21.1 MAVZU: Kostyum shakli va material. Kostyumda qoʻllaniladigan materiallarni asosiy hususiyatlari: Faktura, naqsh, kostyumdagi dekorativ bezaklar.
REJA:
1. Kostyum shakli va material.
2. Kostyumda qoʻllaniladigan materiallarni asosiy hususiyatlari: Faktura, naqsh, kostyumdagi dekorativ bezaklar.
Kostyum (ital. costume – urf-odat, fe’l-atvor) – bu insonning ijtimoiy, milliy, hududiy mansubligini, uning jinsi, yoshi, kasbini aks ettirib turuvchi, yagona g‘oya, maqsad va vazifa bilan birlashtirilgan buyumlar va elementlar tizimidir. Kostyum maishiy turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lib, muayyan tarixiy davr, xalq yoki elatning ijtimoiy ahvoli, urf-odatlari, an’analari, muayyan insonning jamiyatdagi tutgan o‘rnini, xulqi va fe’l-atvorini, o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Muayyan inson yoki ijtimoiy guruh bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, kostyum ham kiyim kabi himoyaviy va utilitar-amaliy vazifalarni bajaradi. Lekin kostyumning muhim vazifasi – axborot funksiyasidir, chunki kostyum o‘zaro muloqot turlaridan biri bo‘lib, atrofdagilarga insonning ijtimoiy ahvoli, siyosiy qarashlari, diniy mansubligi, badiiy didi va madaniyatini bildirib turadi. Bundan tashqari kostyum quyidagi vazifalarni bajaradi:
odamning yoshi haqida ma’lumot beradi. Ma’lumki zamonaviy yevropacha kostyum insonning yoshini aniqlashi yoki berkitishi mumkin, milliy kiyimlar insonning yoshini ochiq-oydin ko‘rsatib turadi, masalan kiyimning rangi, bichimi, bosh kiyim turi vositasida va hokazo;
odamning jinsi va ijtimoiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot beradi. Deyarli hamma milliy kostyumda insonning nafaqat jinsi, balki uning oilaviy ahvoli ham aks etib turadi: uzatiladigan qizmi yoki unashtirilganmi, turmushga chiqqan ayolmi yoki bevami va hokazo. An’analarga tayangan jamiyatda o‘ziga xos bo‘lmagan kiyimni kiyish qat’iyan mumkin bo‘lmagan. Hozirgi zamonda kostyumning bu vazifasi deyarli yo‘q bo‘lib ketdi: kostyumiga qarab odamning nafaqat oilaviy ahvoli, hattoki ba’zan jinsini ham aniqlab bo‘lmaydi;
odamning qaysi ijtimoiy tabaqaga, sinfga yoki guruhga mansubligini (sinfiy jamiyatda), o‘z ijtimoiy mansubligini namoyish qilishini yoki yashirishini ko‘rsatadi;
odamning kasbini, faoliyat turini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa tarixiy kostyumda yaqqol namoyon bo‘ladi: olimlar, din arboblari, mansabdorlar, tabiblar, qozilar, hunarmandlar, dehqonlar va hokazolarning kiyimlari bichimi, materiali va rangiga ko‘ra bir-biridan ajralib turgan. Zamonaviy kostyumda bu funksiya ko‘proq ishlab chiqarish kiyimlarida namoyon bo‘ladi, maishiy kiyimda esa deyarli ko‘rinmaydi, lekin kostyumiga qarab rasmiy kishilar bilan «erkin kasb» egalarini osongina ajratib olish mumkin;
- hududning iqlimiy xususiyatlarini va aholining turmush tarzini aks ettiradi. Masalan sahroyi arablarning kostyumi yoki Uzoq Shimol xalqlarining kostyumi iqlim sharoitini ko‘rsatib turadi;
- diniy mansubligini bildiradi. Masalan, Hindistonda ilgari faqat musulmonlar bichib tikilgan kiyim kiyishgan, hindlarning kiyimlari esa burmalangan matolardan iborat bo‘lgan; Fransiyada XVI asrda kostyumiga ko‘ra katoliklarni gugenotlardan ajratish mumkin bo‘lgan. Hozirgi zamonda ham kostyumning bu funksiyasi saqlanib qolgan, lekin ilgarigidek ahamiyatga ega emas.
Kiyimning kompozitsiyasi ustida ishlovchi mutaxassisning asosiy vazifasi kompozitsiya elementlarini kompozitsion vositalar yordamida uyg’unlashtirib, kiyimning konkret vazifasi va maqsadini ifodalaydigan birikma hosil qilishdir [9].
Libos kompozitsiyasi o’z vositalariga ko’ra xilmaqxil va murakkab hodisadir. Kompozitsiya - elementlarni birlashtirish vositasi. Bunda kostyum elementlari birqbiriga bo’ysungan va birqbiriga mos tushgan, qandaydir garmonik yaxlitlik sifatida tasavvur qilinishini hisobga olish kerak. Libosda asosiy va ikkinchi darajali elementlar bo’lsa, ular orasida bo’ysunish kuzatiladi. SHaklning asosiy elementi - libosning tanaga mo’ljallangan qismi. Kiyimning asosiy qismi bilan hamma detallar birlashadi [10].
Libos shakli zstetik jihatdan savodli echim topsa (siluetlari aniq, qismlar proportsiyasi to’g’ri, detallarning ritmik tuzilishi birqbiriga mos, tanlangan ranglar libos vazifasiga mos), u maqsadga muvofiq va ifodali ko’rinadi [9]. Libos shaklini uning silueti xarakterlaydi.
SHakl geometrik qancha - shaklning uchta fazoviy koordinatalaridagi o’lcham miqdorlarining nisbati, umumiy shakl va detallari yuzasining xarakteri bilan belgilanadi.
Kiyim shaklini ko’rib chiqayotganimizdagi dastlabki taassurot shaklning xajmdorlik darajasidan, siluet va chiziqlaridan kelib chikadi. Xajmdorlik darajasi - bu uchta fazoviy koordinata bo’ylab shakл o’lchamlarining nisbatidir. SHaklning xajmdorlik darajasi bitta o’lchamli bo’lsa, chiziqli xarakterda, ikki o’lchamli bo’lsa, tekislik xarakterida, kiyim shakli uch o’lchamli bo’lsa, xajm xarakterida bo’ladi.
Buyumning xajmdorlik darajasini tanlash libosning ko’rinish va qanday maqsadga mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. CHiziqli xarakterdagi shakl bashang kiyimlar uchun tavsiya etilsa, tekisliк xarakteridagi har kanday ishga mo’ljallangan kostyum uchun va hamma turdagi gavdalar uchun, xajm xarakteridagi shakl esa asosan bo’ychan, ozg’in gavdalarga mo’ljallangan bashang kiyim uchun tavsiya etiladi.
Kiyim shaklining tekislikka tushirilgan eng ifodali proportsiyasini kostyumning silueti deb ataladi. Odatda, kostyum shaklini asosan frontal siluetlar va kamroq holatlarda profil' siluetlar xarakterlaydi. Kostyum yaratishda uning vazifasi va undan foydalanish sharoitlarini bilish zarur. Kostyum qulay, chiroyli va amalda xizmat qiluvchi bo’lishi kerak. SHu sababli uning shakli, konstruktiv echimi, materiallar, bezaklar va rang tanlanishi uning asosiy amaliy va estetik funktsiyalariga bo’ysunadi.
Zamonaviy kostyum ko’p qatlamli. Uning alohida qismlari birqbiri bilan turlicha nisbatda bo’ladi: ba`zisi biri ikkinchisi ustiga kiyiladi va to’liq yoki qisman boshqasini ustini yopib turadi (sorochka, jilet, jaket) yoki birinqketin kiyiladi (sorochka, shortilar, golflar, kedilar). Ma`lum vaqt davomida kostyum kiyim alohida qismlari, poyabzal, bosh kiyimi va to’ldirishlarning to’g’ri tashkil etilishiga ega, ya`ni ma`lum tuzilish bilan tavsiflanadi. Tuzilishning tashqi namoyon bo’lishi kostyum shaklidir.
Kostyum kishining ma`lum sharoitlarda faoliyati va o’zini tutish xarakteri usullari to’g’risida yuzagа kelgan odatlar va tasavvurlarni hisobga olgan holda yaratiladi. Inson faoliyat sohalarining kengayishi yangi mutaxassisliklar paydo bo’lishiga olib keladi, bu esa kostyum yangi turlarini ishlab chiqilishini talab etadi, ularning shakli nafaqat qulaylik va maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanishi, balki estetik ifodali, insonning ushbu faoliyat to’rini qayd etishi ham kerak. quruvchilar, harbiy shifoqorlar va hokazo uchun maxsus kiyim kostyumlari misol bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Kostyum shakli uning estetik to’g’ri echimida maqsadga muvofiq va ifodali bo’ladi: bunda siluet aniqlash, kostyum qismlari proportsional nisbatlari to’g’rililigi, detallar ritmik tuzilishi yaqqolliги, kostyum rang tuzilishining uning vazifasiga mos kelishi ko’zda tutiladi.
Kostyum shaklini uch o’lchamga ega hajmiyqfazoviy ob`ekt sifatida qarash kerak. Kostyum shaklи uning siluetini tavsiflaydi.
Kostyum shakli konstruktiv yo’llar bilan ayrim hajmlar va kostyum qismlarining tutashmasi orqalи yaratiladi. Bu tutashmalar chiziqlari konstruktiv chiziqlar deyiladi. Ular ichiga yuklash, rel'eflar, shaklning bo’linish chiziqlari va shaklning hajmini o’zgariradigan kesik va vitachkalar kiradi. Agar bu chiziqlar dekorativ bezatilsa (chok, badiiy choklar, shnur, tasma bilan va h.k.), ular konstruktiv - dekorativ chiziqlar deyiladi. Bu holda kontruktsiyaning o’zi estetik funktsiyani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |