1-mavzu. Tilshunoslik fani tarixi. Qadimgi hind, grek, rim, xitoy tilshunosligi



Download 28,9 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2022
Hajmi28,9 Kb.
#440925
  1   2
Bog'liq
1 MAVZU Maxammatova Hadicha Seminar topshirig\'i


1-MAVZU. TILSHUNOSLIK FANI TARIXI. QADIMGI HIND, GREK, RIM, XITOY TILSHUNOSLIGI




Reja:
1. Тilshunoslik fanining shakllanish tarixi.
2. Qadimgi hind tilshunosligi.
3. Antik davrda grek tilshunosligi.
4. Rim tilshunosligining rivojlanishi.
5. Qadimgi xitoy tilshunosligi.



  1. Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olindi. Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda mashhur faylasuf Konfutsiy (554-449 yy.) tomonidan yozilgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklari haqida ma’lumotlar berilgan. “Bahor va kuz” deb atalgan ushbu asarlarda eramizdan oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Qadimgi xitoyliklar eramizdan 10 asr ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning boshlarida esa ular sinonimlar lug‘atini ham tuzganlar. Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari 2 mintaqada, 2 xil madaniyat o‘chog‘ida, ya’ni qadimgi Sharq - Hindiston va Arabiston hamda qadimgi G‘arb - Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Shuning uchun tilshunoslik fanining tarixiy yo‘lini qadimgi tilshunoslik, o‘rta asrlar tilshunosligi, XIX asr tilshunosligi va zamonaviy tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.

2. Hindlarning tilshunoslikka qo’shgan hissalari haqida gapirib bering. Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va grammatikachi sifatida tanilganlar. Ular fonetika sohasida yunonlardan ham oldin unli va undosh tovushlarni farqlaganlar, portlovchi va sirg`aluvchi, jarangli va jarangsiz tovushlarni, tovush birikmalarini, bo`g`in, urg`u, intonatsiya, cho`ziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni, jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal ma`lumotlar qoldirganlar. Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham muayyan tushunchalar bo`lgan. Qadimgi hindlar tovushlarning fiziologik-artikulyatsion xususiyatlari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir tovushning boshqa tovush t`asiri bilan o`zgarishi (kombinator o`zgarish) kabi hodisalarni aniqlashga ham e`tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyatsion – fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda, yuqorida aytilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq ahzolarining yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga ta`siridan, ya`ni tegishidan undoshlar hosil bo`lishini qayd etganlar.





  1. Yunon tilshunosligi qachondan boshlab shakllangan?

Qadimgi Yunoniston Yevropa tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi. Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomonidan o`rganilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida namoyon bo`ladi.
4. Yunonlarning tilshunoslikka qo’shgan hissalari haqida gapirib bering. Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish, so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`nalishlarda muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.
Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi:
1. Falsafiy davr.
2. Grammatik davr.

5. Yunon fonetikasi haqida nimalarni bilasiz?


Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo`yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va qator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlangan bo`lib, unga nisbatan fonetika va sintaksis masalalari bo`sh tadqiq qilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari grammatikani falsafadan ajratdilar.

6. Yuliy Sezar qaysi oqim tarafdori bo’lgan va u oqim haqida nimalarni bilasiz?


Yuliy Sezar «Analogiya haqida» nomli grammatik asarini yozdi. U so`z va predmet munosabati masalasida analogiya tarafdori sifatida tanildi.

7. Xitoy tilshunosligi haqida gapiring.


Qadimgi Xitoy tilshunosligida yozma manbalar alohida ahamiyatga ega bo`lgan. Bizning kunlarimizgacha yetib kelgan Xitoy yozuvining eng qadimiy yozma yodgorliklari eramizgacha bo`lgan XIII-XI asrlarga borib taqaladi. Ushbu yozma yodgorliklar hayvon (qo`y) suyaklari va toshbaqa qalqonlari bo`lib, ularda fol ochish jarayoni haqida mahlumot beriladi. Bu qadimgi «manbalar» Xitoy tilshunosligi tarixida va taraqqiyotida muhim o`rin egallaydi. Fikr yuritilgan davrlardayoq Xitoy ieroglifi muayyan so`z sifatida, so`zni anglatuvchi, ifodalovchi sifatida xizmat qilgan. Yahni Xitoy ieroglifi logogramma hisoblangan.

8. Tilshunoslikning rivojiga hissa qo’shgan qaysi xitoylik faylasuflarni bilasiz?


Van Nyang’ – Sung’ (1744-1832) va Van In-Chji (1766-1834), Chjan Bin-Lin (1869-1936).
9. Antik davr tilshunosligi qaysi mintaqalarda paydo bo’ldi?
Yunon va rim
10. Antik davr morfologiyasining asoschisi kim va morfologiyada dastlab qanday tahlillar qilingan?
Iskandariya tilshunoslik maktablari vakillari grammatikani mustaqil fanga aylantirdilar. Ular juda katta grammatik «xom-ashyo» (material) to`plab, ot va fe`l turkum-larining asosiy kategoriyalarini aniqlab berishdi. Yunon tilshunoslari fonetika, morfologiya, sintaksis va etimologiya fanlarining asoslarini yaratdilar. Ular so`z va gap kabi muhim va murakkab lisoniy birliklarni aniqlab, izohladilar, so`z turkumlarini ajratib berdilar.

11. Antik davrdagi qaysi mintaqa vakillari eng birinchi bo’lib so’z turkumlari va gap bo’laklarini farqlaganlar?


Rim
12. Panini antik davr tilshunosligida qanday ishlarni amalga oshirgan? Qadimgi hindlarning eng mashhur tilshunosi eramizgacha bo`lgan IV asrda yashab ijod etgan Paninidir. Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari «Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin (3996 ta) qisqa va lo`nda shehriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi. Ushbu tadqiqot tili - undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa bo`lganligi, asar tili o`ziga xos terminologiyaga egaligi sababli Panini tadqiqoti uzoq vaqtgacha ovrupolik olimlarga tushunarli bo`lmadi. Birinchi bo`lib, asar mazmunini, undagi g`oyani rus tilshunos olimi O.Byotling izohlab berdi. Panini o`z davridayoq tilni sistema sifatida tushundi, so`z turkumlarini farqladi, so`z tarkibini o`rgandi, o`zak, qo`shimcha, urg`u, intonatsiya va boshqa hodisalar haqida mahlumot berdi. Paninining sakkiz bo`limdan iborat klassik sanskrit masalalariga oid grammatikasi Hindistonda deyarli ikki ming yil davomida eng asosiy va eng muhim qo`llanma bo`lib xizmat qildi. Eramizning XIII asrlaridagina sanskritning hind olimi Vopadeva tuzgan yangi grammatikasi maydonga keldi.

13. “Kratil” nomli asar kimning qalamiga mansub va unda qanday g’oyalar ilgari surilgan?


Platon qalamiga mansub. Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo`lgan predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi
14. Iskandariya maktabining yetakchi olimi va shu bilan birga Iskandariya kutubxonasini boshqargan alloma kim?
Aristarx



Download 28,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish