1-mashq. Matnni o‘qing. Undagi gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini aniqlang, farqini ayting



Download 21,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi21,5 Kb.
#300158
Bog'liq
2-amaliy javobi


1-mashq. Matnni o‘qing. Undagi gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini

aniqlang, farqini ayting.

Bobom bir kuni katta ko‘k eshagimizni yetaklab chiqib: – Qani, orqamga

mingash-chi, – deb qoldilar. [DARAK GAP] – Qayoqqa boramiz?[SOVROQ GAP] – deb so‘rayman sevinib. –

Qashqar qishloqdan o‘rik ko‘chati olib KELAMIZ.[DARAK GAP] – O‘rik ko‘chati o‘zimizda bor￾ku?[UNDOV GAP]] – U boshqasi, o‘g‘lim. [UNDOV GAP] – Qanaqasi? [SO'ROQ GAP] – Bas endi, jim ket. [BUYRUQ GAP] – Yo‘q,

oldin qanaqaligini ayting, keyin jim ketaman[BUYRUQ GAP] . Bo‘lmasa eshakning junidan

tortaman. – Qoy, bolam, junidan torta ko‘rma, yana yiqitsa, ishimiz bitmay

qoladi...[BUYRUQ GAP] Qashqarda qoraqandak degan o‘rik bor, faqat o‘sha yerda o‘sadi u.[DARAK GAP] Quruq,

suvsiz yerni xohlaydi, shekilli. [DARAK GAP] Mevasi hay-hay, biram shirin bo‘ladiki, [UNDOV GAP]

tog‘alaringnikiga borganda yegansan-ku. [UNDOV GAP] – Yeganim yo‘q, – deyman. –[DARAK G.]

Yegansan, cho‘ntagingni to‘ldirib berishardi-ku! [UNDOV GAP] – Bobojon, nega qoraqandak

deyishadi?[SO'ROQ GAP] – Quriganda shirasi ko‘p bo‘lgani sabab rangi qorayib qoladi-da. [DARAK GAP]

Shu yo‘sin Qashqarga borib bir quchoq mayda ko‘chat olib qaytdik. [DARAK GAP] (X.

To‘xtaboyev)

2-mashq. Matnni o‘qing. Moslashuv yo‘li bilan birikkan so‘z birikmalarini

ko‘chiring. Hokim va tobe so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini

izohlang.

Yozning issiq kunlari, quyosh tikka ko‘tarilgan. Bepoyon, ko‘m-ko‘k dala

ko‘ksida yonayotgan quyosh shu’lasi laxcha cho‘g‘ bo‘lib, go‘zalar ustida tovlanib

ko‘rinadi. Murod bilan ikkimiz mayda-chuydani ko‘tarib, katta yo‘lning shimol

tomonidagi yolg‘izoyoq yo‘ldan jo‘nadik. Ertalabki shirchoyni bobom bilan

birga ichdik. O‘rtog‘imni hovli orqasidagi bog‘ga olib chiqdim. Bir tarafi gulzor,

ikkinchi tomoni turli meva daraxtlari bilan to‘lgan so‘lim bog‘dan sira chiqib

ketgimiz kelmas edi. Oq olma, ko‘ksulton rosa pishgan ekan, yeb turgan edik,

birdan allaqanday hayvonning qichqirgani eshitildi. Murod taajjublanib atrofiga

qaradi. Shu chog‘ bobomning bo‘rsig‘i esimga tushdi. – Nimaning ovozi? –

dedi o‘rtog‘im. – Bobomning bo‘rsig‘i-ku! – Rostdanmi? Qayerda? – dedi

hayron bo‘lib Murod. – Yur, ko‘rsataman, – dedim-da, do‘stimni boshlab bog‘

etagidagi qafasda turgan bo‘rsiq oldiga olib bordim. (G‘ayratiy)

Javobi:


Yozning kunlari.

Go'zallar(ning) ustida

Quyosh shulasi

Yo'lnjng shimol tomonida

Hayvonning qichqirgani

Bobomning bo'rsig'i

Bog' etagi

Moslashuvning bu ko'rinishi faqat ot + ot ko'rinishda gi so'zlarni bog'laydi.

GAPDA NAFAQAT QARATQICH KELISHIGI BILAN BOG'LANGAN BIRIKMALAR BALKI EGA VA KESIMNING O'ZARO MUNOSABATI HAM MOSLASHUVLI BIRIKMA DEYILADI. ULAR QUYIDAGILAR:

Quyosh ko'tarilgan

Ikkimiz jo'nadik

Olma pishgan ekan

Ko'ksulton pishgan ekan

Murod qaradi

3-mashq. O‘qing. Matndagi gaplarni tuzilish jihatdan (sodda va qo‘shma gap)

tahlil qiling. Sodda gaplarni ko‘chirib yozing. Sodda gapning qo‘shma gapdan

farqini ayting.

Urush vaqti edi.[sodda gap]

Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan yigirma besh

chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik.[sodda gap]

Harbiy xizmatdagi akamning

xotini qish kunlarida qattiq betob bo‘lib qoldi-yu, shahardan oyimni chaqirib

keling, deb iltimos qildi.[qo'shma gap]

U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi

bilan band edi. [qo'sha gap]

Men piyoda yo‘lga chiqdim.[sodda gap]

Yog‘ib turgan qor pardasi ostida uch￾to‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. [sodda gap] Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham

bor. [sodda gap]

Shunga yetsam, yo‘lning yarmi qoladi. [qo'sha gap]

Atrof biyday dala. [sodda gap]

Menga qarab kelishsa, shitiri eshitiladi-ku, deyman. [qo'sha gap]

Kishining

qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilardim. [qo'sha gap]

Shuning uchun yuragim vahimadan uvushib ketayotgan bo‘lsa ham, boyagiday



shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmaganday bir maromda yurib borardim. [qo'sha gap] (P. Qodirov)
Download 21,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish