1. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va taraqqiyotining yangi bosqichi



Download 28,63 Kb.
bet1/2
Sana06.06.2022
Hajmi28,63 Kb.
#640685
  1   2
Bog'liq
5-amaliy kamolov faxriddin 915-21


Topshiriq
1.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va taraqqiyotining yangi bosqichi.
2.“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati.
3.O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarni oshirishda .


1. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strategiyasi va asosiy bosqichlari.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o‘rin tutadi.1992 yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis etildi. 1994 yilda esa uning funksiyalari o‘zgartirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylandi. Xususiylashtirish tanlov va kim oshdi savdosi orqali amalga oshirildi va bu tartib takomillashib bordi. Shuningdek Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi.
1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida mulkni qabul qilingan qonunga ko‘ra xususiylashtirish va va mulkchilik shakllarini o‘zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilish qat’iy belgilab qo‘yildi. 1994 yilda kichik xususiylashtirish deyarli nihoyasiga yetdi. 1992-1994 yillar davomida 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarufidan chiqarildi. Xususiylashtirish borasida 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.
1995 yilda mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 68 ta uy-joy kommunal qishloq, 229 ta qayta ishlash korxonasi boshqa obyektlar xususiylash tirildi. 6 ming xususiy va oilaviy korxonalar paydo bo‘ldi. 1998 yilga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Davlat korxonalarining xususiylashtirish 1993 yil 39,4 foiz edi, 1994 yilda 57,7 foiz, 1998 yil esa 88,2 foizga oshdi. 1997 yilga kelib xususiy va kichik korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi.
Bozor infrastrukturasi deyilganda tovar va pul bozorida, mehnat resurslari bozorida iqtisodiy vositalar - tegishli moliya va bank-kredit tizimi, sug‘urta, auditorlik, yuridik va xususiy firmalar tizimi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida infrastrukturani shakllantirish muhim jarayon bo‘lib, uni tashkil etish anchagina vaqt talab etadi.
Ushbu masalada ko‘pgina islohotlar, o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Masalan: Davlat buyurtmasi tugatilib, o‘rniga zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy etildi. Tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Kim oshdi savdosi o‘tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘ldi. Ko‘chmas mulk sotish joriy etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat sug‘urta boshqarmasi o‘rniga davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat birjalari barpo etildi. 1995 yil dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida» alohida qonunlar qabul qilindi.
«Paxtabank», «G‘allabank», «Savdobank», «Tadbirkorbank», «Mevasabzavot bank» kabilar tashkil etildi. 1994 yil 1 iyuldan esa O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘m muomalaga kiritildi. Neft mustaqilligini ta’minlash maqsadida ham jiddiy ishlardan biri, ya’ni Buxoro neftni qayta ishlash zavodini ishga tushirilishi ham yirik iqtisodiy yutuqlardan bo‘ldi. Janubiy Koreya bilan O‘zbekistonning hamkorligida «O‘zDEU» qo‘shma korxonasini tashkil etilish, ishga tushirilishi hamda avtomobillar ishlab chiqilishi O‘zbekiston iqtisodiyotida ulkan, yirik voqea bo‘ldi. Demak O‘zbekistonda ham o‘zbek mashinasozligi vujudga kela boshladi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bu ishning qishloq qishloqda qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloqda agrar siyosatning eng asosiy bosh masalasi - yerga egalik mulkchilik masalasidir. I.Karimov shunday deydi: «Yer o‘lkamizning asosiy boyligi. U yediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy joriy sharoitlarni yaratib beradi. Shu sababli Respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko‘p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog‘liq, bo‘ladi».
O‘zbekiston aholisining deyarli 60 foizi qishloqda yashaydi.Shuning uchun ish bilan ta’minlash masalasi ham qishloqda dolzarb muommadir. 1991 yil dekabrda «Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmon qishloq, qishloq ishlab chiqarishni zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1994-95 yillar davomida Vazirlar Maxkamasi agrar islohatlarga doir 10 dan ortiq qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137 sovxozlar 530 jamoa qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq ijara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi. O‘sha yillarda shaxsiy tomorka uchun qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi. Qishloqda fermer xo‘jaligi tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi. 1994 yil oxirlariga kelib 25 mingdan ortiq fermer qishloq paydo bo‘ldi, ular qishloq, xo‘jaligini barcha mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Paxta maydonlari qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirilmoqda. Vazirlar Maxkamasining 1996 yil may oyida qabul qilgan» O‘zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish dasturida qishloqning iqtisodiy va mexnat imkoniyatlaridan yanada to‘liqroq va samarali foydalanish uchun, qishloq aholisini turmush sharoitini yaxshilash uchun yo‘nalishlar berildi. Shuningdek qishloq hayotiga doir o‘tkazilgan islohotlarda ta’lim muassasalari va ularni jixozlash masalalari, qishloq aholisini salomatligini yaxshilash masalalari, aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash boralarida ham salmoqli ishlar qilindi. Birgina 1996 yilning o‘zida respublikada 62 ta qishloq vrachlik puktlari ishga tushirildi.1997 yilga kelib mamlakatda 3 million 155 mingta xonadon gazlashtirilgan edi.
Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan aholini ish bilan ta’minlash davlat dasturida 1996-2000 yillar orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin ish joyi yaratish, deyarli 950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mo‘ljallangan edi va ushbu vazifa ustida amaliy ishlar olib borilmadi. Yana bir muhim bo‘g‘inlaridan biri, bu makro iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdir.Birinchi navbatda Respublika iqtisodiyot tuzilmasini yangilash, qayta qurishga kirishildi. Investitsion faoliyat,ya’ni, iqtisodiyotga sarmoya yotqizishi ishlari boshlandi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga kirishildi. O‘tgan 1992-97 yillar davomida 7 mlrd AQSH dollari xajmida xorijiy investitsiyalar jalb etildi. 1997 yilga kelib dunyoning 80 mamlakati sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 3200 qo‘shma korxona faoliyat olib bordi. Bugungi kunga kelib ularning soni yanada ortib bormoqda. Hozirgi kunda respublikamiz miqyosida faoliyat yurgizayotgan Andijon avtomobil zavodi, Zarafshon Nyumont korxonasi, Qizilkum fosfarit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xorazm yaxna ichimliklar zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon sport zavodlari, Samarqand tamaki fabrikasi., Toshkent ip yigiruv fabrikasi va boshqalar makro iqtisodiyotida barqarorlashib boruvida muhim rol o‘ynamoqda.
Tub o‘zgarishlar, yangi sanoat korxonalarini ishga tushirilishi sekin asta o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Hozirgi kunda mahsulotlari 70 dan ortiq davlatga eksport qilinmoqda. 1997 yil tashqi savdo oboroti deyarli 9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Neft mahsulotlari masalasida esa 1996 yildan boshlab neft mahsulotlarini chetdan sotib olish to‘xtadi. Bu iqtisodiyotimizda katta yutuqlaridan hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida barqarorlikni vujudga keltirishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish muhim rol o‘ynaydi.
Yalpi mahsulot ishlab chiqarish aholini o‘sish darajasidan sekin asta o‘sib bormoqda. Hali bu yo‘nalishda ham amalga oshiriladigan ishlar talaygina. Respublikamizda transport va aloqa vositalari zamonaviy talab va darajalar asosida olib borilmoqda. Tag‘an-Seraxs-Mashxad yangi nuli ishga tushirildi. Qamchiq dovoni yo‘lini ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetmoqda.
O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi O‘zbekistonni MDX ning barcha yirik shaharlari hamda jahonning 20 dan ortiq davlatlari bilan xavo yo‘llari orqali munosabatda bo‘lmoqda. Albatta bu holatlar juda quvonarli holdir. Respublikamiz iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishida xalqaro tajribalardan ham unumli foydalanishga harakat qilinmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotida soliq siyosatining o‘ziga xos o‘rni bor. Chunki soliqlar davlat xazinasini to‘ldiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Bu masala barcha rivojlangan mamlakatlarda juda yaxshi, ongli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Shu munosabat bilan 1991 yil avgustida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq organlari haqida» qarori qabul qilindi. 12 avgust kuni kasb bayrami sifatida shu soha xodimlarining bayrami kuni deb ham ta’sis etildi.
1994 yil yanvar oyida esa Prezident farmoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasi tashkil etildi. Soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini amalda tartibga solish va davlat daromadlarini vujudga keltirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizda soliq tizimining faoliyati jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilinmoqda. Hozirgi kunda 1997 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi» asosida ish yurtilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim tamoyillaridan biri — aholini ijtimoiy himoyalash bo‘lib, barcha o‘tkazilayotgan islohotlarning asl mazmun va maqsadi insonlarga yaxshi yashash uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga bag‘ishlangan.
Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq; olinmasligi haqdadagi qonun ham ijtimoiy himoyalashning muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qoldi. 1992-98 yillar davomida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi.
Barcha toifadagi maktablar, bolalar uylari, bog‘chalar, oliy va O‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, ijobiy va tibbiy xodimlarga kvartira haqqi kommunal to‘lovlarda imtiyozlar berildi. Yolgiz pensionerlarni turar joy va kommunal xizmati uchun to‘lanadigan haqdan ozod etildilar. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash masalasida 1992-97 yillar orasida stipendiyalar bir necha marta oshirildi.

1994 yil avgustda Prezident I.Karimov tomonidan «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni ko‘chaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi yanada aniq vazifalarni belgilab berdi. 1996 yil dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada ko‘chaytirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ham xalqimizni ijtimoiy himoyalash sohasida bir qancha imtiyozlarga sharoit yaratib berdli. Aholi sog‘lig‘ini saqlashga doir chora tadbirlar masalasi ham muntazam ravishda hukumat etiborida bo‘ldi. «Ona va bola» markazlarining tashkil etilishi, «Nikox va oila» maslahatxonalarning tashkil etilishi, sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor berib borilishi ham aholini ijtimoiy himoyalashning ijobiy holatlaridir.




2. .“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati.
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, koʻrilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas.
Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, masʼul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini oʻz ichiga olgan tegishli maʼlumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qoʻllash boʻyicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermayapti.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini (keyingi oʻrinlarda – Milliy monitoring tizimi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilandi.
2. Milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida respublikadagi tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar ilovaga muvofiq biriktirildi va ularga quyidagi vazifalar yuklandi:
- xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash;
- oʻzini oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish;
loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga koʻra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻz ichiga olgan axborot-maʼlumotlar bazasini yaratish;


  • Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;


  • xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish;


  • tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni oʻrganish uchun ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, shuningdek, mamlakatda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar toʻgʻrisida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish.



3. Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi. (http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasining-khal-aro-reytinglar-va-indekslard-26-02-2019 )

Ma’lumki, 2020 yilning iyun oyida «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida» Prezident Farmoni (PF-6003-son, 02.06.2020 y.) qabul qilindi. https://lex.uz/ru/docs/-4838762


Farmon bilan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi. (https://aniq.uz/uz/yangiliklar/xalqaro-reyting-va-indekslar-bilan-ishlash-buyicha-respublika-kengashi-tashkil-etildi)
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash Kengash vazifalaridan biridir.
Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi.
Shunga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi.
Farmonga ko‘ra, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo‘yicha:
* keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;
* keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o‘rinbosarining rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot beradi.
Farmon bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushiriladi.
Uning tarkibiy qismi – boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor хalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari.
Tizimni tashkil etishning dastlabki bosqichida milliy tadqiqot institutlariga alohida хalqaro reytinglar biriktiriladi. Muassasalar ushbu reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlashlari, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilishlari, oʻzini oʻzi baholash uchun milliy indekslarni ishlab chiqishlari, katta ekspert tahlil qilish ishlarini amalga oshirishlari kerak.
Davlatimizning хalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarga va oʻrnimizni yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur. Mutaхassislardan ularni hal qilishga doir takliflar kutilmoqda.



Download 28,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish