1. Olam nima va un da odamning o‘rni qanday?



Download 21.05 Kb.
bet1/4
Sana21.05.2021
Hajmi21.05 Kb.
  1   2   3   4

4-MAVZU
1. Olam nima va unda odamning o‘rni qanday?

2. Borliq va yo‘qlik tushunchalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

3. Borliqning murakkab tuzilishi deganda nima tushuniladi?

4. Real, konkret va virtual borliqning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering?

5. Mavjudlik va reallik nima?

6. Harakat va uning asosiy shakllari to‘g‘risida so‘zlab bering.

7. Fazo va vaqt, makon va zamon qanday ma’nolarni anglatadi?

8. Hayot nima va uning mazmuni nimadan iborat?

Javoblar.

1. Olam va odam munosabatlari. Siz bilan biz yashayotgan shu dunyo o‘zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibadorligi va butun go‘zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Agar odam bo‘lmaganida edi, bu olam haqidagi tasavvurlar ham bo‘lmas edi. Demak, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Hech narsasi yo‘q olam yo‘qlikdir. U mavhum tushuncha, ya’ni abstraktsiyadir.

Qadimgi davrlardan buyon odam o‘zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini ta’minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib etdi va ularni e’zozlash, avaylab-asrash tuyg‘usi shakllana boshladi.

Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to‘rt elementni: havoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g‘oyalar vujudga keldi hamda olam to‘g‘risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bo‘lgan.

Olam, eng avvalo, tor ma’noda bu odam yashaydigan joy. Aslida odamzod va hayvonot olami, o‘simlik va xasharotlar dunyosi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy olam va boshqa shu singari ko‘plab tushunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalar nomi bilan ataladi. Masalan, odamning ruhiy olami uning bilim, tajriba va hayolotini o‘z ichiga oluvchi o‘ta keng qamrovli tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy, degan ma’noga qaraganda yanada kengroq mazmunga ega bo‘lamiz.


2“Borliq tushunchasi”.1 Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo‘qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko‘plab asarlar yozishgan. Xo‘sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko‘ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo‘q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan boqlab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o‘y-hayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.

Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qo‘llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o‘rganadi.

Yo‘qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intixosi ham yo‘qlikdir. Bu ma’noda yo‘qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo‘qlik chekingan joyda borliq paydo bo‘ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo‘qlikdir. Borliq yo‘qlikdan yo‘qlikkacha bo‘lgan mavjudlikdir. Yo‘qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Fanda yo‘qlik nima, degan savolga javob yo‘q.

3. Borliq shakliy struktura darjalarining balki biz hali bilmaydigan yanada murakkabroq turlari ham bordir, lekin ular hali bizning tushunchalarimiz doirasiga sig‘maydi. Xullas, borliqning tashkiliy struktura darajalari bir-biridan aloqadorliklarining soni va sifati jihatidan, energiya va informatsiya almashish xususiyati bilan, faolligi va uyushganligi darajasi bilan farq qiladi.



Tarixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida turlicha g‘oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo tuprog‘ida vujudga kelgan zardo‘shtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb hisoblangan. Chunki bu g‘oya bo‘yicha, har qanday o‘zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik bahsh etadi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo‘lmagan narsa yo‘qlikdir.

Islom ta’limotida esa borliq Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta’limotlari shakllangan. Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o‘zidir. Beruniy fikricha, Ollohdan boshlanguvchi borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir.

Yevropada o‘tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan. Hegel esa borliqni mavhumlik, mutlaq ruhning namoyon bo‘lishi, deb ta’riflaydi. Ko‘pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, ya’ni shu aktual olamga boqlab tushuntirdilar.

Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo‘lib o‘ziga butun mavjudlikni, uning o‘tmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo‘qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni obyektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.

4. Yo‘qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intixosi ham yo‘qlikdir. Bu ma’noda yo‘qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo‘qlik chekingan joyda borliq paydo bo‘ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo‘qlikdir. Borliq yo‘qlikdan yo‘qlikkacha bo‘lgan mavjudlikdir. Yo‘qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Fanda yo‘qlik nima, degan savolga javob yo‘q.

Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko‘ra, atrofimizdagi har qanday jism molekulalardan tashkil topgan, molekulalar esa atomlardan tuzilgan. Atomlar murakkab tuzilgan yadro va elektron qobiqlardan iborat. Atomning elektron qavatlari bir-biridan va atom yadrosidan muayyan uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Eng sodda atom hisoblanuvchi vodorod atomining yadrosi bitta protondan, murakkabroq atomlarning yadrosi esa, proton va neytronlardan tashkil topadi, proton va neytronlar kvarklar va ularni tutashtirib turuvchi glyuonlar (glyuon-yopishtiruvchi degan ma’noni beradi) dan tashkil topgandir. Proton va neytron nuklonlar (lot. nucleus — yadro, o‘zak) hisoblanadi, nuklonlar va hiperon (yun. hiper-ustida, yuqoridan tashqari) lar, barionlar (yun. barys-oqir) deyiladi. Bular oqir zarrachalar sifatida kuchli o‘zaro ta’sirlar maydonida bo‘lib, adronlar (yun. adros-kuchli) gruppasiga mansub.

Organik va anorganik moddalar molekula tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Jonli organizmlar organik moddalardan tashkil topgan bo‘ladi. Jonli organizmlarning tarkibi asosida hujayralar va hujayra sistemalari yotadi. Yer shari atrofini qurshab turuvchi biosferani bir butun jonli sistema deb olish mumkin. Mikroorganizmlar, o‘simlik dunyosi, hayvonot dunyosi va insonning o‘zaro aloqadorliklari bu biosferaning mavjudligini ta’minlab turadi.

Virtual borliq (lot. virtus – ehtimol tutilgan, mumkin bo‘lgan; realis – haqiqiy, mavjud) – zamonaviy texnika vositalari va informatsion kommunikatsiyalar yordamida yaratiladigan va insonga olamni o‘ziga xos idrok etish va anglash imkonini beradigan sun’iy dunyo shakli haqida ham ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Borliqning turli kompyuter modellari va elektron borliq uning sinonimlaridir. XX asrning 60-yillari oxirida Mayron Kryuger tomonidan “Sun’iy borliq” tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lsa, Jaron Laner hozirgi kunda keng tarqalgan “vertual borliq ” atamasini 1989 yillarda ilmiy muomalaga kiritgan edi. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda olam, borliq shakllari va insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi.

Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois unda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, u obyektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo‘ladi. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.

5. Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, g‘oyalar, o‘y-hayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo‘lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.

Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat obyektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog‘liq bo‘lmagan jismoniy mohiyatga ega bo‘lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potensial, abstrakt, ma’naviy shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi.

Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraktsiya bo‘lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni o‘ziga qamrab oluvchi o‘ta keng tushunchadir. U o‘ziga nafaqat obyektiv reallikni, balki subyektiv reallikni ham qamrab oladi.

Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo‘lib turgan qismi bo‘lib, o‘tgan va mavjud bo‘ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo‘lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko‘rsatiladi. Ularga: tabiat borliqi, jamiyat borliqi, ong borliqi kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.

Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig‘i va jamiyat borlig‘ining quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borlig‘i odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig‘i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo‘linadi: azaliy tabiat borlig‘i (yoki tabiiy tabiat borlig‘i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo‘lgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig‘i («ikkinchi tabiat» borlig‘i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig‘i esa, o‘z navbatida, quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi:

- inson borlig‘i (insonning narsalar olamidagi borlig‘i va odamning o‘ziga xos bo‘lgan insoniy borlig‘i);

- ma’naviy borliq (individuallashgan va obyektivlashgan ma’naviy borliq);

- sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borliqi va jamiyat borliqi), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.

6. Harakat. Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.

Buni moddiy borliq misolida qarab chiqaylik. Faraz qiling, qarshimizda biror jism turibdi. Agar harakat bo‘lmaganida edi, yoruqlik nurlari shu jismga urilib bizga qaytmagan bo‘lar edi, ya’ni biz uni ko‘rmagan bo‘lar edik. Shuningdek, bu jismning yaxlitligini saqlab turgan molekulalar, atomlar, elementar zarrachalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar ham bo‘lmasdi. Natijada bu jismning strukturaviy birligiga putur etgan bo‘lar edi. Tevarak-atrofimizdagi predmetlar va hodisalar harakat tufayli o‘zining muayyan tartibini va birligini saqlab turadi, shu tufayli, o‘sish, ulqayish, ravnaq topish, rivojlanish mavjuddir.

Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o‘rtasidagi va ularni tashkil etuvchi elementlar o‘rtasidagi aloqadorliklarning natijasi, boshqa tomondan esa, ulardagi o‘zgarishlar sifatida sodir bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan ham falsafaning harakat bu umuman har qanday o‘zgarishdir, deyilgan ta’rifi juda o‘rinlidir. Harakatning manbai haqida gap ketganda, ana shu o‘zgarishlarning asosida yotuvchi o‘zaro ta’sirlar va ular orasidagi munosabatlar nazarda tutiladi




Download 21.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat