1-Mavzu: Sifat va son so’z turkumi
Eski o‘zbek tilidagi sifatlar ham tabiatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) asliy sifatlar; 2) nisbiy sifatlar.
Asliy sifatlar eski o‘zbek tilida ham hozirgi o‘zbek tilida- gidek narsaning rangi, tusi, hajmi, shakli kabi ma’nolarni bildiradi. Masalan: qara sach halqasi (Lutfiy), sarıg‘yüz (Sakkokiy), Shirin sѳz (Atoiy), chin sѳz (Gulxaniy), achchiq til (Navoiy, MQ), yaxshi mevasi budur (BN), yāmān katib manzili (Navoiy, MQ), uzunyash (Lutfiy,), ulug‘qabila taqi kichik qabila (Tafsir), yam ay (Atoiy), eski shal (Atoiy), qari kishi (Sh.tar.), tѳg‘rı yol (Lutfiy).
Nisbiy sifatlar turli so‘zlarga sifat yasovchi maxsus affikslar orttirish yoTi bilan hosil bo‘ladi. .
Sifat yasalishi
Eski o‘zbek tilida ham sifatlar morfologik (affiksatsiya) va sintaktik (kompozitsiya) yo‘llar bilan yasalgan.
Sintaktik usul bilan sifat yasalishi odatdagicha bo‘lib, bunday sifatlar qo'shma, juft so‘zlar shaklida bo‘ladi. Masalan: qara tamg‘alıq ay (Lutfiy), qara yüzlük bashi (Navoiy, MQ), süchüg sѳzlügkimersä (NF), orta boyluqyigit {BN), kekyallug‘bѳri (0‘N), yaxshi-yāmān xizjnat (Navoiy, MQ), uzun-uzaq qissa (BN).
Morfologik usul bilan ismlardan va fe’llardan sifat yasaladi.
Ismdan sifat yasovchi affikslar
-lıq/-lik//-lıg‘/-lig(-luq/ -liik// -lug‘/-lüe) affiksi. Eski o‘zbek tilida bu affiks ot yasashda ham, sifat yasashda ham mahsuldor bo‘lgan (qarang: 40-§).
Bu affiks bilan yasalgan sifat so‘z o'zagida ifodalangan narsa, belgi, xususiyatga egalikni bildiradi: Bashir atlıg‘ og‘lı bar erdi (QR). Yaqshi kѳrkliig bir qiz erdi (0‘N). Ayā, gul chehralik sarv- u ravamm (Atoiy). Sarv boyluq lāla ruxsanm qam (Navoiy, LT). Tag‘lan tamām archaliq qalin bolur (BN). Kiiydi bu g‘am bilä muŋlug‘jam (SHN).
~lı -li (-lu -lit) affiksi. Bu affiks bilan yasalgan sifat ham so‘z o'zagidan anglashilgan narsa, belgi, xususiyatga egalikni bildiradi: Muŋa ѳŋin tiirlü javāb aymaq keräk (NF). Kel, ey āy yiizlii dilbar, tut birär qush (MN). Kѳzyāshi meŋizli, tursa bolmas (Lutfiy). Qimizh ayaqm sondi (Sh.tar). Mazah sѳzgä har qancha qulaq sālsa bolur (Gulxaniy).
-/:/-li affiksi bilan yasalgan sifatlar qadimgi turkiy manbalarda, jumladan, 0‘rxun-Enasoy va qadimgi turkiy tili yodgorliklarida uchramaydi. Ushbu manbalarda -///-// affiksi vazifasini ham -lıq/-lik -lıg‘/-lig affiksi bajargan. -lı/-li affiksi bilan yasalgan sifatlarning qo‘llanishi XIII—XIV asrlarga oid yodgorliklar tili uchun ancha xos bo‘lgan. Lekin XV asrdan boshlab o‘zbek tilida bunday sifatlar kam qo‘llangan bo‘lib, ayrim yodgorliklardagina uchraydi. 0‘zbek tilida -lı/-li affiksi bilan yasalgan sifatlarning qo‘llanishi XX asr boshlaridan faollasha boshlagan. Bu affiks o‘g‘uz guruhidagi turkiy tillarda, masalan, ozarbayjon tilida ancha qadimdan shakllangan bo‘lib, sifat yasashda keng qoilanib kelingan.
-h/-li affiksi-lıq/-lik //-lıg‘/-lig affiksidan rivojlangan. Yuqorida aytilganidek, -lıq/-lik //-lıg‘/-lig o‘tmishda ham ot yasovchi, ham sifat yasovchi affiks vazifasini bajargan (qarang:
§). -lı/-li affiksi bilan yasalgan sifatlarning qo‘llanishi faollashgach, lıq/-lik //-lıg‘/-lig affiksining vazifasi chegaralanib, asosan ot yasashda ishtirok etgan.
-sız/-siz (-suz/-siiz) affiksi yuqoridagi affikslarning antonimi hisoblanadi, ya’ni bu affiks bilan yasalgan sifatlar so‘z o‘zagidan anglashilgan narsaga, belgiga, xususiyatga ega emaslik ma’nosini ifodalaydi. Qiyoslang: Qapugbn eshiki yarag‘sız turur (QR). Vasl noshi dunyāda bolmas, Ātāyi, nishsiz (Atoiy). Vafāsiz behayālar alarni unutubturlar (Navoiy, MQ). Polad pichaq qinsiz bolmas (Gulxaniy). Jān-u kѳŋiildäyoqtur sensiz qarar-u ārām (Fur- qat).
Bu affiksda lab uyg'unligining aks etishida izchillik yo‘q. Qiyoslang: yolsuz(QR), qayg‘usuz(NF), yazuqsiz (Tafsir), bululsiz (Lutfiy).
-qı/-ki// -g‘ı/-gi affiksi payt va o‘rin bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, paytga, o‘ringa munosabatni, xoslikni ko‘rsatadi: Meŋä qishqi ne’matm yay berür erdiŋ, yayqi mevam qish berilr erdiŋ (Tafsir). Ul burunqi ahd-u paymān qaydadur? (Lutfiy). Daimg‘ı dastur bilä... zahir bolg‘ay (Navoiy, MQ). Tashqi el barcha bu ishni bildi (SHN). Ertägisavdam dahsar ag‘ırlıg‘ı bar, kechkiekinni xatan bar (Gulxaniy).
-daqı/-däki // -dag‘ı/-dägi affiksi ham o‘rin va payt bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, o‘ringa, paytga munosabatni bildiruvchi sifat yasaydi: Keltürgil tāŋdaqi āshimizm (Tafsir). Bu elkindäki narsalar ne turur? (NF). Ikki kez yolidin tѳkkäy yüräkimdägi qānimni (Sakkokiy). Hindustāndag‘ı beglärgä hukm boldi kirn, ... (BN). Andāg‘ı el yiizidin ketkändilr (SHN).
Do'stlaringiz bilan baham: |