[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.64.00 Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyasi]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining
qarori
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 27-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3214]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi qaror qiladi:
1. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
16-mh-son
Maktabgacha ta’lim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
16-son
Xalq ta’limi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
19-mh-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. MAJIDOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
12-2019-son
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
18-q/q-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 16-mh, 16, 19-mh, 12-2019 va 18-q/q-son qaroriga
1-ILOVA
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.64.00 Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyasi]
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari
Mazkur mezonlar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional, maktabdan tashqari, oliy, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat ta’lim muassasalarini hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) attestatsiyadan o‘tkazish mezonlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyasi kadrlar tayyorlash darajasi, mazmuni va sifatini davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
2. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari talablari jismoniy yoki psixik (ruhiy) rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga tatbiq qilinmaydi.
3. Ta’lim tashkilotlarida attestatsiya ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kasblar va kurslar bo‘yicha o‘tkaziladi hamda ularning faoliyati attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari bo‘yicha baholanadi.
4. Tizimida davlat ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan attestatsiyadan o‘tkazish jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi hamda ushbu jadval asosida ta’lim tashkilotlari attestatsiyadan o‘tkaziladi.
5. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun ekspert komissiyalari (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tuziladi.
2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish
6. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati quyidagi mezonlar bo‘yicha 500 ballgacha baholanadi:
a) ta’lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi bo‘yicha (105 ballgacha):
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonining rivojlanish sohalarini integratsiyalashtirishni hisobga olgan holda davlat talablari va davlat o‘quv dasturiga muvofiq tashkil etilganligi (35 ball);
pedagog tomonidan havfsiz, rivojlantiruvchi hamda motivatsion muhit yaratilganligi (40 ball);
pedagog ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishda tarbiyalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda alohida yondashganligi (30 ball);
b) tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi bo‘yicha (55 ballgacha):
pedagog tomonidan har bir tarbiyalanuvchining rivojlanish darajasi hamda yutuqlarining muntazam ravishda kuzatib borilganligi (30 ball);
tarbiyalanuvchilarning rivojlanish xaritasidagi natijalar bilan kuzatuv kunidagi natijalarning o‘zaro mutanosibligi (25 ball);
v) rahbar va tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati bo‘yicha (140 ballgacha):
maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruv faoliyatining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilganligi (25 ball);
maktabgacha ta’lim tashkiloti shtat jadvali asosida kadrlar bilan ta’minlanganligi (25 ball);
maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining lavozimi bo‘yicha malaka talablariga mosligi (10 ball);
maktabgacha ta’lim tashkilotida xodimlarning tizimli ravishda malaka oshirganligi hamda kasbiy mahoratini rivojlantirib borganligi (40 ball);
maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan yillik ichki baholashning o‘tkazib borilishi (40 ball);
g) moddiy-texnik bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha (75 ballgacha):
maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining moddiy-texnik holati, joylashgan hududi va mebel jihozlarining me’yor va talablarga mosligi (25 ball);
maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bino, hudud, inshootlar hamda jihozlarning davlat talablarining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga imkon beruvchi ta’lim muhitini yaratishga qaratilganligi (30 ball);
milliy, madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati (20 ball);
d) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati bo‘yicha (65 ballgacha):
maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar hamda xodimlar sog‘lig‘ini nazorat qilishning tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganligi (20 ball);
tarbiyalanuvchilarda mustaqil ravishda o‘z-o‘ziga xizmat va shaxsiy gigiyenaga amal qilish ko‘nikmalarining shakllantirilganligi (25 ball);
ovqatlantirish tizimining mavjud sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tashkil etilganligi (20 ball);
e) maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari bo‘yicha (45 ballgacha):
maktabgacha ta’lim tashkilotida ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlar holati hamda ijtimoiy so‘rovnomalar natijalari (25 ball);
maktabgacha ta’lim tashkilotida kuzatuv kengashi faoliyatining tashkil etilganligi (20 ball);
yo) ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash dasturlarining ijrosi bo‘yicha (15 ballgacha).
7. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bo‘yicha to‘plangan umumiy ballar mazkur Mezonlarning 1-ilovasidagi metodika asosida hisoblab chiqiladi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
3-bob. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish
8. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) quyidagi mezonlar bo‘yicha 1500 ballgacha baholanadi:
a) tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi bo‘yicha (100 ballgacha):
ta’lim turi bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning maktab boshqaruviga tatbiq etilganligi (20 ball);
maktabda ta’lim sifatini rivojlantirish bo‘yicha istiqbol rejasining mavjudligi va ijrosining ta’minlanganligi (20 ball);
maktab direktori, uning o‘rinbosarlari, pedagogik kengash, kuzatuv kengashi va uslubiy birlashmalari rejasining mavjudligi va ijrosi ta’minlanganligi (20 ball);
maktab faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha hamkorlik ishlarining (kuzatuv kengashi, ota-onalar hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan) olib borilganligi (20 ball);
maktabda sifatli ta’lim berish uchun qo‘shimcha sharoitlarning yaratilganligi (20 ball);
b) ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlarining joriy etilganligi bo‘yicha (100 ballgacha):
davlat ta’lim standarti, tayanch o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va fan o‘qituvchilarining ishchi taqvim-mavzuiy rejalari hamda dars jadvalining o‘zaro mutanosibligi (40 ball);
tugallangan o‘quv yilidagi 4, 9 va 11-sinf bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyalari belgilangan muddatlarda o‘tkazilganligi (30 ball);
dars jadvalining mavjudligi, tasdiqlanganligi va unda o‘quv jarayonining to‘liq aks ettirilganligi hamda uning amaliyotga tatbiq etilganligi (30 ball);
v) o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi bo‘yicha (300 ballgacha);
g) o‘quvchilarning darslik hamda metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha (100 ballgacha):
o‘quvchilarning fanlar kesimida darsliklar bilan to‘liq ta’minlanganligi (35 ball);
o‘qituvchilarning metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi (5 ball);
maktab kutubxonasining badiiy adabiyotlar va elektron resurslar bilan ta’minlanganligi (20 ball);
o‘quvchilar foydalanishi uchun kutubxonada sharoitlarning yaratilganligi (25 ball);
o‘quv-uslubiy ishlarning reja asosida olib borilganligi va bu borada fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi (15 ball);
d) pedagog kadrlar salohiyati bo‘yicha (200 ballgacha):
maktabning pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlanganligi (50 ball);
maktabning salohiyatli pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi (50 ball);
o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayoni dars ishlanmasidagi texnologik xaritaga mos kelishi (50 ball);
o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish holati (50 ball);
e) ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish usullari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi bo‘yicha (100 ballgacha):
darsning texnologik xaritasi tuzilishida o‘qitish uslublarining interaktiv usullari va zamonaviy axborot texnologiyalarining inobatga olinganligi (50 ball);
namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv-mavzuiy rejalarda tavsiya etilgan laboratoriya ishlarining ishchi taqvim-mavzuiy rejalarga kiritilganligi hamda bajarilgan laboratoriya ishlarining soni sinf jurnalida qayd etilganligi (50 ball);
yo) moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha (100 ballgacha):
maktab binosi va hududida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratilganligi (50 ball);
maktabda o‘quv jarayoni uchun qulayliklar yaratilganligi (50 ball);
j) ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish sifati bo‘yicha (100 ballgacha):
mustaqil fikrlaydigan, ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasining bajarilganligi (40 ball);
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlarning yaratilganligi (40 ball);
o‘quvchilarning ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarida erishgan natijalari (20 ball);
z) o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining va ularga kasbiy ta’lim berilishining sifati bo‘yicha (100 ballgacha):
maktabda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarining olib borilganligi (40 ball);
o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazilganligi (30 ball);
texnologiya xonalarining mavjudligi va mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun sharoitlarning yaratilganligi va samarali foydalanilishi (30 ball);
i) xalqaro va respublika fan olimpiadalarida ishtirok etish holati va ularda sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar salmog‘i bo‘yicha (30 ballgacha):
y) reyting baholash tizimining qo‘llanilish sifati bo‘yicha (100 ballgacha):
maktabda bilim sifati monitoringining tashkil etilganligi (30 ball);
o‘quvchi va bitiruvchilarning sinflar kesimida o‘quv fanlaridan to‘plagan reyting ballari monitoringining joriy etilganligi (30 ball);
o‘quvchilar bilimini reyting tizimida baholash sifatining belgilangan mezon va me’yorlarga mosligi (40 ball);
k) bitiruvchilarning oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishi holati bo‘yicha (20 ballgacha);
l) maktabning faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari bo‘yicha (150 ballgacha).
9. Maktab faoliyati bo‘yicha to‘plangan umumiy ballar mazkur Mezonlarning 2-ilovasidagi metodika asosida hisoblab chiqiladi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar)]
4-bob. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish
10. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda akademik litsey deb yuritiladi) quyidagi mezonlar bo‘yicha 500 ballgacha baholanadi.
a) tashkiliy-boshqaruv faoliyati samaradorligi bo‘yicha (30 ballgacha):
ta’lim turi bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning akademik litsey boshqaruviga tatbiq etilganligi (5 ballgacha);
akademik litsey faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi mavjudligi va ularning tizimli tahlil qilinganligi (3 ballgacha);
akademik litsey to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar ta’limni boshqarish va nazorat qilish organlari hamda tegishli tashkilotlarga taqdim etib borilganligi (2 ballgacha);
akademik litsey istiqbol rejasining tegishli oliy ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi, unda aniq maqsad va vazifalar, ularni bajarish muddatlari, mas’ullar belgilanganligi hamda ijro monitoringining yuritilganligi (4 ballgacha);
akademik litsey direktori, o‘rinbosarlari ish rejalari, pedagogik kengash rejasining mavjudligi va ularni akademik litseyning istiqbol rejasiga mos ravishda ishlab chiqilganligi hamda ijrosi yuzasidan hisobotlarning yuritilishi (4 ballgacha);
akademik litseyning boshqarish tizimini yaxshilash bo‘yicha pedagog xodimlar hamda ta’lim sifati yuzasidan o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilganligi (3 ballgacha);
akademik litseyda sharoitlarni yaxshilash uchun homiylar mablag‘larining jalb etilganligi (3 ballgacha);
biriktirilgan va boshqa oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi, shartnomalarning tuzilganligi va ularning bajarilganligi (4 ballgacha);
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilganligi (2 ballgacha);
b) ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlarining joriy etilganligi bo‘yicha (100 ballgacha):
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan ta’lim standarti, namunaviy va ishchi o‘quv rejalar, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlarining mavjudligi (30 ballgacha);
ishchi o‘quv rejaning namunaviy o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqilganligi (25 ballgacha);
fanlar bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarining namunaviy o‘quv dasturlarga muvofiq ishlab chiqilganligi (30 ballgacha);
dars jadvalining ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqilganligi (10 ballgacha);
o‘quv mashg‘ulotlar jurnallarining yuritilishi (5 ballgacha);
v) o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi bo‘yicha:
o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun komissiya tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs o‘quvchilaridan umumta’lim va chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha test yoki yozma ish shaklidagi nazorat ishlari o‘tkaziladi.
Nazorat ishlariga har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchi kurs guruhlarining kamida 30 foizi jalb etiladi. Nazorat ishlari o‘tkaziladigan guruhlar Davlat inspeksiyasi tomonidan qur’a tashlash orqali tanlab olinadi. Boshqa tillarda ta’lim olib boriladigan guruhlardan 2 yoki 3 ta guruh tanlangan hollarda ular orasidan bitta boshqa tillarda ta’lim olib boriladigan guruh tanlanadi.
Nazorat ishlarida tanlab olingan guruhlar o‘quvchilarining 95 foizi qatnashishi ta’minlanishi zarur. Tanlab olingan guruhlar boshqa guruhlar o‘quvchilari hisobiga to‘ldirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nazorat ishlarida uzrsiz sababga ko‘ra qatnashmagan o‘quvchilarga “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi va ularning natijasi umumiy natija chiqarilayotganda hisobga olinadi. Komissiya faoliyati davrida uzrli sababga ko‘ra nazorat ishida qatnashmagan o‘quvchilar natija chiqarilayotganda hisobga olinmaydi va o‘quvchilar umumiy sonidan chiqarib tashlanadi.
Umumta’lim va chuqurlashtirilgan fanlardan nazorat ishlari ona tili va adabiyoti, xorijiy til, matematika, tarix, fizika, biologiya, kimyo, informatika fanlari orasidan ta’lim yo‘nalishining xususiyatiga qarab tanlanadi.
Test savollari akademik litsey bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun 3 ta umumta’lim va chuqurlashtirilgan fanlardan 12 tadan, jami 36 ta savolni tashkil etadi. Test savollarini yechish uchun 60 daqiqa, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.
Test shaklida o‘tkazilgan nazorat ishlari bo‘yicha o‘quvchi tomonidan har bir fandan to‘plangan ball maksimal ballning 56 foizidan kam bo‘lsa “qoniqarsiz” baho, 56 foizidan 70 foizigacha bo‘lsa “qoniqarli” baho, 71 foizidan 85 foizigacha bo‘lsa “yaxshi” baho, 86 foizi va undan yuqori bo‘lsa “a’lo” baho qo‘yiladi. Natijalar har bir fan bo‘yicha alohida hisoblanadi.
Yozma ish (insho, bayon, diktant) akademik litseyda amalda qo‘llanilayotgan baholash mezoni bo‘yicha baholanadi.
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlangan har bir fandan o‘tkazilgan nazorat ishlarida ijobiy baholangan o‘quvchilarning salmog‘i 55 foizdan kam bo‘lmasligi lozim;
g) o‘quvchilarning darslik hamda metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha (60 ballgacha):
fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi (50 ballgacha);
akademik litsey axborot-resurs markazida (kutubxonasida) zaruriy darslik, badiiy adabiyot va elektron darsliklarning mavjudligi (5 ballgacha);
o‘quvchilarning axborot-resurs markazidan (kutubxonadan) foydalanishlari uchun shart-sharoitlarning yaratilganligi (5 ballgacha);
d) pedagog kadrlar salohiyati bo‘yicha (100 ballgacha):
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi barcha fanlarning pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi (10 ballgacha);
pedagog kadrlar tayanch ma’lumotining dars berayotgan fanlariga mosligi (80 ballgacha);
ilmiy darajaga va toifaga ega, shuningdek o‘quv adabiyotlari nashr etgan rahbar va pedagoglar salmog‘i (4 ballgacha);
pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimining mavjudligi va u asosida moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning tashkil etilganligi (3 ballgacha);
pedagog kadrlarning belgilangan muddatlarda malakasini oshirganligi (3 ballgacha);
e) ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish usullari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi bo‘yicha (20 ballgacha):
o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublari va texnologiyalarining joriy etilishi (7 ballgacha);
kompyuterlar bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish holati (7 ballgacha);
ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi (6 ballgacha);
yo) moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha (80 ballgacha):
o‘quv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanganligi (2 ballgacha);
fizika, kimyo va biologiya fanlari uchun laboratoriya xonalarining mavjudligi va jihozlanishi (reaktiv moddalar bilan ta’minlanganligi), laboratoriya ishlarining bajarilishi va metodik ko‘rsatmalar bilan ta’minlanganligi (70 ballgacha);
ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zaruriy jihozlarning yetarliligi (4 ballgacha);
ma’muriy va uslubiy xonalarning holati va ularning mebel va texnik vositalar bilan jihozlanganligi (2 ballgacha);
sport zali va maydonlarning mavjudligi, sport inventarlari bilan ta’minlanganligi hamda ularning amaldagi me’yoriy talablarga mosligi (2 ballgacha);
j) ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish sifati bo‘yicha (20 ballgacha):
ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasining mavjudligi, mazmuni hamda unda belgilangan tadbirlarning bajarilishi (10 ballgacha);
ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlarda erishilgan natijalar (4 ballgacha);
yotoqxonada ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning tashkil etilganligi (4 ballgacha);
o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlash samaradorligi (2 ballgacha);
z) o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining va ularga kasbiy ta’lim berilishining sifati bo‘yicha (20 ballgacha):
o‘quvchilar qabulini tashkil etish va iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish (seleksiya) bo‘yicha ishlarning olib borilganligi (15 ballgacha);
akademik litsey bitiruvchilariga kasbiy ta’lim berilishining sifati (5 ballgacha);
i) xalqaro va respublika fan olimpiadalarida ishtirok etish holati va ularda sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar salmog‘i bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalari, badiiy-ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar salmog‘i va ularning rag‘batlantirilganligi (20 ballgacha);
y) reyting baholash tizimining qo‘llanilish sifati bo‘yicha (20 ballgacha):
reyting baholash tizimining belgilangan mezon va me’yorlarga asosan amalga oshirilishi (15 ballgacha);
o‘quvchilarning guruhlar kesimida o‘quv fanlaridan to‘plagan reyting ballari monitoringi (5 ballgacha);
k) bitiruvchilarning oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish holati bo‘yicha (so‘nggi ikki yillik dinamikasi tahlili asosida) (20 ballgacha);
l) akademik litsey faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari bo‘yicha o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun akademik litseyda rahbariyat tomonidan yaratilgan sharoit, darslarning tashkil etilishi (so‘rovnoma asosida) (10 ballgacha).
11. Akademik litseylar faoliyati bo‘yicha to‘plangan umumiy ballar mazkur Mezonlarning 3-ilovasidagi metodika asosida hisoblab chiqiladi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.78.00 Ta’limning boshqa turlari. Qo‘shimcha (maktabdan tashqari) ta’lim]
5-bob. Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish
12. Musiqa va san’at ta’limi tashkilotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha 1000 ballgacha baholanadi:
a) ta’lim jarayoniga davlat talablarining joriy etilganligi bo‘yicha (200 ballgacha):
yo‘nalishlar va fanlar bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlari va o‘quv soati rejalari asosida davlat talablarining bajarilganligi (30 ball);
o‘quvchilarning shaxsiy ish rejalari, o‘qituvchilarning taqvim va mavzuiy rejalari, shuningdek bo‘lim mudirlari hujjatlarining yuritilganligi (30 ball);
o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki (20 ball);
shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha musiqa va san’at ta’limi tashkilotlari hujjatlarining yuritilganligi (50 ball);
musiqa va san’at ta’limi tashkilotlari o‘quvchilarining ushbu ta’lim tashkilotiga qabul qilinishidan bitiruv sinfiga qadar uzluksiz ta’lim olganligi (30 ball);
musiqa va san’at ta’limi tashkilotlarini boshqarish va sifatli ta’lim berish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, kuzatuv kengashi va homiylar bilan hamkorlik ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi (40 ball);
b) ta’lim oluvchilar bilim darajalarining davlat talablariga muvofiqligi bo‘yicha (200 ballgacha);
v) o‘quv-metodik ishlarning olib borilishi va o‘quvchilarning cholg‘ular, notalar hamda metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi darajasi (100 ballgacha):
musiqa va san’at ta’limi tashkilotlarida ochiq darslar, mahorat darslari, seminarlar, konferensiya va boshqa tadbirlar o‘tkazilganligi hamda ularda pedagog xodimlar ishtirok etganligi (35 ball);
o‘qituvchilar tomonidan ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borilganligi (30 ball);
o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlarini o‘tishda interfaol usullar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilganligi (25 ball);
o‘quvchilarning cholg‘ular, notalar hamda metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi (10 ball);
g) madaniy-ommaviy tadbirlarning tashkil etilishi holati bo‘yicha (200 ballgacha):
madaniy-ommaviy tadbirlarda (konsert, tanlov, festival, ko‘rgazma va olimpiada-viktorinalarning maktab, tuman (shahar), respublika, xalqaro bosqichlari) o‘quvchilarning ishtirok etganligi (110 ball);
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etilganligi (90 ball);
d) pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va pedagog kadrlar salohiyati bo‘yicha (200 ballgacha):
pedagog xodimlar tarkibi va malakasining belgilangan talablarga muvofiqligi (100 ball);
o‘qituvchilarning belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirganligi (100 ball);
e) moddiy-texnik ta’minoti va uning ta’lim yo‘nalishlariga mosligi bo‘yicha (100 ballgacha):
ta’lim tashkiloti binosi va hududida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratilganlik holati (50 ball);
o‘quv xonalarining moddiy-texnik ta’minoti (50 ball);
13. Bolalar-o‘smirlar sporti ta’lim tashkilotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha 1000 ballgacha baholanadi:
a) sportchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining davlat talablari va o‘quv dasturlariga muvofiqligi bo‘yicha (200 ballgacha):
ta’lim tashkiloti mashg‘ulot jadvallari va trenyerlarning ish rejalarining davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilganligi (100 ball);
mashg‘ulot jarayoniga interfaol usullar tatbiq qilinganligi (40 ball);
trenyerlarning mashg‘ulot jarayonida sportchilar bilan yakka tartibda ish olib borganligi (60 ball);
b) sport musobaqalarini o‘tkazish kalendar rejasining tuzilganligi va uning bajarilishi holati bo‘yicha (50 ballgacha);
v) pedagog kadrlar va trenyerlar bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha (200 ballgacha):
trenyerlar tarkibi va malakasining belgilangan talablarga muvofiqligi (125 ball);
trenyerlarning belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirganligi (75 ball);
g) sport turlari bo‘yicha sport bazasining mavjudligi, sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha (150 ballgacha):
bolalar-o‘smirlar sporti ta’lim tashkilotlari binosi va hududida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratilganlik holati (70 ball);
bolalar-o‘smirlar sporti ta’lim tashkilotlarining sport turlari bo‘yicha inventar va texnik jihozlar bilan ta’minlanganligi (30 ball);
sport turlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi (50 ball);
d) respublika va hududiy terma jamoalarning asosiy va o‘rinbosarlar tarkibiga nomzodlarni tayyorlash darajasi bo‘yicha (100 ballgacha);
e) sport ta’lim tashkiloti terma jamoasining xalqaro, respublika va hududiy sport musobaqalarida erishgan natijalari bo‘yicha (100 ballgacha);
yo) sport ta’lim tashkilotida tashkil etilgan sport tadbirlari tahlili (30 ballgacha):
tashkil etilgan sport tadbirlari soni (15 ball);
tashkil etilgan sport tadbirlarida qatnashuvchilar soni (15 ball);
j) sport turlari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi (20 ballgacha);
z) ta’lim oluvchilarni sport tayyorlov guruhining keyingi bosqichlarida saqlab qolish monitoringi bo‘yicha (100 ballgacha):
sport tayyorlov guruhlarining shakllantirilishi holati (60 ball);
ta’lim tashkiloti sportchilarini sport tayyorlov guruhining keyingi bosqichlarida saqlab qolish holati (40 ball);
i) o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilishning holati bo‘yicha (50 ballgacha).
14. Boshqa maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha 400 ballgacha baholanadi:
a) ta’lim oluvchilar bilim darajalarining davlat talablariga muvofiqligi bo‘yicha (100 ballgacha);
b) madaniy-ommaviy tadbirlarning samaradorligi bo‘yicha (100 ballgacha):
o‘tkazilgan madaniy-ommaviy tadbirlar (30 ball);
o‘tkazilgan madaniy-ommaviy tadbirlar orqali erishilgan natijalar (70 ball);
v) maktabdan tashqari ta’lim tashkilotining ta’lim sohasiga mos jihozlanishi va jihozlardan foydalanish darajasi bo‘yicha (100 ballgacha);
g) pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va pedagog kadrlar salohiyati bo‘yicha (100 ballgacha):
pedagog kadrlar tarkibi va malakasining belgilangan talablarga muvofiqligi (60 ball);
pedagog kadrlarning muntazam ravishda o‘z malakasini oshirganligi (40 ball).
15. Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari faoliyati bo‘yicha to‘plangan umumiy ballar mazkur Mezonlarning 4-ilovasidagi metodika asosida hisoblab chiqiladi.
6-bob. Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish
16. Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda professional ta’lim tashkiloti deb yuritiladi) quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
a) o‘quv-tarbiyaviy jarayonining davlat ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etilganligi bo‘yicha:
kasb va mutaxassisliklarning ta’lim standarti, o‘quv reja, fan o‘quv dasturlari bilan ta’minlanganligi, ularning belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;*
namunaviy o‘quv reja va o‘quv dasturi asosida ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturlarining ishlab chiqilganligi, rasmiylashtirilganligi va ularning o‘zaro muvofiqligi;*
fan o‘quv dasturlarining ish beruvchilar talablari va o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos kelishi, ularda kasbiy faoliyatga tayyorlovchi, asosiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi, intellektual va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi tarkibiy qismlarning mavjudligi;
fan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar iste’molchilari va boshqa manfaatdor tomonlarning ishtiroki va ular bilan kelishilganligi;
fan o‘quv dasturlariga fan va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, foydalaniladigan yangi o‘quv adabiyotlarining kiritilganligi;
fan o‘quv dasturlarida mavzularning mantiqiy ketma-ketligiga rioya qilinganligi;
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha ichki tizimning mavjudligi va uning samaradorligi;
b) o‘quvchilarning o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish darajasi (bilimi) bo‘yicha:
o‘quvchilarning o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun komissiya tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladigan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs o‘quvchilaridan mutaxassislik fanlaridan olinadigan test, yozma ish va kasbiy amaliy imtihon shaklidagi nazorat ishlari o‘tkaziladi.*
Nazorat ishlariga har bir kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bitiruvchi kurs guruhlarining kamida 30 foizi jalb etiladi. Nazorat ishlari o‘tkaziladigan guruhlar Davlat inspeksiyasi tomonidan qur’a tashlash orqali tanlab olinadi. Boshqa tillarda ta’lim olib boriladigan guruhlardan 2 yoki 3 ta guruh tanlangan hollarda ular orasidan 1 ta boshqa tillarda ta’lim olib boriladigan guruh tanlanadi.
Nazorat ishlarida tanlab olingan guruhlarda o‘quvchilarining kamida 95 foizining qatnashishi ta’minlanishi zarur. Tanlab olingan guruhlar boshqa guruhlar o‘quvchilari hisobiga to‘ldirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nazorat ishlarida uzrsiz sababga ko‘ra qatnashmagan o‘quvchilarga “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi va ularning natijasi umumiy natija chiqarilayotganda hisobga olinadi. Komissiya faoliyati davrida uzrli sabablarga ko‘ra nazorat ishida qatnashmagan o‘quvchilar natija chiqarilayotganda hisobga olinmaydi va o‘quvchilar umumiy sonidan chiqarib tashlanadi.
Bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun 3 ta fandan nazorat ishi tashkil etiladi.
Test shaklida o‘tkazilgan nazorat ishlari bo‘yicha o‘quvchi tomonidan har bir fandan to‘plangan ball maksimal ballning 56 foizidan kam bo‘lsa “qoniqarsiz” baho, 56 foizidan 70 foizigacha bo‘lsa “qoniqarli” baho, 71 foizidan 85 foizigacha bo‘lsa “yaxshi” baho, 86 foizi va undan yuqori bo‘lsa “a’lo” baho qo‘yiladi.
Yozma ish (insho, bayon, diktant), amaliy imtihonlar ta’lim tashkilotida amalda qo‘llanilayotgan me’yorlar bo‘yicha baholanadi.
Ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha tanlangan har bir fandan o‘tkazilgan nazorat ishlarida ijobiy baholangan o‘quvchilarning salmog‘i 55 foizdan kam bo‘lmasligi lozim;
v) pedagog, muhandis-pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ularning sifat tarkibi bo‘yicha:
pedagog, muhandis-pedagog va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan ta’minlanganligi, pedagog kadrlar salohiyati, rahbar va pedagog kadrlar lavozim vazifalarining malaka talablariga muvofiqligi;
kasb yoki mutaxassislik o‘quv rejasidagi fanlar va amaliyotlardan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi pedagog, muhandis-pedagog va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan ta’minlanganligi;
pedagog va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tayanch ma’lumotining dars berayotgan fan(lar)iga mosligi;*
ilmiy darajaga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘quv adabiyotlari nashr etgan rahbar va pedagog-kadrlar salmog‘i;
g) o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar to‘plami, metodik qo‘llanma, elektron darsliklar) mavjudligi hamda kutubxona yoki axborot-resurs markazi fondining ular bilan to‘ldirilganligi bo‘yicha:
fanlarning o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanganligi;
kasblar bo‘yicha o‘quv rejadagi har bir fandan kamida bitta nomda darslik yoki o‘quv qo‘llanmaning (darslik va o‘quv qo‘llanma yaratilmagan fandan esa ta’lim tashkiloti ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan tavsiya etilgan ma’ruzalar to‘plami) mavjudligi;*
professional ta’lim tashkiloti axborot-resurs markazida (kutubxonasida) zaruriy darslik, badiiy adabiyot va elektron darsliklarning mavjudligi;
yangi avlod darsliklarining xarid qilinganligi;
d) axborot-resurs markazining (kutubxonaning) o‘qitish tiliga mos holda o‘quv, metodik, siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishi bo‘yicha:
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) o‘qitish tiliga mos holda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, metodik ishlanmalar, siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishining so‘nggi ikki yillik dinamikasi;
mahalliy va xalqaro axborot hamda ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarining yaratilganligi;
e) moddiy-texnik ta’minoti va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish holati bo‘yicha:
kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv, laboratoriya va o‘quv amaliyoti xonalari, o‘quv ustaxona, o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining mavjudligi hamda ularning jihozlanishi;
ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zaruriy jihozlarning yetarliligi;
laboratoriya ishlarining bajarilishi va metodik ko‘rsatmalar bilan ta’minlanganligi;*
ma’muriy va uslubiy xonalarning holati va ularning mebel va texnik vositalar bilan jihozlanganligi;
oshxonaning jihozlanishi hamda tibbiyot xonasining zarur jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi;
sport zali va maydonlarning mavjudligi, sport inventarlari bilan ta’minlanganligi hamda amaldagi me’yoriy talablarga mosligi;
professional ta’lim tashkilotining kompyuterlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
yo) zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha:
o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini beradigan kompyuterlar soni hamda ushbu tarmoqga joylashtirilgan ta’lim resurslarining hajmi;
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llab o‘tilgan dars mashg‘ulotlari salmog‘i;
o‘quvchilar bilimini haqqoniy va xolisona baholash maqsadida fanlardan sinov nazoratlarni o‘tkazishda kompyuterlardan foydalanish darajasi;
j) respublika va xalqaro miqyosdagi kasbiy ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari salmog‘i bo‘yicha:
o‘quvchilarning respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari, kasbiy ko‘rik-tanlovlar, badiiy-ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganlar salmog‘i;
tanlov g‘oliblarining rag‘batlantirilganligi;
z) ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishi, o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshirilgan ishlar hamda kuzatuv kengashi faoliyatining samaradorligi;
i) kasbga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi, ta’lim tashkilotiga o‘quvchilar qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha:
o‘quvchilar qabulini tashkil etish va amalga oshirishda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarining olib borilganligi;
qabul jarayonining belgilangan tartibda hamda oshkoralik, xolislik, shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etilganligi;
o‘quvchilar uchun kasb-hunarlar va mutaxassisliklar, ta’lim jarayonini tashkil etilishida yaratilgan shart-sharoitlar, bitiruvchilarning faoliyat yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarning ta’lim tashkilotining veb-saytida mavjudligi;
y) bitiruvchilarning ta’limning keyingi bosqichlariga o‘qishga kirishi hamda ishga joylashishi darajasi bo‘yicha:
bitiruvchilarning bandligini ta’minlanganlik darajasi, jumladan oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirganlar salmog‘i;
bitiruvchi kurs o‘quvchilarining professional ta’lim tashkilotidagi ta’lim sifati to‘g‘risidagi fikri (so‘rovnoma asosida);
bitiruvchilar bilimining sifati to‘g‘risida ish beruvchilar fikrining o‘rganib borilganligi;
k) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilganligi va ularning samarasi bo‘yicha:
ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasining mavjudligi, mazmuni hamda unda belgilangan tadbirlarning bajarilishi;
ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlarda erishilgan natijalar;
yotoqxonada ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning tashkil etilganligi;
o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlash samaradorligi;
o‘quvchilar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishdagi faoliyatning tizimli yo‘lga qo‘yilganligi, samaradorlik natijalari, o‘quvchi-yoshlar qamrovi (murabbiylar bilan ishlash tartibi, o‘tkazilgan ma’naviy tadbirlar va hisobotlarning mavjudligi);
yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishga va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan sportning bir nechta turlari bo‘yicha to‘garaklarning tashkil qilinganligi;
l) o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishi bo‘yicha:
o‘quvchilarning o‘qishi, mustaqil ta’lim olishi va dam olishlari uchun shart-sharoitlarning mavjudligi;
o‘qituvchilarning ta’lim berishi va o‘z ustida ishlashi uchun shart-sharoitlarning mavjudligi;
o‘quvchilar va o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun sharoitlarning yaratilganligi;
ovqatlanish, dam olish va madaniy hordiq chiqarish uchun sharoitlar yaratilganligi;
o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini baholash tizimining mavjudligi hamda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning tashkil etilganligi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
7-bob. Oliy ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish
17. Oliy ta’lim tashkilotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
a) tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi bo‘yicha:
faoliyat sohalarini qamrab olgan oliy ta’lim tashkilotining istiqbol rejasining mavjudligi, uni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar rejasining ishlab chiqilganligi hamda istiqbol rejaning oliy ta’lim tashkiloti missiyasiga mosligi;
istiqbol rejani ishlab chiqishda kadr iste’molchilari, oliy ta’lim tashkiloti jamoasi va talabalarning ishtiroki (hissasi);
istiqbol rejada oliy ta’lim tashkilotining o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy faoliyati nuqtai nazaridan milliy hamda xalqaro reytingini oshirishga qaratilgan vazifalarning belgilanganligi;
istiqbol rejaning oliy ta’lim tashkiloti moddiy-texnik bazasi va intellektual salohiyatiga muvofiqligi, uning talaba, o‘qituvchi va xodimlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilganligi;
oliy ta’lim tashkiloti faoliyatini baholashning SWOT tahlili (o‘zining kuchli va zaif tomonlarini, oliy ta’lim tashkilotining ta’lim xizmatlari bozoridagi imkoniyatlarini va uning rivojlanishiga tashqi xavflarni baholab borish) mavjudligi;
oliy ta’lim tashkiloti ma’muriyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar, vasiylik kengashi, kadr iste’molchilari, bitiruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlarning ta’lim sifatini amalga oshirish (shakllantirish va ta’minlash) ishlaridagi ishtiroki;
oliy ta’lim tashkilotida korrupsiyasiz ta’lim tizimini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi, rahbariyatining professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun ochiqligi, kelib tushayotgan barcha murojaatlarga javob berishning holati;
boshqaruv va tashkiliy tuzilma faoliyatining tegishli hujjatlar (ustav, pasport, nizomlar) bilan rasmiylashtirilganligi;
oliy ta’lim tashkiloti kengashi (kollegial organi), fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘limlar faoliyati samaradorligini baholash tizimining mavjudligi;
elektron hujjat almashinuvi tizimining mavjudligi;
b) davlat ta’lim standartlarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha:
barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning tegishli ta’lim sohasi davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlari bilan ta’minlanganligi, ularning belgilangan tartibda tasdiqlanganligi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi;*
tasdiqlangan o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv reja, fanlarning ishchi dasturlarining ishlab chiqilganligi, rasmiylashtirilganligi va ularning o‘zaro muvofiqligi;*
dars jadvallarining ishchi o‘quv rejalariga muvofiqligi va ularning o‘rnatilgan talablar asosida tuzilganligi;*
oliy ta’lim tashkiloti o‘quv jarayoni jadvalining mavjudligi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligi, unda o‘quv jarayonining to‘liq aks etganligi va amaliyotga tatbiq etilishi;
talabalar bilimlarini va o‘zlashtirishini baholash tizimining holati;
talabalar bilimlarini baholashda qo‘llaniladigan nazorat vositalarining (testlar, yozma ishlar savollari va boshqalar) fan dasturi mazmunini to‘liq qamrab olganligi;
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha ichki tizimning mavjudligi va uning samaradorligi;
v) talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan nazorat ishlari natijalari:*
talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun nazorat ishlariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalarining kamida 30 foizi, qolgan kurslardan (birinchi kurslardan tashqari) bittadan guruh va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalari to‘liq jalb qilinadi. Attestatsiyaga jalb qilingan, ammo bitiruvchi kurs talabalari bo‘lmagan o‘qish muddati uch yillik bo‘lgan magistratura mutaxassisliklarida 2-kurs talabalaridan, o‘qish muddati ikki yillik bo‘lgan magistratura mutaxassisliklarida 1-kurs talabalaridan nazorat ishlari olinadi.
O‘qish muddati bir yillik bo‘lgan magistratura mutaxassisliklari attestatsiyadan o‘tkazilganda, o‘quv yilining birinchi semestrida tahsil olayotgan talabalarning bilim darajasi, kirish sinovlarida nazorat o‘tkazilgan mutaxassislik fanlaridan yoki o‘qitilayotgan fanlarning o‘qitilgan qismidan, ikkinchi semestrda esa o‘qitilgan (o‘qitilayotgan) fanlardan nazorat ishlarini olish orqali aniqlanadi.
Nazorat ishlariga jalb qilingan talabalarning kamida 95 foizi qatnashishi shart. Nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar qoida tariqasida tugallangan fanlardan kurslar kesimida har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 2 ta etib belgilanadi.
Har bir fan bo‘yicha ko‘p variantlilik asosida test yoki yozma ish savollari, ijodiy imtihon materiallari fan dasturini yoki uning tegishli qismini qamrab olgan holda tayyorlanadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida dastlab kurslar kesimida har bir yo‘nalishdan 5 tadan, magistruratura mutaxassisligidan 3 tadan fan tanlab olinadi, nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar va guruhlar bo‘yicha ma’lumotlar ta’lim tashkilotiga Davlat inspeksiyasi tomonidan nazorat ishlari o‘tkazilishidan uch ish kuni oldin ma’lum qilinadi.
Fanlardan o‘tkazilgan nazorat ishlari bo‘yicha talaba tomonidan har bir fandan to‘plangan ball maksimal ballning 56 foizidan kam bo‘lsa “qoniqarsiz” baho, 56 foizidan 70 foizigacha bo‘lsa “qoniqarli” baho, 71 foizidan 85 foizigacha bo‘lsa “yaxshi” baho, 86 foizi va undan yuqori bo‘lsa “a’lo” baho qo‘yiladi.
Talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) muayyan ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligidagi tanlangan har bir fandan nazorat ishlarida talabalarning ijobiy baholanganlari salmog‘i 70 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Bakalavriat talabalariga uchta mutaxassislik fanining har biridan 15 tadan jami 45 ta va magistratura uchun ikkita mutaxassislik fanining har biridan 15 tadan jami 30 ta test savollari beriladi.
Testlarni yechish uchun bakalavriat talabalariga umumiy 75 daqiqa va magistratura talabalariga 50 daqiqa vaqt ajratiladi.
Har bir auditoriyaga xona sig‘imi va kompyuterlar soniga qarab test topshiruvchilar kiritiladi;
g) professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va ular mutaxassisliklarining (ixtisosliklarining) dars berayotgan fanlariga muvofiqligi bo‘yicha:
professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha aniq mexanizmning mavjudligi;
fakultet va kafedralarning o‘rnatilgan talablarga mos ravishda tashkil etilganligi;
fakultet dekanlari va kafedra mudirlarining lavozim talablariga muvofiqligi;
professor-o‘qituvchilar tayanch ma’lumotlarining (mutaxassisligi, ixtisosligi) ular dars beradigan fan(lar)ga muvofiqligi (mos bo‘lmagan holda ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligi yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega bo‘lishi, yakka mualliflikda darslik yoki o‘quv qo‘llanma nashr etganligi (sertifikat asosida);*
professor-o‘qituvchilarning erishgan yutuqlari (davlat va tarmoq mukofotlari, faxriy unvonlar, “Yilning eng yaxshi pedagogi” respublika tanlovi g‘olibligi va boshqalar) ko‘rsatkichlarining mavjudligi;
professor-o‘qituvchilarning bajargan o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari (fundamental, amaliy va boshqa ilmiy-tadqiqotlar kesimidagi ishtiroki, darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-metodik ishlanmalar, mahalliy va xalqaro nashrlarda, impakt-faktorli (Scopus, Web of Science yoki boshqa umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari jurnallaridagi maqolalari);
kafedralar professor-o‘qituvchilarining belgilangan muddatlarda malakasini oshirganligi;
d) talabalarning darslik (elektron darslik) va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanganligi darajasi, elektron kutubxona tizimining mavjudligi, undan foydalanish samaradorligi va mustaqil ta’lim bo‘yicha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatining yaratilganligi bo‘yicha:
oliy ta’lim tashkilotida elektron avtomatlashtirilgan va masofadan foydalanish imkoniyatini beruvchi axborot-resurs markazining mavjudligi;
ta’lim berish tillari bo‘yicha barcha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi;
talabalar sonidan kelib chiqib, har bir fan bo‘yicha o‘qitiladigan asosiy adabiyotlarga (darslik, o‘quv qo‘llanma) bo‘lgan talabning (bakalavriat ta’lim yo‘nalishida har olti nafar talabaga kamida bir dona, magistratura mutaxassisligida har ikki nafar talabaga kamida bir dona darslik va o‘quv qo‘llanmani to‘g‘ri kelishi) bajarilganligi (o‘quv adabiyotlari soni belgilangan talablarga mos kelmaganda, ularning elektron shakldagi varianti inobatga olinadi);*
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasining tahliliy o‘rganib borilganligi, shuningdek oliy ta’lim tashkiloti kengashida (kollegial organida) muhokama qilinganligi;
mahalliy, xalqaro axborot va ma’lumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari jurnallari) foydalanish imkoniyatlarining yaratilganligi;
fanlarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilganligi va ularning bajarilish holati;
e) moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv laboratoriyalarining zamonaviy asbob-uskunalar bilan hamda foydali o‘quv-laboratoriya maydoni bilan ta’minlanganligi darajasi bo‘yicha:
oliy ta’lim tashkilotining umumiy maydoni, normadagi (ishchi) maydoni, umumiy o‘quv auditoriyalari (sinflar) maydoni va boshqa turdagi foydali maydonlar (kv.m. hisobida), ularning me’yor talablariga mosligi;
oliy ta’lim tashkilotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining mavjudligi, ularning ta’lim oluvchilar soniga mosligi va yangilanish darajasi;
talabalar turar joylarining maydoni, yashash uchun mo‘ljallangan o‘rinlar soni, vaqtinchalik turar joyga muhtoj talabalar soni;
jismoniy tarbiya darslarini o‘tish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish hamda jamoaning sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlarning yetarli darajada yaratilganligi;
har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikning o‘quv rejasiga binoan fanlar bo‘yicha laboratoriya ishlarining bajarilishi, tegishli jihozlar, reaktivlar bilan ta’minlanganligi, metodik ko‘rsatmalarning mavjudligi;*
laboratoriya ishlarining oliy ta’lim tashkiloti hududidan tashqarida (ishlab chiqarish korxonasi, tashkilotlar, o‘quv-tajriba xo‘jaligi va shu kabilarda) bajarilganligi;
ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining xususiyatlaridan kelib chiqib, malaka talablarida belgilangan amaliy malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun kerakli asbob-uskuna, jihozlar, inventarlar, musiqa asboblari, texnikalar, xom-ashyo va boshqalar bilan ta’minlanganligi;*
axborot-resurs markazining (kutubxonaning) kompyuterlar bilan ta’minlanganligi, zallardagi o‘rinlar soni, elektron kutubxona tizimining yaratilganligi, ularga o‘quv adabiyotlarning elektron versiyalarini yuklanganligi, Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan kompyuterlar soni va talabalarni kompyuter texnikasidan erkin foydalanishiga imkon yaratilganligi;
yo) elektron ta’limning joriy etilishida zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi bo‘yicha:
professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tilgan dars mashg‘ulotlari salmog‘i;
interfaol pedagogik usullar yordamida dars mashg‘ulotlarining olib borilganligi hamda innovatsiyalarning o‘quv jarayoniga qo‘llanilganligi;
o‘quv jarayonida ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy vositalardan foydalangan holda mashg‘ulotlar olib borish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
zamonaviy kompyuterlar va ulardan Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanganlarining soni, WiFi zonalarining tashkil etilganligi, talaba va pedagoglarga ulardan foydalanish bo‘yicha shart-sharoitlarning yaratilganligi;
mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish holati va Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirilgan ta’lim resurslari hajmi;
talabalar bilimini baholashda nazorat sinovlarining kompyuterdan foydalangan holda olinishi tahlili;
j) ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi bo‘yicha:
kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnologik yechimlar yaratishda korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanganlik darajasi;
ilg‘or texnologiya sohasida pedagog kadrlarning malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirilib borilganligi;
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadr iste’molchilari bilan hamkorlik ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi, talab va ehtiyojlarining o‘rganilganligi;
ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar xodimlarining o‘quv jarayoniga jalb etilganligi;
tasarrufidagi akademik litsey va biriktirilgan boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi;
z) ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha:
professor-o‘qituvchilarni faol ilmiy izlanishlar olib borishga qiziqtirish va ularning natijadorligi bo‘yicha rag‘batlantirish mexanizmining mavjudligi;
olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining oliy ta’lim tashkiloti profiliga to‘g‘ri kelishi;
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarining tijoratlashtirilganligi;
professor-o‘qituvchilar, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy va boshqa ilmiy tadqiqotlar kesimida) ishtiroki;
ilmiy, ilmiy-metodik va amaliy konferensiyalarning o‘tkazilganligi;
oliy ta’lim tashkilotining xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtiroki;
ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi (ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilganligi, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash holati, faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy kengashning mavjudligi);
i) ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo‘yicha:
ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasining ishlab chiqilganligi;
professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligi;
odob-axloq va ichki-tartib qoidalarni buzgan, huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etgan (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy ma’lumotlari asosida) professor-o‘qituvchi va talabalarga nisbatan oliy ta’lim tashkiloti va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan choralar ko‘rilganligi;
oliy ta’lim tashkilotidagi ma’naviy-axloqiy muhitni, pedagoglarning axloqiy sifatlarini ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul bo‘lim tomonidan muntazam ravishda (so‘rovnoma asosida) tahlil qilinib borilganligi;
xalqaro va respublika miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovlarda, olimpiadalarda, sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan talabalar salmog‘i;
talabalar turar joylarida talabalar uchun o‘qish va dam olish uchun shart-sharoitlarning yaratilganligi;
talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishdagi faoliyatning tizimli yo‘lga qo‘yilganligi, uning samaradorligi va bunda talaba-yoshlar qamrovi;
oliy ta’lim tashkilotining axborot-resurs markazi (kutubxona)dagi adabiyotlardan foydalanayotgan talabalar salmog‘i;
yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishga va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan sportning bir necha turlari bo‘yicha musobaqalarning (tadbirlarning) tashkil qilinganligi;
y) bitiruvchilarning ta’limning keyingi bosqichlariga o‘qishga yoki ishga joylashishi bo‘yicha:
bitiruvchilarni ish joylariga taqsimlash bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotidagi taqsimot komissiyasi qarorlarining mavjudligi;
so‘nggi ikki o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotini davlat grantlari asosida bitirgan talabalarning ishga joylashganligi (asoslovchi hujjatlarning mavjudligi);*
so‘nggi ikki o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotini bitirganlarning ishga joylashish holati bo‘yicha monitoring olib borilganligi;
kadr iste’molchilari bilan o‘zaro hamkorlikdagi ishlarning holati;
sobiq bitiruvchilar bilan oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi aloqalarning yo‘lga qo‘yilganligi;
k) xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha:
xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, doktorant, mustaqil izlanuvchi, ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishi (seminar, anjuman, simpozium va hokazo);
xalqaro sovrinlar sohiblari;
xorijiy mamlakatlardagi metodik va ilmiy seminarlar a’zolari;
muntazam xorijiy ilmiy aloqaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni;
qo‘shma ta’lim dasturlari va qo‘shma fakultetlar asosida kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilganligi;
chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari (nomi, soni, hajmi);
xorijiy mamlakatlarda chop etilgan monografiya, maqola va o‘quv adabiyotlari soni (turlari bo‘yicha);
ta’lim olish uchun xorijiy fuqarolarning jalb etilishi;
ilmiy-pedagog kadrlarning xorijda malaka oshirganligi;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari va xorijiy ilmiy markazlar professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarining ta’lim jarayoniga jalb etilishi;
xorijiy mamlakatlar uchun tayyorlangan kadrlar va ilmiy darajali kadrlar soni;
l) abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi bo‘yicha:
abituriyentlarni o‘qishga belgilangan talab va tartib asosida qabul qilinganligi;*
oliy ta’lim tashkilotining hududlardan iqtidorli yoshlarni tanlab olishga qaratilgan ishlarning (turli tanlovlar, tayyorlov kurslari va hokazo) amalga oshirilganligi;
m) bitiruvchilar tomonidan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi (sifati), yakuniy davlat attestatsiyasiga oid faoliyat va uning natijalari bo‘yicha:
bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankining yaratilganligi;
bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini bajarishda mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiat) yo‘l qo‘yilishi holatlarini oldini olishga qaratilgan choralarning belgilanganligi;
bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarining bajarilish sifati, dolzarbligi, qo‘yilgan talablar asosida bajarilganligi*, o‘quv jarayoni va ishlab chiqarishga joriy qilinganligi (tanlov asosida o‘rganiladi);
yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining qo‘yilgan talab bo‘yicha shakllantirilganligi, yakuniy davlat attestatsiya natijalari va komissiya raisi hisobotini oliy ta’lim tashkiloti kengashida ko‘rib chiqilganligi;
n) ish beruvchilarning bitiruvchilar bilimi, malakasi va ko‘nikmalaridan qoniqishi holati bo‘yicha respublika miqyosida kadrlar buyurtmachilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari.
Bitiruvchilar malakasining ishlab chiqarish talablariga mos kelishini aniqlash, kadrlar tayyorlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish maqsadida har yili respublika miqyosida kadrlar buyurtmachilari o‘rtasida o‘tkazilgan milliy so‘rovnoma natijalari tahlili asosida baholanadi.
So‘rovnomada qatnashgan ish beruvchilarning bitiruvchilar bilimi, malakasi va ko‘nikmalaridan qoniqishi holati kamida 55 foiz bo‘lishi kerak.
8-bob. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish
18. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
a) davlat talablarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha:
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining mavjudligi;*
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tashkilotiga qabul qilish talablarining bajarilishi;*
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tashkilotiga o‘qishga kiruvchi talabgorlarga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tashkilotida o‘qishni tashkil etish holati;
b) ilmiy rahbar va maslahatchilar tarkibining sifat ko‘rsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijalari bo‘yicha:
ilmiy rahbarlar etib ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktorlarining (PhD) tayinlanganligi;*
ilmiy maslahatchilar etib ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktorlarining tayinlanganligi;*
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan fan doktorlarining ilmiy rahbarlik yoki ilmiy maslahatchilikka jalb etilganligi;
ilmiy rahbarlar va ilmiy maslahatchilarning bir vaqtning o‘zida nechta doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilayotganligi;
o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda ilmiy rahbarlar va ilmiy maslahatchilarning (ilmiy maslahatchi bo‘lgan taqdirda) tayinlanganligi;*
doktorant tomonidan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchi (ilmiy maslahatchi tayinlangan holatlarda) bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasi ishlab chiqilganligi va belgilangan muddatlarda tasdiqlanganligi;*
ilmiy rahbar tomonidan doktorant uchun ixtisoslik bo‘yicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqilganligi va belgilangan muddatda kollegial organ tomonidan tasdiqlanganligi;*
nazariy-metodologik dasturni doktorant tomonidan o‘qishning birinchi yili mobaynida ilmiy rahbar yordamida o‘zlashtirilganligi;
ilmiy rahbar rahbarligida so‘nggi uch yilda bitirgan doktorant va mustaqil izlanuvchilarning o‘z vaqtida himoya qilganlari salmog‘i;
ilmiy maslahatchi rahbarligida so‘nggi uch yilda bitirgan doktorant va mustaqil izlanuvchilarning o‘z vaqtida himoya qilganlari salmog‘i;
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarning jami fan doktorlari va ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan nomzodlari yoki falsafa doktorlariga (PhD) nisbatan ulushi;
v) ta’limni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan, pedagog va ilmiy xodimlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi e’tirof etgan jurnallarda, shuningdek, xorijiy nashrlarda ilmiy maqolalarni chop etish faoliyati tahlili;
g) ilmiy-eksperimental, moddiy-texnik bazaning holati bo‘yicha:
ilmiy-eksperimental laboratoriyalar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanilishi holati;
oliy ta’lim tashkiloti va ilmiy-tadqiqot muassasasi axborot-resurs markazlarida tadqiqot sohasi bo‘yicha ilmiy manbalarning mavjudligi;
ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uchun asbob-uskunalar, materiallar, axborot-kommunikatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, maishiy texnika va boshqa zarur vositalarning yetarli darajada mavjudligi;
d) doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha:
doktorantlarning vaqtinchalik turar joylar bilan ta’minlanganlik holati;
oliy ta’lim tashkiloti va ilmiy-tadqiqot muassasasida sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi;
doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun oliy ta’lim tashkiloti va ilmiy-tadqiqot muassasasida axborot-resurs markazidan, zamonaviy kompyuterlardan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish imkoniyati, shuningdek boshqa zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi;
mahalliy hamda xalqaro axborot va ma’lumotlar bazasidan (Scopus, Web of Science yoki boshqa umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari jurnallari) foydalanish imkoniyatlarining yaratilganligi;
e) doktorant va mustaqil izlanuvchilar shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, hisobotlarining oliy ta’lim tashkilotlarining yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining kollegial organlarida (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash va boshqalarda) muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi bo‘yicha:
doktorant va mustaqil izlanuvchilar shaxsiy ish rejalarining bajarilishi;
hisobotlarning oliy ta’lim tashkiloti yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashida, tegishli kafedra, bo‘lim, laboratoriya va boshqalarda muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mosligi;
doktorant va mustaqil izlanuvchi tomonidan e’lon qilingan ilmiy ishlarda himoya qilinayotgan doktorlik dissertatsiyasi asosiy natijalarining aks etganligi hamda ilmiy natijalarning xalqaro va respublika doirasida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda va davra suhbatlarida muhokamadan o‘tkazilganligi;
doktorant va mustaqil izlanuvchi tomonidan ilmiy ishlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan respublika va xorijiy jurnallarda, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda ilmiy maqolalarning nashr etilishi holati;
ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilinganligi;
yo) doktorant va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringining olib borilishi holati bo‘yicha:
doktorant va mustaqil izlanuvchilarning oliy ta’lim tashkiloti va ilmiy-tadqiqot muassasasidagi faoliyati samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari;
monitoring natijalaridan kelib chiqib doktorant, mustaqil izlanuvchilar, ularning ilmiy rahbarlari hamda ilmiy maslahatchilariga nisbatan tegishli xulosalarning chiqarilganligi;
j) oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutini bitirgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyalarini himoya qilishi holati bo‘yicha:
ixtisosliklar bo‘yicha so‘nggi uch yilda tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar institutini bitirganlar va ulardan ilmiy-tadqiqot ishini himoya qilganlar hamda ilmiy kengashga himoyaga taqdim etganlar ulushining tahlili;
ilmiy-tadqiqot ishlari himoyasi natijalaridan kelib chiqib, doktorant, mustaqil izlanuvchi va uning ilmiy rahbari yoki ilmiy maslahatchisiga nisbatan tegishli xulosalarning chiqarilganligi (intizomiy chora yoki rag‘batlantirish).
19. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosliklarini oxirgi uch yilda bitirgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar dissertatsiyalarining ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashda himoya qilinganlari soni 10 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.*
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.32.00 Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
9-bob. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish
20. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
a) tashkiliy-boshqaruv faoliyatining samaradorligi bo‘yicha:
ilmiy-metodik kengash faoliyati va o‘quv jarayonining tashkil etilishi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalari, rivojlantirish bo‘yicha istiqbol reja va so‘nggi ikki yildagi ish rejalarining mavjudligi va uning bajarilishi;
istiqbol rejani ishlab chiqishda professor-o‘qituvchilar, asosiy kadr iste’molchilarining ishtiroki;
hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etilganligi;
ta’lim tashkilotining normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanishi, ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning ta’lim tashkiloti boshqaruviga tatbiq etilishi tahlili;
b) davlat talablarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha:
kurslarning davlat talablari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv va ishchi dasturlari bilan ta’minlanganligi va ularning o‘zaro mosligi;*
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yilgan talablarning bajarilishi;*
kalendar-tematik rejalar, darslar jadvali, guruh jurnali, ishchi o‘quv dasturlarining ishchi o‘quv rejalariga muvofiqligi, professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalarining bajarilishi;
tinglovchilar bilimlarini baholashda qo‘llaniladigan nazorat vositalarining (testlar, yozma ishlar savollari va boshqalar) fan dasturi mazmunini to‘liq qamrab olganligi;
tinglovchilarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) ta’lim tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan yakuniy nazoratlarning tahlili;
v) moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha:
moddiy-texnik, o‘quv-laboratoriya ta’minoti, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi;
laboratoriya ishlarining bajarilishi va metodik ko‘rsatmalar bilan ta’minlanganligi;*
g) pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyati bo‘yicha:
pedagog kadrlarning tayanch ma’lumoti quyidagilardan biriga mos bo‘lishi kerak:*
dars beradigan faniga;
dars beradigan fani bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tgan hujjatiga;
mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon yoki darajaga ega bo‘lishiga;
yakka mualliflikda darslik yoki o‘quv qo‘llanma nashr etganligiga (sertifikat asosida);
ilmiy darajali va ilmiy unvonli pedagoglar salmog‘i, so‘nggi ikki tugallangan kalendar yilda pedagoglar tomonidan malaka oshirish tizimi uchun nashr etilgan o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar soni, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining nashr etilishi hamda malaka oshirish faoliyati;
d) o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tashkilotining zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganligi hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi;
e) ta’limning ishlab chiqarish bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘yicha:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tashkiloti faoliyatida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasi;
zamonaviy texnologiyalar sohasida pedagog kadrlarning malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirib borganligi;
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga bo‘lgan talabning o‘rganilganligi;
ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining o‘quv jarayonida ishtirok etishi;
xalqaro hamkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi;
yo) bitiruv imtihonlari, malaka va bitiruv ishlarining bajarilishi bo‘yicha:
bitiruv imtihonlari, kirish-chiqish testlari natijalari;
malaka va bitiruv ishi mavzulari bankining shakllantirilganligi;
malaka va bitiruv ishlarining rasmiylashtirilishi va sifati;
j) malaka oshirish va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlarning rasmiylashtirilishi va berilishi bo‘yicha:
diplomlar, guvohnomalar va sertifikatlarning berilishi holati;
diplomlar, guvohnomalar va sertifikatlarning berilishini qayd etish kitobining rasmiylashtirilishi.
* Bajarilishi shart bo‘lgan mezonlar.
Qolgan mezonlar ta’lim tashkilotining faoliyati bo‘yicha xulosa berishda hisobga olinadi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Mezonlar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
22. Mazkur mezonlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Qurilish vazirligi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2019-yil 16-dekabr
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2019-yil 16-dekabr
Qishloq xo‘jaligi vaziri J. XODJAYEV
2019-yil 16-dekabr
Suv xo‘jaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2019-yil 16-dekabr
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2019-yil 16-dekabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2019-yil 16-dekabr
Jismoniy tarbiya va sport vaziri D. NABIYEV
2019-yil 16-dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
2019-yil 16-dekabr
Bosh prokuror N. YO‘LDOShEV
2019-yil 16-dekabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2019-yil 16-dekabr
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
2019-yil 16-dekabr
Milliy gvardiya qo‘mondoni B. TAShMATOV
2019-yil 16-dekabr
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2019-yil 16-dekabr
Qurilish vaziri B. ZOKIROV
2019-yil 16-dekabr
Transport vaziri A. RAMATOV
2019-yil 16-dekabr
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2019-yil 16-dekabr
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A. AKKULOV
2019-yil 16-dekabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi A. AXMEDOV
2019-yil 16-dekabr
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B. NORQOBILOV
2019-yil 16-dekabr
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. MUSAYEV
2019-yil 16-dekabr
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M. AZIMOV
2019-yil 16-dekabr
Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori Q. SANAQULOV
2019-yil 16-dekabr
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2019-yil 16-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori D. LI
2019-yil 16-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R. QOSIMOV
2019-yil 16-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori v.b. B. BERDIYAROV
2019-yil 16-dekabr
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi X. XASILOV
2019-yil 16-dekabr
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlariga
1-ILOVA
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bo‘yicha to‘plangan umumiy ballarni hisoblash
METODIKASI