1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]



Download 91 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi91 Kb.
#832936
Bog'liq
770-I 15.04.1999




[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘RMON TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-apreldagi O‘RQ-475-sonli “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
1-modda. O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Yer, suv, yer osti boyliklari va hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq o‘rmonlardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rmonga oid munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
2-modda. O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari
O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish, takroriy ko‘paytirishni ta’minlash hamda o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat.
3-modda. O‘rmonlarning vazifalari
O‘rmonlar asosan ekologik (suvni muhofaza qilish, qo‘riqlash, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish, rekreatsion), estetik va boshqa vazifalarni bajaradi, cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega.
4-modda. O‘rmonlarga bo‘lgan mulkchilik
O‘rmonlar davlat mulki — umummilliy boylik bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
5-modda. Davlat o‘rmon fondi
Hamma o‘rmonlar davlat o‘rmon fondini tashkil etadi.
Davlat o‘rmon fondi:
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmonlardan, ya’ni davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari qaramog‘idagi o‘rmonlardan;
boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanishidagi o‘rmonlardan iborat.
6-modda. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzorlar va butazorlar
Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi daraxtlar va to‘p-to‘p daraxtlar, ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzorlar va butazorlar;
temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, kanallar va boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlari;
shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va tup-tup daraxtlar, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;
tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtlar hamda to‘p-to‘p daraxtlar.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzorlar va butazorlarni barpo etish, parvarish qilish, qo‘riqlash hamda ulardan foydalanish o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-modda. O‘rmon fondi yerlari
O‘rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari hisoblanadi. O‘rmon fondi yerlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 32-moddasi.
O‘rmon fondi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-bobi.
8-modda. Davlat o‘rmon fondi uchastkalari
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ularning muayyan chegarasi, maydoni, joylashgan manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik materiallarda ko‘rsatilgan bo‘ladi.
9-modda. O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va uning joylardagi organlari davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
o‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
davlat o‘rmon fondini tasarruf etish;
o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilash;
o‘rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilash;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
o‘rmonlarning davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibini belgilash;
o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalarini berish, bundan o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar, davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qo‘riqxonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari mustasno;
(11-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
o‘rmonlarning davlat hisobi va davlat o‘rmon kadastri yuritilishini ta’minlash;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘rmonlar holatiga zarar yetkazgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish. Tadbirkorlik subyekti faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi;
(11-moddasining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
o‘rmonlarda mol boqish hamda yog‘ochga taalluqli bo‘lmagan resurslardan foydalanishning boshqa turlari normalarini davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan birgalikda belgilash va tartibga solish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish borasida aholining ma’rifatli bo‘lishini tashkil etish;
o‘z vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]

12-modda. O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan idoraviy nazorat O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat]

13-modda. O‘rmon qo‘riqchiligi
O‘rmon qo‘riqchiligi o‘rmon xo‘jaligi korxonalarida o‘rmonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida tuziladi.
O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari ayni bir vaqtda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining inspektorlaridir.
O‘rmon qo‘riqchiligi mansabdor shaxslarining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rmondan foydalanishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib borish;
qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini hamda uni qo‘lga kiritish vositalarini olib qo‘yish;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;
o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga da’vo taqdim etish;
yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rmon to‘g‘risidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida ko‘rsatma berish.
O‘rmon qo‘riqchiligining faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rmon qo‘riqchiligi to‘g‘risida”gi nizom.
14-modda. O‘rmon xo‘jaligini tashkil etishning asosiy qoidalari
O‘rmon xo‘jaligini tashkil etish quyidagilarni ta’minlashi shart:
o‘rmonlarning himoya etish, sog‘lomlashtirish va boshqa foydali tabiiy xususiyatlarini saqlash va kuchaytirish;
o‘rmonlardan oqilona foydalanish;
o‘rmonlarni takroriy ko‘paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish, nav tarkibi va sifatini yaxshilash;
o‘rmonlarni yong‘indan qo‘riqlash, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish;
o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash;
o‘rmonning etilish yoshini, daraxt kesish usullari va o‘rmondan foydalanish normalarini belgilash;
o‘rmon fondi yerlaridan oqilona foydalanish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.04 O‘rmon tuzish. O‘rmonlarning toifalarga bo‘linishi]

15-modda. O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq o‘rmonlar quyidagi qo‘riqlanish toifalariga kiritiladi:
o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;
cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlari;
shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari;
shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar;
suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar;
alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlar;
o‘rmonlarning mevali daraxtzorlari;
davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlari;
majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining o‘rmonlari;
tabiat bog‘larining o‘rmonlari;
buyurtma qo‘riqxonalarning o‘rmonlari;
kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;
davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni qo‘riqlanish toifalariga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-apreldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha bo‘linishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.04 O‘rmon tuzish. O‘rmonlarning toifalarga bo‘linishi]

16-modda. O‘rmon tuzish
O‘rmon tuzish o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlashga, o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmondan foydalanish oqilona yuritilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, quyidagilarni qamrab oladi:
davlat o‘rmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat o‘rmon fondining o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xo‘jaligini tashkil etish;
topografiya-geodeziya ishlarini bajarish va o‘rmonlarni maxsus xaritaga kiritish;
davlat o‘rmon fondini hisobga olish;
o‘rmonlarning etilish yoshini belgilash, o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq o‘rmon daraxtlarini kesish rejasini, daraxtlarni kesish hajmini hamda o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, qayta tiklash va barpo etish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa o‘rmon xo‘jaligi ishlari hajmini aniqlash;
o‘rmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish.
O‘rmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi hamda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘rmon tuzish loyihalari o‘rmon, qo‘riqxona va ovchilik xo‘jaliklari yuritish, o‘rmondan foydalanishni amalga oshirish, joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalashtirish ishlarini olib borish uchun asosiy normativ-texnik hujjatdir.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmon tuzish hamma o‘rmonlarda yagona tizim bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.02 O‘rmon fondining davlat hisobi]

17-modda. O‘rmonlarning davlat hisobi
O‘rmonlarning davlat hisobi o‘rmon tuzish loyihalari asosida davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan, o‘rmon tuzish o‘tkazilmagan joylarda esa davlat o‘rmon fondini hisobga olish va tekshirish materiallari asosida olib boriladi.
O‘rmonlarning davlat hisobi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yagona tizim bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib boriladi.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat o‘rmon kadastri]

18-modda. Davlat o‘rmon kadastri
Davlat o‘rmon kadastri O‘rmonlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, davlat o‘rmon fondi uchastkalarining sifat tavsiflari hamda ularning o‘rmondan foydalanuvchilar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
Davlat o‘rmon kadastri manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish maqsadida o‘rmon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Davlat o‘rmon kadastri davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yagona tizim bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda olib boriladi.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yig‘ish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash;

3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.03 Boshqa foydalanish turlari]

19-modda. O‘rmondan foydalanish
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
O‘rmondan foydalanish uchun haq to‘lanadi, ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. To‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi 278-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi nizom.
O‘rmondan foydalanish doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin.
O‘rmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rmondan doimiy foydalanuvchilardir.
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin.
20-modda. O‘rmondan foydalanish huquqini berish
O‘rmondan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan yoki ular vakolat bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan beriladi.
O‘rmondan foydalanishga maxsus ruxsatnoma — daraxt kesish yoki o‘rmon chiptasi asosida yo‘l qo‘yiladi, ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘rmondan foydalanuvchilar davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan o‘rmondan foydalanishning maxsus ruxsatnomalarda nazarda tutilgan turlaridangina foydalanishga haqlidir.
21-modda. O‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
davlat o‘rmon fondining o‘zlariga berib qo‘yilgan uchastkalarida o‘rmon xo‘jaligini mustaqil yuritish, o‘rmondan foydalanish;
o‘rmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish;
belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish va uy-joy binolari hamda inshootlari qurish;
tayyorlangan mahsulotga va uni sotishdan olingan daromadga mulkdor bo‘lish.
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni ta’minlash;
o‘rmonlarning davlat hisobini olib borish;
o‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan ish olib borish;
o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida va belgilangan tartibda haq to‘lash;
Oldingi tahrirga qarang.
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta’minlash;
(21-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik.
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari va o‘zga majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
22-modda. O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
o‘rmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda ko‘rsatilgan davlat o‘rmon fondi uchastkalari doirasida, muddatlarida hamda undan foydalanish turlarida o‘rmondan foydalanishni amalga oshirish;
belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish.
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘zlariga berib qo‘yilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o‘rmonzorlardan oqilona foydalanish;
o‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan ish olib borish;
o‘rmondan foydalanganlik uchun o‘z vaqtida belgilangan tartibda haq to‘lash;
o‘rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik.
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari va o‘zga majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
23-modda. O‘rmondan foydalanuvchilar huquqlarining kafolatlari
Davlat, xo‘jalik va boshqa organlar hamda tashkilotlar tomonidan o‘rmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘rmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim.
O‘rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanishi lozim.
24-modda. O‘rmondan foydalanish huquqining tugatilishi
O‘rmondan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
o‘rmondan foydalanish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
o‘rmondan foydalanish muddati tugaganda;
foydalanishida davlat o‘rmon fondi uchastkasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda;
o‘rmonlardan va o‘rmon fondi yerlaridan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda;
o‘rmondan foydalanish o‘rmonlar va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan usullar bilan amalga oshirilganda;
o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganda;
o‘rmondan foydalanganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda;
o‘rmon fondi yerlari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda.
O‘rmondan foydalanish huquqini tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish;

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yig‘ish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash;

3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.03 Boshqa foydalanish turlari]

25-modda. O‘rmondan foydalanish turlari
O‘rmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
daraxtzorlar va butazorlarni kesish;
o‘rmondan qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash (yig‘ish);
davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;
davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish.
Qonun hujjatlarida o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]

26-modda. Daraxtzorlar va butazorlarni kesish
Ishlab chiqarish-texnik zaruratdan kelib chiqmagan binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish paytida daraxtzorlar va butazorlarni kesish man etiladi.
Daraxtzorlar va butazorlarni kesish faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rmonlarni albatta qayta tiklash tarzida yo‘l qo‘yiladi.
Daraxtzorlar va butazorlarni kesish o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalariga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan o‘rmonlarni kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish Qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalarida, cho‘l va chala cho‘l zonalarining o‘rmonlarida asosiy foydalanishdagi daraxtlarni o‘rmon holatini yaxshilash maqsadida kesishga yo‘l qo‘yiladi.
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘larida, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, o‘rmonlarning mevali daraxtzorlarida, tabiat bog‘larining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), kurort tabiiy hududlarning o‘rmonlarida, davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlarida (ularning qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (o‘rmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yo‘l qo‘yiladi.
(26-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Hamma qo‘riqlanish toifalaridagi o‘rmonlarda yong‘inga qarshi oraliq joy hosil qilish bilan bog‘liq boshqa kesishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Asosiy foydalanish bo‘yicha kesish miqdorlari o‘rmon kesish uchastkalari rejasi doirasida, oraliq foydalanishdagi kesish esa o‘rmon xo‘jaligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘rmon kesish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(26-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.02 Qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar va texnik xomashyo, dorivor xomashyolarini tayyorlash, yig‘ish va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash]

27-modda. O‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanishga berib qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish va mol boqish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlarda, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda, yong‘oqchilik zonalaridagi o‘rmonlarda, davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlarida, shuningdek belgilangan rejimga muvofiq tabiat bog‘larining, buyurtma qo‘riqxonalarning, kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlarida mol boqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida pichan o‘rish va mol boqish Qoidalari.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat o‘rmon fondi uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining ruxsatnomasi asosida belgilangan tartibda beriladi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Yovvoyi o‘simliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash (yig‘ish) mavjud resurslarning tamom bo‘lib qolishiga va o‘rmon xo‘jaligiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish]

28-modda. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.03 Boshqa foydalanish turlari]

29-modda. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladi.
Davlat o‘rmon fondining madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida o‘rmondan foydalanuvchilar o‘rmonlarni va tabiiy landshaftlarni saqlash, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan bu uchastkalarni obodonlashtirish tadbirlarini o‘tkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(29-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 O‘rmondan va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.03 Boshqa foydalanish turlari]

30-modda. Fuqarolarning o‘rmonlarda bo‘lishi
Fuqarolar o‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanishni ko‘zlab o‘rmonlarda bo‘lish, yovvoyi dorivor hamda oziq-ovqatbop o‘simliklar, mevalar va qo‘ziqorinlarni o‘z ehtiyojlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda yig‘ish huquqiga ega.
Fuqarolar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishlari, daraxtlar va butalarni sindirishga, kesishga, o‘rmon ekinlariga shikast yetkazilishiga, o‘rmonlarning ifloslanishiga, chumoli inlari, qush uyalarining yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarni bajarishlari shart.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang)]

31-modda. Chegara mintaqalarida o‘rmondan foydalanish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Chegara mintaqalarida o‘rmondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-yil, 52-son, 553-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 O‘rmonlarni va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yong‘in, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish]

32-modda. O‘rmonlarni qo‘riqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat xokimiyati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi davlat organlari o‘rmonlardan foydalanish tartibi buzilishidan, shu jumladan noqonuniy kesish (yaganalash)dan hamda o‘rmonlarga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatishdan o‘rmonlar qo‘riqlanishini ta’minlaydilar.
(32-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Mahalliy davlat xokimiyati organlari va davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmonlarni yong‘indan qo‘riqlash va yong‘inga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydilar, zarur hollarda yong‘inlarni o‘chirish uchun aholini, korxona, muassasa va tashkilotlarning o‘t o‘chirish, yer qazish texnikasi va transport vositalarini jalb etadilar, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda aholining o‘rmonda bo‘lishini va o‘rmonlarga transport vositalarining kirishini cheklaydilar yoki taqiqlaydilar.
O‘rmondan foydalanuvchilar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishlari, ish joylarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishlari, o‘rmonda yong‘in chiqqan taqdirda uni o‘chirishni ta’minlashlari shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi Qoidalari.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.08.00 O‘rmonlarni va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanishni nazorat qilish. Yong‘in, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish]

33-modda. O‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va boshqa salbiy omillardan muhofaza qilish
O‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va boshqa salbiy omillardan muhofaza qilish o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
o‘rmon zararkunandalari va kasalliklari o‘choqlarini, sanoat va kommunal-maishiy ifloslanishlar hamda boshqa omillarning salbiy ta’sir doiralarini hisobga olish va oldindan aytib berish;
o‘rmon zararkunandalarining ommaviy ko‘payish va o‘rmon kasalliklarining tarqalish o‘choqlarining yuzaga kelishi va kengayishining oldini olish, o‘rmonlarning biologik jihatdan chidamliligini oshirish tadbirlarini o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 O‘rmon fondiga kirmaydigan o‘rmonlar va o‘simlik dunyosini jonlantirish. O‘rmonlar yaratish, o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish]

34-modda. O‘rmonlarni tiklash
O‘rmonlarni tiklash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
daraxt kesilgan joylarda va o‘rmon bilan qoplanmagan boshqa yerlarda xo‘jalik jihatidan qimmatli navli daraxtlarni majburiy ravishda qayta ekishni ta’minlash;
o‘rmonlarning nav tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini va muhofaza xususiyatlarini oshirish;
o‘rmonlarning genetik fondi va biologik xilma-xilligini saqlab qolish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni tiklash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 O‘rmon fondiga kirmaydigan o‘rmonlar va o‘simlik dunyosini jonlantirish. O‘rmonlar yaratish, o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish]

35-modda. O‘rmonlarni ko‘paytirish
O‘rmonlarni ko‘paytirish o‘rmonlardan doimiy foydalanuvchilar tomonidan hududlarning serdaraxtliligini oshirish, o‘rmonlarning nav tarkibini yaxshilash, qimmatli navli daraxtlarni ko‘paytirish va eroziya jarayonlarining oldini olish maqsadida maxsus dasturlar asosida olib boriladi.
O‘rmonlarni ko‘paytirish uchun berib qo‘yilgan qishloq xo‘jaligiga va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar qonun hujjatlariga muvofiq o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 9-moddasi.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 O‘rmon fondiga kirmaydigan o‘rmonlar va o‘simlik dunyosini jonlantirish. O‘rmonlar yaratish, o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish]

36-modda. O‘rmonlarning mahsuldorligini oshirish
O‘rmonlarning mahsuldorligini oshirish o‘rmonlarni takroriy ko‘paytirish, ularning nav tarkibini yaxshilash, o‘rmon melioratsiyasi va o‘rmonlarni plantatsiya usulida etishtirish natijasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.10.00 O‘rmonga oid qonun hujjatlarini va o‘simliklar dunyosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. O‘rmon fondiga va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simliklar dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash (taksalar)]

37-modda. Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini olib qo‘yish
Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsuloti olib qo‘yilishi lozim. Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini olib qo‘yishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, uning qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 75-bandi.
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar]

38-modda. O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta’sir etadigan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish
O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta’sir etadigan yangi va qayta tiklanayotgan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yangi texnologiyalarni joriy etish o‘rmonlarni muhofaza qilish va takroriy ko‘paytirish tadbirlari ta’minlangan holda amalga oshiriladi.
O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta’sir etadigan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, shuningdek navli daraxtlarni kesish zarurligi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda majburiy davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilib davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonuni.
39-modda. O‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish va o‘rmondan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, kabellar, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni o‘tkazish, parmalash va boshqa ishlar davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.10.00 O‘rmonga oid qonun hujjatlarini va o‘simliklar dunyosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. O‘rmon fondiga va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simliklar dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash (taksalar)]

40-modda. O‘rmondan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib qo‘yish yoki taqiqlash
O‘rmondan foydalanish huquqi o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari buzilgan taqdirda, shuningdek o‘rmonlarni va boshqa tabiiy obyektlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash va takroriy ko‘paytirish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanishi, to‘xtatilishi yoki taqiqlanishi mumkin.
41-modda. O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni moliyalashtirish hamda iqtisodiy rag‘batlantirish
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni iqtisodiy rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
42-modda. Nizolarni hal etish
O‘rmonlarni qo‘riqlash va ulardan foydalanish masalalariga oid nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
43-modda. O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 78—81 va 84-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198 va 202-moddalari.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-aprel,
770-I-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 122-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 52-son, 553-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda)

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish