Ota onaga yaxshilik qilish



Download 17,5 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi17,5 Kb.
#451557
Bog'liq
Ota – onaga yax-WPS Office


Ota – onaga yaxshilik qilish.

Alloh taolo Quroni karimning bir necha suralarida ota-onaga yaxshilik qilish, ularga ehtirom ko’rsatish, ehtiyojlarini qondirish farzand zimmasidagi eng muhim burchlardan ekanini takidlaydi shulardan “Isro surasi” ning 23-24-oyatlarda quydagicha ta’lim beradi: “Robbingiz, Uning O`zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huziringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf!..” dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so’z ayt!” Ularga mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: “Ey Robbim! Meni ular go’daklik chog’imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”, deb marhamat qiladi.


Qur'oni Karimda farzandlarga ota-onani hurmat qilish, ularni e'zozlash haqida qayta-qayta nasihat beriladi. Chunki, ota-onaning haqqini Islom yuqori qo’yadi. Farzand ota-onasining huzurlarida qanchalik o`zini xokisor pastga tutsa shunchalik yaxshi. U o`z rahmatini xokisorlik ila ota-onasiga pastlatib payandoz qilsa ham oz. Shu bilan birga farzand doimo ota-onasiga Alloh taolodan rahm-shafqat tilab, ular haqqiga duo qilib turishi shart. Ota-onani hurmatlash, e'zozlash masalasida hech bir tuzum yoki tarbiya vositasida, Islomga teng ham yaqin ham kela olmaydi. Ota-ona hurmati, qadr-qimmati farzand bo’ynidagi vazifalardan bo’lib uni ado qilish uchun ota-onani rozi qilish shart. Ota-onaga yaxshilik qilish, ezozlash va ularning xizmatida bardavom bo’lish borasida payg’ambarimiz Muhammad mustaffo s.a.v ning juda ko’plab muborak hadislarida siz u bizga o’z ta’limlarini berib jumladan Abu Hurayra [r.a]dan rivoyat qilingan hadisda “Nabiy s.a.v: ”Burni yerga ishqalansin, burni yerga ishqalansin, burni yerga ishqalansin”, - dedilar. Yo Rasululloh, kimni?” –deyishdi. “Ota-onasini yoki ulardan bittasini katta yoshligida topa turib, do’zaxga kirganni”, - dedilar”. Demak, ota-ona ulug’ yoshga kirganlarida ularning xizmatini qilib, roziligini topib qolsa jannatga kirar ekan, bulmasa, do’zaxga kirar ekan. Bandaning jannat yoki do’zaxga kirishiga sabab bo’ladigan amallardan biri ota-onaga bo’ladigan munosabat ekanini ko’rsatmoqda. Ayniqsa, ota-onaning katta yoshdagi paytlarida alohida ehtiyotlik bilan yaxshiliklarini qilish payida bo’lish zarurligini bildirmoqda.
Bugungi kunda ba’zi bir farzandlar mushtipar onalarini jerkib, g’azab qilib, ularga baland ovozda muomalada bo’lishlari hattoinki ba’zi bir noqobil farzandlar o’zini dunyoga kelishiga sababchi bo’lgan ota-onalarini qariyalar uyiga oborib qo’yayotgani yoinki bir qiz bolani deb o’z ota-onasining yuziga oyoq qo’yib ulardan voz kechganlar borligi achchiq bo’lsa haqiqat. Ba’zi bir farzandlarni esa chet ellarda ishlaymiz deb ota-onasining duosini olmay aksincha ularni norizo qilib uyidan chiqib ketib turli xil balolarga giriftor bo’lib o’zga yurtlarga sar-sargardon bo’lib uyiga qayta olmaganlarning guvohi bo’lamiz. Alloh taolo panoh bersin bunday xulqni uziga mujassam qilgan farzandlardan bo’lishni Alloh taolo barchalarimizdan uzi saqlamog’ini duo qilib so’raylik.
Abdulloh ibn Umar aytadi: “Robbning rizosi ota-onaning rizosidadir. Robning noroziligi ota-onaning noroziligidadir”, deydilar.
Bizda “Ota rozi – Xudo rozi” degan gap bor. Xuddi shu xalq so’zi biz o’rganayotgan hadisning tarjimasidir. “Robb” ya’ni Alloh taolo demakdir. Demak, kim Alloh taoloni rozi etaman, degan bo’lsa, ota-onani rozi qilishga harakat qilishi kerak ekan, kim Alloh taolo mendan norozi bo’lmasin, desa, ota-onasini norozi qilmaslik uchun tirishmog’I, harakat qilmog’I kerak ekan. Alloh taolo ota-onasining hurmatini joyiga qoyib, hamma vaqt xizmatlarida qoimu bardavom bo’lib, doimo duolarini olib yuradigan solih-soliha farzandlardan bo’lishimizni Alloh taolo barchamizga nasib aylasin.
Download 17,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish