1-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmatlar o‘quv fanining predmeti, uslublari va ahamiyati


Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining (vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kompaniyalar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar va x.k.) yuridik xizmati



Download 107,5 Kb.
bet12/14
Sana22.01.2021
Hajmi107,5 Kb.
#56302
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Yuridik xizmatlar ma'ruza

3.Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining (vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, kompaniyalar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar va x.k.) yuridik xizmati.

 

 



Respublika davlat boshqaruvi organlariga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Matbuot va axborot agentligi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zahiralarini boshqarish qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi va shu kabilar davlat boshqaruvi organlarini tashkil etadi.

Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni amalda ro‘yobga chiqarilishini, ularning ijrosi ustidan ta'sirchan nazorat amalga oshirilishini ta'minlash;

tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini ta'minlash;

mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining ta'lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta'minotga bo‘lgan huquqlarini ta'minlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;

tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikat-lashtirish va standartlashtirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;

soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 22 dekabrdagi “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3366-sonli Farmoniga muvofiq quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladigan xo‘jalik birlash-malari xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanadi:

- tarkibiga kiruvchi korxonalarning xo‘jalik birlashmasiga tegishli bo‘lgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalarning xo‘jalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;

- muassis-korxonalar tomonidan ular faoliyatiga ko‘maklashish uchun muassis-korxonalarning aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy vazifalarni ularga topshirish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan uyushmalar.

Uyushmalar, kompaniyalar va boshqalar xo‘jalik boshqaruvi organlari bo‘lib hisoblanadi. Bularga “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbek ipagi” uyushmasi, “O‘zbekcharmpoyabzal” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zqishloqxo‘jalik-mashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi va boshqalar misol bo‘la oladi.

Xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

tarmoq va iqtisodiyot sohalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;

marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozor-larda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqa-rishni (ishlar, xizmatlarni) o‘zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashish;

korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishda yordam berish;

ular tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko‘rsatish;

kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.

Xo‘jalik boshqaruvi organlariga davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari berilmagan. Shuningdek xo‘jalik boshqaruv organlari o‘zlarining tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga ma'muriy tartibda aralashish huquqiga ega emaslar.

Respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini huquqiy jihatdan ta'minlash maqsadida mazkur organlarning tashkiliy tuzilmasida yuridik xizmat faoliyati tashkil etiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avia kompaniyasida - yuridik boshqarma, Davlat bojxona qo‘mitasida - huquqiy boshqarma, Davlat soliq qo‘mitasida-huquqiy bo‘lim tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasida - yetakchi nazoratchi yurist, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida bosh yuridik maslahatchi va “Transport va transport kommunikatsiyalari” uyushmasida esa yuriskonsult lavozimlari joriy etilgan.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmati o‘z faoliyatini ikki yo‘nalishda amalga oshiradi. Birinchisi – yuridik xizmat vazifalarini bevosita boshqaruv organining markaziy (ijroiya, ishchi) apparatida amalga oshirish, ikkinchisi – boshqaruv organiga bo‘ysunuvchi yoki tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuridik xizmatiga rahbarlik qilish.

Respublika davlat boshqaruvi organlari yuridik xizmatining maqomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 2 martdagi 118-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalardagi yuridik xizmat to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilab qo‘yilgan. Mazkur Nizom davlat boshqaruvi organlari yuridik xizmatining maqomini belgilab beruvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat bo‘lsa, xo‘jalik boshqaruvi organlari yuridik xizmati uchun namunaviy nizom bo‘lib hisoblanadi. Bunga sabab hozirgi paytgacha xo‘jalik boshqaruvi organlari yuridik xizmatini tartibga soluvchi maxsus normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan emas. Shuning uchun ham xo‘jalik boshqaruvi organlari yuridik xizmatining huquqiy maqomi ana shu organlarning ichki hujjatlari bilan belgilab beriladi.

Respublika boshqaruv organlari yuridik xizmatining huquqiy maqomi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi misolida ko‘rib chiqamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi huquqiy boshqarmasining faoliyati qo‘mita raisi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom hamda boshqarma xodimlari xizmat vazifalari taqsimoti bilan tartibga solinadi. Nizomda umumiy qoidalar, boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari belgilangan. Huquqiy boshqarma tarkibiga 3 ta – xalqaro bojxona huquqi, bojxona huquqi, huquqiy, qonunchilik va bojxona faoliyatiga oid normativ hujjatlarni tizimlashtirish bo‘limlari kiradi.

Davlat bojxona qo‘mitasining huquqiy boshqarmasi bojxona ishi yo‘nalishida tayyorlangan barcha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, shuningdek huquqiy mazmundagi davlatlararo hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi, qonunchilik va bojxona ishiga oid normativ hujjatlarni tizimlashtirish ishlarini yuritadi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi va uning tizimlarida qonunchilikka to‘g‘ri amal qilinishini nazorat qilib boradi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi yuridik boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom aviakompaniya Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan. Yuridik boshqarma tarkibiga – sud-huquq, shartnomaviy ishlar va talabnoma bo‘limlari kiradi. Yuridik boshqarma aviakompaniya direksiyasining mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisob-lanib, bevosita Bosh direktorga bo‘ysunadi.

Yuridik boshqarma to‘g‘risidagi Nizom va undagi yuridik xizmatning vazifalari, huquqlari va mas'uliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 2 martdagi 118-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalardagi yuridik xizmat to‘g‘risida”gi Nizom asosida, tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib ishlab chiqilgan va belgilangan.

Nizomda aviakompaniya tarkibiy tuzilmalari va korxonalari-ning yuridik xizmati xodimlarini lavozimlarga tayinlash va ozod qilish yuridik boshqarma bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari yuridik xizmatining shtatlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu bevosita davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy ishlarning hajmidan hamda xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 136-sonli Qaroriga muvofiq vazirlikning yuridik boshqarmasiga yuriskonsultlar uchun o‘nta shtat birligi ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 martdagi “O‘zkommunxizmat” agentligi faoliyatini takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 110-sonli Qaroriga muvofiq agentlik markaziy apparatining tuzilmasida bitta yuriskonsult shtati joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 17 martdagi “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 266-sonli Qaroriga muvofiq agentlikning markaziy apparati tuzilmasida bitta yurist shtati joriy etilgan. Agentlikning hududiy bo‘limlarining namunaviy tuzilmasida yuridik xizmat xodimi uchun shtat birligi belgilanmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashti-rish to‘g‘risida”gi 196-sonli hamda 2004 yil 14 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining gidrometeorologiya xizmatini takomillashti-rish to‘g‘risida”gi 183-sonli qarorlarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita apparati hamda Gidrometeorologiya xizmati markazi markaziy apparatining tuzilmalarida yuridik xizmat xodimlari uchun shtat birligi belgilanmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 yanvardagi “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 33-sonli qaroriga muvofiq “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasida bitta bosh yuridik maslahatchi shtati joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 12 oktyabrdagi “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 470-sonli qaroriga muvofiq uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga yuridik maslahatchi uchun bitta shtat birligi berilgan.

 


Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish