1-ma’ruza.Rezervlash Doimiy va o‘rin almashtirib rezervlash. Rezerv elementlar sonini aniqlash
Ma’ruzaning rejasi
1. Rezervlash.
2.Doimiy rezervlash.
3.O‘rin almashtirish yo‘li bilan rezervlash.
Rezervlash. Texnologiya mashina va jihozlari odatda juda ko‘p agregatlar, qismlar va detallardan iborat bo‘ladi. Ulardan istagan birining ishlamay qolishi mashinaning umuman ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin.
Mashina buzilmasdan ishlashining umumiy ehtimolini undagi agregatlar, qism va detallarning buzilmasdan ishlash ehtimollarining ko‘paytmasi deb qarash mumkin:
bu yerda: P1(t); P2(t)...Pn(t) - elementlarning buzilmasdan ishlash ehtimoli; n - ishlamay qolishi mashinaning ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan elementlar soni.
Butun konstruksiyaning puxtaligini eng bo‘sh element belgilagani uchun bu elementni aniqlash va uning buzilmasdan ishlash darajasini oshirish umuman mashinaning puxtaligini oshirishga imkon beradi. Puxtaligi teng darajada bo‘lgan detallardan tashkil topgan agregatning buzilmasdan ishlash ehtimoli undagi istalgan detalning buzilmasdan ishlash ehtimolidan hamisha kam bo‘ladi.
Masalan,
Elementlar soni ortishi bilan konstruksiyaning puxtaligi pasayadi, ya’ni. n®¥ bo‘lganda P(t)® 0 bo‘ladi.
Mashinalarning puxtaligini boshqarish uchun rezervlashdan (ortiqcha agregatlar, qism yoki detallar kiritishdan) keng foydalaniladi. Rezervlanganda mashinaning puxtaligi unga kiruvchi har qanday element (detal, qism va agregat)ning puxtaligidan yuqori bo‘lishi mumkin.
Konstruksiyada rezerv va almashtiriladigan elementlardan foydalanish katta harajatlar qilmagan holda uning puxtaligini osongina tiklashga imkon beradi. Almashma elementlarga misol qilib lemexlar va ag‘dargichlarning keskich elementlarini, tuproq frezalarining qirquvchi elementlari va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin. Avtomobildagi ketingi ko‘prik o‘ng va chap yarim o‘qlarini o‘rin almashib ishlay olishi rezerv elementga misol bo‘la oladi. Bunda shlitcali birikma tishlari avval bir tomondan, almashgandan so‘ng ikkinchi tomondan ishlaydi.
Ta’mir o‘lchamlari tizimida tiklash vaqtida ham yeyilgan detallarga qo‘shimcha ishlov berish uchun qoldiriladigan qo‘yim hisobiga detallarning yeyilishiga chidamliligini rezervlash ko‘zda tutiladi. Bunga ichki yonuv motorlarining tirsakli vallari va tsilindr gilzalari misol bo‘la oladi.
Rezervlashning ikki usuli: doimiy rezervlash va o‘rnini almashtirish yo‘li bilan rezervlash usullari mavjud.
Doimiy rezervlash shundan iboratki, bunda rezerv elementlar ob’yektning ishida asosiy elementlar bilan baravar darajada qatnashadi. Agar rezerv element asosiy element (agregat, qism, detal) ishdan chiqqanidan so‘ng ishga tushadigan bo‘lsa, bunday rezervlash o‘rin almashtirish yo‘li bilan rezervlash deb ataladi.
Xar qanday rezervlash ortiqlik qoidasiga asoslangandir, chunki bunda asosiy elementlar bilan bir qatorda rezerv elementlar ham ko‘zda tutiladi. Rezerv elementlar funksional zarur bo‘lib hisoblanmaydi, balki asosiy elementlar ishlamay qolganida ularni almashtirish (o‘rnini bosish) uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bir xildagi rezerv elementlar bilan rezervlangandan so‘ng tizimning buzilmasdan ishlash ehtimoli quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: m - rezerv elementlar miqdori (rezervlashning karraliligi); P(t) - rezerv elementning buzilmasdan ishlash ehtimoli.
Doimiy rezervlash. Doimiy rezervlashda rezerv elementlar butun vaqt mobaynida asosiy elementlar bilan birikkan holda bo‘ladi va bir xil ish tartibotida bo‘ladi. Masalan, avtomobilning tormoz tizimi (qo‘l va oyoq tormozlari), zanjirli o‘rmalovchi traktorlarning ko‘p g‘altakli yurish tizimlari bunga misol bo‘la oladi.
Doimiy rezervlangan, puxtaligi jihatidan teng bo‘lmagan agregatlarning buzilmasdan ishlash ehtimoli ushbu formuladan aniqlanadi:
Puxtaligi jihatidan teng bo‘lgan agregatlarniki esa quyidagiga teng:
Doimiy rezervlashning kamchiligi shundaki, rezerv agregat ham o‘z resursini asosiy agregat singari sarflaydi.
Agar buzilmasdan ishlash vaqtining taqsimlanish funksiyasi eksponesial qonunga bo‘ysunsa, u holda bo‘ladi, bu yerda: - ishlamay qolishlar jadalligi To‘r - agregat buzilmasdan ishlashining o‘rtacha vaqti.
Bir vaqtda ishlaydigan ikkita agregati bo‘lgan tizimning buzilmasdan ishlash ehtimoli ushbu formuladan aniqlanadi:
Tizimning buzilmasdan ishlash vaqti quyidagini tashkil etadi:
O‘rin almashtirish yo‘li bilan rezervlash. Mazkur usulda rezerv agregat asosiy agregat ishdan chiqqanidan keyin ishga tushadi. Agar tizimga rezervlash uchun n ta agregat kiritilgan bo‘lsa, u holda tizimda asosiy agregat bilan birga n+1 ta agregat bo‘ladi. Binobarin, tizimning ishlamay qolishi n+1 agregat ishlamay qolganda yuz beradi.
Tizimning buzilmasdan ishlash ehtimoli quyidagicha bo‘ladi:
Agar bitta agregat rezervlangan bo‘lsa, u holda ushbuga ega bo‘lamiz:
Tizimning ishlamay qolgunga qadar o‘rtacha ishlash muddatini quyidagi ifodadan topamiz:
Shunday qilib, o‘rin almashtirish yo‘li bilan rezervlaganda buzilmasdan ishlashning o‘rtacha vaqti (To‘r=2/l) doimiy rezervlashdagidan (To‘r=3/2l) yuqori bo‘ladi. Rezervlanmaydigan elementlar buzilmasdan ishlashining o‘rtacha vaqti To‘r=1/l bo‘ladi. Nazorat savollari
Puxtalikni oshirishda rezervlashning ahamiyatini aytib bering.
Doimiy rezervlash hamda o‘rin almashtirib rezervlash qaysi vaqtda va nima maqsadda amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |