1-maruzaKonchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg‘i bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xо‘jaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilg‘i manbaidir. Shuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, о‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xо‘jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini mineral xom-ashyolar tashkil qiladi. Foydali qazilma boyliklariga xо‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan sо‘ng ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta о‘rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va о‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda о‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog‘ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan kо‘pgina qoplovchi tog‘ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda…Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bо‘linadi: ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari); qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga tо‘plash yoki tushirish ishlari. Karyer – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib oluvchi kon korxonasi.. Ochiq usulda qazish qо‘yidagilarni ham о‘z ichiga oladi: kon va uning alohida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash); qazib olinayotgan tog‘ jinslari massivi mustahkamligini ta’minlashdagi konzaxira muxofazasi va inshoatlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta’minlash, kon jinslarining о‘z-о‘zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasini oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va h.k. ishlar).