1-mavzu. “Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi” fanining maqsad va vazifalari (2-soat). Reja:1.Kirish;
2.“Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi“ fanining maqsad va vazifalari.
1.Kirish. Ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga turli har qanday favqulodda vaziyatlardan (tabiiy, texnogen, ekologik xususiyatli) fuqarolar va hududlarni muhofaza qilish, jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, iqtisodiyot obyektlari va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlar davrida iqtisodiyot obyektlarining barqarorligini oshirishni favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi fani o‘rgatadi, shuning uchun ham bu fan dolzarbdir.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda harakat qilishga o‘rgatishni, sanoat korxonalarini turli ofatlar chog‘ida barqaror ishlashiga, ishchi-xizmatchilarning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi fanini o’rganish itisodiyot ob’ektlarida hamda aholi orasida qurbonlar sonini qisqartirish, moddiy zararni kamaytirish imkonini beradi.
2.“Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi“ fanining maqsad va vazifalari.
Fanning o‘ziga xos xususiyatlari dasturni interfaol usullarda o‘zlashtirishni taqozo qiladi. Bunda asosiy e’tibor auditoriya mashg‘ulotlariga va mustaqil tayyorgarlikda chuqur o‘zlashtiriladigan nazariy bilimlarga qaratilgan holda obyektiv jarayonlar va hodisalarga nisbatan dunyoqarashni shakllantirishda ma’ruza mashg‘ulotlariga katta o‘rin ajratiladi.
Fanni o‘zlashtirishda masofadan o‘qitish, darslik, o‘quv qo‘llanma va ma’ruzalar matnlarining elektron versiyalaridan, ma’lumotlar bazasidan, kompyuter, elektron va internet tarmog‘idan foydalaniladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatlifavqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni muhofaza qilish, jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda iqtisodiyot obyektlarini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qoidalarini o‘rgatish, atrofdagi butun borlik bir-biri bilan uzviy bog‘liq ekanligini anglatishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga nazariy bilimlar, tabiatning asosiy qonunlari bilan tanishtirish, tabiiy ofatlarning kelib chiqishini (sel, to‘fon, zilzila va h.k.,), insoniyat faoliyatining atrof muhitga ta’siri (iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish va b.) va favqulodda vaziyatlarga olib kelishi, aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish usullarini va ularni tashkil etishni, iqtisodiyot obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlashni, ekstremal vaziyatlarda aholining hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashni, favqulodda vaziyatlar hududlarida qutqaruv ishlarini bajarishni, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatishdan iborat.
“Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
O‘zbekiston Respublikasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, boshqa yetakchi davlatlardagi fuqaro muhofazasining hozirgi paytdagi masalalari;
O‘zbekiston Respublikasi FVDTda fuqaro muhofazasining o‘rni va vazifalari;
O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lishi ehtimol bo‘lgan tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarning umumiy tavsiflari;
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, talafotlarni kamaytirish (yumshatish) va oqibatlarini bartaraf etish;
aholi muhofazasi sohasi bo‘yicha ilmiy-tekshirish ishlaridagi asosiy yo‘nalishlari haqidatasavvurga ega bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimini tashkil etilishi;
iqtisodiyot tarmoqlarida va aholi yashash joylarida qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun zarur kuch va mablag‘larni hisoblash uslubiyatini;