1. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 36,53 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi36,53 Kb.
#564933
Bog'liq
467 05.07.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga, shuningdek tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatini oshirish, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholi punktlarida va qishloqlararo hududlarda tuman (shahar) hokimlari tomonidan imoratlar qurilishi uchun yer uchastkalarining tegishli ruxsat berish hujjatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan berilishining oldini olish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va o‘zboshimchalik bilan imoratni qurishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholi punktlarini qurishda ularning bosh rejalari qo‘pol ravishda buzilganligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni susaytirganligi uchun tegishli mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borilishini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlasin;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyul,
467-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga
1-ILOVA
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Yer kodeksi va Fuqarolik kodeksiga muvofiq o‘zboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulkni (keyingi o‘rinlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb ataladi) aniqlash va bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish ushbu sohada vakolatga ega davlat organlari tomonidan shaharcha, qishloq, ovul, mahalla fuqarolar yig‘ini (keyingi o‘rinlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari deb ataladi) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimining qarori mavjudligini;
ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan ko‘p hajmdagi noturar bino va inshootlar loyiha hujjatlari ekspertizadan hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalaridan ro‘yxatdan o‘tkazilganligini;
ikki qavatgacha, (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar qurish uchun tuman qurilish bo‘limi bilan kelishilgan loyihaning mavjudligini;
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilganligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
2-bob. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlari
4. Quyidagilar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) hisoblanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda uning hududiy organlari;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)
Vakolatli organlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
5. Vakolatli organlar har yili o‘zlarining o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish chora-tadbirlar rejasini (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Chora-tadbirlar rejalarining ishlab chiqilishi va ularning ijrosini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklari tegishliligi bo‘yicha muvofiqlashtiradi.
3-bob. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish
6. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Har bir vakolatli organning hududiy organi ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan o‘zining Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni mustaqil ravishda yoki boshqa organlar bilan birgalikda aniqlab boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ikki qavatdan yuqori (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan ko‘p hajmdagi noturar bino va inshootlar bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni mustaqil ravishda — qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari aniqlaydilar va bartaraf etish choralarini ko‘radilar.
Ikki qavatgacha, (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni ushbu nizom talablari doirasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmalari hamda tuman qurilish bo‘limlari hal qiladilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vakolatli organ:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
imoratni qurish uchun ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida qurilganligini aniqlaydi;
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beradi hamda imoratni o‘n besh kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi.
Ushbu dalolatnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlashda ishtirok etgan vakolatli organ vakili lavozimi, familiya va ismi-sharifi hamda imorat qurgan shaxsning nomi (yuridik shaxs bo‘lganda) yoki familiya va ismi-sharifi (jismoniy shaxs bo‘lganda);
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning aniq manzili, qurilish maqsadi hamda qurilishning holati va hajmi;
o‘zboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan uni o‘n besh kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida ko‘rsatma.
9. Vakolatli organ o‘zboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxsga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnomani fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili va tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (bo‘limining) profilaktika inspektori ishtirokida topshirilishini ta’minlaydi.
10. O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs dalolatnomani olishni rad etgan holda vakolatli organ ushbu holat to‘g‘risida kamida uch kishi (vakolatli organ va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (bo‘limining) profilaktika inspektori) ishtirokida bayonnoma tuzilishini ta’minlaydi.
Bayonnomada dalolatnomani topshirayotgan shaxslarning lavozimi va ismi-sharifi, o‘zboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan dalolatnomani olishdan bosh tortgan sana va bosh tortish sabablari (mavjud bo‘lganda) ko‘rsatib o‘tiladi.
11. O‘zboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs o‘n besh kun muddat ichida uni o‘z hisobidan bartaraf etishi shart.
O‘zboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan ushbu imoratni bartaraf etilishi (buzib tashlanishi)ni vakolatli organ fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bilan hamkorlikda nazorat qiladi.
O‘zboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo berilgan taqdirda da’vo berilgan kundan boshlab sudning yakuniy qarori qabul qilinishiga qadar ushbu imoratni bartaraf etilishi vaqtincha to‘xtatib turiladi.
12. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat bartaraf etish (buzib tashlash) uchun belgilangan muddat tugagandan so‘ng vakolatli organ fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bilan hamkorlikda ikki ish kuni mobaynida ushbu to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 34-moddasiga muvofiq tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) xabarnoma kiritadi.
Xabarnomada o‘zboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxsning nomi (yuridik shaxs bo‘lganda) yoki familiya va ismi-sharifi (jismoniy shaxs bo‘lganda), imoratning aniq manzili, qurilish maqsadi, qurilishning holati va hajmi ko‘rsatilgan ma’lumotlar aks ettiriladi hamda unga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma va 10-bandida nazarda tutilgan bayonnoma ilova qilinadi.
13. Komissiya vakolatli organlar tomonidan kiritilgan xabarnoma kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi uchinchi qismiga muvofiq o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risidagi tuman (shahar) hokimining da’vo arizasini sudga kiritilishini ta’minlaydi.
14. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risidagi da’vo arizaga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma, 10-bandida nazarda tutilgan bayonnoma, 12-bandida nazarda tutilgan xabarnoma, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning joylashuv sxemasi, imoratning fotosuratlari (kamida to‘rt tomonidan tushirilgan) ilova qilinadi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga muvofiq o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazmagan holda bartaraf etish choralari ko‘riladi.
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish
SXEMASI

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 623-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)

Download 36,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish