1-Seminar: Dinshunoslik faniga kirish. Ilk diniy tasavvurlar



Download 42,02 Kb.
Sana19.07.2021
Hajmi42,02 Kb.
#123623
Bog'liq
seminar 1 dinshunoslik


1-Seminar: Dinshunoslik faniga kirish. Ilk diniy tasavvurlar.
 1.Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

 2.Din va Dinshunoslik atamalarining ta’rifi.

 3. Dinning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy funksiyalari.Dinlar tasnifi.

4. Urug‘ qabila dinlari. Antik davrda ko‘p xudolik dinlari. (Misr,Bobil,YUnon,Rim dinlari)


1. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo‘yilgan bir paytda din masalasini chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining saloxiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo‘lgan diniy bo‘lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o‘zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.


“Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi. “Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida qilinayotgan muhim o‘zgarishlar, yangiliklar haqida ma’lumotlarni berish ko‘zda tutilgan. Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi. “Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondashib o‘rganadi.
“Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;
- ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish;
- dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda -tutgan mavqei haqida tushuncha berish;
- jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish; 
- dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;
- diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
- O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi,- xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.
“Dinshunoslik” fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, u talabalarda islom va boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, boshqa dinlarga va ularning vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydi. “Dinshunoslik” fani bo‘yicha talabalarning bilimi, uquvi va ko‘nikmasi uchun quyidagi muhim talab, vazifalar qo‘yilgan:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi  birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, dini, jumladan, islom dini qadriyatlari, milliy g‘oya, milliy mafkura haqida bildirgan fikr va mulohazalar, ta’rif va tavsiflarni mazkur fanni o‘rganishda nazariy asos qilib olish;
ikkinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun va boshqa qonuniy hujjatlarda din masalasi yuzasidan belgilangan inson huquqlari, turli diniy tashkilotlar huquqlari va majburiyatlarini bilish;
uchinchidan, “Dinshunoslik” asosiy fanlar qatorida o‘qitilishi, din, dindorlar va diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan adolatli siyosat o‘rnatilishi, fuqarolar uchun vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi mustaqillik sharofati ekanligini tushunib etish;
 to‘rtinchidan, qonunga hurmat hissini, faqat
o‘zining emas, balki boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ulari bilan hisoblashish lozimligini, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish, turli norasmiy diniy mazhab va guruhlarga jalb etish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligini, jamoat joylarida diniy masalalarda zo‘ravonlik, mutaassiblikka, agressivlikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini chuqur tushunib etish;
beshinchidan, “Dinshunoslik” fanining boshqa gumanitar fanlar bilan birga rivojlanishini nazarda tutgan holda, o‘zi qo‘lga kiritgan soha yutuqlaridan ushbu fanni o‘zlashtirishda foydalanish.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, “Dinshunoslik asoslari” kursi predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati  tarixiy taraqqiyotining  muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnesologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotidagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o’rganuvchi fandir.
2. Din va Dinshunoslik atamalarining ta’rifi.

Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg’usi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatnitning eng teran va ruhiy- ma’naviy ehtiyojlaridan.


Din arabcha so’z ekani barchaga ma’lum, lekin din tushunchasini to’liq anglab olish uchun, uning ham lug’aviy, ham istilohiy ma’nolarini alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so‘zi دان“ ” (“dâna”) fe’lidan yasalgan bo‘lib, “kimgadir bo‘ysunmoq, bo‘yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq”; “diynun” so‘zi esa, “din, imon, ajr–mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq” kabi ma’nolarni bildiradi.
        O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi.
                 Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda “drm”, “darm”, “nom” va “den” kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan “drm”, “darm” din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) “dharma”dan (Pali tilida dhamma); “nom” din ishonch, qonun ma’nosida sug‘d tilidan kirib kelganligi aytiladi.
O‘zbek tilidagi “din” ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan, zardushtiylarning manbasi “Avesto”da “din” sifatida “daena”, qadimgi fors pahlaviy tilida “den”, “din”, “dena”, “daena” so‘zi ishlatilib, «yo‘l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo‘lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan.
Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat–topinish–sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi.
    Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so‘zi semantik, ma’no va morfologik jihatdan «relegere» so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «yangidan to‘plamoq, yangidan tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar.
Olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob’ekti – Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga – transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yaxvelarni keltirish mumkin.
       Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin.
Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi. Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish ob’ekti – Xudo bo‘lishi lozim. Yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik, ro‘za, bayramlar) kult deb
ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan
, islom dinida “Namoz mo‘minning me’roji” (ya’ni Alloh taoloning xuzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa xristianlikdagi “sirli marosimlar”da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar.
Uchinchisi esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning mavjudligi. Diniy tashkilot – bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm–rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan muassasalaridir. Bu, islomda – masjid, madrasa, xristianlikda – cherkov, seminariya, yahudiylikda – sinagoga va hokazo.
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi.
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
3. Dinshunoslikda shakllangan mifologik, tarixiy, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar.

Dinshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan, rivojlangan va hozirda ham shu jarayon davom etmoqda. O‘zbekiston Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda G‘arbda XIX asrning o‘rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo‘l bosib o‘tib, ko‘plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis kadrlarni tarbiyalay boshladilar. Ular dinshunoslikni sotsiologiya, psixologiya, falsafa, antropologiya, filologiya, tarix fanlari bilan bog‘liq holda o‘rganishlari kerak. Zero, dinshunoslik fani mazkur fanlar bilan hamkorlik qilib tutashgan yerida uning turli sohalari vujudga kelgan.


Qadim zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlarning diqqatini o‘ziga jalb etib kelgan. Dinga turlicha ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g‘oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo‘nalishi shakllangan.
Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo‘lgan dinni inson ruhiyati bilan bog‘liq holda tahlil qilgan. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Shuning uchun ham dinshunoslik asoslarini o‘rganishda psixologiya fanining ko‘p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir.
Muayyan jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi ikki asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi din sotsiologiyasi fani barq urib rivojlandi.
Dinning ta’rifi, tavsifi, ta’limoti va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini o‘rganishda turli yondashuvlar mavjud, masalan: 1) ilohiyot (teologiya) fani jihatidan; 2) tanqidiy-ateistik va 3) ilmiy nuqtai nazardan. Kishilik jamiyati uchun har qaysi yondashuv natijasida to‘plangan ilmiy, amaliy, tarixiy, falsafiy ma’lumotlar juda katta ahamiyat kasb etadi.
           Bu bog‘liqlik natijasida dinshunoslik tarkibida bir qancha sohalar yuzaga kelgan. Din sotsiologiyasi – din va jamiyat munosabatlari hamda shu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi natijalarni o‘rganuvchi dinshunoslik sohasi. U dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea–hodisalarni, turli diniy jamoalarning jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq qiladi. Din sotsiologiyasi ham ijtimoiy, ham diniy ilmlarga tayanadi. Ma’lumot uchun Din tarixi — dinlarni tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganadigan dinshunoslik sohasi. Unda asosan dinlar yuzaga kelishining tarixiy shart-sharoitlari, asoschilari, ilk jamoalar, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holatiga ahamiyat beriladi. “Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq... toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusum hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o‘z ichiga oladi.”( Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 18-modda )
  Shu bilan birga, din sotsiologiyasi kishilarning diniy e’tiqodlari, diniy tashkilotlarning faoliyatini, jamiyat a’zolaridagi diniy tafakkurni o‘rganadi. Sotsiologiya din hodisasini o‘rganishda dinning ijtimoiy hayotda bajarayotgan funksiyalariga albatta murojaat qilishi lozim bo‘ladi. Din psixologiyasi — inson diniy hayotining psixologik jihatlarini o‘rganuvchi dinshunoslik sohasi. Din psixologiyasi shaxsning diniy tajribalarini va bu tajribaning turli ko‘rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Kishining diniy his, tushuncha va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusidir. Ma’lumot uchun Sotsiologiya atamasi lotincha societas — «jamiyat» va yunoncha logos — «ta’limot» so‘zlarining birikmasidan olingan bo‘lib, u bevosita jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. Din falsafasi — dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan soha. U Xudoning mavjudl
igi, sifatlari, yaratuvchi va borliq munosabatlari, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosdagi masalalarni qamrab oladi. Din fenomenologiyasi — dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi ilm sohasi. Din fenomenologiyasi diniy tuyg‘u va uning ko‘rinishlari butun dunyoda deyarli bir-biriga o‘xshashigan. Ma’lumot o’rnida «...podshoh Doro ibn Doro xazinasida Abisto (Avesto)ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar Maqduniy otashxonalarni vayron qilib, ularga xizmat qiluvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yuborgan edi. Shuning uchun o‘sha vaqtdan beri Abistoning beshdan uch qismi (ya’ni, o‘n sakkiz naski) yo‘qolib ketdi. Abisto o‘ttiz nask edi, majusiylar qo‘lida chamasi o‘n ikki nask (qism) qoldi». Abu Rayhon Beruniy Diniy ramz (belgi)larda yashiringan ma’nolarni ochish va majoziy so‘zlarning muqaddas mazmunini yoritish kabi ishlar ham din fenomenologiyasining vazifalari doirasiga kiradi. Fenomen «namoyon bo‘luvchi», «ko‘zga ko‘rinuvchi» narsa bo‘lib, fenomenologiya ko‘zga ko‘rinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq qilinishidir. Turli dinlarning ibodat va marosimlari, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi. Din tarixi — dinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi bosqichlarini o‘rganuvchi soha. U bir qancha fanlarga tayanadi va ular bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, tarix fani o‘tmishdagi voqea-hodisalarni o‘rganishi bilan birga, moziy va joriy dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan «Dinlar tarixi»ga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi. Diniy matnlarning o‘rganilishida filologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari tarixni o‘rganishda yordamchi fanlar — mifologiya (rivoyat va afsonalar), etnologiya, arxeologiya, san’at tarixi, folklor va shunga o‘xshash bir qancha fanlar ham din tarixi bilan bevosita bog‘liq
 
Dinshunoslikda  shakllangan mifologik, tarixiy, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar shakllanishi va hurfikrlilikka xos dastlabki g’oyalar  Markaziy Osiyoda deism, panteizm, mu’taziliylar, bu o’lkada yashagan, ijod qilgan ulug’ mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida o’z aksini topgan. Ibn  Rushdning “Ikki haqiqat” ta’limoitida olg’a  surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi shoh Akbar, so’ngra XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabati XIX asrda ilmiy dinshunoslik  xususida yangi oqim, yo’nalish va nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo’lgan. Binobarin, XIX asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. va V.Rimm, M.Myuller); antropologik maktab  (L. Feyerbax) va boshqa yo’nalishlar paydo bo’lgan. XX asrda dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bunda shveytsariyalik psixolog K.Yung va ayniqsa  fransuz sotsiologi E.Dyurkgeymning “kollektiv ong” haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir.
Dinshunoslik fanining tarixi bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi.
Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon–atrofidagilarning e’tiqodi, qaysi dinga mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri “tarix otasi” nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O‘rta asr Yevropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning e’tiborini jalb qilmaslik va ularni o‘sha dinlarga kirib ketmasliklari ta’minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni ma’qul deb topganlar.
Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII–VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni o‘z ichiga olgan “maqola”lar (keyinchalik “maqolot”), VIII –IX asrlardan e’tiboran esa boshqa dinlarga “raddiya”lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa “al–Firaq” (Firqalar), “ar–Radd” (Raddiya), “ad–Di
yonot” (Dinlar) va “al–Milal” (Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan.
“Ad–Diyonot” (Dinlar) yo‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an–Navbaxtiyning (vaf. 910) “al–Aro’ vad–diyonot” (E’tiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (957) o‘zining “ad–Diyonot” (Dinlar), Masbihiy (1029) “Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti” (Dinlar va e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. SHuningdek Beruniyning (973–1048) “Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil–aqli av marzulatin” (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi.
“Al–Firaq” (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir al–Bag‘dodiyning (vaf. 1038) “al–Farq baynal–firaq” (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul–Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092) “Baynal–adyon” (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
“Al–Milal” yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) “al–Milal van–nihal” (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064) “Kitobul–fasl fil–milal val–ahvoi van–nihal” (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi kitob), Abul–Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash–SHahristoniyning (vaf. 1183) “al–Milal van–nihal” asarlarini sanash mumkin.
“Ar–Radd” (Raddiya) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini ko‘rgan. Ularga Imom G‘azzoliyning (vaf. 1111) “ar–Raddul jamil” (Go‘zal raddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819–821) “Kitobul–asnam” (Butlar kitobi) asarlarini alohida qayd etish lozim.
Islom olamida qiyosiy dinshunoslik sohasida ham salmoqli ishlar qilingan. Ulardan Abu Rayhon Beruniyning “al–Osorul boqiya” (Boqiy asarlar), Ibn Nadimning (vaf. 990) “al–Fihrist” (Mundarija), Muhammad ibn al–Huzaylning (vaf. 840) “Kitobul–Majus va kitobus–sanaviya” (Majusiylik va ko‘pxudolilik kitobi), Abul–Abbos Ahmad ibn Muhammad as–Saraxsiyning (vaf. 899) “Risola fi vasfi mazohibis–sobiiyn” (Sobiiylarning mazhablari vasfi haqida risola), Abu Zayd al–Balxiyning (vaf. 941) “Kitobu sharo’iil adyon” (Dinlar shariatlari kitobi) asrlarini sanab o‘tish mumkin.
 
G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823–1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda “Qiyosiy mifologiya” va 1870 yilda nashrdan chiqqan “Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari” nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar o‘qigan. O‘zining “Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi” asarida u ilk bora “religious studies” (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina etishish mumkin, degan fikrni olg‘a surgan.
Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar o‘tishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy olgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan sohada bir qancha mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Bienchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixael Pay va hokazolar.
4.Dinning jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy funksiyalari. Dinlar tasnifi.

Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi. Funksionalizm jamiyatga ijtimoiy sistema sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:


Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy extiyoj xosil bo‘lishi hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy extiyojga zaruriyat sezgan. Ana shunday extiyoj diniy extiyoj edi. Din bu o‘rinda ma’naviy-ruhiy extiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini roxiblikni targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-xavaslardan, roxat-farog‘atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy roxatda bo‘lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masixning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso Masix qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-xavaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o‘tkazadi.
Masalan, yaxudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - Yaxvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko‘proq jalb etish uchun diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
KOMPENSATORLIK
 
INTEGRATORLIK
 
REGULYATORLIK
LEGITIVLIK
KOMMUNIKATIV
DINNING JAMIYATDAGI FUNKSIYALARI
                                                                                                                                             Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik - regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining  qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi.
 
Masalan, islomda kuniga 5 maxal namoz o‘qilishi, har xafta juma namozini jome masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro‘za tutilishi, ro‘za (iyd al-fitr) va qurbon (iyd al-adxo) xayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro aloqadorlikda bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik - qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog‘liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, “har qanday
ijtimoiiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni ham belgilaydi”. Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jixatlari ham mavjud. falsafiy vazifasi insonning yashashdan maqsadi, hayotning mazmuni, dorulfano, dorulbaqo – dunyo haqidagi masalalarga o’z munosabatini bildirishdan iborat;  dunyoqarashlik vazifasi – kishilarda o’ziga xos diniy dunyoqarashni shakllantiradi.
 
                                     
  Dinlar tasnifi.
          Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:
— tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;
— etnik jihatga ko‘ra;
— e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
— hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k.
 
I. TARIXIY-GEOGRAFIK TASNIF.
1) O‘rta er dengizi havzasi dinlari:
a)        grek;
b)        rim;
v)        ellinistik.
2) Qadimiy Yaqin va O‘rta Sharq dinlari:
a)        Misr;
b)        SHumer;
v)        Akkad;
g)        g‘arbiy-somiy;
d)        islomgacha arablar dinlari.
3) Yaqin va O‘rta Sharqning payg‘ambarli dinlari:
a)        zardushtiylik;
b)        yahudiylik;
v)        xristianlik;
g)        manixeizm;
d)         islom.
4) Hindiston dinlari:
a)        vedalar dinlari;
b)        xinduizm;
v)        hind buddizm i (teravada, maxayana);
g)        jaynizm.
5) Sharkiy va Janubi-Sharqiy Osiyo dinlari:
a)        Shri-Lanka, Tibet, Janubi-Sharqiy Osiyo havzasi buddizmi;
b)        Xitoy dinlari (daosizm, konfutsiychilik, buddizm maktablari);
v)        Koreya va Yaponiya dinlari.
6) Amerika xindulari dinlari:
a)         toltek va atsteklar dinlari;
b)        inklar dinlari;
v)        mayyalar dinlari.
II. ETNIK TASNIF.
1) urug‘-qabila dinlari — totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sexrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jaxon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2) millat dinlari — ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
3) jahon dinlari — dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qati nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar.
Bundan tashqari, dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik — yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik — ko‘pxudolik (hunduizm, konfutsiychilik) dinlari va h.k.ga bo‘linadi.
1-Seminar:Savollarga modulda ko’rsatilgan adabiyotlardan foydalanib, javob yo’llang va baho oling.

               1- Mavzu:  Dinshunoslik faniga krish. Ilk diniy tasavvurlar.


               1.Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
               2.Din va Dinshunoslik atamalarining ta’rifi.
               3. Dinning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy funksiyalari.Dinlar tasnifi.
               4. Urug‘ qabila dinlari. Antik davrda ko‘p xudolik dinlari. (Misr,Bobil,YUnon,Rim dinlari)
2- MAVZU.:Urug’ qabila va milliy dinlar. Buddizm va xristianlik dini.

Bu mavzuni o'zlashtirsangiz keyingi mavzuga o'tasiz!


1.Ilk diniy tasavvurlar (totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya)

Dinning qachon paydo bo’lganligi haqida savollar insoniyatni necha asrlardan buyon qiziqtirib kelgan. Bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil dunyoqarash mavjud. Birinchi qarashga ko’ra dinning paydo bo’lishi bevosita insoniyatni yaralishi bilan bog’liq. Xudo ilk insonlarni yaratish bilan ularga, O’zini tanitdi. Natijada inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bo’lgan har qanday din o’zining tarixini insoniyat yaralishi bilan bog’lanishini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida Odam va Havvo yahudiylik va xristianlikda Adam va Yeva, zardushtiylikda Govmard va boshqalar.


Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi.
Mazkur qarashlarning paydo bo’lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflar qarashlarida aks etgan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko’ra, qo’rquv dinlarning kelib chiqishda asosiy rol o’ynagan hissiy xolatdir.
Jumladan, ingliz faylasufi Gerberg Spenser ham ibtidoiy qabila dinlarning kelib chiqishiga qo’rquv natijasida “ajdodlarga sig’inish” sabab bo’lganligini ta’kidlaydi.
Maks Myuller fikriga ko’ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan daxshatidan kelib chiqqan va u “naturalizm” deyiladi.
Mazkur maktab tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi animizm totimizm, fetishizm va shamanizm kabi bosqichlarga yuzaga kelganini ta’kidlaydi. 
Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, “ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli xayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustaxkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko‘rsatdi. U ibtidoiy bo‘lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma’lum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo‘lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nixoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo‘rquv va uni engishga bo‘lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko‘payishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va undan qutilishga tirishish, atrof-muxit injiqliklari va ularni engish va x.k. - bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap “ongli yovvoyi” yoki “abstrakt fikrlovchi kishi” to‘g‘risida borayotgani yo‘q, ayni jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa 20-50 kishidan iborat bo‘lgan kichik qabila, mexnat faoliyati jarayoni (ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar joyni jixozlash, olovni saqlash va x.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug‘doshlik aloqalari va hodisalar jarayonida (nikox aloqalari, tug‘ilish va o‘lim) ushbu jamoaning ruh homiylari, g‘ayritabiiy kuchlar va voqeiylik o‘rtasidagi g‘ayrioddiy aloqalar to‘g‘risida ibtidoiy tasavvurlar mustaxkamlanib borgan. Real hayot bilan bir qatorda o‘zga dunyo mavjudligi, marxumlar tiriklar hayotiga ta’sir eta olishi to‘g‘risidagi g‘oyalar yuzaga keldi”.
Dafn etish jarayoni. Ibtidoiy odam o‘z qarindoshlarini ko‘mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral bo‘yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik extiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va x.k. qo‘yilar edi. Bularning bari o‘z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
Ov qilish. Bizga ma’lumki, arxeologik izlanishlar jarayonida er yuzining turli joylaridagi g‘orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. Fanga ma’lum bo‘lgan bu g‘orlardag
i suratlarning ko‘pchiligi ov saxnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Bu suratlar dalolat qiladiki, ibtidoiy odamlar o‘zlari va hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy va g‘ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marxum ajdodlarining ruhlari sexrli usullar bilan hayvonlar xulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilar edilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marxumlar o‘rtasidagi vositachilar, ya’ni har xil turdagi sexrgarlar va shamanlar faoliyatining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko‘ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo‘lgan.
1. Totemizm. Totem so‘zi - SHimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva  qabilasi tilida “uning urug‘i” ma’nosini anglatadi. Bu atamani 1-marta 1791-yilda Jon Long (insonning hayvon va o’simliklar bilan qon-qarindoshligi haqidagi ishonch)ni anglatuvchi so’z sifatida qo’llagan.  Uning moxiyati “odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor”, deb e’tiqod qilishdir. Extimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy ozuqa manbaini tashkil qilgan hayvon yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabilaning diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. Urug‘dosh guruxlar o‘zlarini umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan hayvon yoki o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Ammo bunday totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o‘tmishga tegishlidir va bilvosita ularning mavjud bo‘lganligini faqatgina qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, hozirgi davrgacha Avstraliya Aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardan ularning tasavvurlarini bilib olish mumkin.
Urug‘dosh jamiyatning shakllanishi jarayonida totemizm muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, ular qarindosh guruxlarning boshqalardan ajralishiga sabab bo‘ldi. “O‘zimizniki”, ya’ni bir totemga tegishli degan aniq taassurot paydo bo‘ldi. Totemizm ta’sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat’iy ravishda qo‘llanildi. Bu totemga xos bo‘lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va normalaridan chetda hisoblangan. Totemizmning bunday ijtimoiy roli totemistik ko‘rinishlarni evolyusion harakteriga ham ta’sir ko‘rsatdi. Vaqt o‘tishi bilan qarindoshlik tizimining mustaxkamlanib borishi jarayonida birinchi darajali totem tartibi haqida tasavvur ilgari surildi. Zooantropofomorf ko‘rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, ya’ni odam vafot etgach uning o‘z totemiga aylanishi yoki aksincha - totemdan qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ldi. Birinchi tomondan buning hammasi o‘tgan ota-bobolar ruhlarining kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchni oshishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan totemga bo‘lgan munosabatlarni o‘zgarishiga, totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni taqiqlanishiga olib keldi. Tabu - ta’qiqlash tizimi paydo bo‘ldi. Ulardan eng muhimi totemni ovqat sifatida is’temol qilishni taqiqlash edi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni eyish ruxsat etilardi. SHunday qilib, totemizm urug‘chilik jamoasi - ijtimoiy jamoalarning eng birinchisida diniy ko‘rinishlarning tarixiy asosi bo‘lib qoldi.
Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari - birinchi ma’ruzada aytib o‘tilganidek birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi bo‘lishiga qaramasdan, hozirda ham ko‘plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (Masalan, Xindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, Qirg‘izlarda oq bug‘u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi).
2. Animizm (lotin tilida anima - ruh, jon ma’nolarini anglatadi). Ingliz etnologi E.Teylor 1871-yilda animizmni ilk diniy tasavvurlarning dastlabki bosqichi sifatida e’tirof etgan. Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o‘sim
lik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o‘tmishda, extimol totemistik qarashlar paydo bo‘lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgan. Biroq etarli tushunib etilgan va barqaror ko‘rinishdagi diniy xarakterga ega bo‘lgan tizim sifatida kechroq, totemizm bilan bir vaqtda shakllangan.
Animizm totemizmdan  farqlanadi. Totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy xarakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo‘lgan. SHu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va er, quyosh va oy, yomg‘ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki relefning ayrim alohida qismlari - tog‘lar va daryolar, adir va o‘rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo‘lar edilar. Xattoki ko‘p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o‘xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. SHunday bo‘lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning xaqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilardi.
Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan, jaxon dinlari bo‘lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.
3. SHomonlik yoxud sexrgarlik (“shomon” so‘zining tungus tilidagi ma’nosi “sexrgarlik”). Sexrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo‘lib, u orqali kishilar o‘z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanishni amalga oshirib kelganlar. U qadim o‘tmishda paydo bo‘lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar - shamanlar, afsungarlar shug‘ullanganlar. Ular orasida ayniqsa uzoq o‘tmishda ayollar ko‘p o‘rinni egallaganlar. Bu shamanlar va afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo‘lib, odamlar ularni ruhlar bilan muloqotda bo‘lish, ularga jamoaning umid va niyatlarini etkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. SHamanlar, odatda, ma’lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo‘li bilan nog‘oralar va qo‘ng‘iroqlar ovozlari ostida o‘zlarini jazavaga solib, o‘zini yo‘qotish, jazavaning yuqori nuqtasiga etkazish bilan afsungarlik qilishgan. Tomoshabinlar ham ba’zan o‘zini yo‘qotish darajasiga etib marosimlar ishtirokchilari bo‘lib qolishar edi. Odatda shaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko‘rmay qolar edi. SHuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Umuman, olganda ritual marosimlar qismlardan iborat bo‘lgan afsungarlik jamiyatning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog‘lanish yo‘li hayotda noma’lum, oldindan bilib bo‘lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Lekin shu bilan birga afsungarlik odamlarning fikr yuritish, ongini mustaxkamlashda katta rol o‘ynadi. Bu esa diniy ongni shakllanish jarayonida muhim o‘rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o‘z-o‘zidan bo‘ladigan, faqatgina maqsadli yo‘nalishdagi harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy kuchlar afsuni bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlardan kelib chiqadigan ko‘rinish deb hisoblangan. Natijada ko‘pchilik aniq hodisalar, xattoki alohida buyumlar sexrli kuch egasi sifatida qabul qilina boshlandi.
Sexrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo‘lib amalga oshirilishi mumkin edi. Afsungarlik maqsadga ko‘ra quyidagilarga bo‘linad
i: 1) Zarar keltiruvchi - yovuz afsungarlik. Uning maqsadi kimgadir zarar etkazishdan iborat; 2) Harbiy afsungarlik. Bu dushmanga qarshi ishlatiladi (masalan, qurol-aslaxalarni sexrlash); 3) Sevgi afsungarligi. Undan “issiq” yoki “sovuq” qilish maqsadida ishlatiladi. 4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish. 5) Ob-xavo afsungarligi. Bu sexrgarlik turidan yomg‘ir chaqirish yoki shunga o‘xshash ob-xavoni o‘zgartirish maqsadida foydalanilgan.
Sexrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.
4. Fetishizm (fetish so‘zi fransuzcha fetiche – but, sanam; tumor ma’nosidagi so‘zni anglatadi). Uning moxiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inishdir. Unga ko‘ra alohida buyumlar kishining o‘z maqsadiga erishtirish, ma’lum voqea-hodisalarning o‘zgartirish kuchiga ega. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta’sir etish kuchiga ega. “Fetish” terminini ilk bor Golland sayyohi V.Botsman qo’llagan bo’lsa ham, fransuz olimi Sharl de Brosning 1760-yilda yozilgan “Fetishizm haqida ” asaridan so’ng ommalashib ketdi. 
Fetishizm yog‘och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan. Bu butlarda va tumorlarda jamoalar g‘ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko‘rdilar.
Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega edilar. Ular  afsungarlik usullariga binoan bunday buyumlarga ta’sir ko‘rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo‘lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan animizm, turli totemlar hamda o‘lib ketgan avlodlar shaxsiga bog‘liq totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo‘ldi. Natijada ularning ongida afsonaviy fikr yuritish qobiliyati mustaxkamladi. Va nixoyat fetishlarning paydo bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo‘shliqda ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lib qolmasdan, balki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, urug‘chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko‘rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Uning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo‘linmas, xattoki asosiy qismi bo‘lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o‘sha dunyo kuchlari boshqaradi. SHuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo‘lishni istasa, birinchi vazifasi u o‘sha g‘ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi.
Fetishizming unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf-odat va e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, barcha dinlardagi haykallar,  suratlar, tumor, ko‘zmunchoq va turli ramzlar bunga yaqqol misoldir.
Диннинг ибтидоий формалари
 
Анемизм
 
Шаманизм (магия)
 
Фетишизм
 
Тотемизм
Ibtidoiy mifologiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e’tiqodlari majmuasi, ularning real hayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og‘zaki ijodda aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning ma’naviy hayoti, ibodati, hissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog‘liq edi. Buni tushunish oson: agar ibtidoiy odamning asosiy ma’naviy hayotida totemlarga, marxum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo‘lsa, mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har-xil mo‘jizalar kuchiga ega bo‘lgan ilohiylashtirilgan qaxramonlar turardi. “Madaniy qaxramon”larning  ismlari afsonalarda biron bir muhim yaratilgan ixtiro yoki yangilikda mujassam bo‘lgan. Masalan, olovni topish, oila va nikoxlar shaklni o‘rnatish, mexnat va  ov qurollarini yasash va boshqa jasoratlarga oid aqidalarni tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtido
iy mifologiyada katta o‘rin egallagan. YA’ni er va osmon, quyosh va oy, o‘simlik va hayvonot va nixoyat odamning yaratilishi to‘g‘risida rivoyatlar va afsonalarda diniy tasavvurlarning ta’siri yaqqol namoyon bo‘lgan. Ruhlarni yangi shaklga kirish sexrli xususiyatiga, ya’ni o‘z qiyofasini o‘zgartirish qobiliyatiga ega, bir vaqtning o‘zida odam va hayvon shaklidagi monstr deb hisoblashardi.

Ibtidoiy mifologiyada hayot va o‘lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan edi. Mifologiyaning bunday qarama-qarshiliklarini tahlil qilish hozirgi sharoitda inson tarixining qadimgi bosqichini qayta tiklash uchun  muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy jamoalarda taraqqiyotning borishida diniy tasavvurlarning muhim rolini aniqlashga imkon yaratadi.


Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolyusiyasi odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarni tubdan o‘zgartirdi. Odam o‘simliklarni o‘stirish, ozuqa zaxiralarini xosil etishni asta-sekin o‘rgandi. Va bu odamni o‘troq hayot kechirishga majbur etdi. qadim hayvonlarni qo‘lga o‘rgatgan hamda ular berayotgan maxsulotdan foydalanishni o‘rgandi. Bu nafaqat go‘sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamga yangi muhim materiallarni o‘zgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklar saqlash uchun mo‘ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o‘rgandi. Neolit davri  yuqori poleolitdan keskin farq qiladi. SHu jumladan, tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish - bu esa muhim farq va shu farq davrga nom berdi (Neolit - yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar davri).
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich va ko‘pchilik guruhlar bilan o‘rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o‘rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug‘ilish va bolalarni tirik qolishi va o‘sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko‘payishi yangi erlarni o‘zlashtirishga, hayot tarzini o‘zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi.
Dehqonchilikning extiyojlari xosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish kerakligi, hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, er fasllarining sikllarini bilish - bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu erga, quyoshu oyga, yomg‘iru shamolga yangi qiziqishini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog‘liqlik sezilarli va ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlar keskin o‘zgardi. Natijada qadimgi ruhlar -animistik sig‘inish ob’ekti asta-sekin o‘ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mexrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar - kelajakdagi koxinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o‘zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, hayvonlarni qadrlay boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig‘inilgan tangrida aks etishiga olib keldi. Aksar tangrilarning ko‘rinishi hayvon, qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo‘lar edi. Bu mifologik qaxramonlarning yuqorida aytib o‘tilgan tangriga qarindoshligi saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin xarakteri o‘zgardi, tangrilarning qudratli butlari, mexroblar yoki cherkovlar yoniga o‘rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba’zan butlar o‘rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo‘lib xizmat qildi.
Afsun ham o‘zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon etkazish va omadli ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o‘z maqsadiga etishishning ibtidoiy usullari o‘rniga yangi, puxta o‘ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida q
adimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo‘lgan, hamda unga asoslangan afsun prinsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari neolit davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida nealit davrida yakunlandi. Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo‘rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar edi. Buning uchun (qurbonlik) tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning xayolida keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu erda barcha usul va prinsiplari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir shamanga munsub bo‘lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o‘laroq, folbinlik yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur’a tashlashdan to murakkab chiziq, yorug‘ nuqta va chiziqlarni qo‘shilishigacha bo‘lar edi.
 
2.Antik davrda ko’pxudolik dinlari (Misr, Bobil, Yunon, Rim dinlari)

Qadimgi Misr va Bobil dinlari.


Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir boʼlagi hisoblangan. Qadimgi Misr dinlarida koʼproq totemistik unsurlar saqlanib qolgan. Deyarli barcha mahalliy rahnamo xudolarga sigʼinish udumlari muqaddas hisoblangan. Hayvonga odam shaklini berish bilan kelib chiqqan.
Masalan: mushuk, keyinchalik mushuk boshli Bastet xudosiga; Lochin, Tor xudosiga aylangan.
Qadimgi Misr podshohligining poytaxti Memfisda oʼz xudosi- Ptax boʼlgan, Ptax esa misrliklar eʼtiqodicha, Olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga oʼrgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uning asl qiyofasida koʼrishning iloji yoʼq. Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Аmis boʼlib, u peshanasi va belida oq qashqasi boʼlgan qora hoʼkiz timsolida tasavvur etilgan.
Misrliklar oʼz xudolariga butunlay ishonishar, har bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik soʼrashar edi.
Quyosh xudosi Аmon-Ra degan iloh esa firavnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan.dastavval ikkita xudo boʼlgan: Fiva shaxri homiysi Аmon va Quyosh xudosi Ra, soʼngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan.
Geliopolda misrliklarning eng asosiy xudosi boʼlmish Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi joylashgan.
Firavinlar quyosh xudosining oʼgʼillaridir, hukmdorlar hamma ishni oʼzining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud edi.
Xapi-Nil xudosi-Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni, Osiris – yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk posbonlaridan biri boʼlib, oʼz xalqini dehqonchilikka oʼrgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni oʼldiradi. Аmmo Osirisning singlisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. Oʼshandan boshlab jon qaytib keladigan joy boʼlishi uchun barcha marhumlar moʼmiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Аbidos shaxrida hozirgacha saqlanib qolgan.
MESOPOTAMIYA “Tammuz”) kabi ma’budlarga sig‘inish, yaxshilik va yovuzlik ruhlariga ishonish kuchli bo‘lgan. Bobilliklar xudolarga atab mustahkam tosh devorlarga tayangan va sirlangan taxtachalarga qoplangan “zikkurat” (shumercha – ko‘p qavatli, rasadxona ko‘rinishidagi tosh minora, Bobil piramidalari)lar qurishgan. “Zikkurat”larning ko‘rinishi salobatli va go‘zal bo‘lib, me’morchilikda hashamatli keramika ilk bor bobilliklar tomonidan tadbiq etilgan. Etti qavatli Bobil minorasining birinchi qavati yaltiroq qora taxtachalar bilan qoplangan, ya’ni “Zuhal” (“Saturn”) sayyorasining timsoli sifatida tasvirlangan. Ikkinchi qavat oq – “Zuhra” (“Venera”), uchinchisi qizil – “Mushtariy” (“Yupiter”), to‘rtinchisi zangori – “Utorid” (“Merkuriy”), beshinchisi to‘q qizil – “Mirrix” (“Mars”), oltinchisi kumushrang – “Oy”, ettinchisi oltin – “Quyosh” rangida bo‘lgan. YUlduzlarning inson taqdirini belgilashiga qattiq ishongan bobilliklar e’tiqodida osmon jismlarining mavqei juda baland bo‘lgan. Ma’budlar yarim odam, yarim maxluq holati (masalan, baliq, daraxt, ajdaho, ilon, qush qiyofali)da tasvirlangan hamda ular haqida ko‘plab afsonalar (to‘fon xudolari “Apsu” va “Tiamat”, Quyosh ma’budi “SHamash” haqida) yaratilgan. Miloddan avvalgi III–II asrlarda Bobilda davlat chegaralarining kengayishi va mustahkamlanishi natijasida mahalliy ma’budlarga sig‘inish o‘rnini yakka xudoga topinish egalladi. Bobilda “Marduk”, “Ossuriya”da “Ashshur” oliy ma’budlar hisoblanib, shaharlar ularning nomi atalgan. Oliy xudolar guruhi osmon – “Anu”, er – “Enlil”, donishmandlik – “Ea” xudolari “adolat va kuch timsoli” bo‘lgan. Hukmdorlar “kohin”lik vazifasini bajarganlar. Ibodatlar maxsus qurilgan ehromlarda o‘tkazilgan. Marosimda xudolar va hukmdorlar sha’niga madhiyalar o‘qilgan, gunoh va tavba–tazarru marosimlari o‘tkazilgan. Afsonalarda dehqonchilik, ovchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi xalq tasavvurlari aks etgan. Qadimgi bobilliklar tasavvurida Yer tekislikdan iborat, suv ustida muallaq turadi va Er yuziga quduq va daryo sifatida chiqib, yomg‘irlardan “osmon to‘g‘oni” bilan ajratilgan. Bu to‘g‘onda osmon jismlari
Quyosh, Oy, yulduzlar joylashgan. Er qa’ri zulmatdan iborat bo‘lib, o‘liklar shahri, deb hisoblangan. “To‘fon haqida”gi afsonada donishmand “Ziusudr” omon qolganligi, “Ma’buda Innina haqida”gi afsonada uning marhumlar xudosi bilan bahslashishi hamda erini qutqarish uchun o‘liklar shahriga tushishi, bahsda g‘olib bo‘lgach, eri bilan Er yuziga qaytishga muvaffaq bo‘lishi hikoya qilingan. Shuningdek, “Burgut va ilonning bir–biriga dushmanligi” hamda qahramon Etanining burgut ustida ko‘kka ko‘tarilishga urinishi, “Enmerkar”, “Lugalband” va “Gilgamesh” haqidagi afsonalar ham mavjud. Bobilliklar afsonaviy qahramonlarga atab bayramlar uyushtirganlar. Uruk poytaxti quruvchisi “Gilgamesh” haqidagi doston sopoltaxtachalarga bitilgan ilk mixxat asari sifatida etib kelgan. Unda tasvirlanishicha, “Gilgamesh” qudratli va tengi yo‘q Uruk shahri podshohi bo‘lgan. Xudolar tuproqdan Enkidu pahlavonini yasab, “Gilgamesh” bilan kurashga chorlaydilar. Ularning kurashidan Er larzaga keladi, osmonlarda yashin chaqnaydi, havo dim bo‘lib, peshonalaridan oqqan terdan daryo hosil bo‘ladi. Ular kuch–qudratda teng bo‘lib, aka–uka tutinishadi va birgalikda dushmanga qarshi kurashga otlanib, o‘rmonlar homiysi bahaybat maxluq Xumbabay bilan olishadilar. Shu tariqa “Gilgamesh” va “Enkidu“ ko‘p qahramonliklar ko‘rsatadilar.
 
Qadimgi Bobil dinlari.Qadimgi xudolardan Shamash-quyosh xudosi boʼlgan. oy xudosi-Sina, suv xudosi-Ea, Ishtar urush va gʼalaba xudosi hisoblangan.
Miloddan avvalgi 2-ming yillikda Bobil podshoxligi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. “Bobil” soʼzining oʼzi “Xudolar darvozasi” degan maʼnoni anglatadi. Bobil shaxrida ajoyib saroylar, muxtasham ibodatxonalar boʼlgan. bobilning bosh koʼchasi gʼalaba xudosi Ishtar darvozasi bilan tugallangan.
Qadimgi Yunon dinlari. Qadimgi yunon dinlari haqida maʼlumot beruvchi manbalar koʼp, ular ichida qadimgi yunom dostonlari hamda yunoi faylasuflarining bizgacha yetib kelgan asarlari yaxshi manba boʼlib xizmat qiladi.
Qadimgi yunonlar hayvonlar timsollarini ilohiylashtirganlar. Bunda hoʼkiz timsoli birinchi oʼrinda boʼlib, hoʼkiz suratlari qadimgi yunon tasvirlarida tez-tez uchrab turadi. Shuningdek, yunonlar ilon timsolini, yana bir qator hayvon va qushlarni ilohiylashtirganlar. Demak, aytish mumkinki, qadimgi yunonlarda totemistik tushunchalar keng tarqalgan.
Qadimgi yunonlarda odam shaklidagi xudo timsollari koʼp uchraydi va ushbu xudolar koʼpincha ayol timsolida boʼladi. Masalan, shunday tasvirlardan birida bir ayolning ikki qoʼlini osmonga koʼtarib turgan itning oldida qoʼllarini yuqori koʼtargan holda turgani tasvirlangan.
Gʼildiraksimon shakllar yordamida quyosh va oy timsollariga ishora qilganlar va buning bilan ularni ham ilohiylashtirganlar. Toshlarda, baʼzi daraxtlarda ilohiy kuch mavjud deb hisoblaganlar, gʼorlar va ungurlarga esa oʼlimdan keyingi hayot hamda turli marosimlarga bogʼlab diniy tus berganlar.
Qadimgi yunon dinida totemizm singari ilk diniy tasavvurlarning baʼzi belgilari sezilib turadi: piramidalarning chumolidan tarqalganligi haqidagi afsona yoxud ilonoyoq. Kekropning Аfina asoschisi ekanligi haqidagi afsonalar shunga asos boʼla oladi.
Qadimgi ovchilik anʼa-nalariga oid marosimlar va sehrgarlik rasm-rusumlari ob-havo bilan bogʼliq boʼlgan. Masalan, Mefanax (Korinfika) shaxrida jazirama issiq shamol-larni haydash uchun ikki kishi bir oq xoʼrozni ikkiga boʼlib, qoʼlga koʼtarib tokzor atrofida har tomonga yugurganlar. Yoxud shunga oʼxshash yomgʼir chaqirish ham alohida marosimni talab etgan.
Yunonlar dinining mana shu qadimgi shaklida tabiatni oʼrab turgan turli-tuman mayda ruhlar: suv ruhlari, oʼrmon ilohlari, iayad, driad, togʼ ruhlariga ishonish asosiy oʼrin tutgan.
Ushbu xalqlarda ildizi qadim oʼtmishga borib taqaladigan yomonlik keltiruvchi sexrga ishonch mavjud boʼlgan. Bunda yer ostidagi qora kuchlar haqidagi tasavvurlar nazarda tutiladi. Ulardan kahrli Gekata birinchi oʼrinda turgan. Аgar odamlar biron kimsani dushman tutib yoʼq qilmoqchi boʼlsalar, shu xudolar ismini tilga olib laʼnatlaganlar. Laʼnat yuborish va duoibad qilishning
ham oʼziga xos rasm-rusumlari boʼlgan, biroq bunday yovuz sehrgarlik u qadar ahamiyatga ega sanalmagan. Yunonlar sehrdan keng foydalanganlar. Bemorlarni davolash, kasallikning muolajasida ham tabobat bilan bogʼliq urf-odatlar uzoq saqlangan. Tarixan juda ham qadim-qadimlarga borib taqaladigan yunon eʼtiqodlaridan biri — bu oʼlim va undan keyingi holat haqidagi tasavvurlardir. Yunonlar odatiga koʼra, oʼlgan kishi tanasini yerga koʼmishgan yoki sagʼanada saqlangan. Ularning fikricha, oʼlganlar ruhi yer osti makoni — Аidada toʼplanadi. Inson qanday hayot kechirgan boʼlishidan qatʼi nazar, xox u qoʼrqmas askar boʼlsin, xoh dehqon, barcha birdek mana shu Аida deb atalgan joyda ogʼir mashaqqatlarga yoʼlikadi. Shunin uchun ham yunonlar bu qiyinchiliklar girdobiga tushadigan marhumni soʼnggi yoʼlga kuzatish marosimini oʼzlariga burch deb bilganlar va katta eʼtibor bilan amalga oshirganlar. Yunonlar, garchi oʼlimdan unchalik qoʼrqmagan boʼlsalar-da, insonning oʼlimidan keyingi takdirini oʼylab, dafn etilmay itlar yoki biron boshqa yirtqichlarga yem boʼlishini nihoyatda katta fojia sanaganlar. Ular marhumlar oziq-ovqatga muhtoj boʼladilar deb, ularga maxsus oziqalar hozirlashgan.
Yunon diniy qarashlarining yana bir oʼziga xos jihati — aslzoda qahramonlarni ilohiylashtirish. Xalq qahramonlariga ishonchning shakllanishi biroz kechroq boʼlgan. Bunday ishonchning yuzaga kelishiga xudolarga boʼlgan ishonchning pasayishi sabab qilib koʼrsatiladi. Ilk koʼrinishida alohida urugʼning madadkor ruhlari, boshlangʼich ajdodlari qahramon sifatida talqin qilingan. Аslzoda xonadonlarning alohida ajratilishi bilan ularning ilk ajdodlari ham ulugʼlana boshladi. Eʼtiborli va kuchli xonadonlarning ajdodlari nomi boshqalarnikidan yuqori qoʼyilib, uni ulugʼlovchi va unga sigʼinuvchilar soni ham ortib borgan. Shu tariqa Gerakl, Iffikal, Ivrinom, Borea, Erota kabi qahramonlardan iborat xudolar panteoni vujudga keldi.
Gerakl butun yunon oʼlkasida mashhur qahramon timsoli boʼlib, uni quyosh xudosi deb bilganlar. Аmmo baʼzi tadqiqotchilar uni tarixiy shaxs deb hisoblaydilar, yaʼni Gerakl timsoli xalq qahramoni shaxsining afsonaviylashtirib yuborilgan koʼrinishidir. U doriylar qabilasiga mansub Geraklidlar sulolasining bobokaloni hisoblanadi. Doriylar tomonidan Peloponiessaning katta qismi bosib olinishiga sabab boʼlgan «Geraklidlar yurishi» mil. av. XII — XI asrlarda boʼlgan tarixiy voqeadir. Geraklning mana shu yurishlar davomida koʼrsatgan qahramonliklari uning butun Yunoniston boʼylab mashhur boʼlishiga va u haqda koʼplab afsonalar toʼqilishiga olib keldi: uning hatto osmonga koʼtarilib ketgani va Ellada xudolaridan biriga aylangani haqida afsona tarqaldi. Geraklning oʼgʼli Fest siklonliklarni oʼz otasini qahramon sifatida emas, xudo sifatida ulugʼlashga majbur qildi.
Bundan tashqari, joylarda eʼtiborli oilalar jamiyatda keng tarqalib ulgurgan marosimlarni qoʼllariga ushlab qolishga harakat qildilar. Jumladan, Аfinada Erextey, Buta kabi qahramonlar kulti zodagon Butadlar xonadoni qoʼlida boʼlgan.
Qadimgi yunon xudolari mahalliy va umumiy xudolar toifasiga boʼlinadi. Mahalliy xudolarga oʼzaro urushlarda yordam beradi, deb eʼtiqod qilingan boʼlsa, umumiy xudolar tashqi dushmanga qarshi kurashlarda yordam beradi deb ishonilgan. Yunonistonda alohida shaharlarning oʼz xudolari boʼlganligi bu mamlakatning siyosiy tarqoqligidan xabar beradi. Gomer davrida yunonlarning madaniy jamoasi umum yunon xudolari hisoblanmish Olimpiya xudolariga ibodat qilishi bilan ajralib turar edi. Olimpiya ulugʼ xudolari panteonining kelib chikishi masalasi juda murakkab. Ularning har biri oʼziga xos boʼlib, baʼzilari Ellada davridan avvalgi xudolarning yunonlar tomonidan oʼzlashtirib olinganidir.
Ularning eng ulugʼi Zevsning xotini shaxlo koʼz Gera hisoblangan. U Mikenning qadimiy homiysi sigir-xudo koʼrinishidadir. Ikkinchisi Poseydon Peloponnessada qadimiy dengiz xudosi boʼlib, unga sohildagi baliqchilar sigʼinishgan. Аfina ham Olimpiya xudolaridan boʼlib, shaharlar va qoʼrgʼonlar homiysi hisoblangan. Uning «Аfina xudosi», «Аfinalik ayol», «Pallada», «Poliada» kabi ellikka ya
qin sifatlari boʼlib, oʼz davrida Yunonistonning eng oliy xudolaridan biri boʼlgan. «Ellada tavsifi» kitobida unga atab 73 ta ibodatxona, ziyoratgohlar qurilgani eslatiladi. Bu jixatdan Аfina Аrtemidadan keyingi oʼrinda turar edi. Qadimgi afsonalarga koʼra, Аfina jangovar xudo sifatida toʼla qurollangan holda tasvirlangan. Shuningdek, uning obrazida totemistik jihatlar ham saqlanib qolgan. U goho boyqush, goho ilon, gohida esa zaytun daraxti timsollarida tasavvur qilingan.
Аrtemida yunon xudolari orasida buyuklaridan hisoblanar edi. Eng koʼp ibodatxona va muqaddas qadamjolar unga atab qurilgan. Qadimiy afsonalar va turli tasvirlarda Аrtemida ovchi qiz shaklida tasvirlangan.
Eng koʼp tasvirlangan Аpollon timsoli oʼta murakkab va noaniq obrazdir. U Zevs va Letoning oʼgʼli, Аrtemidaning akasi hisoblanadi. Аpollon soʼzining maʼnosi baʼzida «halok qiluvchi», baʼzida «chorva rahnamosi» sifatida talqin qilingan.
Zevs esa «xudolar va odamlar» otasi hisoblangan. Unda ellikka yaqin mahalliy xudolarning sifatlari jamlangan boʼlib, ular Zevsning sifatlari oʼlaroq saqlangan. Zevs haqidagi afsonalar koʼproq Krit va Fessaliyada tarkalgan. Zevs ismi «yogʼduli osmon» maʼnosini bildiradi. Bulardan tashqari, yunonlar Аsklepiy, Pan, Аfrodita, Аres, Gefest, Gestiya, Hermes kabi xudolarga sigʼinganlar.
 
Qadimgi Rimliklar xudolari.
Kundalik hayotda rimliklar oʼz xudolariga madad va homiylik istab koʼproq murojaat etishardi. Xudolar uchun ulugʼvor ibodatxonalar barpo etilgan. Bundan tashqari, har bir Rimlik xonadonda oʼz xudosi boʼlgan. Rimliklar xudolarining koʼpchiligi yunonlar xudolarini esga soladi. Muhim ishni boshlashdan oldin rimliklar bu ishda madad berishi uchun xudolarga qurbonliklar bagʼishlar edilar. Turfa xudolar hayotning turli jihatlarini boshqarar edi. Masalan, jangda magʼlubiyatga uchragudek boʼlishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jaxlini chiqardik degan xayolga borishgan.
Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi Yupiter hisoblangan. Yupiter Rim davlatining homiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turadi deb hisoblangan. Neptun dengiz xudosi, uyqu xudosi Morfey, oy xudosi Diana hisoblangan. Rimliklar Vilkanni olov va temirchilar xudosi deb hisoblashgan. Venera bahor va sevgi xudosi, Baxus may xudosi boʼlgan. Rimning odil sudlov ilohasi esa Yustitsiya hisoblangan. Bu iloha odatda koʼzlari bogʼlangan ayol koʼrinishida tasvirlangan. Yustitsiyaning oʼng qoʼlidagi qilich jazo timsoli sanalgan, chap qoʼlidagi tarozi bilan iloha aybdorlik va aybsizlikni taqqoslab oʼlchagan. Rimning taqdir ilohasi esa Fortuna hisoblangan. Fortunani koʼpincha taqdirlar peshvosi sifatida gohida rul bilan, baʼzan esa taqdir qoʼnimsizligi ramzi sifatidagi shar bilan birga tasvirlashgan. Rimning qasos va intixom xudolari boʼlmish Furiyalar yovuz qasoskor ayollar siymosida tasvirlashgan.
Ibodatxonada Rimning bosh xudosi Yupiterning ulkan haykali oʼrnatilgan. Ibodatxona yonida altar – qurbonlik baxshida etiladigan koʼtarma joy boʼlgan. Odatda hoʼkizlar, qoʼylar, choʼchqalar yoki echkilar qurbonlik qilingan. Qurbonlik bagʼishlash marosimini faqat kohinlar oʼtkazishga haqli boʼlishgan. Hayvonlar goʼshtining bir qismi xudo qovurilgan goʼsht isini hidlashi uchun altarda kuydirilgan. Аmmo rimliklarning fikricha, xudolarning asosiy yeguligi nektar boʼlib, ularning navqironligi va manguligini taʼminlar ekan
Download 42,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish