Kazuslar:
1.O'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida advokat Salimov va tergovchi Yangievlar pora oldi-berdisi jarayonida qo'lga tushadilar va ushlab turildi. Advokat tomonidan uni ushlab turishga viloyat prokurorining sanktsiyasi zarurligi aytilib, uni qo'yib yuborishlarini talab qiladi. Lekin unga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atiladi va qamoqqa olish to'g'risida iltimosnoma kiritiladi. Tergovchiga nisbatan esa jinoyat ishi qo'zg'atish va ehtiyot chorasini qo'llash masalasi keyinga qoldiriladi. O'zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan sudlanuvchiga oid jinoyat ishini birinchi instantsiya sudi tariqasida Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi sud`yasi tomonidan mazmunan ko'rib chiqayotgan vaqtda oxirgi so'zida jinoyat ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi ma'lumotlar, jumladan sodir qilingan jinoyatda tergovga jalb qilinmagan vositachilar haqida ma'lum qildi. Masalani jinoyat-protsessual qonunchilik asosida tahlil qiling.
Yuqoridagi holatalarni inobatga oladigan bo’lsak, pora olish jinoyati bilan bog’liq jinoyat sodir bo’lgan. Bizdan ushbu holatda sodir qilingan jinoyat ustidan shaxslarga nisbatan olib boriladigan harakartlar qonuniy yoki qonuniy emasligi so’ralmoqda. Biz bu holatda albatta O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksi asosida ko’rib chiqamiz. Jinoyatni o’ziga to’xtaladigan bo’lsak, jinoayt ishi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi bilan to’g’ri qo’zg’atilgan. Jinoyat ishi qo’zg’atilgan shaxsga e’tibor qaratadigan bo’lsak, uning daxlsizligi mavjud. Sababi u advokat hisoblanadi. Advokat o’zining haq-huquqlarini albatta yaxshi biladi. Advokat o’zini ushlab turish uchun prokuror sanksiyasi zarurligini talab qilgan. Bu holatda advokat to’g’ri talabni qoygan. O’zbekiston Respublikasining “Advokatlar faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida” gi qonunining 6-moddasi Advokatning daxlsizligi haqida aytib o’tilgan. Unga ko’ra : Advokatning uy-joyi yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish yoki olib qo‘yish, uning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, advokatni ko‘zdan kechirish va shaxsiy tintuvdan o‘tkazish, xuddi shuningdek uning pochta-telegraf jo‘natmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish yoki olib qo‘yish, advokatni majburiy keltirish, ushlab turish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Yuqoridagilarga qo’shimcha qilib yana shuni aytishimiz mumkinki: Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Advokatning ish bo‘yicha huquqiy nuqtai nazariga nisbatan surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas. Bu holatda advokat tomonidan qo’yilgan talab qonuniy huquqini talab qilgan. Advokat noqonuniy tarzda ushlab turilgan va uning huquqlari buzilgan. Sud jarayonida aniqlangan muhim ahamiyatga molik yangi ma’lumotlar, jumladan sodir qilingan jinoyatga tergovga jalb qilinmaga vositachilar haqida ma’lum bo’lgan. Ushbu holatda biz jinoyat-prosessual qonunchilik asosida tahlil qilamiz. Bu holatda tergov ishida yangi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda tergov ishi yangidan boshlanadi. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlarining va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar. Tergovchi tergovning yo‘nalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi. Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qat’i nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ko‘rishi shart. Ushbu holatda nazorat prokuror tomonidan qilinadi. Bu holatda prokuror ham, tergovchi ham javobgar bo’ladilar.
Mantiqiy savollar
1.Sudning vakolatlarini tahlil qiling hamda murdani eksgumatsiya qilish, pochta-telegraf jo'natmalarini xatlashda sudning sanksiyasi olinishining zurarligini asoslab bering. Sizningcha yana qaysi tergov harakatlarini amalga oshirishda sudning sanktsiyasi zarur deb o'ylaysiz?
Sudning vakolatlari ko’p bo’lganligi yaxshi albatta lekin hamma vakolatlar ham sudga tegishli emas. Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv o‘tkazish, ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi. Yuqorida aytib o’tilganlarigina sudning vakolatlariga kiradi. Bu vakolatlar ichidan biz murdani eksgumasiya qilishga ta’rif beradigan bo’lsak, Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi.Yuqoridagilarga asoslanib biz buni sudning muhim vakolatlaridan biri deb hisoblashimiz mumkin. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo‘natmalarida sodir etilgan jinoyatga doir ma’lumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lganda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi mazkur shaxslarning barcha pochta-telegraf jo‘natmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Xatlab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan pochta-telegraf jo‘natmalari jumlasiga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi. Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorida: xat-xabarlari ushlab turilishi lozim bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; bu shaxsning doimiy yashash joyi manzili; xatlanayotgan pochta-telegraf jo‘natmalarining turlari; xatlash chorasining muddati; jo‘natmalarni ushlab turish va bu haqda prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga ma’lum qilish majburiyati yuklatilgan aloqa muassasasining nomi ko‘rsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Bu sudning yana bir muhim vazifasi sanaladi. Umuman olganda tergov harakatlarini amalga oshirishda sudning hamma sanksiyalari zarur hisoblanadi.
2. Jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatida tarjimonning protsessual maqomi, shuningdek uning huquq va majburiyatlarini bayon qiling. Sizningcha odil sudlovning samaradorligini yanada oshirish uchun tarjimonga nisbatan qanday talablarning qo'yilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaysiz?
Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov bo‘lsa; biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa. Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qo‘llaniladi. Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; o‘zi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; o‘ziga topshirilgan tarjimani aniq va to‘liq bajarishi; tarjimaning to‘g‘riligini o‘zining ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. Mening fikrimcha yuqoridagi talablar va majburiyatlar tarjimonga nisbatan to’g’ri qo’llangan va hammasi qonunga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |