1 - ma'ruza: Kompyuter trmoqlari tarixi.
Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti
Reja
1. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash
2. Tarmoqning dasturiy ta’minoti
3. Axborotni uzatish tizimlari.
4. Aloqa kanallari.
5. Axborot uzatish muhiti.
Tayanch iboralar: kompyuter tarmog’i, tarmoqqa birlashish, mantiqiy tarmoqlar, fayl-
server, tarmoq abonentlari, server, ishchi stansiya, mijoz, bir darajali tarmoq, tugun, shinali
topologiya, yo’lduzsimon topologiya, aylana topologiya, tarmok operatsion tizimi, NETWARE,
kaoksial kabel, yadro, tarmoq resurslari, tarmoq platasi.
1. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash
Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini komp’yuter
tarmog’isiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Komp’yuterlarning o’zaro turli ma’lumotlar, dasturlar almashish maqsadida biriktirilishi
«KOMP’YUTER TARMOQLARI» deyiladi.
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi xisoblash
texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish aloxida
foydalanilayotgan kompyuterlarni bargalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha
kompyuter yordamida xal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari xar bir kompyuterni
ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda
foydalanish, xamda ko‘pgina boshqa muammolarni xam xal qilish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyat va davlat
boshqaruvi faoliyatining barcha sohalariga keng joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish,
fuqarolarning axborot olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, "elektron hukumat" tizimini jadal
tatbiq
etish,
telekommunikatsiya
infratuzilmasi,
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini
modernizatsiya qilish borasida mamlakatimiz barcha hududida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Bularning barchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida
ko‘rilayotgan izchil chora-tadbirlar samarasi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Istiqbolda
internetning milliy segmenti yanada shakllantirilishini hamda unga keng polosali ulanishni
kengaytirish, telefon aloqasi, televidenie va radioeshittirishning raqamli tizimlariga to‘liq
o‘tishni ta’minlash, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga bo‘lgan hamda intellektual
talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik
hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish ayni muddaodir.
Fanni o‘qitishning maqsadi - talabalarga kompyuter tarmog‘ining topologiyalari,
texnologiyalari, abonent kirish tarmog‘ining o‘rni, shu tarmoqda foydalanilayotgan protokollar,
marshrutizatsiya, rezervlash asoslari, axborot xavfsizligi, taqsimlangan kompyuter ilovalar,
xizmat ko‘rsatish sifati to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga Internet tarmoqlarning asosiy muammolari va rivojlanish
istiqbollari, kompyuter tarmoqlarning qurilish prinsiplari, lokal tarmoqlarning bazali
topologiyalari, global tarmoqlarning tuzilishi va tashkil qilinishi, kompyuter tarmoqlarda ishlash
qoidalarini o‘rgatishdan iborat. Internet yaratilish va rivojlanish tarixi.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash g’oyalari birinchi bo’lib, 1960-yillarning boshlarida
paydo bo’la boshladi. 1965 – yili Lourens Roberts va Tomas Merrvill Kaliforniya va
Massachusets shtatlarida joylashgan ikki kompyuterni bir-biriga bog’lashdi.
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish
uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan
bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
1. Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik
kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.
2. Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida,
ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi.
Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini
tashqil etadi.
Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va
boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro
bog‘langan majmui. Kompyuterlar aro ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday
tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuterlarning tarmoqka birlashishi kimmatbaxo asbob-uskunalar - katta xajmli disk,
printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega
bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat
resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni kamrab olib, axborot
tarkatish va qabul qilish jarayonini butunlay o’zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatishning eng keng
tarkalgan tarmog’i - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning
asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, kulay va
ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashqil etish. SHuningdek,
foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlarni uzatishning kulay va ishonchli vositasini
ta’minlash.
Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati qujudga keldi. Tarmoq
axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashqil
qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida echish imkoniyatlarini beradi. Bundan
tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va
kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun
dunyo kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin.
Bog’lanish telefon yo’llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter
tarmog’i bo’ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining „DARPA“ agentligi qiziqib,
ularga harbiy qo’shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g’oyasi yoqib qoldi. „Darpa“ agentligi
mutaxassislari bu g’oya bo’yicha qattiq ishlar olib borib, 1969-yili „ARPANET“ tarmog’ini
yaratishdi.
1964 yilda AQSh Mudofa vazirligi tomonidan kompyuter tarmog'ining birinchi versiyasi
yaratilgan edi. Bu tarmoq yordamida vazirlikning bo'limlari bir birlari bilan ma'lumotlarni
almashishlari mumkin edi. Bu tarmoq ARPAnet deb nomlandi va Unix operasion sistemasida
ishlar edi. 70-chi yillardan boshlab bu tarmoq juda rivojlanib ketdi va endi unga xoxlagan
kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo'ldi. 1974 yilda xar xil tarmoqlarni birlashtiruvchi
TCP/IP protoqoli yaratildi va bu tarmoqlarni rivojlanishining yana bir turtki bo'ldi.
Dastlab „ARPANET“ tarmog’i 4-ta shtat unversitetelarida joylashgan to’rt kompyuterdan
iborat edi.
„DARPA“ agentligi o’zining tadqiqotlarini maxfiy tutmasdan, aksincha, majlis va
namoyishlar o’tkazib, yana tadqiqotlarga boshqa ilmiy guruhlarni ham taklif etib bordi. Shu bois
ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib boraverdi.
1974-yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP(transmission control protokol/internet
protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin yuksalish sodir bo’ldi. Bu
kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va Stenford universitetining professori Vinton Serf.
1977-yil tarmoq tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chiqagolik ikki student Uord
Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon orqali bir-biriga ma’lumot
jo’natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy sababi Chiqagoning sovuq qishi edi.
Shaharning bir joyidan boshqa joyiga dasturlarni olib borish ularning jonlariga tegdi. Natijada,
butun dunyoga ajoyib ixtironi sovg’a qilishdi. 1979-yil XModem-protoqoli yaratilib, fayllarni
to’g’ridan to’g’ri host tizimisiz kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo’ldi.
80-yillada kompyuter keng tarqala boshladi va xar xil AKSh universitetlari ham
kompyuter tarmoqlarini yarata boshladilar.
1983 yildan boshlab ARPANET tarmog'i INTERNET ( ichki tarmoq eki rus tilida mejset
) deb nomlana boshlandi va kompyuter xamda tarmoqlar to’plami sistemasiga aylandi.
2. Kompyuter kommunikasiyalari
Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar ma'lumotlar
olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga yetkazadi.
Rahbarlik faoliyati samarali axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar o'zaro
axborot almashinmasa, ular birgalikda ishlay olmaydi va oldilariga qo'ygan maqsadning
shakllanishi, unga erishishi qiyin bo'ladi.
Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar o'zining
vaqtining 50% - 90% ni kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv
qarorlariga ta'sir ko'rsatadi.
Kommunikatsiyaning majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar,
xisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suxbatlar orqali ko'pgina muammolarni xal qilishda
yordam beradi.
Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog'lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud
haridorlar bilan ular reklama orqali bog'lanibgina qolmay, maxsulotni bozorga olib kiradigan
boshqa dasturlardan ham foydalanadi.
Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, ya'ni vestikal kommunikatsiyalar orqali
o'tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv organlaridan, pastki organlarga o'tadi. Shuningdek pastki
organlardan yuqori boshqaruv bo'limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon
korxonalarda ijobiy o'zgarishlarga olib keladi.
Korxonada vertikal kommunikatsiyalardan tashqari, gorizontal kommunikatsiyalar ham
mavjud. Ma'lumki korxonalarda turli-xil funksional bo'limlar, sexlar va boshqa bo'limlarning
mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, fundamental
texnologiya asosida, korxona turli-xil maxsulotlar ishlab-chikarishi mumkin, shuning uchun ham
marketing bulimining axborot axamiyatligini saklab koladi va uning talablarini o'z vaqtida
qondirilishini ta'minlaydi.
Elektron kommunikasiya hozirgi zamonda borgan sari katta ahamiyat kasb etmoqda.
Butun, axborot oqimlarining har yili ko'p marta ortib borish sharoitlarida tadbirkorlik firmalari,
bank strukturasi, davlat korxonalari, boshqa tashkilotlar va ularning xodimlarining o'zaro aniq
ishlashini zamonaviy telekommunikasiya va aloqa vositalarisiz, axborot va kompyuter
tarmoqlarisiz amalda tasavvur qilib bo'lmaydi. Bunday vositalarsiz devonxona xodimlari va
choparlarining har qanday katta arniyasi ham kerakli axborotni kerakli vaqtda kerakli joyga
tezkor etkazib berishni ta'minlay olmaydi. Ko'pincha, muhim axborotni olishdagi xattoki bir
lahzalik ushlanib qolish ham jiddiy moliyaviy yo'qotishlar va obro'sizlanishga olib kelishi
mumkin.
Ma'muriy boshqaruv tizimlarida axborot, ma'lumotli hujjatlarni chopar bilan (yoki pochta
orqali) etkazish (tashish) yo'li orqali ham, aloqa kanallari bo'yicha axborotni uzatishning
avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanib ham uzatiladi.
Hujjatlarni qo'lda ko'tarib borish va mexanik tashish muassasalarda ma'lumotlarni
uzatishning keng tarqalgan usulidir. Bu usulda kapital harajatlar minimal bo'lgani holda,
hujjatlarda oldindan qayd qilingan va uni bevosita qayd qilish punktlarida nazorat qilingan
ma'lumotlarning uzatilishini to'liq ta'minlaydi. Uzatish tezkorligi (tezligi) juda past va uncha ham
talabchan bo'lmagan foydalanuvchinigina qanoatlantirishi mumkin. Axborotni tezkor uzatish
uchun ma'lumotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan sistemalari — ma'muriy-boshqaruv aloqa
tizimlaridan foydalaniladi.
3. Axborotni uzatish tizimlari
Axborotni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to'plamini axborotlarni uzatish tizimi
(UT) deb atayniz.
1-rasmda axborotni uzatish avtomatlashtirilgan tizimining umumlashgan strukturali sxemasi
keltirilgan.
Axborotni manbai va iste'molchisi uzatish tizimining abonentlaridir. Abonentlar sifatida
EHM, axborotni saqlash tizimlari, turli xil datchiklar va bajaruvchi qurilmalar hamda odamlar
misol qilib keltirilishi mumkin.
UT strukturasi tarkibida quyidagilarni ajratish mumkin:
uzatish kanali (aloqa kanali);
axborotni uzatkich;
axborotni qabul qilgich.
Uzatkich abonentdan kelayotgan axborotni aloqa kanali bo'yicha uzatiladigan signalga
aylantirish uchun qabul qilgich abonentga kelayotgan signalni qaytadan xabarga aylantirish
uchun xizmat qiladi.
4. Aloqa kanallari.
Aloqa kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining, umumiy bo'g'imidir.
Fizik tabiati bo'yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo'linadi:
mexanik — axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi;
akustik — tovushli signal uzatiladi;
optik — yorug'lik signali uzatiladi;
екйт — екйт signal uzatiladi.
Elektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo'lishi mumkin:
simli - signallarni uzatish uchun fizik o'tkazgichlar ^lektr simlar, kabellar, svetovodlar va
b.) ishlatiladi;
Simsiz (radiokanallar, infraqizil kanallar va b.), signallarni uzatish uchun еГ^ bo'yicha
tarqaladigan еlektromagnit to'lkinlardan foydalaniladi.
Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo'yicha aloqa kanallari quyidagicha bo'ladi:
analogli (uzluksiz ) — axborot analog kanallar bo'ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya'ni
biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko'rinishida uzatiladi;
raqamli — axborot raqamli kanallar bo'yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret,
impulsli) signallar ko'rinishida uzatiladi;
Axborot uzatilishining mumkin bo'lgan yo'nalishlariga bog'liq ravishda quyidagi aloqa
kanallari bo'ladi:
simpleksli — axborotni faqat bir yo'nalishda uzatishga imkon beradi;
yarim dupleks — axborotning to'g'ri va teskari yo'nalishlarda galma-gal uzatilishini
ta'minlaydi;
dupleksli — axborotni bir vaqtning o'zida ham to'g'ri, ham teskari yo'nalishlarda uzatishga
imkon beradi.
Aloqa kanallari, nixoyat, bunday bo'lishi mumkin:
kommutaciyalanadigan;
kommutaciyalanmaydigan.
Kommutasiyalanadigan kanallar axborotni faqat uzatish vaqtiga alohida uchastkalar
(segmentlardan) tuziladi; uzatish tugagandan keyin bunday kanal tugatiladi ( ajratiladi ).
Kommutasiyalanmaydigan (ajratilgan) kanallar uzoq, vaqtga tuziladi va uzunligi,
xalaqitlardan himoyalanganligi, ma'lumotni o'tkazish qobiliyati bo'yicha doimiy tavsiflarga ega
bo'ladi.
Ma'muriy-boshqaruv aloqa tizimlarida ko'pincha elektr simli aloqa kanalidan foydalaniladi.
O'tkazish qobiliyati bo'yicha quyidagi aloqa kanallari bo'lishi mumkin: • past tezlikli,
ularda axborotni uzatish tezligi 50 dan 200 bit/s gacha; bu ham kommutaciyalanadigan
(abonentli telegraflar), ham kommutaciyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari;
o'rtacha tezlikli, ularda analogli (telefon) aloqa kanallaridan foydalaniladi; ularda uzatish
tezligi 300 dan 9600 bit/s gacha, telegraf va telefoniya bo'yicha Xaqaro maslaxat qo'mitasining
yangi V.32-V.34 standartlarida esa 14400 dan 56000 bit/s gacha;
yuqori tezlikli (keng qutbli), ular axborot uzatish tezligi 56000 bit/s dan yuqori bo'lishini
ta'minlaydi.
5. Axborot uzatish muhiti
Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o'rtasida axborot almashinuvini ta'minlovchi
axborot yo'llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko'pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa,
mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki, simsiz tarmoqlar
ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko'pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya'ni bir bit axborot
uzatilgandan so'nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda
axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki,
tezkor parallel usulda axborot uzatish ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning
razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo'li
oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo'ladigandek ko'rinadi, aslida juda ko'p sarf bo'ladi.
Tarmoqdagi abonentlar o'rtasidagi masofa katta bo'lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter
narxi bilan barobar yoki undan ham ko'p bo'lishi mumkin. 8, 16 yoki 32 ta kabellarni o'tkazishga
qaraganda, bir dona kabelni o'tkazish ancha oson. Ta'mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari
ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas.
Kabelning turidan qat'i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul
qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal
hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak.
Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab
qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa,
ishlatiladigan parallel axborotning razryadlar soniga teng bo'ladi. Shuning uchun uzunligi uncha
ko'p bo'lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda, ko'pincha, axborotni ketma-ket uzatish usuli
tanlanadi.
Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga mo'ljallangan
kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo'lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan
o'tayotgan signallar o'rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo'yicha siljish hosil
bo'ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin.
Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo'lganda vaqt
bo'yicha siljish 5—10 ns.dan oshmasligi lozim. Bunday siljish kattaligi kabellarning uzunlikdagi
farqi 1—2 metr bo'lganda hosil bo'ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo'lganda esa, bu kattalik
0,1—0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba'zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2—
4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha
arzon kabel ishlatish mumkin, lekin kabelning ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan
oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segmentini 100 BASE—T4 keltirish mumkin.
Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko'p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma
ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo'lish mumkin:
o'ralgan juft simli kabel (витая пара — twisted pair), ular himoyalangan, ya'ni
ekranlashtiriladi (экранированные — shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya'ni
ekranlashtirilmagan (неэкранированные, unshielded twisted pair, UTP);
koaksial kabellar (coaxial cable);
shisha tolali kabellar (оптоволоконные кабели — fiber optic).
Kabelning har bir turi o'z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini
tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq
xususiyatini va avvaldan mavjud bo'lgan barcha korxona standartlarining o'rniga, 1995-yilda
qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard)
standarti mavjud bo'lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.
Nazorat savollar
1. Kommunikasiya so'ziga ta'rif bering.
2. Axborot uzatish tizimi qanday ma'noni anglatadi?
3. UT strukturasi tarkibini nimalarga ajratish mumkin?
4. Fizik tabiati bo'yicha aloqa kanallari qaysilarga bo'linadi?
5. Elektr va optik aloqa kanallarini qaysilarga bo'lishi mumkin?
6. Axborot uzatish muhiti tushunchasining ta'rifi.
7. Kabel turlarini sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |