1. Raqamlashtirishning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni



Download 18,05 Kb.
Sana20.09.2021
Hajmi18,05 Kb.
#179661
Bog'liq
XURSHID


1.Raqamlashtirishning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni

Oʻzbekistonda davlat ishtirokidagi kompaniyalar iqtisodiyotning anchagina ulushini egallaydi. Shuning uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM oʻsishiga bevosita taʼsir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat sektorining raqamli transformatsiyasi Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning muhim drayverlaridan biri boʻla oladi.

Misol uchun, “Raqamli Qozogʻiston” davlat dasturini koʻrib chiqish mumkin. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, uni amalga oshirishdan jami iqtisodiy samaradorlik 2018-2019-yillarda 2 mlrd. AQSH dollaridan koʻproqni tashkil etdi. Mana shuning oʻzi axborot texnologiyalarini yoppasiga joriy etish foydasiga salmoqli dalil boʻla oladi, nazarimda.

2.Bu borada Oʻzbekiston va jahon darajasi Jahonda raqamli transformatsiya hali davom etmoqda. Hatto ilgʻor mamlakatlarda ham bu jarayon tugallanmagan va raqamlashtirish darajasi tarmoqdan tarmoqqa qadar juda kuchli oʻzgarib boradi. Baʼzi sohalar allaqachon ATning anchagina taʼsiriga uchragan (moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiyalar, reteyl (chakana savdo), media sektori), boshqalari esa bu yoʻlning boshida turibdi va raqamli texnologiyalarni ayrim jarayonlargagina (neft-gaz va togʻ-kon tarmogʻi, qishloq xoʻjaligi, mudofaa sanoati) joriy etmoqda. Bu bilan birinchilardan boʻlib jadal transformatsiyalash ular uchun raqobatbardoshlilikning garovi boʻlgan korxonalar shugʻullana boshladilar.

Biz isteʼmolchilarning ehtiyoj va talablari doimiy ravishda oʻsib borayotgan davrda yashayapmiz. AT va venchur moliyalashtirish innovatsion biznes modellariga ega boʻlgan bozor ishtirokchilarining bozorga chiqishini yengillashtirdi. Internetning barcha yerda tarqalishi esa raqamli servislarning paydo boʻlishiga imkon berdi.

Oʻzbekistonda, menimcha, banklar, telekommunikatsiya va sugʻurta kompaniyalari boshqalarga qaraganda ancha faolroq raqamli transformatsiyaga oʻtmoqda, chunki ularda daromadlilikning muhim koʻrsatkichlari texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etishga bogʻliq. Yana aytish mumkinki, avtomatlashtirishning ahamiyatini OKMK va NKMKda ham yaxshi tushunishadi.

3.Davlat ishtirokidagi kompaniyalar mazkur jarayonda qanday muammolarga duch kelmoqda?

Transformatsiya — juda murakkab jarayon. Toʻqson toʻqqiz foiz holatda kompaniyalarda ishni nimadan boshlash kerakligi haqida tushuncha boʻlmaydi. “Expera-Suntronix” alyansi Oʻzbekistonda 20 yildan koʻproq vaqtdan beri kompleks axborot tizimlarini qurib kelmoqda va jarayonni tarkibiy qismlarga boʻlishi, loyihani amalga oshirish rejasini tuzishi, loyiha ofisini tashkil etishi mumkin. Lekin bu bilan xalqaro va mahalliy ekspertlarning butun bir jamoasi shugʻullanadi. Ana endi bugungi kungacha butkul boshqa vazifalarni bajarib yurgan korxona menejerini tasavvur qilib koʻring. Albatta, u qoʻyilgan vazifaga qanday yondashishni tushunmaydi.

Men transformatsiyalashni autsorsga — ushbu sohaning malakali mutaxassislariga ega boʻlgan boshqa tashkilotga berishni maslahat bergan boʻlar edim. Chunki mahalliy bozorda zaruriy bilimlarga ega boʻlgan oliy malakali kadrlarni topishning deyarli imkoni yoʻq.

Ikkinchidan, yetkazib beruvchilar bilan ishlashda mablagʻni tejamaslikni, texnologiyalar tarmogʻidagi jahon yetakchilari — “Oracle”, “IBM”, “SAP”larning yechimlaridan foydalanishni tavsiya etaman.

Axborot texnologiyalari qisqa muddatli mahsulotlar emas. Masalan, NKMK uchun bizning kompaniyamiz 10 yil rejalashtirishga moʻljallangan dasturni tuzib berdi. Koʻrib turganingizdek, bir marta joriy etilgan tizimlardan uzoq vaqt mobaynida foydalanish mumkin. Shuning uchun ham boshidayoq sifatni tanlash muhim.

Oldingi yil” usuli samarasiz

Korxonalar, birinchi navbatda, resurslarni rejalashtirish, jarayonlarni optimallashtirish, maʼlumotlar almashinish, boshqaruvning shaffofligi va hokazolar uchun javob beradigan ERP-tizimlarni joriy etish shaklidagi “bazaviy avtomatlashtirish”dan boshlashi zarur. “Oldingi yil” usuli bilan (rejalashtiriladigan raqamlar oʻtgan davrdan shunchaki koʻchirib olinadigan) rejalashtirish va prognozlashtirish samarasizdir. Raqamli transformatsiya kompaniyaga toʻgʻri va aniq ssenariylar tuzish uchun aniq vositalarni taqdim etadi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bozorning koʻplab yirik va oʻrta ishtirokchilari bu bosqichdan oʻtib boʻldilar va ular hozir yana-da chuqurroq raqamlashtirish harakatidalar. Bu jihatdan Oʻzbekistondagi kompaniyalarga ancha oson va bir vaqtning oʻzida qiyinroq boʻladi. Yaʼni bir tarafdan koʻpchilikka ERPni endigina joriy etishga toʻgʻri keladi, boshqa tarafdan ular boshqalarga nisbatan ancha ilgʻor versiyalarni tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Ular 10-15 yil oldingi variantlarga nisbatan raqamli transformatsiyani kengaytirish va chuqurlashtirishga koʻproq toʻgʻri keladi.



REJA

1.Raqamlashtirishning mamlakat iqtisodiyitidagi o’rni.

2.Bu borada Oʻzbekiston va jahon darajasi

3.Davlat ishtirokidagi kompaniyalar mazkur jarayonda qanday muammolarga duch kelmoqda?


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.MOLIYA KITOB



2.ZIYO.NET

3.BUXALTERIYA HISOBI VA AUDIT
Download 18,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish