Seleksiya
Reja:
1. Seleksiyaning nazariy asosi.
2. Seleksiyada tanlash usullari.
3. Nav va zot.
Genetika seleksiyaning nazariy asosi bo‘lib, seleksiya ham o‘z nazariy asosi va tekshirish usullariga ega. Seleksiya lotincha «tanlash» degan ma’noga ega. U faqat tanlash bilan cheklanmasdan mavjud zot va navlarning hosildorligini oshirish va yangilarini chiqarish bilan ham shug‘ullanadi.
Ch.Darvinning: «Tabiiy tanlash yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi, ya’ni yashash uchun kurashga moslashgan zotlarning saqlanib qolishi», «Xonakilashtirish ta’sirida hayvon va o‘simliklarning o‘zgarishi» asarlari seleksiyaning fan sifatida formalanishiga sabab bo‘ldi. Darvin o‘simlik va hayvonlarning uch xil:
- tabiiiy tanlash - atrof muxit ta’sirida insonning ishtirokisiz sodir bo‘ladi. Har qanday tashqi sharoitga moslashganlari yashab qoladi. Organik olamning evolyutsiyasi natijasida hosil bo‘lgan nav va zotlarning hammasi inson uchun foydali bo‘lavermaydi. Tabiiy tanlash uzoq vaqt davom etadi.
- ongsiz tanlash - inson tomonidan amalga oshiriladi. Bu seleksiyaning dastlabki formaidir. Ongsiz ravishda yaxshi organizmlarini qoldirib, yomonlarini tugatgan. Aslida bu ham ongli ish bo‘lib, ma’lum maqsad ta’sirida bo‘lgan. metodik, ya’ni sistematik tanlashning asosiy maqsadi eng yaxshi belgilarning yuzaga chiqarish uchun bajariladi.
Nav va zot. Ma’lum irsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan, inson tomonidan sun’iy yo‘l bilan yaratilgan organizmlar nav yoki zot deyiladi. Bir xil zot va navga ega bo‘lgan organizmlar morfologik va biologik xususiyati mahsuldorligi bilan bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Zot va navning mahsuldorligi tashqi sharoitga qarab o‘zgarib turadi. Ammo morfologik xususiyati ancha barqaror bo‘ladi. Misol, gulning rangi va jun tolasi va hokazo.
Har qanday zot va nav o‘zining maxsuldorligi va qulayligi bilan qadrlidir. Zotning sergo‘shtligi, ko‘p tuxum berishi terisining rangi, yugurishi. Navlarning esa ertapisharligi, serhosilligi, sifati, shirinligi, kasalga chidamligi va xokazo.
Nav va zot olishda bir qancha chatishtirishdan foydalaniladi.
Oddiy chatishtirish. Bir turga mansub organizmlarning biri ota, 2-chisi ona yoki ikki turga mansub organizmning chatishtirishidan olingan duragay tushuniladi.
Takroriy ya’ni bekkros - oddiy chatishtirishdan olingan duragayni ota yoki ona sifatida olingan organizm bilan qayta chatishtirish. A x В = (AВ) x A yoki A x В = (AВ) x В. Bunda ota yoki onaning biror bir yaxshi xususiyatini olish ko‘zda tutiladi.
Pog‘onali chatishtirish. Bunda oddiy chatishtirishdan olingan duragay boshqa nav yoki tur bilan chatishtiriladi. A x в = (AВ) x В
Retsiprok (o‘zaro) chatishtirish. Bunda oddiy chatishtirishga o‘xshab chatishtiriladigan formalarning bir gal ota, bir gal ona sifatida qo‘llash.
Murakkab chatishtirish. Bunda bir qancha zot va navlar yoki turlar bir vaqtda ketma-ket ishtirok etadi. (AxB) x (CxВ). Murakkab duragay 4 ta navdan kelib chiqadi.CHeksiz chatishtirish ham shunga o‘xshaydi. Bunda faqat ona organizm tanlab olinadi.
Yaqin qarindoshlarni chatishtirish (intsuxt). Bunda bir uyli o‘simlikdan bitta, 2 uyli o‘simlikdan 2 ta (erkak va urg‘ochi) o‘simlik ishtirok etadi.
Adabiyotlar
1.G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2.Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991
3.To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4.Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001
Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
Do'stlaringiz bilan baham: |