq
10 Mavzu Malika Hasharotlarni qishloq

10-mavzu: Hasharotlarning qishloq va o’rmon xo’jaligidagi ahamiyati.

Bajardi: Akramova D.

Reja:

  • 1. Hasharotlarning qishloq xo’jaligiga keltiradigan foydasi hamda zarari haqida
  • 2. Hasharotlarning o’rmon xo’jaligiga keltiradigan foydasi va zarari qanday ekanligi to’grisida
  • Qarshi kurash choralari

O’rmon xo’jaligida hasharotlarni roli

  • Nekrofag hasharotlarni sanitarlik roliga yuqori baho bergan Karl Linney ular haqida shunday degan: “uchta pashsha o’lgan ot jasadini bir sherdan ko’ra tezroq yo’q qilishadi”.
  • O’rmonlarda o’lgan hayvonlar jasadini parchalanishlari o’rganilganda shu narsa aniqlandi: hasharotlarsiz parchalanish oylab davom etar ekan, hasharotlar ishtirokida esa 90% jasad 6 kun ichida yo’q bo’lib ketar ekan
  • Ukrainaning o’rmon-dasht va cho’llarda barpo etilgan daraxtzorlarda darxtlarning xazonlarini deyarli faqat ikkiqanotli hasharotlar – Bibio Geoffr., Neosciaria Pert., Scatopse Geoffr. va boshqa avlod turlarining lichinkalari gumifikatsiyalangan massaga aylantiradilar.

Qishloq xo’jaligiga keltiradigan zarari haqida

  • Qishloq xo’jalik ekinlarining xavfli zararkunandalari qatoriga Osiyo chigirtkasi, to’qay chigirtkasi, turkman chigirtkasi, yarim qattiq qanotlilardan xasva, bеda qandalasini, tеng qanotlilardan har xil shiralarni, qattiq qanotlilardan kolorado qo’ng’izi va bargxo’r qo’ng’izlarni, bir qancha tunlam kapalaklarni (g’o’za tunlami, olma mеvaxo’ri, karadrino) ko’rsatish mumkin. Oziq-ovqat omborlarida saqlanadigan g’alla va un mahsulotlarida turli qo’ng’izlar va tunlam kapalaklari ko’payib zarar еtkazadi.
  • Ayrim zararkunandalar boshqa joydan tasodifan kеlib qolishi, yangi sharoitda ularning kushandalari bo’lmaganligi sababli juda tеz ko’payib kеtishi mumkin. Bunga Shimoliy Amеrikadan Еvropa va Osiyoga kеlib qolgan kolorado qo’ng’izini, Еvropadan Shimoliy Amеrikaga borib qolgan tеngsiz ipak qurti va makkajo’xori tunlamini misol qilib ko’rsatish mumkin.

Qarshi kurash choralari

  • Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi kurashusullaridan foydalanish qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Bunda ekinlarningturi, zararkunandalarning biologik xususiyatlari, qo‘llaniladigan agro-texnika chora-tadbirlari, o‘simliklarning rivojlanish fazalari, usulni qo‘llash joyi, usulning texnologiyasi, zararkunandalarning turi va soni, o‘simliklarni zararlash darajasi va amalga oshiriladigan tadbirning iqtisodiy hamda biologik samarasini hisobga olish zarur. Zararkunandalarning rivojlanishini oldindan bilish ishlarini tashkil etish, kurash ishlarini aniqlash, samarali amalga oshirish, ishlov beriladigan maydonlar hajmini aniqlash tadbiq etiladigan uslubning samarasini yanada oshiradi.

Kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratish lozim:

Kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratish lozim:

1. Zararli organizmlarning tabiiy-xo‘jalik sharoitini hisobga olib,ularning ommaviy ko‘payishi

va rivojlanishiga imkoniyat yaratish, iqtisodiy zarar yetkazadigan chegaralardan chiqmaslik zarur.

2. Qishloq xo‘jalik o‘simliklarining o‘sishi va rivojlanishi uchunqulay shart-sharoit yaratish, ilg‘or texnologiyani tatbiq etish, kasallikva zararkunandalarga chidamliligini oshirish va natijada zararkunandalarxavfi eng kam bo‘lishiga sharoit yaratish.

3. Zararkunanda bilan zararlangan qishloq xo‘jalik ekin maydonlaridan ularning boshqa hududlarga, bir xo‘jalik yoki ko‘p maydongatarqalmasligining oldini olish.

4. Zararkunandalarning dalalarda, bog‘larda, o‘tloqlarda va harxil qishloq xo‘jalik ekinzorlarida, qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlanadigan omborxonalarda uchrashiga yo‘l qo‘ymaydigan chora-tadbirlar va uslublarni ishlab chiqish zarur.

5. Ekinzorlarga zarar yetkazayotgan yoki hosil nobud bo‘lishigaxavf solayotgan zararkunandalarga qarshi qirib tashlash yoki yo‘qqilib yuboruvchi usullarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Yerlarning suvini qochirish

  • Yerlarning suvini qochirish, daryo suvi bosadigan joylar va ko‘llar-
  • ning quritilishi to‘qay chigirtkasi uchun zarur bo‘ladigan joylarni
  • yo‘qotadi. Bu chigirtka shu botqoqliklardan uchib kelib, qishloq xo‘jalik
  • ekinlariga tushadi. Yaylovlarning o‘zlashtirilishi va yaylov xo‘jaliklarini
  • to‘g‘ri uyushtirish marokash chigirtkalarini kamaytirish imkonini beradi.
  • Har bir o‘simlik turiga xos zararkunandalar bo‘lib, ular ma’lum
  • turdagi o‘simliklar bilangina oziqlanadi, o‘simlik turini o‘zgartirish, ya’ni
  • boshqa turdagi o‘simlikni ekish shu zararkunandaning halok bo‘lishiga olib
  • keladi. Jumladan, no‘xatxo‘r (Bruchus pisorum) faqat no‘xatga tushib,
  • 60 — 70% gacha hosilini nobud qiladi, ya’ni bu zararkunanda monofag
  • bo‘lib, faqat no‘xatni zararlaydi. Shuning uchun bir maydonga muttasil
  • bir necha yil no‘xat ekilsa, uning zarari juda katta bo‘ladi. Lekin 2 — 3 yil
  • boshqa ekin ekilgan taqdirda bu zararkunanda butunlay nobud bo‘lib ketadi.

Biologik usul

  • Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalarining juda
  • tez rivojlanishi, ko‘payishining oldini olishda, ularni yo‘q qilishda
  • bu zararkunandalarning tabiiy dushmanlaridan, yirtqichlardan,
  • parazitlar va kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlardan foydalanish zarur.
  • Hozirgi kunda bizda bu usul juda katta maydonlarda ko‘plab o‘simlik-
  • larning zararkunandalariga qarshi qo‘llanilib kelmoqda. Respublika-
  • mizda 700 dan ortiq biolaboratoriya va biofabrikalar mavjud bo‘lib,
  • ularda bir necha xil entomofaglar ko‘paytirilib, ishlab chiqarishga
  • joriy etilmoqda.

Karantin usuli.

  • O‘simliklar karantini ilgari bo‘lmagan, lekin
  • boshqa davlatlarda mavjud edi. Bu tadbir davlatimizda juda xavfli
  • bo‘lgan qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunanda, begona o‘t va
  • kasalliklarining kirib kelishi va tarqalishining oldini olishdan iborat
  • bo‘lgan davlat tadbiridir.
  • „Karantin“ so‘zi italyan tilidan olingan bo‘lib, 40 kunlik muddatni
  • bildiradi.
  • O‘simliklar karantinining asosiy vazifasi — o‘simliklarni tashqi
  • va ichki karantin bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan
  • iborat bo‘lib, bu tadbirlar quyidagilarga qaratiladi: respublika hududini
  • chetdan kirib kelib, xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazishi
  • mumkin bo‘lgan karantindagi xavfli zararkunandalardan, kasalliklar
  • va begona o‘tlardan muhofaza qilish.

Kimyoviy usul oxirgi yillarda o‘simliklarni himoya qilishda asosiy

  • Kimyoviy usul oxirgi yillarda o‘simliklarni himoya qilishda asosiy
  • tadbirlardan biri bo‘lib, yildan-yilga takomillashib bormoqda. Shu
  • bilan birga bu usulning ham qator kamchiliklari bor. Ular pestitsidlarni
  • inson va issiqqonli hayvonlarga, zaharliligi, ularning qoldig‘i oziq-
  • ovqat mahsulotlarida bo‘lishi, foydali hasharotlar uchun zararliligi,
  • zararli organizmlarning pestitsidlarga chidamliligini oshirishi kabilarni
  • o‘z ichiga oladi.
  • Hozirgi vaqtda butun dunyoda 1000 ga yaqin kimyoviy moddalar
  • o‘simliklarni himoya qilishda ishlatiladi va ana shu birikmalar asosida
  • bir necha minglab har xil pestitsidlar ishlab chiqariladi. Pestitsidlar
  • ta’sir etuvchi moddasiga ko‘ra 1,6 million tonnadan oshib ketadi.

Download 235,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish