Chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan sho‘ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadigan pul summasi
1-topshiriq Bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to‘lovlarni amalga oshirish.
Omonat (depozit) — talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiril
Chet el banki — chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan sho‘ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadigan pul summasi.
Obligatsiya – “obligo” lotin tilida “qarz olish” mazmunini bildiradi. Emitentga obligatsiya egasi tomonidan ma’lum pul mablag’i kiritilganligi va unda ko’rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda qo’shimcha foiz to’lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Xazina majburiyatlari – uning egasi tomonidan ma’lum pul mablag’larini budjetga kiritilganligi va uning butun foydalanish davrida aniq belgilangan foizini to’lab berish majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Depozit sertifikatlari – jamg’armachining bankka qo’ygan pul mablag’larini ifodalovchi va muomala muddati tugaganidan keyin qo’ygan pul mablag’ining hamda foyda sifati ustama foizining huquq va imkoniyatini beruvchi qimmatli qog’ozdir.
Veksel – qarz majburiyati bo’lib, veksel beruvchining ushbu vekselni ko’rsatilgan muddatda taqdim etgani, veksel oluvchiga uning nominal qiymatini to’lab berish majburiyatini beruvchi qimmatli qog’oz va to’lov vositasidir.
Qimmatli qog’oz hosilalari – bular shunday qimmatli qog’ozlarki, ularning foydasi yoki zarari bir nechta bozor ko’rsatkichlari bilan, ya’ni bozor indekslari bilan bog’liqdir. Qimmatli qog’oz hosilalari – “opsion” yoki “fyucherlar” shaklida bo’ladi.
Konosament – yuk tashuvchi tomonidan yuk egasiga, yuk dengiz orqali olib o’tishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi va yuk qabul qiluvchiga yukni yetib brogan portida taqdim qilish majburiyatini yuklovchi hujjatdir.
Forfeyting – inglizcha huquqdan voz kechish, tijorat banklari tomonidan to’lov amalga oshirilmagan sharoitda eksportyorga nisbatanregress huquqini hisobga olmasdan eksport talabnomalari sotib olishdir.
Faktoring – inglizcha “makler, vositachi” , vositachilikni bir turi bo’lib, bank yoki boshqa moliya tashkiloylarining korxonalar qarzini, xususan yetkazib beriladigan tovarlar, bajariladigan ishlar, xizmatlar uchun haq to’lashmajburiyatlarini sotib olishdir.
Trast operatsiyalar – bu mijozga tegishli bo’lgan va boshqa aktivlarni boshqarish bo’icha bolib boriladigan operatsiyalardir.
Kreditga layoqatlilik – bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama berilayotgan baho bo’lib, u qarz oluvchining so’ralayotgan kreditni o’z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to’lay olish qobiliyatni ko’rsatadi.
Overdraft – kontokorrent kreditning maxsus shakli hisoblanadi. Uning alohida xususiyati shundaki, bank mijozga uning hisob raqamida qisqa davr ichida debet saldoga ega bo’lishga ruxsat beradi.
Kontokorrent – aylanma-qoldiq usul bo’yicha to’lovlarni va kreditga layoqatli korxonalarni kreditlash aktiv-passiv hisobvarag’i hisoblanadi.
Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklari yoki xalqaro valyuta birliklarida ifodalanidigan bahosidir.
Passiv operatsiyalar – bank qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarishi va ularni sotishi bilan bog’liq operatsiyalar, buning evaziga bankka pul mablag’larini jalb qilinishi tushuniladi.
Aktiv operatsiyalar – bank o’zi yoki boshqa jalb qilingan boshqa mablag’larni, har xil qimmatli qog’ozlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan qo’yilmalarni, mablag’larni bankdan chiqib ketishi va uning evaziga bankka bu mablag’lar qimmatli qog’ozlar sifatida qaytib kelishi tushuniladi.
Trast operatsiyalar – ingizcha “ishonch”, banklarda jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larni ma’lum bir muddatga jalb qilish, shu muddat ichida olingan mablag’ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtirish tushuniladi.
Brokerlik operatsiyalari – banklar o’z mijozlarining topshiriqlarga binoan komission operatsiyalarni amalga oshirishi, ya’ni o’z nomidan mijozning hisobidan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisiga oid bitimlarni tuzishi mumkin.