10-ma`ruza: Adabiy ta’limda muammoli texnologiyalardan foydalanish



Download 59,5 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi59,5 Kb.
#211871
  1   2
Bog'liq
10-MA'RUZA 290421222327


10-MA`RUZA: Adabiy ta’limda muammoli texnologiyalardan foydalanish

Mustaqillik tufayli xalqimiz dunyoga yuz tutdi va jahon bizni tanidi. Biz tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik hamda o‘z yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga kirishdik. Barcha sohalar singari adbiy ta’lim va u bilan bog‘liq muammolar ham asta-sekin yechimini topmoqda. Xususan, adabiyot ta’limda innoatsion texnologiyalarni qo‘llash masalasi dolzarb masala hisoblsnadi. Adabiyot o‘qitishni bir qolipga solib bo‘lmaydi, chunki badiiy asar san’at namunasi bo‘lishi bilan birga o‘quvchilarda ong va tafakkurni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zero yoshlarda fikr va qarashlar xilma-xilligiga erishish adabiyoto‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biridir. Yurtboshimiz ta’kidlagandek, yoshlarda erkin va mustaqil fikrlashni shakllantirishda insonparvarlik, adolatparvarlik, go‘zallikni sevish va ardoqlash ruhi bilan sug‘orilgan badiiy asarlarni o‘qitishda ma’naviy tamoyillarga tayanib ish ko‘rish lozim.



O‘qitish jarayoni interfaol usullar asosida tashkil etilayotganda o‘qituvchi qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bir-biriga to‘qnashtirish orqali o‘quvchilarda tanqidiy tafakkur shakllanishiga sharoit yaratishni ko‘zda tutishi kerak. Shunda o‘quvchilar o‘z qarashlarini himoya qilish uchun tezda o‘zganing fikriga qarshi dalillar keltirish, birovning xulosasidagi ojiz o‘rinlarni darhol topa bilish kabi sifatlarni o‘zlashtirishadi.

  • izlanish – faraz – yechim – ilova – yangi izlanish

O‘quvchilar bilimini baholashning pedagogik samaradorlikdagi ahamiyati

  • O‘quv dasturi va davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘quvchilarning quyidagi bilimlari tekshiriladi:

  • matnni bilish va o‘rganilayotgan asarning mohiyatini tushunish;

  • asarda tasvirlangan voqea bilan personajlar tabiati va xatti-harakatlari orasidagi bog‘liqlikni tushuntira olish;

  • o‘rganilayotgan asarning qimmatini belgilashda badiiy tasvir vositalarining o‘rnini tushunish;

  • o‘tilgan adabiy-nazariy tushunchalarni bilish va asar tahlilida ulardan foydalana bilish;

  • nutqiy savodxonlik, javobning mantiqli va izchilligi, o‘qishning ifodaliligi;

  • O‘quvchining bilimini bu bilimlarni egallash jarayonida ko‘rsatgan faoliyati bilan birgalikda aniqlash va baholashga qaratilgan samarali shakllardan biri o‘quv portfoliosi deb ataladi. Portfolio italyancha “mutaxassis jildi”, “hujjatlar solingan jild” ma’nolarini anglatadigan so‘zdan olingan. Interfaol ta’limni baholashda esa u o‘quvchining imkoniyatlarini ko‘rsatadigan barcha ishlar to‘plamini bildiradi;

  • Portfolioni qo‘llash bir qator yondosh pedagogik vazifalarning amalga oshirilishiga ham olib keladi;

  • tashxis qo‘yish vazifasi (muayyan vaqt oralig‘ida o‘quvchining bilimida qanday o‘sish-o‘zgarish bo‘lganini qayd etadi);

  • maqsadga yo‘naltirish (o‘quvchi o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yadi);

  • mazmunni to‘la aks ettirish (o‘quvchi tomonidan bajarilgan barcha ishlar mazmunini to‘playdi);

  • rivojlantirish (ta’limning bosqichdan bosqichga uzluksiz o‘tib borishini belgilaydi);

  • omil bo‘lish (o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-ona hamkorligiga omil bo‘ladi);

  • aniqlash (o‘quvchi shaxsan erishgan natijalarning sifat va miqdorini aniqlaydi);

  • baholash - refleksiv (o‘quvchida o‘z-o‘zini baholash va tekshirish ko‘nikmasini shakllantiradi) vazifasi.

O‘quvchining asarni badiiy o‘zlashtirishi uning tafakkuri va milliy ongi darajasidan ayri hol emas. O‘quvchi bilan asr qahramonlari orasidagi munosabat va aloqadorlik qanchalik samimiy, yaqin bo‘lsa, o‘quvch shaxsiyati o‘zligini shunchalik to‘la namoyish etadi. O‘quvchi asardagi hodisalarni va hayot hodisalarini taqqoslar ekan, asl haqiqatni muhokamalarda topishga intiladi. Barchamizga ayonki qarama-qarshi fikrlar o‘rtasida tayyor haqiqat emas, yechimini kutayotgan muammo turadi. O‘quvchining shu muammoni his qilib, Ma’lum bir qarashlarga asoslanib shaklga solishi haqiqatni izlash boshlanganidam dalolatdir1. O‘quvchi asarga qiziqishi va asar orqali o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchini tinglashi va uning tuyg‘ularini tuya bilishi lozim. Bu esa o‘quvchi tafakkuri faolligini va mustaqilligini namoyish etishiga qulay imkoniyat

beradi. O‘quvchilarni asar yuzasidan savollar orqali o‘ylashga, fikrlashga va izlanishga undash barobarida ushbu murakkab vaziyatdan asar voqeligi orqali chiqishga undash, qiyinchiliklarni yengishda o‘zlariga ishonch uyg‘otish kerak. Bunday ishlar o‘quvchi tafakkurining hamisha faoliyatda bo‘lishini ta’minlaydi.

Asar ustida ishlash jarayohida o‘quvchilar aqliy faoliyatining harakatchan va tezkorligi materialning qanday taqdim etilayotganligiga, uni tushuntirishda o‘qituvchi tomonidan berilayotgan savollarning mazmuni ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. “Asar ustida ishlar ekan, o‘qituvchi barcha holat va xulosalarni tayyor holda taqdim etmay, bilimlar pardasini asta-sekinlik bilan ochadi. O‘qituvchi bunday yo‘ldan borganda o‘quvchini qiyoslash, taqqoslash, isbotlash kabi mustaqil aqliy faoliyatga undaydi va shu yo‘l bilan ularning muayyan xulosaga kelishlariga ko‘maklashadi,2” – deydi, pedagogika fanlar doktori Qunduzxon Husanboyeva.

Masalan, 9-sinfda A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asarining tahlili jarayonida o‘quvchilarga quyidagi muammo bilan murojaat qilish, o‘quvchini mustaqil fikrlashg bilan birga milliy ongini ham rivojlantirishga zamin bo`ladi.




Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish